#fiqhustozdan
Kişilarning ehtiyojlari çegara bilmaydi. Uni faqat töxtaş bilan çegaralaş mumkin.
***
Tabarrukotlar (barakali deb qaraladigan narsalar) yaxşi, lekin baribir hammasi mehnat bilan böladi, çunki Alloh taolo:
وأن ليس للإنسان إلا ما سعى —
«Insonga faqat harakat qilganigina böladi» degan.
(Gap tuzuk dars qilmay hali u hali bu maşhurni körişga boriş haqida edi.)
***
Har eşitganingizga işonib, har kimga hayron qolib, çapak çalavermang — çapagingiz qadrsiz bölib qoladi.
***
Ibtilo (sinov) paytida «Ertaga, albatta, yaxşilanib ketadi», deb sabr qiliş — zaif iymonning belgisi.«Men boriga, boriça roziman, şu holimga sabr va şukr qilaman», demoq esa, komil iymon böladi.
***
Köp eʼtibor bermasangiz, köp bezovta ham bölmaysiz.
***
Minglab qilinayotgan vaʼz nasihatlar, aytilayotgan hikmatli sözlar, taʼsirli hikoyalar nazarimda heç narsani özgartira olmayotgandek körinyapti. Telefonlarimiz bunday maʼlumotlarga tölib toşib ketgan. Nimadir xato ketyaptimi deyman.
***
Nima köpaysa va zohir bölsa, uning qadri ketadi. Har bir narsada hikmat bor.
Allohning oti har yerda işlatilavermaydi. Bu dunyoda U Zot özini bandalaridan pinhon tutganida ham yetuk hikmat bor. Savdoni yaxşilaş, molni maqtaş uçun Allohning ismidan foydalanmaslik kerak.«Aşboh»da* bundan qaytarilgan. (Din belgilaridan har xil bezak, aksessuar, qöl römolça kabilar yasalişi viqorni ketkazadi.)
*Ibn Nujaym Hanafiyning «al-Aşboh va-n-nazoir» kitobiga işora.
***
Odam masalani töğri yeçganda içida çiroq yongandek tuyğu böladi.
***
Ustozning xulosalari, masala, voqea-hodisalarga yondaşuvlari ajoyib edi, tinglasam, göyo minglab kitoblarning xulosasiga quloq tutayotganimdek tuyilardi. Alhamdulillah.
@qizingizyozdi