🔴
🔴 Majlisda “Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
🚫 Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksida chet el avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqish tartibi takomillashtirilib, ularning mamlakatimiz hududida bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilmoqda, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddati 60 kundan 120 kunga oshirilmoqda.
🚫 Shuningdek, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga tenglashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun bosh ta’minot summalarini kamaytirish mexanizmlari joriy etilmoqda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali qabul qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
🚫 Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tashqi savdo operatsiyalarida ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillashtirish, bojxona xizmatlari shaffofligi va tezkorligini oshirish hamda mamlakatimizning investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
🚫 Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________
🔴 На заседании в первом чтении рассмотрен проект закона «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан в связи с дальнейшим упрощением таможенного администрирования и процедур внешней торговли».
🚫 Законопроектом предусматривается совершенствование порядка ввоза на территорию Республики Узбекистан и вывоза с ее территории иностранных автотранспортных средств. В частности, срок их пребывания в стране увеличивается с 90 до 180 дней, а срок отсрочки уплаты таможенных платежей — с 60 до 120 дней.
🚫 Кроме того, предусматривается приравнивание процентных ставок, начисляемых при предоставлении отсрочки или рассрочки уплаты таможенных платежей, к ставке рефинансирования Центрального банка, а также внедрение механизмов снижения размеров генерального обеспечения для субъектов предпринимательства. Расширяются и возможности приема заявлений и прилагаемых к ним документов в рамках лицензионных, разрешительных и уведомительных процедур через таможенную информационную систему «Единое окно».
🚫 Принятие данного законопроекта послужит сокращению излишних административных процедур во внешнеторговых операциях, снижению финансовой нагрузки на предпринимателей, повышению прозрачности и оперативности таможенных услуг, а также дальнейшему улучшению инвестиционного и делового климата в стране.
🚫 После обсуждений законопроект принят в первом чтении.
🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽ Yoshlar parlamenti