⚡️BUXORO VILOYATIDA “YANGI OʻZBEKISTONNING ISTIQBOLLI KADRLARI” TOP-100 TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA! 👍 Qabul yakunlanishiga 5 kun qoldi. Hujjatlar 30-noyabr soat 24:00 gacha my.bsa.uz elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 👍 Tanlovga Buxoro viloyatidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan mutaxassislar taklif etiladi. Hali ariza topshirmagan boʻlsangiz, imkoniyatni qoʻldan boy bermang! 👍 Tanlov haqida batafsil maʼlumot va hujjat topshirish tartibi bilan tanishing. ✈️Qoʻshimcha maʼlumot uchun: (65) 221-03-36, (65) 221-03-17, (65) 221-03-70 TOP-100 safidan oʻrin oling va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshing!
Открыть в TelegramПосты канала QORAKÖL.UZ |Lotin
🕊️ BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ! 🚫 💙 Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” aksiyasi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. 📚 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik, tazyiq va kamsitish holatlarining oldini olish, maktabda o‘zaro hurmat va mehr-oqibatga asoslangan sog‘lom muhitni shakllantirishdan iborat. 🤝 Tadbir davomida o‘quvchilarga: 🔹 Zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari; 🔹 O‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik; 🔹 Har bir insonning huquq va qadr-qimmatini e’zozlash; 🔹 Nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish; 🔹 Muammoli holatlarda ishonchli kattalardan yordam so‘rash haqida muhim tushunchalar berildi. 🌱 Biz ishonamiz: har bir bola mehr, e’tibor va hurmatga loyiq! ❤️ Zo‘ravonliksiz maktab — baxtli bolalik va yorqin kelajak garovi! 🚫 Zo‘ravonlikka yo‘q deymiz! 🤝 Mehr-oqibatni tanlaymiz! 💙 Xavfsiz maktab — umumiy maqsadimiz!
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 923 |
| 7 ч | 1 240 |
- Через 6 часов1 240
- Всего сейчас1 240
🌐 “RAQAMLI AVLOD QIZLARI” — ILM, INNOVATSIYA VA KELAJAK SARI! 💻 “Raqamli avlod qizlari” respublika tanlovi doirasida Qoraköl tumanidagi maktablardan iqtidorli qizlar öz bilimlari, ijodiy salohiyati va innovatsion ğoyalari bilan faol ishtirok etmoqda. Mazkur tanlov yosh qizlarga öz ğoyalarini namoyish etish, innovatsion loyihalarini ishlab chiqish hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim va könikmalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. 🔹 Tanlovning asosiy yönalishlari: ▪️ Sun’iy intellekt ▪️ Ta’lim ▪️ Yashil iqtisodiyot ▪️ Iqlim özgarishi 🚀 Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini röyobga chiqarish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va istiqbolli startap loyihalarini qöllab-quvvatlashga xizmat qiladi. 🌟 Qoraköl tumanining iqtidorli qizlari — raqamli kelajak sari dadil qadam tashlayotgan yosh avlod vakillari! Bugungi bilimli qizlar — ertangi innovatsion kelajak bunyodkorlari! #RaqamliAvlodQizlari #QorakölTumani #IqtidorliQizlar #Innovatsiya #RaqamliKelajak
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 1 150 |
| 8 ч | 1 370 |
- Через 6 часов1 150
- Всего сейчас1 370
#maktub PREZIDENT MAKTUBI — MEHR, IBRAT VA AVLODLARGA MEROS O‘zbekiston Qahramoni, senator, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev Qorako‘l tumaniga tashrif buyurib, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning suyukli nabirasi Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan samimiy maktubi nuroniylarga o‘qib eshittirildi. Mazkur maktubda Prezidentimizning mehribon bobo sifatidagi qalb kechinmalari, nabirasiga bildirgan ezgu tilaklari, hayot haqidagi o‘gitlari va kelajak avlodga bo‘lgan yuksak ishonchlari mujassam. Ushbu dil izhori nafaqat Shavkatbekka, balki barcha yoshlar uchun hayot sabog‘i, kattalar mehri va duosining qadrini anglatuvchi ma’naviy maktabdir. Maktubda aks etgan samimiy fikrlar nuroniylarda ham katta taassurot uyg‘otib, ularning yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati, oiladagi mehr-oqibat va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik haqidagi mushohadalarini yanada boyitdi. 📱Sayt 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Открыть в Telegram