Посты канала Buyuk ajdodlarning avlodlarimiz
⚡️⚡️ “Yangi Özbekiston” boğining quriliş işlari yakunlanmoqda. Qorovulbozor tumanida hudud qiyofasini yangilaş, aholi uçun zamonaviy dam oliş maskanlarini yaratiş va infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan bunyodkorlik işlari izçil davom etmoqda. Ayni paytda drayver loyiha asosida “Sardoba” tarixiy obidasi atrofidagi 5 gektar maydonda “Yangi Özbekiston” boğini barpo etiş işlari yakunlanmoqda. Loyiha doirasida 5 milliard sömdan ortiq mablağ yönaltirilgan. Yangi istirohat boği hudud aholisining mazmunli hordiq çiqarişi, oilaviy sayr qilişi va böş vaqtini maroqli ötkazişi uçun zamonaviy maskanga aylanadi. Tarixiy obida atrofida bunyod etilayotgan uşbu boğ nafaqat tuman markazining me’moriy qiyofasini yangilaş, balki aholi uçun yangi jamoat maskanini yaratiş yölidagi muhim loyihalardan biri hisoblanadi. ✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan Ziyolilar kengaşi ziyolilarning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytirişga qaratilgan. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в TelegramPrezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по углублению реформ в сферах развития предпринимательства и обеспечения занятости населения. #Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Ziyoli — uyğoq qalbli insonlar! Ziyolilar kengaşi — ziyolilarning muloqot platformasi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в TelegramPrezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению качества и расширению охвата охранными услугами. #Mirziyoyev #taqdimot #ichkiishlar #quriqlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Ziyolilar kengaşining yalpi majlisi va 7 ta şö’basida milliy taraqqiyotimizning ğoyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в TelegramBir xalq – bir yozuv: Otabek Hasanov barçani bir yozuv atrofida birlaşişga çaqirdi Yana öttiz beş yil kutmasdan, Prezidentimiz bir nuqtani qöyib berdi, hamma ziyolilar birlaşib, gazetamizdan tortib, şaxsiy sahifamizgaça bir deganda takomillaştirilgan alifboga ötib olaylik. Agar uç oyda ötmasak, yana qolib ketamiz, yana yoşlarimizni savodsiz qilamiz. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Özbekiston ziyolilari - milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida ilk bora “Özbekiston ziyolilari kengaşi” yiğilişining oçiliş marosimi bölib ötdi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram🏐 “SO‘G‘LOM TANADA — SO‘G‘LOM AQL!” 🇺🇿 Sport — sog‘lom hayot garovi! ❇️ Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Voleybol kuni” tashkil etilmoqda. 🏐 Ushbu sport musobaqalari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jamoaviylik, do‘stlik, o‘zaro hurmat, birdamlik va g‘alabaga intilish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maydonda o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, qizg‘in, quvnoq va ko‘tarinki ruhdagi bellashuvlarda faol ishtirok etmoqdalar. 💪 Sport bilan muntazam shug‘ullanish yosh avlodning jismonan chiniqishi, sog‘lom va faol bo‘lib ulg‘ayishi, irodasi hamda intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨ Har bir payshanba — sport, faollik va sog‘lomlik kuni! 🏐 Sportni sevamiz, sog‘lom hayotni tanlaymiz! ✅ 2-maktab matbuot xizmati.
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ “Ziyolilar kengaşi”ning respublika miqyosida ötkazilgan yiğilişida mamlakatimizning barça hududlaridan soha vakillari ham iştirok etdi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram📚 "ZAMONAVIY ILM-BUGUNGI DAVR TALABI" 2026 yil 26-noyabr kuni Qorovulbozor tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Kasbiy ta'lim öqituvçisi O.Sanoyev tomonidan zamon talabi asosidagi tayyorlangan "Sayd"- testlar töplami sinov tariqasida 8- umumiy örta ta'lim maktabi öquvçilari bilan test jarayonlari taşkil etildi. Har bir öquvçi özi qiziqqan fanlardan öquv yili davomida tayyorlana olişi va öqituvçilar uçun ham malaka toifasiga tayyorgarlik qiliş şuningdek, milliy sertiifikatni qölga kiritişi uçun uşbu sayddan foydalana oladi va bilimini mustahkamlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarni maktabdan keyingi oliy ta'limga kirişlari uçun mustaqil tayyorlanişiga va oilasining iqtisodiy byujetini tejaşga yordam beradi. Uşbu testlar töplami 40 ming testlar töplamini öz içiga olib 5-11 sinf öquvçilar, abuturentlar mustaqil foydalanuvçilar uçun yaratilgan. Ilmli böliş — yurt ravnaqi va o'z kelajagingiz uçunan imkoniyat va yangi marra sari qadam!
Открыть в Telegram"ULUĞLIK-YUKSAKLIKKA ETAKLAR" 2026 yil 26-noyabr kuni Qorovulbozor tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Navbahor mahalla fuqarolar yiğini Nuroniylari bilan uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuv davomida Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev parvoz davomida "Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub" öqib eşittirildi. Nuroniy otaxonlar tomonidan yoşlarga yaratilgan şaroitlardan oqilona foydalaniş hamda o‘quv jarayonida faollikni oşiriş muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni yangi har bir o‘quv kunini ko‘tarinki kayfiyat, intizom va mas’uliyat bilan boshlashga chaqirildi. Yangi kun — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari qadam!
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan mazkur kengaş mamlakatda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning salohiyati, tajribasi va taşabbuslarini umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriş, ularning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytirişga qaratilgan. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram#Konstitutsiya #HuquqiySavodxonlik #Maʼrifat 🇺🇿 KONSTITUTSIYA — HUQUQIY BILIM VA YUKSAK MAʼNAVIYAT POYDEVORI Qorovulbozor tuman texnikumi öquvçilari örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini örganiş böyiça olimpiada taşkil etildi. Olimpiadaning oçiliş marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bölinmasi rahbari Munavvara Jumayeva ham iştirok etdi. Olimpiadaning asosiy maqsadi yoşlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlaş, huquqiy savodxonligini oşiriş, ularda qonunlarga hurmat, fuqarolik masʼuliyati va Vatanga daxldorlik tuyğularini yuksaltirişdan iborat. Jarayon davomida öquvçilar Konstitutsiyamizda belgilangan huquq, erkinlik, burç va masʼuliyatlar yuzasidan öz bilimlarini sinovdan ötkazib, faol iştirok etdilar. Zero, Konstitutsiyani biliş — öz huquqini anglaş, jamiyat hayotida faol iştirok etiş va kelajak oldidagi masʼuliyatni his etiş demakdir. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Özbekiston ziyolilari - milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida “Özbekiston ziyolilari kengaşi” yiğilişining oçiliş marosimi bölib ötdi. #yangiruhiyat 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram🇺🇿 O‘QUVCHILAR BILAN DILDAN SUHBAT O‘TKAZILDI 📍 Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qorovulbozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (MMTB) mudiri O. Aslonov tashrif buyurdi. 🗣 Tashrif davomida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv hamda profilaktik suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, odob-axloq me’yorlariga amal qilishi, darslarga muntazam qatnashishi, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📚 O‘quvchilar bilan olib borilgan suhbatda intizom, mas’uliyat, bilim olishga intilish, kattalarga hurmat va maktab jamoasida o‘zaro hamjihatlikning ahamiyati ta’kidlandi. 🎯 Bunday uchrashuvlar yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, mas’uliyatini oshirish hamda sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. 2-maktab matbuot xizmati
Открыть в Telegram✅ Qorovulbozor tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida IIB inspektor-psixologi bilan hamkorlikda profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi. ✅ Reyd davomida o‘quvchilarning darslarga qatnashishi, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Shuningdek, o‘quvchilar bilan huquqbuzarlik, zo‘ravonlik, bezorilik va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar olib borildi. Maktab psixologi T.Dusmurodova
Открыть в Telegram#ZİYOLİLAR_KENGAŞİ Islom sivilizatsiyasi markazida Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişi oçiq va samimiy formatda ötkazildi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️ Telegram | 🖤 YouTube | 📒 Facebook⚡️Instagram
Открыть в Telegram#Yaşil_makon “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qorovulbozor tumanining “Jarqoq” mahallasida kökalamzorlaştiriş tadbiri taşkil etildi. Unda tuman Içki işlar bölimi boşliği, nuroniylar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etib, mahalla hududida köçat ekiş işlariga öz hissalarini qöşdilar. Bunday taşabbuslar hududlarda yaşil maydonlarni kengaytiriş bilan birga, aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, yoş avlodda tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyat hissini şakllantirişga xizmat qiladi. Zero, bugun ekilgan har bir nihol — kelajak avlod uçun qoldiriladigan yaşil merosdir. ✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 |
| 3 ч | 306 |
- Через 1 час1
- Всего сейчас306
Hamdardlik Uzoq yillar davomida xalqimiz salomatligi yölida fidokorona mehnat qilgan, tajribali şifokor, jarroh Muzaffarov Said Muzaffaroviç 76 yoşida vafot etdilar. Said Muzaffaroviç 1950-yilda Kogon tumanida tavallud topgan. 1976-yildan buyon Qorovulbozor tumani tibbiyot birlaşmasida jarroh sifatida faoliyat yuritib, qariyb 50 yil davomida tumanda tibbiyot sohasining rivojiga munosib hissa qöşib keldi. U tumanda ilk jarrohlik amaliyotini amalga oşirgan şifokor sifatida hamkasblari va xalqimiz xotirasida alohida örin egallagan. Uning kasbiga sadoqati, bemorlarga bölgan mehr-muhabbati, boy tajribasi va fidoyiligi köplab insonlar hayotida öz izini qoldirdi. Said Muzaffaroviçning köp yillik samarali mehnati, insoniy fazilatlari va yorqin xotirasi hamişa qalblarda saqlanib qoladi. Qorovulbozor tumani hokimligi marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolari, yaqinlari, hamkasblari va barça yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi. Janoza namozi: 26-noyabr kuni soat 11:00 da. Manzil: Imom Buxoriy mahallasi, Naqşbandiy köçasi, 34-uy. ✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 |
| 3 ч | 244 |
- Через 1 час1
- Всего сейчас244
"1-dekabr OITS ga qarşi kuraş" kuniga bağişlab, "SOĞLOM YURT FARZANDIMIZ" mavzusida voleybol sport musobaqasi taşkil etildi. - 3-umumiy örta ta’lim maktabida bölib ötgan sport musobaqasida yoşlarimiz faol iştirok etdi. Jamiyatda inson öz örnini topişi uçun bilimli, soğlom va öz yurtini sevuvçi inson bölişi kerak. -Öquvchilarga maktabning ichki tartib-qoidalariga amal qilish, darslarga kechikmasdan qatnashish hamda maktab hududida uyali telefonlardan foydalanish tartibiga rioya etish va sport tögaraklariga faol qatnaşiş bo‘yicha tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, OITS tarixi va kelib çiqişi töğrisida ma’lumotlar yetkazildi. - Maktabda tartib-intizomga rioya qiliş, yuksak odob-axloq madaniyatiga ega bo‘liş va vaqtni qadrlaş har bir o‘quvçining muhim vazifalaridan biri va o'quvçi yoşlarqat'iy rioya etişi aytib ötildi. 3- umumiy örta ta'lim maktab matbuot xizmati.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 |
| 3 ч | 237 |
- Через 1 час1
- Всего сейчас237
Переслано из Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengaşi
#deputat_faoliyati 📚 QONUNLAR TARĞIBOTI Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengaşi deputati M. Jumaeva tomonidan Qorovulbozor tuman texnikumida kasbiy ta’lim muassasasi öquvçilari örtasida Özbekiston Respublikasining «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida»gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tarğ‘ib qilişga qaratilgan huquqiy tarğibot tadbiri ötkazildi. Tadbir davomida yoşlarga qonunda belgilangan huquq va imkoniyatlar, ta’lim olişi, kasb-hunar egallaşi, bandligini ta’minlaş hamda davlat tomonidan yoşlarni qöllab-quvvatlaş yönalişlari haqida tuşunçlar berildi. Şuningdek, kasbiy ta’lim muassasalari öquvçilari örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini örganişga qaratilgan olimpiada taşkil etildi. Tadbir yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaş va faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişga qaratildi. 🌎Bizni kuzatishda davom eting ‼️ 😎Telegram | 😎Instagram |😎Facebook
Открыть в Telegram"Qorovulbozor tongi" gazetasining 2026-yil 25-noyabrdagi 39-40 sonlari 🌎Bizni kuzatishda davom eting ‼️ 😎Telegram | 😎Instagram |😎Facebook
Открыть в Telegram