Кабинет

Посты канала PHP bot kodlari

сначала новые

#1010Фото
Просмотры3810%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#1009Текст
Просмотры836+119%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#1008Текст
Просмотры2 140+462%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#1003Файл
Просмотры3 490+816%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#998Фото

OneID / MyID atrofidagi data breach hack bolishi, aslida nima bo‘lyapti? Xabarni bilasiz, bu tarqalayotgan gaplarning markazida bitta tushuncha bor OneID yoki MyID yagona kirish tizimi. Bu tizim qanday? OneID bu: - Ichki ishlar, - sog‘liqni saqlash, - ijtimoiy himoya, - banklar, - ipoteka, - davlat xizmatlari tizimlarga bitta login orqali kirish imkonini beradigan markaziy identifikatsiya mexanizmi. Bu qulay. Lekin aynan shu sababli xam xavfli. Yangilkklar va ayrim postlarda aytilayotgan gap qisqacha shunaqa Hackerlar OneIDning master key (asosiy autentifikatsiya mexanizmi)ga kirgan, shundan keyin domino kabi bog‘langan tizimlarga yo‘l ochilgan. Shu sabab Ichki ishlar bazasi, sog‘liq ma’lumotlari, ipoteka va kredit ma’lumotlari ham ko‘rilgan, deyilyapti. Bu davo faqat. Hali isbotlangan fakt emas. Qanday ma’lumotlar sizib chiqqan deyilyapti? Agar bu rost bo‘lsa, eng xavfli qismi nima? - Ism–familiya - Telefon raqam - Uy manzili - PINFL 14 xonali, eng muhim identifikator - Pasport ma’lumoti - Kredit va ipoteka summasi va foizi - Oylik daromad taxminiy PINFL bu pasport va shaxsiy identitetning yuragi. Real xavf qayerda? Bu yerda ko‘pchilik xato o‘ylayapti. - Endi hackerlar bankdan pul olib ketadi - yo‘q, bu to‘g‘ri emas. - Hammaning puli yo‘qoldi - bu ham noto‘g‘ri. Asosiy real xavf ijtimoiy scam! Masalan: - Sizga qo‘ng‘iroq qilishadi, - O‘zini bank xodimi deb tanishtiradi, - Kredit summangizni, foizini, manzilingizni aytib beradi. - Siz ishonib qolasiz, - Keyin tasdiqlash uchun kod ayting deydi. Mana shu joyda odamlar o‘z qo‘li bilan pulni berib yuboradi. Ya’ni Ma’lumotning o‘zi emas, odamni aldash asosiy qurol. Nega baribir ommaviy zarar bo‘lmaydi? Chunki Banklar va davlat tizimlari 2FA ishlatadi, SMS va biometrik tasdiqsiz kirib bo‘lmaydi, Telefoningizsiz katta ish qilish qiyin. Shuning uchun agar siz aldanmasangiz, real zarar juda cheklangan. Bu leak haqiqiymi yoki yo‘qmi? Hozir 3 ta ehtimol bor 1. Fake / bo‘rttirilgan - kimdir eski yoki aralash datani mega hack deb sotyapti. 2. Ichki sizib chiqish, haqiqiy hacker emas, balki ichkaridan olingan dump. 3. Qisman rost, qisman yolg‘on ayrim bazalar, lekin “master key” emas. Xullas siz nima qilishiz kerak? 1. Hech kimga ishonmang Agar bank, davlat idorasi, OneID xizmati nomidan qo‘ng‘iroq bo‘lsa telefonni qo‘ying. 2. Kodni HECH QACHON aytmang SMS kodi, MyID tasdiqi, so‘nggi 4 raqam, hech qachon 3. OneID parolini almashtiring Bu panika emas oddiy gigiyenadek gap. 4. Linklarga bosmang Telegram va SMS dagi tekshirish linklari eng katta tuzoq Xullas. Bu voqea bitta narsani ochib berdi. Markazlashgan identifikatsiya qulay, lekin u buzilsa xavf tizimli bo‘ladi. Bu faqat texnik masala emas, bu davlat IT arxitekturasi, ma’lumotlar xavfsizligi, fuqarolarning savodxonligi masalasi. Peace out !!! Manba: gismoxan @php_bot_kodlari

Открыть в Telegram
Просмотры3 860×10к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#992Фото
Просмотры5 660×15к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#989Фото
Просмотры5 150×14к среднему
Пересылки—
Реакции36
Комментарии—
#988Текст

Переслано из Aleph Nought

1000$ maoshlik kasb egasi bo‘lishni istaysizmi? Hozir shu mazmundagi kontentlar ko‘payib ketdi. Ayniqsa IT (AyTi) sohasidagi reklamalarda. 2-3 yillar avval do‘stim bilan bir 3D dizaynerning "Men oyiga 5000$ dan ko‘proq topaman" degan intervyusini ko‘rib qolgan edik. Gaplarida go‘yo yoshlarni dizayner bo‘lishga targ‘ib qilardi. O‘shanda do‘stim bilan juda ko‘p fikr mulohazalar qilganmiz. Hech kuzatganmisiz, shunday odamlarning aksariyatida kichik bo‘lsa ham o‘quv markazi yoki pullik onlayn kurslari bo'ladi... AyTi sohasidagi kasblar AyTi sohasidan uzoqda bo‘lgan odamlar uchun biroz g‘ayritabiiy ko‘rinadi. Shuning uchun birovlarni pulga qiziqtirib o‘zlarining kurslarini sotib yurganlar bundan yaxshigina foydalanadi. Sodda odamlar tushunmaydida. AyTi ga aloqador bo‘lmagan kasblar esa hammaga tushunarli va aldash juda qiyin. Masalan, nega oshpazlar netga chiqib olib "Mana oshpaz bo‘linglar, soqqani tegida qolasiz, men sizga oshpazlikni o‘rgataman" demaydi. Vaholanki O‘zbekistonning o‘zida ham oyiga 2000-3000$ topadigan oshpazlar ham bor! Kimdir chiqib shunday desa ham - bizda bunga nisbatan fikrlash immuniteti bor: "Ha qimmat mehmonxonaning oshpazi bo‘lsa kerak", "Kazo-kazolarga ovqat pishirsa kerak", "Nomer 1 oshpaz ekan-de" deb o‘ylashimiz mumkin. Mana shu "Nomer 1 (one, odin)" deb o‘ylashimizda juda katta narsa bor. Nima uchun o‘zi "Nomer 1" deymiz? Chunki farazan "100 ta, 1000 ta, 1 millionta oshpaz bo‘lsa - shuning ichida birinchisi va eng zo‘ri" degan xulosa kelib chiqadi. Shunda 1000 taning o'rtasidagi yoki oxirlaridagi oshpazlar ham shuncha topadi degani emas-ku to'grimi?! Sodda bo‘lmang, AyTi da ham xuddi shunday. O‘sha dizayner misolida aytsak, "Ha men bilan birga 200 dan ortiq odamlar o‘qigan, ammo faqat men Allohning fazli bilan yaxshi ishlarga joylashib ketdim, qolganlar ichida hatto xalizgacha ham ish topolmay yurganlari bor" demaydi. Kerak bo‘lsa do‘stlarini ham maqtab ketadi. Uning "krugida" hamma omadli, boy, kuchli mutaxasislar... Qaysi sohada bo‘lsangiz ham - Alloh sizning harakatlaringizga yarashasini beradi. Hozir ustachilikni tashlab AyTi o‘qib, mutahasis bo‘lib boyib ketaman degan vasvasalarga ishonmang. Qayerda va kim bo‘lsangiz ham rizqingiz sizni topadi, kamaymaydi va ko‘paymaydi ham. Faqat eng yaxshisi bo‘lishga harakat qiling derdimku, ammo maqola bu haqida emas... Bir do‘stim - "Har qanday offline/online AyTi kurslaridan pul, maosh kabi kontekstlarni olib tashlash kerak" degan edi (Adham rahmat). Mutaxasis bo'lsa, kursini sotishda muammo yo'q. Kimga kerak bo'lsa, o'quvchilar o'zi qiziqib, izlanib sotib olaveradi. Zotan AyTi sohasini faqat shu sohaga qiziqadiganlar o'qishi kerak. Har qanday pulga qiziqqan odamlar emas. Aks holda hamma o'qishi kerak. Chunki hammaga pul kerak. Ammo pul faqat AyTida deb kim aytdi? Shaxsiy (asil basharam, asil sharoitim, yaʼni shaxsan menda qanaqa?) ahvolimdan kelib chiqib aytaman: Shaxsan o‘zim bitta loyihani kamida 4000-5000$ ga qilaman. Bu rost! Mazza eshitiladi shundaymi? Lekin bu kabi loyihalar 1 yilda bitta yoki ikkita kelib qolishi haqida aytsamchi? Shunda men oyiga qancha topishim mumkin? Biror kursda o‘qimoqchimisiz, shunchaki o‘qing, puliga qiziqmang. Puliga qiziqtirayotgan «mutaxasislardan» esa ehtiyot bo‘ling.

Открыть в Telegram
Просмотры4 300×11к среднему
Пересылки—
Реакции14
Комментарии—