🟦🟦🟦🟦
🎉Nihoyat, uzoq kutilgan kun! «Profi Deutsch» nemis tilini o‘qitish va xalqaro telc imtihon markazi endilikda Toshkent shahrida ham o‘z faoliyatini boshladi.
🔺2026-yil 23-noyabr kuni «Profi Deutsch» markazining Toshkent shahar filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✍️Tadbirda davlat tashkilotlari, xalqaro hamkorlar, ta’lim muassasalari vakillari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.
✍️Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, Migratsiya agentligi direktorining o‘rinbosari Elyor Toshtemirov, telc tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Winfried Ellwanger hamda «Profi Deutsch» markazi rahbari Kamoliddin Bediev ishtirok etdilar.
✍️Shuningdek, tadbirda texnikum o‘quvchilari ham qatnashdilar.
🔺Toshkent filialining ishga tushirilishi nemis tilini o‘rganish, xalqaro telc sertifikatlarini qo‘lga kiritish hamda Germaniyada ta’lim olish va kasbiy faoliyatini davom ettirishni maqsad qilgan yurtdoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Endilikda poytaxtimiz aholisi «Profi Deutsch» markazida ham nemis tilini o‘rganish va xalqaro telc imtihonlarini topshirish imkoniyatiga ega.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 You Tube