🍃“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi ishtirokchisi Omonjonova Omina Agentlik tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturi doirasida o‘zining yuqori bilim va salohiyatini namoyon etib, IELTS hamda SAT xalqaro imtihonlarida ajoyib natijalarga erishdi! ✅Overall -8.0 (C1) Listening - 9.0 Reading - 9.0 Writing - 7.0 Speaking - 7.0 SAT - 1440 💬 Ayni kunlarda Omina dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirgan bo‘lib, ulardan ijobiy javoblar kutmoqda. Erishilgan xalqaro natijalar va salohiyati uning dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olishi yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. ♻️ Ominaning kelgusida dunyoning TOP universitetlari talabasi bo‘lishiga ishonamiz va unga yangi marralar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Открыть в TelegramПосты канала “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
🎓 3️⃣ NUFUZLI UNIVERSITETDAN QABUL! YANA BIR KATTA MUVAFFAQIYAT! 🌍 O‘quvchimiz Sarvarbek Egamberdiyev Buyuk Britaniya va AQSHning nufuzli oliy ta’lim muassasasidan qabul takliflarini qo‘lga kiritdi! 🇬🇧 1. UNIVERSITY OF GLASGOW - BUYUK BRITANIYA Sarvarbek University of Glasgow’ga quyidagi yo‘nalish bo‘yicha shartli qabul (Conditional Offer) oldi: Foundation Certificate in Business and Social Sciences - 2 semestr. Keyingi bosqich: MA (Hons) Business & Management and Business Economics. Foundation boshlanishi: 13-sentabr 2027-yil. Foundation kontrakt summasi: £24,350. 🌍 2. UNIVERSITY OF LIVERPOOL - BUYUK BRITANIYA University of Liverpool International College orqali quyidagi ta’lim dasturiga shartli qabul (Conditional Offer) oldi: Foundation Certificate in Business, Law and Social Sciences - 2 semestr. Keyingi bosqich: BA (Hons) Business Management. Foundation boshlanishi: 13-sentabr 2027-yil. Foundation kontrakt summasi: £23,430. 🇺🇸 3. REGIS COLLEGE - AQSH Sarvarbek Regis College’ga Business Management yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilindi. Eng quvonarlisi, universitet tomonidan unga quyidagi moliyaviy yordam ajratilgan: Academic Scholarship: $34,000 har yili. Resident Grant: $4,000 har yili (universitet turar joyida yashash sharti bilan). 🏆 JAMI: YILIGA $38,000 GACHA GRANT VA STIPENDIYA! Ushbu uchta universitetdan taklif olish Sarvarbekning xalqaro ta’lim sari tashlagan katta qadamidir. Kelajakda dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olib, yurtimiz ravnaqi uchun munosib mutaxassis bo‘lib yetishishini tilaymiz! Katta maqsadlar, tinimsiz mehnat va xalqaro muvaffaqiyatlar sari!
Открыть в Telegram🎓 MILLIY DASTUR O‘QUVCHILARIMIZDAN XALQARO NATIJALAR ⚫️O‘quvchilarimiz xalqaro universitetlardan birin-ketin qabul xatlarini olishni boshlashdi! Bu esa biz uchun juda quvonarli. 🇺🇸 Mukhlisa Mansurion qizi Abboskhonova - Temple University, AQSH. 🏅 Yiliga $20,000 miqdorida Provost Tuition Merit Scholarship sohibasi! 🇨🇦 Gulbakhor Ruzimamatova - University of Alberta, Kanada. 📚 Year One Foundation Program dasturiga qabul qilindi. 🇺🇸 Saidjamol Valijonov - University of Missouri, AQSH. 📚 International Business yo‘nalishiga qabul qilindi. ⚫️Barcha o‘quvchilarimizni ushbu quvonchli natijalar bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelajakdagi ta’lim va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Открыть в Telegram🎓 SILK ROAD UNIVERSITY FAIR: TAYYORGARLIK JARAYONLARI 🌍 “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi doirasida tashkil etilgan Silk Road University Fair tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirildi. Tadbirda Namangan viloyatidagi Milliy dastur o‘quvchilari, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari hamda maslahatchilar ishtirok etdi. Shuningdek, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridan ham o‘quvchilar va maslahatchilar onlayn tarzda qo‘shilishdi. 🌐 Tadbir davomida 5 ta xalqaro universitet vakillari Zoom orqali taqdimot o‘tkazishdi: 🇺🇸 University of South Florida — Tyler Nusbaum, Assistant Director of Recruitment 🇨🇦 University of Toronto — Ting Li, Associate Director, Student Recruitment 🇨🇦 McMaster University — Candy Hui, Senior Associate Registrar, Undergraduate Recruitment 🇦🇪 New York University Abu Dhabi — Zhadyra Bainazar, International Outreach Officer 🌏 University of Utah Asia Campus — Ji Heo, Assistant Director of Admissions and Recruitment Universitet vakillari bakalavriat dasturlari, qabul talablari, grant va moliyaviy yordam imkoniyatlari haqida ma’lumot berib, o‘quvchilarning savollariga javob berishdi. 📚Tadbirning ikkinchi qismida maslahatchilar uchun amaliy trening tashkil etildi. Bosh maslahatchilar tomonidan o‘tkazilgan treningda universitetlarni to‘g‘ri tanlash, xalqaro talabalar uchun grant imkoniyatlarini izlash, Common App, CSS Profile, school profile, transcript, recommendation letter va admission essay tayyorlash hamda universitetlarga hujjat topshirish jarayonlari muhokama qilindi. 🌐 Tadbir o‘quvchilarga xalqaro universitet vakillari bilan bevosita muloqot qilish, maslahatchilarga esa xorijiy universitetlarga qabul jarayoni bo‘yicha bilim va tajribalarini oshirish imkonini berdi.
Открыть в Telegram🎓 "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi doirasida öquv maşğulotlari davom etmoqda ➡️ Batafsil: https://gov.uz/oz/ima/news/view/246831 _________________ 🎓 Training Sessions Continue Under the "Prezident iqtidorli farzandlari" National Program ➡️ Read more: https://gov.uz/en/ima/news/view/246831 ✅Telegram 📹YouTube ✅ Instagram ✅Facebook 💼 Veb-sayt 🎤 Direktor
Открыть в Telegram