✅ Test javoblari: nechta to‘g‘ri topdingiz? Bugungi mavzu: Где? или Куда? | Qayerda? yoki Qayerga? Keling, javoblarni birga ko‘rib chiqamiz ⬇️ 1. Дети играют ___. ✅ Б) в парке Bolalar qayerda o‘ynayapti? Bog‘da. Где? → в парке. 2. После уроков я иду ___. ✅ В) в библиотеку Men darslardan keyin qayerga ketyapman? Kutubxonaga. Куда? → в библиотеку. 3. Папа сейчас ___. ✅ А) на работе Dadam hozir qayerda? Ishda. Где? → на работе. 4. Утром мы едем ___. ✅ Б) на вокзал Biz ertalab qayerga ketyapmiz? Vokzalga. Куда? → на вокзал. 5. Учебник лежит ___. ✅ В) на столе Darslik qayerda turibdi? Stol ustida. Где? → на столе. 🎉 4–5 ta to‘g‘ri javob — siz где? va куда? savollarini yaxshi ajrata olasiz! 📖 2–3 ta to‘g‘ri javob — в парке / в парк va на работе / на работу juftliklarini takrorlang. 💪 0–1 ta to‘g‘ri javob — avval savolni aniqlang: qayerda? yoki qayerga? So‘ng testni qayta ishlab ko‘ring. Rus tilini biz bilan o‘rganmoqchimisiz?! ✍️ Ma’lumot uchun: @rustozadmin 🙂 Obuna bo‘ling — @r_ustoz
Открыть в TelegramПосты канала Rustoz
🟡 Bugungi grammatika mavzusi: Где? или Куда? | Qayerda? yoki Qayerga? Bugun shu mavzu bo‘yicha kichik test tayyorlaymiz. Где? savoli odam yoki narsa qayerda ekanini so‘rash uchun ishlatiladi. Куда? savoli esa kimdir yoki nimadir qayerga ketayotganini so‘rash uchun ishlatiladi. Masalan: Я учусь в школе. Men maktabda o‘qiyman. Я иду в школу. Men maktabga ketyapman. Мама сейчас на работе. Onam hozir ishda. Мама едет на работу. Onam ishga ketyapti. 💡 Eslab qoling: Где? — Qayerda? → в школе, в магазине, на работе Куда? — Qayerga? → в школу, в магазин, на работу В va на bilan joyni bildirganda предложный падеж, yo‘nalishni bildirganda esa винительный падеж ishlatiladi. 📝 Keyingi postda shu mavzu bo‘yicha 5 ta test savoli bo‘ladi. Tayyormisiz?! Rus tilini biz bilan o‘rganmoqchimisiz?! ✍️ Ma’lumot uchun: @rustozadmin 🙂 Obuna bo‘ling — @r_ustoz
Открыть в Telegram🛍 В магазине одежды | Kiyim do‘konida Bugun kiyim do‘konida kerak bo‘ladigan foydali iboralarni o‘rganamiz. Kerakli o‘lchamni rus tilida qanday so‘raysiz? Kiyimni kiyib ko‘rish yoki narxini bilish uchun nima deysiz? Keling, buni qisqa suhbat orqali ko‘rib chiqamiz. ⬇️ 🇷🇺 У вас есть эта куртка? 🇺🇿 Sizlarda shu kurtka bormi? 🇷🇺 Какой у вас размер? 🇺🇿 O‘lchamingiz qanday? 🇷🇺 Мне нужен размер M. 🇺🇿 Menga M o‘lcham kerak. 🇷🇺 Можно примерить? 🇺🇿 Kiyib ko‘rsam bo‘ladimi? 🇷🇺 Примерочная вон там. 🇺🇿 Kiyib ko‘rish xonasi ana u yerda. 🇷🇺 Как вам куртка? 🇺🇿 Kurtka sizga yoqdimi? 🇷🇺 Сидит хорошо. Сколько стоит? 🇺🇿 Yaxshi turibdi. Narxi qancha? 🇷🇺 Триста тысяч сумов. 🇺🇿 Uch yuz ming so‘m. 🇷🇺 Беру! Можно картой? 🇺🇿 Olaman! Karta bilan to‘lasam bo‘ladimi? Biz bilan rus tilini o‘rganmoqchimisiz?! ✍️ Ma’lumot uchun: @rustozadmin 🙂 Obuna bo‘ling — @r_ustoz
Открыть в Telegram😤 Досада, упрёк, уговоры, гнев | Alam, tanbeh, ko‘ndirish, g‘azab Rus tilida odamning nimani his qilgani va qanday ohangda gapirganini ifodalovchi fe’llar ko‘p. Masalan, заорал — birdan baqirib yubordi, процедил esa tishini qisib gapirdi degani. ⬇️ 🔹 Вздохнул — xo‘rsindi 🔹 Выговорил — aytdi 🔹 Выплюнул — tupurib tashladi 🔹 Досадовал — alam qildi 🔹 Загоревал — qayg‘uga tushdi 🔹 Загрустил — xafa bo‘lib qoldi 🔹 Заорал — baqirib yubordi 🔹 Огорчился — xafa bo‘ldi 🔹 Орал — baqirdi 🔹 Осёкся — gapining o‘rtasida to‘xtab qoldi 🔹 Печалился — qayg‘urdi 🔹 Припомнил — esiga soldi 🔹 Причитал — zorlandi 🔹 Прорычал — irillab gapirdi 🔹 Простонал — ingradi 🔹 Процедил — tishini qisib aytdi 🔹 Прошипел — vishillab aytdi 🔹 Рявкнул — jerkib baqirdi 🔹 Солгал — yolg‘on gapirdi 🔹 Сорвался — o‘zini tutolmay qoldi 🔹 Уговаривал — ko‘ndirishga urindi 🔹 Упрекнул — tanbeh berdi ➡️ Izohlarda yozing: Qaysi so‘z siz uchun yangi bo‘ldi? Biz bilan rus tilini o‘rganmoqchimisiz?! ✍️ Ma’lumot uchun: @rustozadmin 🙂 Obuna bo‘ling — @r_ustoz
Открыть в Telegram"Rus tilida noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan qo‘rqasizmi?" 🥲 «To‘g‘ri aytyapmanmi?», «Urg‘uni noto‘g‘ri qo‘ymadimmi?» degan savollar sizni ikkilantiradi. Natijada gapirish o‘rniga jim turishni afzal ko‘rasiz. 📌 Aslida, rus tilida to‘g‘ri va ishonch bilan gapirish uchun bir nechta muhim talaffuz qoidalarini bilish kerak xolos. 🎬 Yangi YouTube videomizda so‘zlarni qanday aytish kerakligini taxmin qilish o‘rniga, nima uchun aynan shunday talaffuz qilinishini tushunasiz. 👇 Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/GlnKO16YQyc?si=mMdaSB1dB6clFNL5 📌 Rus tilini o'rganishni xohlaydigan do'stingizga yuborib qo'ying. ✍️@rustozadmin 🙂@r_ustoz
Открыть в Telegram