📍Yangi Toshkentga aholi qachondan ko‘chib kirishi ma'lum bo‘ldi 📆Yangi Toshkentdagi ilk turar joylarga aholi kelasi yil bahoridan ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Yangi Toshkent direksiyasi vakillari matbuot anjumanida ma'lum qilgan. 🏙Shuningdek, mas’ullar 2027-yilda yangi shahar infratuzilmasi qariyb 50 ming kishiga xizmat ko‘rsatishini mo‘ljallanayotganini qayd etgan. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramПосты канала Pulnews💰
O‘zbekiston Markaziy banki 28-noyabrga belgilangan valyuta kurslarini e’lon qildi. 🇺🇸AQSh dollari = 12017.70 so‘m (+15.6) 🇪🇺Yevro = 13179.81 so‘m (+13.51) 🇷🇺Rossiya rubli = 146.39 so‘m (+0.37) 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 9 ч | 238 |
| 29 ч | 491 |
- Через 24 часа491
- Всего сейчас491
👞Oʻzbekistonda poyabzallar ham majburiy markirovkalanishi mumkin 🏛️Oʻzbekistonda ayrim turdagi poyabzallar va transformatorlarni majburiy markirovkalash tizimi joriy etiladi. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. 📆Ichki bozorda realizatsiya qilinadigan ayrim turdagi poyabzal, shuningdek, transformatorlar mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash: • 2027-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tariqasida; • 2028-yil 1-yanvardan boshlab — majburiy tartibda joriy etiladi. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramO‘zbekiston Markaziy banki 25-noyabrga belgilangan valyuta kurslarini e’lon qildi. 🇺🇸AQSh dollari = 11990.54 so‘m (-12.39) 🇪🇺Yevro = 13136.84 so‘m (-19.57) 🇷🇺Rossiya rubli = 146.24 so‘m (-0.5) 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramO‘zbekiston va Iordaniya o‘zaro savdo hajmini $500 mln ga yetkazmoqchi 🇺🇿🤝🇯🇴Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon shahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar uchrashuvda imtiyozli savdo bitimini imzolash va o‘zaro savdo hajmini kelgusida $500 mln ga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalgan. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalari ko‘rsatib o‘tilgan. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramO‘zbekiston Markaziy banki 24-noyabrga belgilangan valyuta kurslarini e’lon qildi. 🇺🇸AQSh dollari = 12002.93 so‘m (-1.55) 🇪🇺Yevro = 13156.41 so‘m (+0.7) 🇷🇺Rossiya rubli = 146.74 so‘m (+0.18) 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🏠Oʻzbekistonda 2 mln ga yaqin koʻchmas mulk obyekti xatlovdan oʻtkazildi 🏛Oʻzbekistonda 300 mingga yaqin koʻchmas mulk obyekti boʻyicha mulk va ijara huquqlari toʻliq eʼtirof etildi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi. 💻Agentlik maʼlumotiga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qonun doirasida 1 870 437 ta koʻchmas mulk obyekti xatlovdan oʻtkazildi. Shundan 1 814 650 tasi UZKAD elektron tizimiga oʻtkazilgan. 📄Shuningdek, “Eʼtirof” axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan. Ularning 294 398 tasi boʻyicha mulk va ijara huquqlari toʻliq eʼtirof etilgan. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram⚡️Jizzaxda 500 mln dollarlik yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi 📰Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida barpo etilgan yangi issiqlik elektr stansiyasi O‘zbekiston yagona energetika tizimiga ulanib, elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 💵Umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan stansiya yiliga 4,4 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda 500 million kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyatiga ega. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🍉O‘zbekiston 9 oyda 40,4 mln dollarlik tarvuz eksport qildi 🚛O‘zbekiston 2026-yilning yanvar—sentyabr oylarida 15 ta xorijiy davlatga 40,4 million dollarlik tarvuz eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 📈Qayd etilishicha, to‘qqiz oy davomida eksport qilingan tarvuz hajmi 139 ming tonnani tashkil etgan. Eksport qiymati 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,6 million dollarga oshgan. 📊O‘zbekiston eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar: 🇷🇺Rossiya — 68,7 ming tonna; 🇰🇿Qozog‘iston — 41,9 ming tonna; 🇰🇬Qirg‘iziston — 25 ming tonna; 🇧🇾Belarus — 2,1 ming tonna; 🇹🇯Tojikiston — 424,1 tonna; 🇲🇳Mongoliya — 286,1 tonna; 🇬🇪Gruziya — 228 tonna; 🇱🇹Litva — 206,1 tonna; 🇺🇦Ukraina — 84 tonna; 🇵🇱Polsha — 58,7 tonna. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🇺🇿Qurilish ishlarining yarmidan ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ldi 💵2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 339,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 📊Qurilish ishlarining toifalar bo‘yicha taqsimoti: 🔹50,6% — kichik korxona va mikrofirmalar — 171,7 trln so‘m, 🔹26,4% — yirik qurilish tashkilotlari — 89,5 trln so‘m, 🔹23,0% — aholi tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari — 78,1 trln so‘m. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram✋NVIDIA Jensen Huangni qayta ishga olishdan bosh tortdi 👤Joriy yilning 12-noyabr kuni Nvidiani 33 yil davomida boshqargan Jensen Huang shaxsiy hayotida sodiq bo‘lgan voqealardan so‘ng iste'fo bergan edi. Shundan so‘ng Huangni lavozimiga qaytarish bo‘yicha boshlangan “Jensen bilan birga” harakatlariga direktorlar kengashi munosabat bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 🇺🇸Nvidia rahbariyati yangi bosh direktor topish rejasida qatiiy turishi va sobiq rahbarni lavozimiga qaytarilmasligini ma’lum qilgan. Buning asosiy sababi sifatida Huang o‘z ixtiyori bilan ketganligi ko‘rsatilgan. 📊Biroq Huangning Nvidia’ga ta’siri mutlaqo o‘z kuchini yo‘qotmagan. U kompaniyaning taxminan 3,5 foiz ulushiga ega. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в TelegramO‘zbekiston Markaziy banki 18-noyabrga belgilangan valyuta kurslarini e’lon qildi. 🇺🇸AQSh dollari = 12010.45 so‘m (-13.16) 🇪🇺Yevro = 13200.69 so‘m (-36.1) 🇷🇺Rossiya rubli = 145.64 so‘m (+0.1) 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🇺🇿O‘zbekiston Prezidenti Oʻmonda “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi bilan tanishdi Oʻmonga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masqatdagi Anjuman va koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Oʻzbekiston sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, “Made in Uzbekistan” nomi bilan tashkil etilgan koʻrgazmada mamlakatimiz togʻ-kon va metallurgiya, elektrotexnika va elektronika, energetika, transport, logistika va aviatsiya, qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida erishilgan natijalar, tayyor mahsulotlar hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalari namoyish qilingan. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🇺🇿Eng ko‘p hunarmandlar qaysi hududda? 📊2026-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda 18 847 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 🔝Hududlar kesimida hunarmandlar eng ko‘p hududlar (TOP-5): 🔹Farg‘ona viloyati — 2 345 nafar; 🔹Toshkent shahri — 2 013 nafar; 🔹Andijon viloyati — 1 908 nafar; 🔹Samarqand viloyati — 1 765 nafar; 🔹Namangan viloyati — 1 665 nafar. 🧮Hunarmandlar eng kam hududlar: 🔸Jizzax viloyati — 850 nafar; 🔸Navoiy viloyati — 368 nafar; 🔸Sirdaryo viloyati — 332 nafar. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🚗O‘zbekistonda yil boshidan buyon nechta yengil avtomobil ishlab chiqarildi? 🏭O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida turli rusumdagi 356 318 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 📈Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 29,9 ming donaga yoki 9,2 foizga oshgan. 📊Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar modellar va brendlar bo‘yicha: 🔹Cobalt — 120 672 dona; 🔹Damas — 63 401 dona; 🔹Tracker — 34 080 dona; 🔹Onix — 27 247 dona; 🔹BYD — 26 706 dona; 🔹KIA — 24 801 dona; 🔹Chery — 7 221 dona; 🔹Haval — 6 953 dona; 🔹Chevrolet Damas Move — 2 137 dona; 🔹TANK 500 — 2 dona; 🔹Maxsus yengil avtomobillar — 43 098 dona. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🚌Toshkentda avtobus yo‘lovchilarining ayrimlari 10 martadan ortiq jarimaga tortildi 📰Toshkent shahridagi avtobuslarda chiptasiz yurgan 22 929 nafar yo‘lovchi kamida ikki marta jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi. 👮♂️2025-yil oktabr oyidan joriy yilning 10-noyabriga qadar poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari bo‘yicha jami 170 ming 937 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 📊Ushbu davrda: ▪️17 327 nafar yo‘lovchi — ikki marta, ▪️4 033 nafar yo‘lovchi — uch marta, ▪️1 099 nafar yo‘lovchi — to‘rt marta ▪️9 nafar yo‘lovchi esa — o‘n va undan ortiq marta jarimaga tortilgan. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🇺🇿Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga 11,6 mln nafar turist tashrif buyurdi 🌎2026-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 11 622 103 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 📈Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 mln nafarga yoki 19,4 foizga oshgan. 📊O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar kelgan TOP-10 davlat: 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi – 3 180 403 nafar; 🇰🇿Qozog‘iston – 2 703 401 nafar; 🇹🇯Tojikiston – 2 553 147 nafar; 🇷🇺Rossiya – 1 104 057 nafar; 🇦🇫Afg‘oniston – 432 651 nafar; 🇨🇳Xitoy – 430 326 nafar; 🇹🇲Turkmaniston – 289 933 nafar; 🇹🇷Turkiya – 169 553 nafar; 🇮🇳Hindiston – 64 344 nafar; 🇩🇪Germaniya – 50 846 nafar. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram🇺🇿Yangi Toshkentda yirik loyihalar uchun foyda solig‘i 1% ga tushiriladi 📜Prezident farmoni bilan maxsus hududlarda yirik shaharsozlik loyihalari uchun maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. 📊Bu rejim doirasida loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxslar obyektni ijaraga berish va sotishdan olingan foydaga 1% stavkada foyda solig‘i to‘laydi • kamida $50 mln — 5 yil; • kamida $100 mln — 10 yil; • kamida $500 mln — 15 yil. 🏛Shuningdek, quyidagi imtiyozlar beriladi: • $50 mln va undan yirik loyihalar doirasidagi obyektlar 20 yilga mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi; • Bosh pudratchi va bosh loyiha tashkiloti O‘zbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy shaxslardan sotib oladigan xizmatlar QQSdan ozod qilinadi; • 2040-yil 1-yanvargacha investorlarning loyiha doirasida olgan dividendlari O‘zbekistonda qayta investitsiya qilinsa, soliqdan ozod etiladi. 👉 Rasmiy sayt 👉 @pulnewsuzb
Открыть в Telegram