Menimcha, bunday tadbirlarning ahamiyati juda katta. Chunki hayotimizda o‘z mehnati, jasorati, mehr-oqibati va ezgu ishlari bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, ammo ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan insonlar juda ko‘p. Ularning mehnatini e’tirof etish, qilgan yaxshiliklarini qadrlash — juda muhim. Axir insonning qadri uning mashhurligi bilan emas, balki boshqalarning hayotida qoldirgan izi bilan o‘lchanadi. Shunday insonlar e’tirofga va hurmatga munosib! ❤ @inson_faxri Libos @larmoire.studio_ @rayhonganieva
Открыть в TelegramПосты канала Райхон | Rayhon Ganieva
Tez orada ko‘rishamiz, azizlar! ❤️ Jonli ijro, sevimli qo‘shiqlar va raqslar! Birgalikda kuylaymiz, raqsga tushamiz va musiqadan zavq olamiz! 🎶 @rayhonganieva
Открыть в TelegramSamarqand, mehringiz, muhabbatingiz va men bilan birga kuylaganingiz uchun sizlarga chin qalbimdan rahmat! ❤️ Yoshlarimizning baxti butun bo‘lsin, doimo bir-biriga suyanch, mehr va muhabbat bilan yashashsin! Barchangizga esa eng ezgu tilaklarimni tilayman. Hayotingiz quvonchli lahzalarga, xonadoningiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin! Sizlarni yaxshi ko‘raman! ❤️ @ha_di_1989_ @rayhonganieva
Открыть в TelegramShunday insonlar borki, ularning buyukligini na shuhrat, na olqishlar bilan o‘lchab bo‘ladi. Ularning naqadar ulug‘ ekanligi har bir qadamida, har bir so‘zida, o‘z kasbiga va insonlarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Yulduz opa — aynan shunday buyuk Shaxs! San’at olamida ko‘rganlarim orasida bunchalik mehnatkash, o‘z kasbiga sadoqatli, sahnaga bunchalik oshufta ijodkorni uchratmaganman. U kishining kuchi, shijoati, energiyasi va ijodga bo‘lgan cheksiz muhabbati meni hayratga soladi. Yulduz opada nafaqat betakror qo‘shiqchilik iste’dodi, balki so‘zlashning ham o‘zgacha bir sehri bor. U kishining har bir so‘zi yurakning eng chuqur tubiga yetib boradi, qalbga ta’sir qiladi va u yerda bir umrga muhrlanib qoladi. Men u kishi bilan faxrlanaman va shunday buyuk Insonning yonida turish baxtiga muyassar bo‘lganimdan cheksiz baxtiyorman. Aziz Yulduz opa, Sizga mustahkam sog‘liq, tuganmas kuch-g‘ayrat, ilhom va yangi ijodiy marralar tilayman. Yulduzingiz hamisha porlasin, insonlarga ulashayotgan mehringiz va muhabbatingiz o‘zingizga ming karra bo‘lib qaytsin. Siz — xalqimiz faxri, biz uchun ilhom manbai va hech kimga o‘xshamaydigan betakror buyuk Shaxssiz! ❤️ @yulduzibragimovnausmonova @rayhonganieva
Открыть в TelegramSiz san’atkorlarni hayotda ham doim shunaqa muloyim, yoqimtoy deb o‘ylaysizmi? 😂 Aslida bizning haqiqiy ko‘rinishimiz mana shunaqa! Albatta, hazillashdim, buni hazil deb tushundingiz, degan umiddaman! 😂❤ @rayhonganieva
Открыть в TelegramVaqt qanday tez o‘tyapti… Go‘yo yaqindagina sizlar bilan shu sahnada uchrashgandik, mana endi yana bir bor uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Oldinda bizni yana bir go‘zal uchrashuv kutmoqda. Uni birgalikda musiqa, his-tuyg‘ular va sevimli qo‘shiqlarimiz orqali yaratamiz. Har biringizni ko‘rishdan juda xursand bo‘laman. ❤️ 18.19.20 yanvar ❤️ @rayhonganieva
Открыть в TelegramKo‘rishamizmi? ❤️ Mening konsertimga kim bilan birga kelishni xohlardingiz? O‘sha insonni izohlarda belgilang! 🥰 @proartcenter @universalbank.uz @rayhonganieva
Открыть в TelegramLondon, bu oqshom qalbimda abadiy qoladi! ❤️🇬🇧 Konsertimga kelgan har biringizga chin qalbimdan rahmat! Barchangizni ko‘rganimdan juda baxtiyor bo‘ldim. Birgalikda mehrimizni, sevgimizni va his-tuyg‘ularimizni baham ko‘rdik. Bu juda iliq va unutilmas oqshom bo‘ldi! Sizlarni juda yaxshi ko‘raman, qadrlayman! Xonadonlaringizdan baxt, qalbingizdan mehr, hayotingizdan quvonch arimasin. Ilohim, yana ko‘p bora shunday go‘zal uchrashuvlarda ko‘rishaylik! ❤️ @rayhonganieva
Открыть в TelegramReja — bolalarni madaniy hordiq bilan tanishtirish edi. 😂 Natija esa boshqacha: bolalar chiqish eshigini izlash bilan band, men esa muzey muhitidan zavqlanib, eksponatlarni tomosha qilib, ketishni umuman xohlamadim 🙈 Xullas, muzey kuni zo‘r o‘tdi… faqat man uchun! 😎🏛️ Qani, sizlarda ham shunaqami? Bolalaringiz ham sizning qiziqishlaringizga sherik bo‘lishmaydimi? 😂👇 @rayhonganieva
Открыть в Telegram