🎓 Talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Gemini AI Plus — 1 yil BEPUL! 🚀 💻 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni istaysizmi? 🤖 Endi talabalar Gemini AI’ning ilg‘or imkoniyatlaridan 1 yil davomida bepul foydalanishlari mumkin! 🎉 Buning uchun: 🔤 HEMIS mobil ilovasiga kiring. 🆔 Talabalik guvohnomasi va o‘qish joyidan ma’lumotnomani yuklab oling. So'ngra ♊️ Gemini ilovasida talabalar uchun maxsus taklifni tanlang. 🗂 Kerakli ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni yuboring. ✔️ Arizangiz tasdiqlangach, obunani faollashtiring. 🎁 Natija: Gemini AI Plus imkoniyatlaridan 1 yil davomida BEPUL foydalaning! RAQAMLI TA'LIM MARKAZIDAN, RAQAMLI TA'LIM XIZMATLARI. 😀😃😄😁 📢 Do‘stlaringizga ham ulashing — ular ham ushbu imkoniyatdan foydalanishsin!
Открыть в TelegramПосты канала Raqamli ta'lim markazi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat bayrog'ining 35 yilligi muborak bo'lsin! 🇺🇿18-noyabr— O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. Davlat bayrog'i xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi timsolidir. Bayrog’imiz doim hilpirab tursin! 📱 Telegram | 📱 Instagram
Открыть в Telegram📱 HEMIS Mobil ilovasida yangiliklar 🔗HEMIS mobil ilovasida talabalar uchun bir qator yangi va foydali imkoniyatlar ishga tushirildi! Endilikda ilova orqali: 🔆 OneID yordamida tizimga xavfsiz kirish; 🔆 Kunduzgi va tungi rejimlardan foydalanish; 🔆 Ijtimoiy faollik va stipendiya holatini kuzatish; 🔆 Grant olish uchun onlayn ariza yuborish; 🔆 Fanlar bo‘yicha apellyatsiya berish; 🔆 Hujjatlarni plagiatga tekshirish; 🔆 UniLibrary elektron kutubxonasidagi kitoblardan foydalanish; 🔆 Coursera kurslarini ko‘rish va ro‘yxatdan o‘tish; 🔆 Favqulodda vaziyatlarda SOS tugmasi orqali tezkor yordamga murojaat qilish mumkin. 🚀 HEMIS mobile — endi yanada qulay, xavfsiz va imkoniyatlarga boy! 🤔 Ilovani yangilang va yangi imkoniyatlardan foydalaning! Raqamli ta’lim markazidan, Raqamli ta'lim xizmatlari Bizni kuzatishda davom eting! #HEMIS #RaqamliTalim #YangiImkoniyatlar #Coursera Hemis platformasi yanada qulay. 📱 Telegram | 📱 Instagram
Открыть в Telegram🚀 Litsey o'qituvchilari uchun EMIS EDU ishga tushdi. Ilova orqali: 🔆 Dars jadvalingizni ko'rishingiz 🔆 Talabalar davomatini belgilashingiz 🔆 Va ularni baholashingiz mumkin. ➡️ Ilovadan foydalanish haqida batafsil videoda bilib oling. Android | iOS 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram🏆 Har bir chempionlik bir orzudan boshlanadi. Bugun katta sahnada yutuqqa erishayotganlar ham bir paytlar orzu qilishdan boshlagan. Endi ijodingizni namoyish etish navbati sizda. BellashAIlik — O‘zbekiston bo‘ylab ijodkorlarni birlashtiradigan respublika ijodiy tanlovi. AI yordamida video, animatsiya yoki boshqa kreativ kontent yaratasizmi? Yoki shunday iqtidorli yoshlarni taniysizmi? Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 📌Tanlov ishtirokchilari mahalla, tuman/shahar va hududiy bosqichlardan o‘tib, respublika finalida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar: 2026-yil 18-noyabr, soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. 🎨 Ishtirok etish tartibi: Telegram-botga kiring, arizani to‘ldiring va ijodiy ishingizni yuklang. ➡️ Ariza topshirish: t.me/bellashailik_bot Tashkilotchilar: Raqamli san’at ijodiy birlashmasi va Kasbiy ta’lim agentligi ⚙️ Murojaat uchun:+998 87 077 99 55 / @RaqamliSanatkoordinator Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Открыть в Telegram📢️️️️Texnikum hayotiga oid ma’lumotlar endi bir ilovada! 📈 EduTech mobil ilovasi orqali talabalar o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni qulay kuzatishlari mumkin. 🔜 Ilovada: - Haftalik va kunlik dars jadvali; - Davomat, baholar va semestr natijalari; - O‘quv materiallari va topshiriqlar; - Shartnoma va akademik ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari mavjud. 🎥 EduTech ilovasi qanday ishlashi va undan foydalanish imkoniyatlari bilan videoda tanishing! ➡️ Ilovani yuklab oling va ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlaringizni bir joyda kuzatib boring. 📲 Android uchun 📲 iOS uchun 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram📢 DOKTORANTLAR DIQQATIGA! Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar davlat stipendiyalariga arizalarini my.edu.uz orqali topshirishlari mumkin. 🔹 Ariza topshirish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring: 🔆 my.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting; 🔆 Portfolio ma’lumotlaringizni shakllantiring; 🔆 Kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib, arizangizni yuboring. 📎 Hujjatlar ro‘yxati va batafsil ma’lumotlar bilan platformada tanishishingiz mumkin. ⏳ Shoshiling Arizalarni qabul qilish muddati tugashiga oz qoldi 🔗 Ariza topshirish: my.edu.uz 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram📎Ustoz ma’ruzani qanday qilib virtual professor orqali taqdim etishi mumkin? 🤖 AI Professor: • dars materiallarini tayyorlash; • virtual professor orqali ma’ruza o‘qitish • talabalarga mavzu bo‘yicha savol-javob qilish imkonini beruvchi platforma. U qanday ishlaydi? Ustoz va talabalar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? 🎥 Videoni tomosha qiling va AI Professor bilan tanishing! 📍 Loyiha Raqamli ta’lim markazi va Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda. 📱 Telegram | 📱 Instagram
Открыть в Telegram💻Kasb o‘rganishni virtual reallikda sinab ko‘rganmisiz? ✔️ VR Training — virtual muhitda kasbiy ko‘nikmalarni amaliy mashq qilish imkonini beruvchi loyiha. 🎥 Radiologiya, aviadispetcherlik va harbiy tayyorgarlik yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlar qanday o‘tishini videoda ko‘ring! 📍 Loyiha Raqamli ta’lim markazi tomonidan InnoWeek 2026 ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda. 📱 Telegram | 📱 Instagram
Открыть в Telegram🇺🇿21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni muborak boʻlsin! Ona tilimiz xalqimizning madaniyati, tarixi va tafakkurini aks ettiradigan vositadir. Uni ardoqlash va rivojlantirish barchamizning burchimiz. ✨ Hurmat bilan Raqamli ta'lim markazi jamoasi! 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram🔈 Pedagoglik maqomingizni onlayn aniqlang! 💻 Endilikda my.edu.uz orqali fuqaroning o‘zi yoki ota-onasining pedagoglik maqomini tekshirish va shu orqali 30% kontrakt chegirmasi qo’llanishini aniqlash mumkin. 🔆 Xizmatdan foydalanish uchun hujjat talab etilmaydi. 🔆 Ariza bir bosqichda topshiriladi. 🔗 Xizmatdan foydalanish: my.edu.uz Kerakli ma’lumotni olish uchun platformaga kiring va “Pedagogik maqomini aniqlash” xizmatini tanlang. 📎Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati Raqamli ta'lim markazidan, Raqamli ta'lim xizmatlari. 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram✔️ Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga qanday ariza beriladi? Ta’lim kontrakti uchun chegirma olishga ariza topshirmoqchimisiz? 💻 Buning uchun kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, kerakli xizmatni tanlash va arizani to‘ldirish lozim. 🎥 Videoni tomosha qiling va ariza topshirish tartibini bosqichma-bosqich o‘rganing! 📎Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati 🔗kontrakt.edu.uz Ma'lumot uchun: 30% kontrakt chegirmasiga ariza berishdan oldin ota-onangiz pedagog hisoblanishini my.edu.uz portalida bilib olishingiz mumkin. Raqamli ta'lim markazidan, Raqamli ta'lim xizmatlari. 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram🔈 Pedagog xodimlar uchun muhim yangilik! 📈 Pedagog xodimlarning farzandlariga ta’lim uchun chegirma qo‘llash maqsadida ariza berish tartibini bilasizmi? 🎥 Ushbu videoqo‘llanmada ariza topshirish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin. 📌 Videoni tomosha qiling va boshqa pedagog hamkasblaringizga ham ulashing! 📱Telegram | 📱Instagram
Открыть в Telegram🏆 Kiberxavfsizlik sohasidagi samarali faoliyat e’tirof etildi Joriy yilning 5–6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oliy ta’lim sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarining axborot tizimlari va resurslarini kiberxavflardan himoya qilish hamda xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar baholandi. Vazirlik kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi samarali faoliyati va yuqori natijalari uchun Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, sammit doirasida tashkil etilgan “Cyberkent 4.0” musobaqasining Himoyachi jamoa (Blue Team) yo‘nalishida Markaz nomidan CERT-EDU jamoasi ishtirok etdi va faxrli o‘rinni egallab, yuqori natijalarni qayd etdi. Mazkur e’tirof va natijalar vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi tomonidan oliy ta’lim tizimida kiberxavfsizlikni mustahkamlash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning munosib natijasidir.
Открыть в Telegram🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini AI Plus — 1 yil BEPUL! Endilikda O‘zbekiston talabalari “Google Gemini AI Plus” obunasidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega! ✅ Talabalar Aileaders.uz platformasi orqali talabalik maqomini tasdiqlab, qiymati 60 AQSH dollariga teng yillik obunani bepul faollashtirishlari mumkin. 🚀 Google AI Plus talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? 🔹 Gemini AI — sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kengaytirilgan limitlar bilan foydalanish. 🔹 400 GB bulutli xotira — Google Photos, Google Drive va Gmail uchun umumiy xotira. 🔹 Google Flow — sun’iy intellekt yordamida kreativ videolar va kinematografik sahnalar yaratish. 🔹 Gmail’da Gemini — elektron pochta bilan ishlashda sun’iy intellekt yordamidan foydalanish. 🔹 NotebookLM — o‘quv va tadqiqot materiallarini tahlil qilish, audio va video mazmunini umumlashtirish hamda testlar bilan ishlash. 🔹 AI musiqa studiyasi — sun’iy intellekt yordamida musiqiy ijod qilish imkoniyatlari. 🎓 Bu imkoniyat — talabalar uchun bilim olish, ilmiy izlanish olib borish va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim qadam! 👉 Bepul obunani faollashtirish: https://aileaders.uz/ 📱 Telegram | 📱 Instagram #GoogleGemini #GeminiAI #SuniyIntellekt #Talabalar #RaqamliTexnologiyalar
Открыть в Telegram🎓 Eng ko‘p murojaat qilinadigan ta’lim xizmatlari 🎥 Qaysi xizmatlar eng ko‘p talab qilinishini va ular bo‘yicha statistikalarni videoda batafsil bilib oling. Siz qaysi ta’lim xizmatidan foydalangansiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. ➡️ 📱 Telegram | 📱 Instagram
Открыть в Telegram