TARQATING!!! Adabiyot, sheʼriyat va millat taqdiriga befarq bo‘lmagan Barchani 19-dekabr soat 15:00da Abdulla Qodiriy uy muziyida o‘tkaziladigan "DUO" nomli sheʼriy konsertimga taklif qilaman. Chipta narxi 200 ming so‘m talabalarga chegirma bor, Chiptani xarid qilish uchun 5440810015662678 karta raqamiga pul o‘tkazib chekini 998980121 raqamiga yuborsangiz chiptani tashlab beraman. Konsertga homiylik qilmoqchi bo‘lsangiz yoki qo‘shimcha maʼlumot uchun yuqoridagi raqamga tel qiling. Ps. Lokatsiya ham tashlab beraman
Открыть в TelegramПосты канала Ravshan Haqmurod
Ayt qaysi yuz bilan baxt haqda kuylay, Millat botib tursa kiridet, qarzga, O‘zbekni tomidan yomg‘ir tomchilab Yevropa uy qurib yashasa marsda Ayt qaysi yuz bilan baxt haqda kuylay Otalar yuzini bosmoqda ajin, Buyuk Sohibqiron vorislarini Qora mehnat quritmoqda sillasin Ayt qaysi yuz bilan baxt haqda kuylay Nomsiz yulduzlarga to‘lganda fazo. Endi quvonchdan gap ochayin desam Qaysidir bir uyda ochilar aza Ayt qaysi yuz bilan baxt haqda kuylay, Faxshning homiylari davrini sursa Ozgina vijdoni borligi uchun Yurtning oydinlari zindonda yotsa Ayt qaysi yuz bilan baxt haqda kuylay, Yovuzlarning bog‘i gullayotganda. Kichik jussasini sovuq suv bosib, Ummatning bolalari o‘layotganda! @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramMaslahatim, boshingni ko'tarma aslo yerdan va ma’no qidirmagin kitoblaru na sh'erdan. Yo'qsa uyg'onib ketar ko'ksingdagi vijdoning, ogoh bo'lib qolgaysan hech kim bilmagan sirdan. Keyin guldek hayoting bo'lgaydir ostin-ustun, qorning to'q bo'lsa hamki qalbing bo'lgaydir yupun. Tunlaring bedor bo'lar o'ylab mazlumalarni, bukchayasan yelkanga ortib millatning yukin. Yaxshisi ko'p o'ylamay chopgin nafsing ortidan, uy qil, to'y qil, yashayver ortmay qorin dardidan. Nima senga qobdimi Bu millatning taqdiri, ana shuncha odam bor judo bo'lgan yurtidan. Faqat vaqt o'tib bir kun tilga kirsa bolalar, vatan uchun jon fido yo'lga kirsa bolalar. "Bobomdan qolgan yurtni yetkazmading" deb menga, hayron qolma yuzingga tupursa ul bolalar. Maslahatim, boshingni bir bora ko'tar yerdan. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramKitobimni haliyam sotib olmaganlar diqqatiga atiga 20 dona kitob qoldi. Keyin boshqa joydan topolmaysiz. Olishni istaganlar 998980121 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki telegram orqali yozing kitob narxi 200 ming so‘m.
Открыть в Telegram*** Yo rabbim oʻzingga yuzlandim bugun Oʻtinib yolvorlib soʻrayman shuni. Xoh erta, xoh bugun bitganda kunim, Qabr azobidan asragin meni… Goho nolib qoʻydim tadqirdan, Marhamat qil mendek faqirga. Aytib qoʻygin Munkar Nakirga… Qabr azobidan asragin meni… Loyiqmasman, bu-ku ayon gap, Sendan oʻzga qochay qayonga. Chaqtirmagin ilon, chayonga, Qabr azobidan asragin meni… Rizqimni butun qil, umrimni uzun, Yoʻlingga sobit qil, diningda ustun, Ey Rohman, Ey Rahim, ey yolgʻiz doʻstim, Qabr azobidan asragin meni… Ravshan Haqmurod @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramПереслано из “Yoşlik” jurnali
#kuz_mushoirasi *** So‘nggi so‘zin aytgan askarday Kuzgi bog‘lar shivirlar ma’yus. Atrof – ruhni yutguday zulmat, Oy – piligi tugagan fonus. Ulib chiqar bo‘ri – Isrofil, Har giyoh, har gulda nadomat. Dehqon qilar xirmon hisobin, Demak, kuz ham bitta qiyomat. Otashparast barglar arvohi Tutun bo‘lib ko‘kka o‘rlanar. Qarab-qarab ortiga gohi Quyosh tomon ketar turnalar. Ravshan Haqmurod ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
Открыть в TelegramYo rabbim oʻzingga yuzlandim bugun Oʻtinib yolvorlib soʻrayman shuni. Xoh erta, xoh bugun bitganda kunim, Qabr azobidan asragin meni… Goho nolib qoʻydim tadqirdan, Marhamat qil mendek faqirga. Aytib qoʻygin Munkar Nakirga… Qabr azobidan asragin meni… Loyiqmasman, bu-ku ayon gap, Sendan oʻzga qochay qayonga. Chaqtirmagin ilon, chayonga, Qabr azobidan asragin meni… Rizqimni butun qil, umrimni uzun, Yoʻlingga sobit qil, diningda ustun, Ey Rohman, Ey Rahim, ey yolgʻiz doʻstim, Qabr azobidan asragin meni… @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramIshon, seni juda yaxshi koʻraman, Garchi yaramadim biror koringga. Garchi qon kechmadim bobolar kabi, Ammo shukur deyman, shukur boringga. Tinmay yuguraman, tashvishim uy-joy, Chopib yurgandayman qorin dardida, Ichimni bilmaslar, meni hoynahoy, Sevmas deb oʻylashar ona yurtini. Ammo tunlar tinmay xayol suraman, Goho gʻamdan koʻksim kuyib ketar, voh, Yurtim, seni juda yaxshi koʻraman, Bunga faqat yaratgan guvoh. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramAgarda birlashsa barcha mazlumlar, Bolalar o‘lmaydi ochlikdan, o‘qdan. Kuydirmaydi yozning issig‘i, Qishda qiynalmaydi sovuqdan. Agarda birlashsa barcha mazlumlar Qo‘rqitmas yahudiy, cho‘chitmaydi rus. Toptalmagay muqaddas tuproq, Tinchlik bo‘lar, bo‘lmaydi urush. Agarda birlashsa barcha mazlumlar, Behuda uqubat chekmas oilangiz. Mulsima ayollar tutmaydi ketmon, Dasturxonda bo‘lar yong‘og‘-u mayiz Bo‘lmasa har kuni to‘kiladi qon, Yurtma yurt jon saqlab yurarlar sarson, Agarda birlashsa barcha mazlumlar To‘raga aylanar ular begumon! @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramПереслано из OPER UZ | Расмий канал
Гар хотин ёмон бўлса... 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
Открыть в TelegramOqshom yulduzlari uyg‘ondi sekin, Kimgadir dil yorgim kelyapti. Sababini bilmadim lekin Pistaliga borgim kelyapti. Garchi kutmas birorta go‘zal Yo yelkadosh do‘stim ham yo‘qdir. Na tuzukroq bog‘ bor u yerda, Faqat qirlar... Yelkasi yag‘ir. U yerlarda tappi bir ne'mat Suvi sho‘rdir peshonam kabi. Undan qochib ketmoqlik uchun O‘n sakkiz yil etgandim sabr. Nolimayman turmushim go‘zal, Hosil bo‘ldi bir muncha murod. Shoir bo‘lib nom topdim elda, Ataydilar Ravshan Haqmurod Ammo bu kun baridan kechib Orqaga yo‘l solgim kelyapti. O‘n uch yoshli Ravshanjon bo‘lib Pistalida qolgim kelyapti... Ps... Man tug‘ilib o‘sgan qishloqning nomi Pistali! @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramOy qulaydi aftoda, Men qanoti singan qush. Kofirmakon dunyoda Hirsga qildim xayr-xoʻsh. Qalbi muzlar ichida, Olov boʻldim, chaqnadim. Vodarigʻ, bu ochunda Odam izlab charchadim. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramAgar xotin yomon boʻlsa Botirjon Ergashev satri Gar xotin yomon boʻlsa, Tam qochadi oshingdan. Oq tushadi soqolga, Soch toʻkilar boshingdan. Na oʻlib oʻlolmaysan, Na baxtli boʻlolmaysan. Umring oʻtar paydar-pay, Hech neni oʻylolmaysan. Gar xotin yomon boʻlsa, Suvni kesmaydi soʻzing. Uzilasan qavmingdan, Qarodir ikki yuzing. Yaxshi xotin aytilgan, Iymoningni yarmi deb. Yomonichi oʻldirar, Oʻttizingda umring yeb. Ammo bundan kuyinma! Shak keltirmagin gʻaybga, Shu xotin kafforatdir Sen qilgan barcha aybga. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramAfsuski oramizda ko‘pchilik o‘zi istamagan joyda o‘qib, o‘zi istamagan ishni qilib va o‘zi istamagan odam bilan o‘zi istamagan hayotni yashayapti. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramПереслано из Ravshan Haqmurod
Вақт юзимга тортар тарсаки, Симиради қонимни шаҳват. Отам Ато, онам ҳавводан, Мерос қолган менга бу иллат. Томиримда оқади шайтон, Ҳақ ҳурмати сабр қилар руҳ. Жазабага тушади бундан Фаришталар уҳ тортади, уҳ! Жасад осий ноаёндир ғайб, Шаҳват билан тушаман баҳсга. Бўйнимдадир отам қилган айб, Иблис билан тушганман рақсга. Бу ҳаммаси жуда ҳам чиркин, Токай юргум хисрнинг измига. Ҳурлик керак лек бунинг учун, Озод бўлиш керак жисмимдан. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramFaqat Haqni oʻyla, haqiqatni ayt, Talpinma dunyoning oniy baxtiga. Yoʻqchilik nomusni chetga surgan payt Umid qil Robbingning saxovatidan! Faqat haqiqatni kuyla baralla, Shunda bir kun Jannat boʻladi oshyon. Qoʻrqma, nari borsa ketadi kallang, Qoʻrqma, nari borsa oʻlasan, Ravshan! @Ravshan_Haqmurod
Открыть в TelegramMartabang birovdan koʻp yo Oz boʻlmaydi jannatda Na qahraton qish na oʻtli Yoz boʻlmaydi jannatda. Hurlar boʻlar muloyim, Qoʻrs boʻlmaydi jannatda. Jon jigaring pulni deb Ters boʻlmaydi jannatda. Na oshqozon, na tishdan Arz boʻlmaydi jannatda. Eng muhimi kredit va Qarz boʻlmaydi jannatda. @Ravshan_Haqmurod
Открыть в Telegram