Bolalarda adenoid Adenoid — burun-halqum murtak bezining kattalashuvi bo‘lib, ko‘pincha 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. ❓ Paydo bo‘lish sabablari: ▪️O‘tkazilgan yuqumli kasalliklar (gripp, angina, qizamiq va b.); ▪️Tez-tez shamollash va imunitet pasayishi; ▪️Irsiy moyillik. ✅Asosiy alomatlari: ▪️Og‘iz orqali nafas olish (ayniqsa, uxlaganda og‘iz ochiq qolishi); ▪️Uyquning buzilishi va xurrak otish; ▪️Eshitish qobiliyatining pasayishi; ▪️Doimiy charchoq, xotira zaiflashishi va bosh og‘rig‘i. ⚡️ Davolamay tashlab qo‘yilsa, qanday asoratlar beradi? Yuz skeletining buzilishi: "Adenoid yuz" shakllanib, pastki jag‘ cho‘ziladi, tishlar prikusi buziladi. Ko‘krak qafasi deformatsiyasi: Kislorod yetishmasligi sababli "g‘oz ko‘kragi" holati yuzaga kelishi mumkin. Eshituv tizimi: Surunkali quloq shamollashi va eshitish pasayishi. 💊️Davolash usullari: Konservativ (dorilar bilan): Dastlabki (I) darajada, o‘tkir shamollash davrida antigistamin va kalsiy preparatlari qo‘llaniladi. Jarrohlik (Adenotomiya): Nafas olish keskin qiyinlashganda va II-III darajalarda operatsiya yo‘li bilan olib tashlanadi (ko‘pincha 5–7 yoshda, zarur bo‘lsa kichikroq yoshda ham). Farzandingizda ushbu belgilarni sezsangiz, darhol LOR shifokoriga murojaat qiling! Kanalga ulanish👉@pediatric_uz
Открыть в Telegram
PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz! Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 11 нояб. 2026 г. | 3 640 |
| 19 нояб. 2026 г. | 2 365 |
| 22 нояб. 2026 г. | 1 540 |
| 23 нояб. 2026 г. | 1 180 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры3,64 тыс.Пересылки—Реакции8Комментарии—
- 02Просмотры2,46 тыс.Пересылки—Реакции4Комментарии—
- 03Просмотры2,27 тыс.Пересылки—Реакции5Комментарии—
- 04Просмотры1,54 тыс.Пересылки—Реакции2Комментарии—
Новые посты
❓Savol: Bolalarning qulog‘i nima sababdan oqadi? ✅Dr. Muxtorov javobi: Bolalarda quloqdan suyuqlik oqishi (otoreya) ko‘pincha quloq kasalliklarining belgisi bo‘lib, bir nechta asosiy sabablar bilan izohlanadi. Eng keng tarqalgan sabab — o‘rta quloq yallig‘lanishi (o‘tkir yoki surunkali). Bu holatda quloq pardasi yorilishi mumkin va natijada yiringli yoki shilimshiq suyuqlik tashqariga oqadi. Ayniqsa, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Yevstaxiy nayi qisqa va keng bo‘lgani sababli infeksiya tez rivojlanadi. Ikkinchi muhim sabab — tashqi quloq yallig‘lanishi. Bu ko‘pincha quloqni noto‘g‘ri tozalash, iflos suv tushishi yoki terining shikastlanishi fonida paydo bo‘ladi. Bunda quloqdan shaffof yoki yiringli ajralma kelishi, qichishish va og‘riq kuzatiladi. Uchinchi sabab — quloq pardasining travmatik shikastlanishi (paxta cho‘p, o‘yinchoq, keskin bosim o‘zgarishi). Bunday holatda qon aralash suyuqlik ajralishi mumkin. ❗️Bolada yuqoridagi holatlar aniqlanganda tezda LOR shifokor ko'rigiga borish talab qilinadi. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Открыть в Telegram❓Savol: Bolalar nima sababdan tishini g'ichirlatadi? ✅ Dr. Muxtorov javobi: Bolalarda tishni g'ichirlatish (bruksizm) ota-onalarni ko'p xavotirga soladi. Ammo bu holat har doim ham gelmintlar borligini anglatmaydi. Ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, bolalarda bruksizmning asosiy sabablari orasida stress va hayajon, uyqu buzilishlari, tishlarning noto'g'ri joylashuvi, jag' mushaklarining zo'riqishi hamda irsiy moyillik mavjud. Ayrim bolalarda bu odat sut tishlari chiqayotgan yoki tishlash tizimi shakllanayotgan davrda ham kuzatilishi mumkin. Ko'p hollarda bruksizm uyqu vaqtida sodir bo'ladi va bola buni o'zi sezmaydi. Agar tishni g'ichirlatish tez-tez takrorlansa, tish emali yemirilishi, jag' og'rig'i, bosh og'rig'i yoki tishlarning sezgirligi paydo bo'lishi mumkin. Agar bolada bunday holat uzoq davom etsa yoki og'riq bilan kechsa, bolalar stomatologi ko'rigidan o'tish tavsiya etiladi. Zarurat bo'lsa, uyqu buzilishlari yoki boshqa sabablarni aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruvlar o'tkaziladi. ❗️Esda tuting, bruksizmni faqat ichak parazitlari bilan bog'lash ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Shuning uchun davolashdan oldin sababini aniqlash muhimdir. Kanalga ulanish👉@pediatric_uz
Открыть в Telegram❓Bolalarda yassioyoqlik profilaktikasi uchun ortopedik oyoq kiyimlar qachondan kiygiziladi? ✅ Dr. Muxtorov javobi: Ilmiy manbalarga (AAP, ESPR va bolalar ortopediyasi bo‘yicha klinik tavsiyalar) ko‘ra, sog‘lom bolalarda 3–4 yoshgacha kuzatiladigan yassioyoqlik ko‘pincha fiziologik holat hisoblanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda oyoq kaftida yog‘ qavati qalin bo‘lgani hamda boylam-apparati yetilmagani sababli oyoq kafti tekis ko‘rinadi. Bu patologiya emas va maxsus ortopedik oyoq kiyim talab qilmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom, og‘riqsiz va funksional buzilishsiz bolalarda profilaktik maqsadda ortopedik poyabzal yoki supinator qo‘llash yassioyoqlikning oldini olmaydi. Aksincha, oyoq mushaklarining tabiiy rivojlanishi uchun bola imkon qadar yalangoyoq (xavfsiz muhitda) yurishi tavsiya etiladi. Ortopedik oyoq kiyimlar quyidagi holatlarda tavsiya etiladi: ▪️4–5 yoshdan keyin saqlanib qolgan va rigid (qotib qolgan) yassioyoqlik; ▪️Oyoqda og‘riq, tez charchash yoki yurish buzilishi; ▪️Nevrologik yoki ortopedik kasalliklar; ▪️Shifokor tomonidan aniqlangan anatomik deformatsiyalar. Kanalga ulanish👉@pediatric_uz
Открыть в Telegram🍼 Chaqaloqlarda och qolganlik belgilari Yangi tug‘ilgan chaqaloq och qolganini ayta olmaydi. 1. Qo‘lini og‘ziga olib borishi yoki so‘rishi Bu ochlikning eng erta belgilaridan biridir. Ko‘pincha chaqaloq och qolganida barmog‘i yoki mushtini og‘ziga soladi. 2. Og‘iz bilan qidiruvchi harakatlar qilishi Ona ko‘kragiga yaqinlashganda boshini burib, og‘zini ochishi yoki emish harakatini qilishi — bu chaqaloq ovqat qidirmoqda degani. 3. Bezovtalik va yig‘lash Agar chaqaloq bir necha daqiqadan beri yig‘layotgan bo‘lsa, u och bo‘lishi mumkin. Ochlikdan yig‘i ko‘pincha balandroq va davomli bo‘ladi. 4. Ko‘krakni yoki shishani izlash Ko‘krak yaqinida boshini burishi yoki shisha ko‘rsa unga qarab harakat qilishi ham ochlik belgisi. 5. Tili bilan lablarini yalashi yoki lablarini chapillatishi Bular ham chaqaloq emishga tayyor ekanini bildiradi. Yig‘i — ochlikning kech belgisi hisoblanadi. Shuning uchun erta belgilarni aniqlash muhim. Chaqaloqlar esa talabiga qarab emizilishi kerak. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Открыть в Telegram❓Bolalarda sistit belgilar qanday bilan namoyon bo‘ladi? ▪️Kunning istalgan vaqtida boladagi haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik; ▪️Siydik rangini to‘qlashishi; ▪️Juda tez-tez yoki kamdan kam siyish; ▪️Tana haroratining ko'tarilishi (har doim ham sodir bo'lmaydi); ▪️Siydik chiqarishdan keyin qon tomchilari chiqishi ; ▪️Siydik ushlay olmaslik belgilari; ▪️Qov sohadagi og'riq; ▪️Siydik chiqarish paytida birdan yuzaga keluvchi og'riqlar; ▪️Siydik chiqarish paytida spazmning paydo bo'lishi; ▪️Siydikda xarakterli parcha yoki cho'kmalar aniq ko'rinadi; ▪️Qovuqni bo'shatish bilan bog'liq muammolar (chaqiriqlarga qaramay); ▪️Oraliqning og'riqli palpatsiyasi. ©Doctor Muxtorov Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Открыть в TelegramBolalarda tungi enurezni davolashning asosiy turlari: Tartib: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Parhez: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz. Mashq: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang. Qovuqni tayyorlash usuli. Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%. Kalendar usuli. O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramChaqaloqlarda ichak kolikasini bartaraf etish uchun tavsiyalar Ona uchun: 1)Bola faqat emsa, ona parhez qilishi lozim, ayniqsa uglevodga boy mahsulotlardan. 2) Ona ko'proq suyuqlik ichishi kerak(kuniga 2,5-3 l). Chaqaloqlar uchun: 1) Chaqaloqni emizib bo'lgandan so'ng, 10-15 daqiqa, kekirguncha 45 ° burchak ostida yoki vertikal ushlab turish lozim. 2) Chaqaloq qornini soat strelkasi bo'ylab massaj qilish lozim (5-6 minutdan kuniga 5-6 marta) 3) Bolaning oyoqlarini tizza va chanoq-son bo'g'imlarida bukib gimnastika qilish kerak (kuniga 5-6 marta). 4) Gaz parchalovchi preparatlar(Bobotik, Kolikvel, Espumizan) berish mumkin. Preparat dozalari pediatr tomonidan belgilanadi. 5) Zarurat bo'lsa pediatr tavsiyasi bilan probiotiklar berish mumkin. © Doctor Muxtorov! Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Открыть в Telegram❓Chaqaloqlarda qorin dam bo‘lishi va ichak sanchig‘i (kolika) kuzatilganda shivit suvi berish foydalimi? Shivit suvi xalq orasida chaqaloqlarning qorin dam bo‘lishi va ichak sanchig‘ini kamaytirish uchun keng qo‘llanadi. Biroq, uning go‘daklarda gaz to‘planishi yoki kolikani samarali davolashi ilmiy tadqiqotlarda ishonchli tasdiqlanmagan. ❓Shivit suvining tarkibi qanday ta’sir ko‘rsatadi? Shivit tarkibidagi ayrim moddalar ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo shivit urug‘idan tayyorlangan suvning chaqaloqlardagi samaradorligi va xavfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Uy sharoitida tayyorlangan damlamalarda mikroblar bilan ifloslanish xavfi ham mavjud. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Открыть в Telegram❓Chaqaloqlardagi seboreyali dermatit nima va uni qanday davolash mumkin? Seboreyali dermatit — chaqaloqlarda ko‘p uchraydigan, terida yog‘li, sarg‘ish yoki oqish qipiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadigan yallig‘lanishli teri holati. Seboreyali dermatit, asosan, boshning sochli qismida uchraydi. Xalq orasida bu holat "sutli qasmoq" deb ham ataladi. Shuningdek, qoshlar, quloq orqasi, yuz, bo‘yin burmalari va chov sohasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bosh terisida sarg‘ish, yog‘li qipiqlar va terining ayrim qismlarida qizarish boʻladi. 🩺 Qanday davolash mumkin? 1. Bolaning boshini yumshoq, hidsiz bolalar shampuni bilan yuving. 2. Qipiqlarni yumshatish. Yumshatuvchi vosita yoki vazelin surtish mumkin. Keyin yumshoq cho‘tka bilan ehtiyotkorlik bilan tozalab, vositani shampun yordamida yuvib tashlang. 3. Qipiqlarni yulib olmang! Bu terining shikastlanishi va ikkilamchi infeksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. 4. Dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llang. Zamburug‘larga qarshi krem yoki kortikosteroidli preparatlarni faqat pediatr tavsiyasi bilan qoʻllang. ❗️Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? Agar terida shish, yiring, qonash, suyuqlik ajralishi kuzatilsa, toshmalar butun tanaga tarqalsa yoki bir necha haftalik parvarishga qaramay yaxshilanmasa, pediatrga murojaat qiling. Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!@sanepidcommitteeМедицина11,5 тыс.
Uzpharmcontrol@uzpharmcontrolМедицина12,5 тыс.
Andrology_uz 🔞@andrology_uzМедицина12,8 тыс.
Dr.Jabborov@dc_jabborovМедицина8,97 тыс.
XAVFLI XIRURGIYA ️⚕️@xavflii_xirurgiyaaМедицина12,9 тыс.
ЛЕЧЕБНИК📖🩺@doc_therapyМедицина8,87 тыс.
Мухиддин табиб@muhiddintabibМедицина8,79 тыс.
Cardioscience❤️@cardioscienceМедицина7,61 тыс.