Farzandingiz pul haqida ilk saboqlarni qayerda oladi? Balki siz bilan do‘konda yurganida. Tasavvur qiling. Besh yoshli bolangiz do‘konda o‘yinchoq ko‘rib, «Olaylik», dedi. Siz narxiga qarab, «Bugun oziq-ovqat olamiz, o‘yinchoqqa esa pul yig‘amiz», dedingiz. Siz uchun bu oddiy xarid. Bolangiz esa shu payt pulni nimaga sarflashni tanlash mumkinligini ko‘rdi. Kembrij universitetining ikki tadqiqotchisi bolalar pulga oid odatlarni qanday o‘rganishini o‘rgangan. Ularning xulosasiga ko‘ra, ko‘p bolalarda yetti yoshga kelib pulga oid dastlabki tushunchalar shakllana boshlaydi. Masalan, bola pulni sanashni, xarid uchun pul berish kerakligini yoki istagan narsasini olish uchun biroz kutishni tushuna boshlaydi. Bola kundalik hayotda sizni kuzatib ham o‘rganadi. Do‘konda ikkita mahsulotning narxini solishtirganingizda yoki biror narsaga pul yig‘ayotganingizni ko‘rganida, pul haqida aytgan gaplaringizni amalda ko‘radi. Siz-chi? Bolaligingizda pul haqida kimdan nimani o‘rgangansiz? Izohda yozing.
Открыть в TelegramPulli Gap
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 16 нояб. 2026 г. | 7 830 |
| 18 нояб. 2026 г. | 8 577 |
| 20 нояб. 2026 г. | 6 970 |
| 23 нояб. 2026 г. | 6 460 |
| 24 нояб. 2026 г. | 4 020 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры12,4 тыс.Пересылки—Реакции22Комментарии—
- 02Просмотры7,83 тыс.Пересылки—Реакции37Комментарии—
- 03Просмотры6,97 тыс.Пересылки—Реакции22Комментарии—
- 04Просмотры6,8 тыс.Пересылки—Реакции23Комментарии—
Новые посты
Alifbo özgarsa, qölingizdagi pulni almaştiriş kerakmi? Yöq. Qölingizdagi banknot va tangalar avvalgidek amal qiladi. Markaziy bank 23-noyabr kuni bunga izoh berdi. Yangi alifboda o‘, g‘, sh, ch örniga ö, ğ, ş, ç yoziladi. Qonun 2027-yil 22-aprelda kuçga kiradi. Bu özgarişdan keyin ham hozirgi pullaringizni dökonda, bozorda va boşqa tölovlarda bemalol işlataverasiz. Yangi yozuv pullarda qaçon paydo böladi? Yangi alifbodagi yozuvlar kelgusida çiqariladigan pullarda paydo böladi. Hozirça aniq sana e’lon qilinmagan. Markaziy bank yangi pullar muomalaga çiqişidan kamida bir hafta oldin xabar beradi. Pasport va ID-karta-çi? Amaldagi pasport, ID-karta va haydovçilik guvohnomasi öz kuçida qoladi. Alifbo özgargani sababli ularni almaştiriş şart emas. Firibgarlardan ehtiyot böling 🔹 Kimdir «eski pulingizni yangisiga almaştirib beraman» desa, unga pul bermang. Bunday almaştiriş talab etilmaydi. 🔹 Şaxsiy xabarda yuborilgan «yangi alifbo klaviaturasi» ilovasini örnatmang. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bunday ilova orqali karta ma’lumotlaringiz oğirlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu xabarni ota-onangizga ham jönatib qöying. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в TelegramBozorga chiqmasdan narxni bilsa bo‘ladimi? Bo‘ladi. Statistika qo‘mitasi NarxStat degan ochiq sayt ishga tushirdi. Unda mahsulot va yonilg‘ining haftalik o‘rtacha narxi viloyat va tumanlar bo‘yicha ko‘rsatiladi. Ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Saytda nima bor ✔️ Asosiy oziq-ovqat narxlari: sut, tuxum, sabzavot, meva va boshqalar ✔️ Yonilg‘i narxi: benzin, propan, metan ✔️ Shu haftada eng ko‘p qimmatlagan va arzonlagan mahsulotlar ✔️ Uy-joy narxlari qanday o‘zgarayotgani Yana ikkita kalkulyator bor: biri pulingizning xarid kuchini, ikkinchisi bozorlik savati qanchaga tushishini hisoblaydi. Bir misol 11-noyabr holatiga o‘n dona tuxum o‘rtacha 12 837 so‘m. Lekin Surxondaryoda 14 211 so‘m, Sirdaryoda esa 11 994 so‘m. Farq 2 217 so‘m. AI-92 benzinning litri o‘rtacha 12 087 so‘m: Toshkentda 12 960 so‘m, Qoraqalpog‘istonda 11 539 so‘m. Sizga qanday foydasi bor 1️⃣ Bozorda aytilgan narxni tumaningizdagi o‘rtacha narx bilan solishtirasiz. 2️⃣ Qaysi mahsulot qimmatlayotganini ko‘rib, bozorlikni oldindan rejalaysiz. 3️⃣ Haydovchi bo‘lsangiz, viloyatlardagi benzin va metan narxini taqqoslaysiz. Saytga kirib, tumaningizdagi tuxum narxini ko‘ring. Bozordagisi bilan bir xilmi? Izohda yozing. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в TelegramQishki kommunal to‘lovlarga yordam! Bu qish ehtiyojmand oilalar uchun bir nechta yordam turi bor. Ba’zilari o‘zi tayinlanadi, ba’zilariga murojaat qilish kerak. Keling, birma-bir ko‘rib chiqamiz. Yordam kimga beriladi ✔️ Ijtimoiy reyestrga, ya’ni kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilganlarga. ✔️ Ro‘yxatda yo‘q, lekin oilada bir kishiga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 1 million 430 ming so‘mdan oshmaydiganlarga. Masalan, besh kishilik oilaning jami daromadi oyiga 7 million 150 ming so‘mgacha bo‘lsa. Daromaddan tashqari oilaning umumiy ahvoli ham tekshiriladi. 1️⃣ Bir martalik 1 million so‘m Noyabr oyida beriladi. Ro‘yxatni “Inson” markazi va mahalla yettiligi tuzadi. Pul 30-noyabrgacha ijtimoiy kartaga yoki bank kartasiga tushadi. Yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar ham oladi. 2️⃣ Elektr va gaz uchun kompensatsiya Elektrda oyiga 200 kVt·soatgacha har kVt·soat 650 so‘m, undan oshgani 900 so‘mdan hisoblanadi. Ehtiyojmand oilaga shu farq uchun kompensatsiya beriladi. Oilaning ahvoli davlat bazalari orqali tekshiriladi, mezonga to‘g‘ri kelsa, kompensatsiya keyingi oydan tayinlanadi. 3️⃣ Gaz yetib bormagan hududlarda Qishda elektrning arzon me’yori 200 emas, 350 kVt·soat. Oyiga 350 kVt·soat yoqqan xonadon 265 ming so‘m o‘rniga 227,5 ming so‘m to‘laydi. Farq 37,5 ming so‘m. 4️⃣ Gaz balloni uchun 15-noyabrdan suyultirilgan gazning kilogrammi 5 000 so‘m. Ehtiyojmand oilaga har kilogramm uchun 3 000 so‘m qaytariladi, oyiga 20 kilogrammgacha. Bu ko‘pi bilan 60 ming so‘m. Pul ijtimoiy kartaga tushadi. 5️⃣ Ko‘mir uchun Har tonnaga 300 ming so‘m, bir yilda ko‘pi bilan 600 ming so‘m qaytariladi. Ko‘mir mycoal.uz orqali olinadi, ariza “Inson” markaziga yoki davlat xizmatlari markaziga beriladi. Qayerdan so‘raladi? Mahallangizdagi “Inson” markazidan yoki “Ijtimoiy karta” ilovasidan. Ro‘yxatda bor-yo‘qligingizni ham shu yerdan bilasiz. Yordam turi bitta emas, beshta. O‘zingiz yoki qo‘shningiz mezonga to‘g‘ri kelsa, bir marta so‘rab ko‘rishga arziydi. Postni mahallangiz guruhiga tashlab qo‘ying: kimgadir kerak bo‘ladi. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в TelegramIshxona qaysi bank bilan ishlasa, oylik kartangiz ham o‘sha bankniki bo‘lishi shart emas. Markaziy bank 18-noyabrda shunday tizim joriy etilayotganini ma’lum qildi. ✅ Qanday ishlaydi ✔️ O‘zingizga qulay bank kartasi yoki elektron hamyon rekvizitini buxgalteriyaga berasiz. ✔️ Karta o‘z nomingizda bo‘lishi kerak. ✔️ Yangi hisob ochish yoki alohida ro‘yxatdan o‘tish kerak emas. Oylik, mukofot puli va boshqa to‘lovlar shu kartaga tushadi. ❓ Kimga tegishli Hozircha xususiy tashkilotlar xodimlariga. Budjet tashkilotlari ikkinchi bosqichda qo‘shiladi, muddati aytilmagan. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в TelegramKredit arizangizni aslida kim tekshiradi? Tasavvur qiling, bank ilovasi orqali kreditga ariza berdingiz. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, rad javobi keldi. Shuncha tez kim qaror qildi? Ko‘p hollarda — bank xodimi emas, avtomatik tizim. Bu tizim skoring deb ataladi. U sizning kredit olish imkoniyatingizni turli ma’lumotlar asosida baholaydi. 🔎 Skoring tizimi nimalarga e’tibor beradi? 1️⃣ Kredit tarixi. Oldingi kreditlaringizni vaqtida to‘laganmisiz? Kechikkan to‘lovlaringiz bormi? 2️⃣ Qarz yuki. Odatda, barcha kreditlaringiz bo‘yicha oylik to‘lovlar daromadingizning 50 foizidan oshmasligi kerak. Masalan, oylik daromadingiz 6 mln so‘m bo‘lsa, kredit to‘lovlari jami 3 mln so‘mdan oshmasligi lozim. 3️⃣ Daromad. Bank kreditni qaytarish imkoniyatingizni baholaydi. Bunda tasdiqlangan daromad muhim ahamiyatga ega. 4️⃣ Shaxsiy ma’lumotlar. Arizadagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar ham qarorga ta’sir qilishi mumkin. ❓ Kredit nega rad etiladi? Bunga kredit tarixidagi kechikishlar, qarz yukining yuqoriligi yoki daromadning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qayta ariza topshirishga shoshilmasdan, avvalo moliyaviy holatingizni tekshirib ko‘rgan ma’qul. ✅ Ariza berishdan oldin: ✔️ Kredit tarixingizni tekshiring. ✔️ Oldingi kreditlaringiz to‘liq yopilganiga ishonch hosil qiling. ✔️ Oylik kredit to‘lovlaringizni daromadingiz bilan solishtiring. 📌 Kredit tarixingizni my.gov.uz yoki infokredit.uz orqali tekshirishingiz mumkin. Unutmang: kredit rad etilishi — yakuniy hukm emas. Muhimi, bunga nima sabab bo‘lganini tushunish va moliyaviy imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholash. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в TelegramKredit olayotganda ko‘pchilik faqat foiz va oylik to‘lovga qaraydi. Kutilmagan xarajatlar esa shartnomaning boshqa bandlarida bo‘lishi mumkin. Imzo qo‘yishdan oldin shu 5 jihatni tekshiring. 1️⃣ Foizdan tashqari xarajatlar Foizdan tashqari komissiya, xizmat haqi va sug‘urta ham bo‘lishi mumkin. Bankdan «Jami qancha pul qaytaraman?» deb so‘rang. Markaziy bank talabiga ko‘ra, foiz, komissiya va jarimalar yig‘indisi bir yilda kredit summasining 50 foizidan oshmasligi kerak. Masalan, bir yilga 20 million so‘m olsangiz, qo‘shimcha to‘lovlar 10 million so‘mdan oshmasligi lozim. 2️⃣ To‘lov kechiksa To‘lov kechiksa, shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi. Masalan, kunlik penya 0,1 foiz bo‘lsa, 2 million so‘mlik to‘lovni 10 kun kechiktirish 20 ming so‘mga tushadi. Qonunda belgilangan holatlarda bank qolgan qarzni muddatidan oldin qaytarishni ham talab qilishi mumkin. 3️⃣ Kartadan roziliksiz pul yechish Shartnoma bankka qarzni kartangizdan qo‘shimcha roziliksiz yechib olish huquqini berishi mumkin. Bu «akseptsiz undirish» deyiladi. 2027-yil 10-yanvardan bank bunday undirishda barcha kartalaringizda jami eng kam ish haqining kamida yarmini qoldirishi kerak. Hozirgi hisobda bu 680 ming so‘m. 4️⃣ Muddatidan oldin yopish Iste’mol kreditini muddatidan oldin qaytarishga haqlisiz. Foiz faqat kreditdan foydalangan davringiz uchun hisoblanadi. Masalan, 10 million so‘m qarzingiz qolgan va stavka yillik 24 foiz bo‘lsa, bir oylik foiz taxminan 200 ming so‘m. Bir oy oldin yopsangiz, shu pulni tejaysiz. Shartnomadan muddatidan oldin to‘lash tartibini tekshiring. 5️⃣ Sug‘urta va qo‘shimcha xizmatlar Sug‘urta majburiymi, narxi qancha, kim to‘laydi, har yili yangilanadimi? Javob shartnomada yoki uning ilovalarida aniq yozilgan bo‘lishi kerak. 🔹 Yana bir huquqingiz Iste’mol krediti pulidan hali foydalanmagan bo‘lsangiz, shartnoma tuzilgan kundan ikki hafta ichida yozma xabar berib, undan voz kechishingiz mumkin. ✅ Imzolashga shoshilmang. Shartnomani o‘qish, tushunarsiz bandni so‘rash va xarajatlarni oldindan hisoblash — sizning huquqingiz. Manba: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun, Markaziy bank nizomi va qarori 📍Postni kredit olishni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ham yuboring. Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в Telegram📚 O‘zbekistonliklar nega chet elda o‘qishni tanlamoqda? 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga yo‘l oldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga kamaygan. Ammo raqamlar pasayganiga qaramay, xorijda ta’lim olish istagi hanuz yuqori. Bugungi kunda yoshlar nafaqat diplom, balki xalqaro tajriba, xorijiy til ko‘nikmalari va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini ham izlamoqda. 😊 Keling, talab eng yuqori bo‘lgan davlatlarni ko'rib chiqamiz 2026-yil yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p quyidagi davlatlarni tanlagan: *️⃣Qirg‘iziston — 1 519 nafar *️⃣ Rossiya — 1 515 nafar *️⃣ Janubiy Koreya — 1 184 nafar *️⃣ Turkiya — 554 nafar *️⃣ Tojikiston — 514 nafar *️⃣ Xitoy — 472 nafar *️⃣ Buyuk Britaniya — 413 nafar *️⃣ Boshqa davlatlar — 1 184 nafar 😊 Xo'sh, nega aynan ushbu davlatlar tanlangan? Mutaxassislarning fikricha, tanlovga bir nechta omillar ta’sir qilmoqda: ✔️Ta’lim narxining nisbatan arzonligi ✔️ Grant va stipendiya dasturlarining mavjudligi ✔️ Diplomlarning xalqaro tan olinishi ✔️ Til o‘rganish imkoniyati ✔️ Ish va amaliyot dasturlariga kirish imkoniyati Masalan, Janubiy Koreya va Xitoy texnologiya hamda muhandislik yo‘nalishlari bilan qiziqtirsa, Buyuk Britaniya yuqori reytingdagi universitetlari bilan talabalarni jalb qilmoqda. Rossiya esa geografik yaqinlik va rus tilida ta’lim olish imkoniyati tufayli hanuz eng ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 🗣️ Bir narsa aniq: bugungi yoshlar uchun ta’lim endi faqat diplom emas, balki dunyoqarashni kengaytirish, yangi imkoniyatlar eshigini ochish va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topish vositasiga aylanmoqda. Shu sababli xorijda o‘qish istagi yaqin yillarda ham dolzarbligicha qoladi. Siz ta’lim uchun qayerni tanlagansiz yoki tanlagan bo'lardingiz? Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в Telegram1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan keshbekka oid xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, davlat tomonidan joriy etilgan 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish yoki uning amal qilishini cheklash rejalashtirilmagan. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fiskal cheklarni rasmiylashtirish orqali asossiz ravishda QQS summalarini qaytarib olishga urinish holatlari aniqlangan. May oyi holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 389 ta korxona cheklari orqali QQSni qaytarib olmoqchi bo‘lgan 248,5 ming nafar shaxs shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan. Natijada 83,1 mlrd so‘mlik keshbek to‘lovi vaqtincha to‘xtatilgan. Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, aniqlangan holatlar keshbek tizimining o‘ziga emas, balki undan noqonuniy manfaat ko‘rishga uringan ayrim shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining harakatlariga tegishli. Asosiy maqsad — keshbek tizimining adolatli va manzilli ishlashini ta’minlashdan iborat. Manba Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в Telegram✈️ O‘zbekistonliklar nega Vyetnamga oshiqmoqda? So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik sayyohlar orasida yangi trend paydo bo‘ldi. Avvallari Turkiya, BAA yoki Tailand eng ommabop yo‘nalishlar sanalgan bo‘lsa, endi Vyetnam ham tez sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida 18 330 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vyetnamga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🛍 Qizig‘i shundaki, safarga chiqqanlarning mutlaq ko‘pchiligi dam olishni maqsad qilgan. Vyetnamga borganlarning: ✈️ 17 315 nafari sayohat qilish uchun, 👨👩👧👦 865 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 🏥 142 nafari davolanish uchun, 💼 atigi 8 nafari xizmat safari bilan yo‘l olgan. Bu esa Vyetnam o‘zbekistonliklar uchun avvalo turistik yo‘nalish sifatida qiziq ekanini ko‘rsatadi. 📌 Xo'sh, Vyetnam nimasi bilan jalb qilmoqda? 1️⃣ Vyetnam Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng arzon turistik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mehmonxonalar, transport va ovqatlanish xarajatlari ko‘plab boshqa mashhur kurortlarga nisbatan ancha hamyonbop. 2️⃣ Mamlakatning tropik tabiati, oq qumli plyajlari va ekzotik madaniyati sayyohlarni o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa Nha Trang, Da Nang va Fukuok kabi kurortlar o‘zbekistonliklar orasida tobora mashhur bo‘lib bormoqda. 3️⃣ Turizm kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan tayyor paketlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham sayohatni ancha qulaylashtirgan. ❓Shunda yangi turistik favorit paydo bo‘lmoqdami? 18 mingdan ortiq sayyoh atigi besh oy ichida Vyetnamni tanlagani bu yo‘nalishning O‘zbekiston bozorida tobora kuchayib borayotganini anglatadi. Agar hozirgi sur’at saqlanib qolsa, yil yakuniga qadar Vyetnamga borgan o‘zbekistonliklar soni 40 ming nafardan ham oshishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonlik sayyohlarning e’tibori tobora yangi yo‘nalishlarga qaratilmoqda. Va bugun ana shunday eng tez ommalashayotgan manzillardan biri — aynan Vyetnam. Siz-chi Vyetnamga borishga ulgurdingizmi? Telegram • Instagram • YouTube
Открыть в Telegram