Tumanimiz köçalari tunlari ham nurga burkanmoqda! Payariq tumanida yöl infratuzilmasini yaxşilaş, aholining qulay harakatlanişi uçun şaroitlar yaratiş borasida işlar izçil davom ettirilmoqda. Xususan, Çoştepa mahallasidagi Lazzat çorrahasidan Xalqobod mahallasining Eşimoqsoq qişloğigaça bölgan hududni boğlovçi yangi qurilgan tört qatnovli yöl böylab zamonaviy, energiya tejamkor tungi yoritiş çiroqlari örnatildi. Avvallari tungi vaqtda yetarliça yoritilmagan mazkur yöl bugun yangi qiyofa kasb etib, yoruğ va obod maskanga aylandi. Örnatilgan yoritiş tizimi nafaqat hududning taşqi körinişiga özgaça çiroy bağişlamoqda, balki haydovçilar va piyodalar uçun ham yanada xavfsiz harakatlaniş imkoniyatini yaratmoqda. Obodlik faqat kunduzgi manzaraning çiroyi bilan emas, tunlari ham nurga burkangan köçalar, insonlar uçun yaratilgan qulayliklar bilan namoyon böladi. https://t.me/Payariqliklar_Rasmiy
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 357 |
| 5 ч | 453 |
| 7 ч | 476 |
- Через 1 час357
- Через 6 часов476
- Всего сейчас476








