Yig‘ilishda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarga yer ajratib, xususiy bog‘cha va maktablarni ko‘paytirish, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bog‘lash, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Viloyatdagi o‘nta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 29 ta shifoxona va poliklinikani yangilash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamchi bo‘g‘in faoliyati bo‘yicha hali yechimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi. Mutasaddilarga birlamchi tibbiy xizmatni yaxshilash, sohaga investitsiya jalb etish va xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar imkoniyatidan foydalanish topshirildi. Prezidentimiz o‘z hududini kompleks rivojlantirishda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova alohida jonbozlik ko‘rsatayotganini e’tirof etib, davlat va boshqaruv idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun uni "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlashga qaror qilganini e’lon qildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПосты канала Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Buxoroda jamoat transporti yetarlicha rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi ish, o‘qish va kundalik yumushlariga yengil avtomobilda qatnaydi. Prezidentimiz viloyat uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha 120 ta avtobusni keltirish ishlarini jadallashtirish vazifasini qo‘ydi. Turistlarning Buxoro haqidagi dastlabki taassuroti aeroport va temir yo‘l vokzallari atrofidagi muhitdan boshlanishi ta’kidlandi. Shu bois, bu hududlarda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayliklarni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Daraxt turlarini Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos tanlash, mavjud daraxtlarni parvarishlash hamda yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirishda yagona yondashuv kerakligi aytildi. Viloyatdagi 55 ta mahalla aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishni kutayotgani qayd etildi. Prezidentimiz mutasaddilarga mazkur mahallalarga suv yetib borishini aniq muddatini belgilab, hal qilishni topshirdi. Viloyatdagi oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondirish maqsadida turar joy massivlari qurilishini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramViloyatdagi yo‘llar holatini yaxshilash uchun joriy yilda 900 milliard so‘m ajratildi. Shunga qaramay, tirbandlikni kamaytirish, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat transportini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar bor. Bugungi kunda Buxoroda 2 ming kilometr ichki yo‘l va 266 ta ko‘prik ta’mirtalab ahvolda. Prezidentimiz ularni yangilash va ekspluatatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi. Asosiy sayyohlik yo‘nalishlarini bog‘laydigan muqobil pulli yo‘llar qurish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramEnergetikada qisqa muddat ichida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Kelgusi uch yilda yana 3,1 ming megavattli shamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlash tizimlarini qurish rejalashtirilgan. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining o‘sishi uzatish va taqsimlash tarmoqlarini ham rivojlantirishni talab etadi. Shu maqsadda uch yilda viloyatda 745 kilometr elektr tarmog‘ini qurish reja qilingan. Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasidan foydalanib, Buxoroda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda kengroq targ‘ib qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Kelasi yili bu borada kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni bajarish va eksportni ikki baravar oshirish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramPrezidentimiz Buxorodagi xomashyo, energiya resurslari hamda tadbirkorlar salohiyatini birlashtirib, uch yil ichida 28 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati borligini ta’kidladi. Ushbu rejaning 17 milliard dollari neft-gaz va kimyo sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi. Davlatimiz rahbari Buxoro neftni qayta ishlash zavodining quvvatlarini oshirishga nufuzli texnologik kompaniyalarni jalb qilish va aniq natijaga erishish vazifasini qo‘ydi. Umuman, viloyatdagi korxonalarda hosil bo‘ladigan xomashyoni chuqur qayta ishlash uchun Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini tashkil etish zarurligi bildirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramBuxoroda turizm mavsumi to‘rt oydan olti oyga uzaygan. Prezidentimiz yilning qolgan davrida ham sayyohlarni jalb qiladigan yangi tadbirlar va turizm mahsulotlarini taklif etish zarurligini ta’kidladi. Kelasi yil viloyatda 30 ga yaqin xalqaro tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, hozir Buxoroda besh yulduzli mehmonxona yo‘q, yirik savdo va ko‘ngilochar maskanlar ham yetarli emas. Mavjud xizmatlarning asosiy qismi Buxoro shahrida jamlangan. – Servis taklifi talabga mos emas, – dedi mamlakatimiz yetakchisi. Sayyohlar sonini oshirish uchun joylashtirish, savdo, dam olish va sayohat xizmatlarini viloyat tumanlarida ham rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga xorijlik turistlar sonini 7 millionga yetkazish bo‘yicha oyma-oy reja tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Unda qaysi davlatlardan sayyoh jalb etilishi, qanday yangi turpaketlar va tadbirlar taklif qilinishi, tumanlarda qaysi obyektlar ishga tushirilishi aniq ko‘rsatilishi lozim. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramBuxoro viloyatidan 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kishi hali ish topmagan. Viloyat bo‘yicha ishsizlar soni 40 mingga yaqin, yana 270 ming nafar aholining daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past. – Bundan buyon “kambag‘al oila qolmadi” degan hisobot o‘tmaydi, – dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga xorijda kam ish haqiga ishlayotgan yurtdoshlarimizni kasbga o‘qitib, yuqori daromadli ishga joylashtirish, 270 ming nafar aholining daromadini o‘rtacha va undan yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha tumanlar kesimida reja ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramYig‘ilishda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion so‘mlik marradan oshishi, o‘sish 10,1 foizni tashkil etishi ta’kidlandi. O‘tkazilgan so‘rovda buxoroliklarning 98 foizi so‘nggi yillarda hayot sifati yaxshilanganini aytgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uch yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslar sanoati va qishloq xo‘jaligiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘lib qolmoqda: ularning iqtisodiyotdagi ulushi 43 foiz. O‘n yilda xizmatlar sohasining ulushi 33 foizdan 36 foizga oshgan, xolos. Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, sanoatda chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, har bir tumanning o‘sish nuqtalarini aniqlash zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida ko‘rsatkichlarni 1,5 baravar oshirish bo‘yicha aniq rejalarni kiritish topshirildi. Toshkent shahri, Farg‘ona va Jizzax viloyatlari xalqaro “Fitch” reytingini olgani misol sifatida keltirildi. Buxoro ham investorlar uchun ochiq va ishonchli hudud sifatida o‘z salohiyatini namoyon qilishi lozimligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 3 634 |
| 8 ч | 52 152 |
- Через 6 часов52 152
- Всего сейчас52 152
Davlatimiz rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlarni ko‘paytirish masalasiga to‘xtaldi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oshirish maqsad qilingan. Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida bog‘lash ko‘zda tutilgan. Buxoro shahridagi Gulchorbog‘ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi tashkil etiladi. Unda ko‘rgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylashadi. Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga mo‘ljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Kongress-xoll yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda. Bundan tashqari, sakkizta markaziy ko‘cha milliy va zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilanib, oltita xiyobon bunyod etiladi. Viloyat markazini kengaytirish doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etish rejalashtirilgan. Uning hisobiga sayyohlarning Buxoroda qolish muddatini o‘rtacha 4-5 kungacha uzaytirish mumkin. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 13 607 |
| 8 ч | 53 722 |
- Через 6 часов53 722
- Всего сейчас53 722
Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Aeroportni shahar markazi bilan bog‘lash uchun 24 kilometrli avtomobil yo‘li barpo etiladi. Shuningdek, avtobuslar uchun 5,5 kilometrli BRT yo‘lagini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yo‘lni Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish vazifasini qo‘ydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvchilar uchun qulaylik yaratishi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirishi ta’kidlandi. Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boshlash topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 20 267 |
| 8 ч | 56 021 |
- Через 1 час20 267
- Всего сейчас56 021
Viloyatning transport aloqalarini yaxshilash bo‘yicha ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi. Kelasi yil M-37 yo‘lining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilash ishlari boshlanadi. Qiymati 200 million dollarlik ushbu loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yo‘l ham quriladi. Samarqand – Buxoro yo‘nalishida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda. Shu yo‘nalishda tezyurar poyezd uchun yangi temir yo‘l liniyasi ham ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz mutasaddilarga avtomobil va temir yo‘l loyihalarining master-rejalarini yakunlash, hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 25 412 |
| 8 ч | 64 555 |
- Через 1 час25 412
- Всего сейчас64 555
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. – Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz, – dedi davlatimiz rahbari. Dastlab ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga to‘xtalib o‘tildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga yana 248 million dollar jalb qilinadi. Natijada viloyatning barcha tuman va shaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi. Prezidentimiz odamlar bu o‘zgarishlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 29 519 |
| 9 ч | 77 484 |
- Через 1 час29 519
- Всего сейчас77 484
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish, hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой по сохранению исторического наследия и развитию туристической инфраструктуры, а также с проектами, реализуемыми в промышленности и сельском хозяйстве. В рамках двухдневной поездки также запланированы участие в церемонии ввода в строй новых объектов и начала строительства других проектов, а также совещание по вопросам комплексного развития региона. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 7 ч | 129 753 |
| 13 ч | 166 382 |
| 25 ч | 179 997 |
- Через 6 часов129 753
- Через 24 часа179 997
- Всего сейчас179 997
O‘zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Iqtisodiyot rivojlanib, turmush darajasi oshib borayotgani sababli mamlakatimiz xorijlik fuqarolar uchun ham jozibador bo‘lmoqda. Bugun yurtimizda uzoq muddat yashayotgan chet elliklar soni 250 mingga yaqinlashdi. – Biz bu yo‘nalishda ham ochiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda ushbu masalada tartib-intizom bo‘lishi kerak, – dedi Prezidentimiz. Uzoq muddat yashayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari ishlashga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima ish bilan shug‘ullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Ishlashga ruxsat olganlarning 80 foizi qurilish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. O‘z mehnat bozorini himoya qilish rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi ish o‘rinlariga birinchi navbatda o‘zimizning fuqarolarni joylashtirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yashash va ish joyini monitoring qilish platformasini bir oyda ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilish davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 56 486 |
| 10 ч | 70 564 |
| 27 ч | 87 916 |
- Через 6 часов56 486
- Через 24 часа87 916
- Всего сейчас87 916
Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga to‘xtaldi. Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham to‘layapti. – Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur, – dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 50 586 |
| 10 ч | 62 618 |
| 28 ч | 75 606 |
- Через 6 часов50 586
- Через 24 часа75 606
- Всего сейчас75 606
Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini o‘zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 47 140 |
| 10 ч | 58 374 |
| 28 ч | 71 112 |
- Через 6 часов47 140
- Через 24 часа71 112
- Всего сейчас71 112
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda “Yangi O‘zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi o‘tkaziladi. Prezidentimiz ushbu tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Yevropa va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda. Har bir elchi o‘zi ishlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilishi kerakligi qayd etildi. Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yo‘nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari ish o‘rni topish bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga ko‘nikishigacha bo‘lgan jarayon uchun mas’ul bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 50 502 |
| 11 ч | 61 254 |
| 28 ч | 72 149 |
- Через 6 часов50 502
- Через 24 часа72 149
- Всего сейчас72 149
Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. – Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz! – dedi Prezidentimiz. Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam so‘rab, “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shug‘ullanadi. – Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak, – dedi Prezidentimiz. Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda bo‘lmasin, ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 56 716 |
| 11 ч | 67 724 |
| 28 ч | 77 877 |
- Через 6 часов56 716
- Через 24 часа77 877
- Всего сейчас77 877
Xorijdagi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerak. Prezidentimiz har bir buyurtma bo‘yicha qaysi mamlakatda qanday mutaxassisga talab borligi, qayerda o‘qish va qaysi tilni bilish zarurligini aniq ko‘rsatib berish vazifasini qo‘ydi. “Mahalla yettiligi” chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda tilga maqsadli tayyorlash, keyin esa ishga joylashtirish uchun javob beradi. Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari ikki marta migratsiyaga mas’ullar va “yettilik” ishtirokida ish natijalarini ko‘rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi bo‘yicha talabchan nazorat o‘rnatiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning o‘zi kifoya qilmaydi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 57 326 |
| 11 ч | 68 104 |
| 28 ч | 79 602 |
- Через 6 часов57 326
- Через 24 часа79 602
- Всего сейчас79 602
Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar o‘rtasida muhim bog‘lovchiga aylangan. Bunday kompaniyalar O‘zbekistonda ham mutaxassislarni o‘zlari tayyorlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirishi uchun sharoit yaratish zarur. Kelasi yil mamlakatimizda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati bor. Ammo bu imkoniyatlar haqida odamlar yetarlicha xabardor emas, Migratsiya agentligi bilan “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi aloqa ham samarali yo‘lga qo‘yilmagan. – Shu bois, mazkur tizimni ham o‘zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak! – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 50 566 |
| 11 ч | 57 919 |
| 28 ч | 66 468 |
- Через 6 часов50 566
- Через 24 часа66 468
- Всего сейчас66 468
Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. Ushbu agentliklar orqali xorijda ishga joylashganlar esa besh karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham bo‘lganini aytdi. Muammolarni bartaraf etish uchun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi. Kelasi yildan fuqarolarni chet elga ishga yuborish vazifasi xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, o‘quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi. Shu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari to‘liq shaffof tizimda ishlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad olishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon bo‘ladi. Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qaror loyihasini kiritish, ushbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida ko‘rib, soliqqa tortishni shunga mos ravishda soddalashtirishga topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 59 743 |
| 11 ч | 68 533 |
| 29 ч | 76 907 |
- Через 6 часов59 743
- Через 24 часа76 907
- Всего сейчас76 907
Qurilish, sanoat va logistikada malakali kadrlarga talab mamlakatimizda ham, chet elda ham ortib bormoqda. Sergelidagi “Toshkent quvur zavodi” o‘z ustalarini jalb etib, yiliga 2,5 ming payvandchi, elektrik va chilangar tayyorlash tashabbusini bildirgan. Har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlay oladigan mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar 15 yilga boshqaruvga beriladi, bitiruvchilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati taqdim etiladi. Tadbirkorlarning kadr tayyorlash va uskuna xarid qilishga sarflagan mablag‘larini to‘langan soliqlardan chegirish, chet elda yaxshi ishga joylashgan har bir bitiruvchi uchun grant ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumlar xorijlik ish beruvchilar bilan bog‘lanadi. – Men ishonaman: chempion tadbirkorlarimiz chet elda “o‘zbek mutaxassislari brendi”ni yaratishda ham davlatga ko‘makchi bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 53 467 |
| 11 ч | 60 949 |
| 29 ч | 67 767 |
- Через 6 часов53 467
- Через 24 часа67 767
- Всего сейчас67 767
Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga “Intil” xalqaro o‘quv markazi tajribasini o‘rganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini ochish topshirildi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard so‘mdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘rgatib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi. – Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak, – dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan ikki karra oshirish topshirildi. Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari o‘zlariga zarur mutaxassislarni O‘zbekiston texnikumlarida tayyorlashga qiziqish bildirmoqda. Ular o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarini jihozlashga sarmoya kiritishga ham tayyor. Prezidentimiz bir oyda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijlik ish beruvchilar talabi asosida kadr tayyorlashga moslashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 72 023 |
| 12 ч | 82 997 |
| 29 ч | 93 139 |
- Через 6 часов72 023
- Через 24 часа93 139
- Всего сейчас93 139
Germaniyadan joriy yilning o‘zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi. Shu bois, kasbga o‘qitish bilan til tayyorgarligini birga olib borish zarur. Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda. Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bog‘lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy ko‘nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi. Andijonda tadbirkor bo‘sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan o‘qituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish zarurligini ta’kidladi. Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 79 593 |
| 12 ч | 90 711 |
| 29 ч | 101 123 |
- Через 6 часов79 593
- Через 24 часа101 123
- Всего сейчас101 123
Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezidentimiz bu imkoniyatlardan foydalanishda elchi, hokim va texnikumlarning o‘rni sezilmayotganini qayd etdi. Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yo‘qligi, “Yoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv bor, lekin bu imkoniyat ishga solinmayapti. Prezidentimiz chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta o‘rganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ularning ishlashi uchun yo‘l ochish bo‘yicha ishlar yetarli emas. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 78 283 |
| 12 ч | 89 040 |
| 29 ч | 99 575 |
- Через 6 часов78 283
- Через 24 часа99 575
- Всего сейчас99 575
Ayni paytda hududlar o‘rtasida farq katta. Xorijda ishlayotgan bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘onada 1 850 dollar bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda 700 dollarga ham yetmayapti. Hokimlar, elchilar va texnikum rahbarlari odamlarni yuqori daromadli ishlarga tayyorlash bo‘yicha o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. – Aslida, inson qayerda ishlashi, qancha maosh olishi, huquqini kim himoya qilishini bilib borishi kerak! – dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat ishlashi zarurligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan bog‘lash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish bo‘yicha ijobiy misollar bor. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilarimiz bu masalada sust ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 73 108 |
| 29 ч | 89 476 |
- Через 6 часов73 108
- Через 24 часа89 476
- Всего сейчас89 476
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari jahon mehnat bozori o‘zgarayotganiga e’tibor qaratdi. Bugun dunyoda 168 million kishi xorijiy migratsiyada. Mamlakatimizda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni o‘zaro bog‘lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldida turgan asosiy vazifa ekani qayd etildi. – Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin! – dedi Prezidentimiz. So‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilgari bu yo‘nalishda 3 ta davlat bilan ish olib borilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik ish beruvchilar qariyb 400 taga ko‘paydi. Chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz soni o‘n yilda ikki baravar kamaygan bo‘lsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablag‘lari to‘rt karra oshdi. Bu, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqaro mehnat bozorida o‘zbek mutaxassislariga munosabat o‘zgarib, odamlarimiz chetga oddiy ishchi emas, malakali kadr sifatida borayotganini ko‘rsatadi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 96 887 |
| 30 ч | 120 438 |
- Через 6 часов96 887
- Через 24 часа120 438
- Всего сейчас120 438
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishadi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с деятельностью международного центра обучения языкам и профессиям «Intil» в Учтепинском районе столицы, а также проведет совещание по приоритетным задачам в сфере трудовой миграции. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 8 ч | 100 407 |
| 31 ч | 118 007 |
- Через 6 часов100 407
- Через 24 часа118 007
- Всего сейчас118 007
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular: - Prezident Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi; - O‘zbekiston yetakchisi 2026-yilgi Prezident Olimpiadasiga start berdi; - Milliy kinematografiyani rivojlantirishning yangi vazifalari belgilab berildi. Ko‘rsatuvni bugun, 31-oktabr soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling. Ertaga, 1-noyabr soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 13 463 |
| 6 ч | 23 774 |
| 29 ч | 35 093 |
| 39 ч | 46 408 |
| 70 ч | 59 041 |
- Через 1 час13 463
- Через 6 часов23 774
- Через 24 часа35 093
- Всего сейчас59 041
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на саммите Организации тюркских государств в Анкаре: 📌Узбекистан рассматривает ОТГ, которая превращается во влиятельный центр глобального развития, как площадку взаимного доверия и практического партнерства; 📌Необходимо еще теснее сплотиться вокруг стратегических целей и совместно продвигать общие интересы на международной арене. Страны ОТГ едины на этом благородном пути и готовы мобилизовать силы во имя тюркской солидарности; 📌Важно проводить регулярные политические консультации по актуальным международным и региональным вопросам в рамках ОТГ, а также координировать подходы и усилия; 📌Предложено начать сотрудничество с третьими странами в формате «Организация тюркских государств плюс» со встреч отраслевых министров; 📌Необходимо углублять технологическое сотрудничество и развивать промышленную кооперацию, позволяющую совместно выходить на мировой рынок; 📌Предложено принять Программу «Тюркский мир – 100», охватывающую сто стратегических совместных инвестиционных и промышленных проектов; 📌Целесообразно уделить приоритетное внимание полной переработке редких и стратегических минералов, локализации производства оборудования для «зелёной» энергетики и выпуску высокодоходной продукции; 📌Необходимо разработать многосторонний Договор «О взаимной правовой помощи по коммерческим делам»; 📌Предложено создать сеть логистических комплексов тюркских государств и обеспечить совместное управление ею; 📌Озвучена инициатива о создании «Тюркского туристического альянса», чтобы совместно представлять миру исторические города, уникальную природу, богатую культуру и традиции гостеприимства тюркских народов; 📌Предложено разработать многостороннее Соглашение о взаимных поездках граждан, в котором должны быть отражены вопросы расширения возможностей поездок по ID-картам, упрощения порядка пересечения границ и пребывания на территории принимающего государства; 📌Узбекистан готов ежегодно выделять 200 образовательных грантов представителям тюркских государств в рамках учрежденной программы стипендий «Янги Ўзбекистон»; 📌Выражена благодарность за поддержку инициативы Узбекистана об объявлении в рамках Организации 2027 года – Годом охраны природы, а также кандидатуры представителя Узбекистана на должность Генерального секретаря; 📌«Анкарский саммит станет важным шагом к достижению нашей благородной цели, воплощению идеи солидарности и реализации масштабных планов»; 📌«У нас схожие мечты, надежды и устремления. Когда мы едины – становимся ещё сильнее. Если будем сплочёнными – обязательно достигнем самых высоких рубежей». Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 31 794 |
| 14 ч | 35 607 |
| 16 ч | 36 545 |
| 29 ч | 50 465 |
| 66 ч | 64 357 |
- Через 6 часов31 794
- Через 24 часа50 465
- Всего сейчас64 357