#taqdimot
⚡️⚡️⚡️BUYUK BÖLIŞ UÇUN YURAK KERAK
Bugun “Qöşçinor” maʼrifat maskanida yozuvçi va jurnalist Rözimboy Hasanning “Jadidlar izidan” nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Anjumanda Özbekiston xalq şoiri, “Jadid” gazetasi boş muharriri Iqbol Mirzo, adabiyotşunos olim Musulmon Nomoz, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Şahriyor Şavkat hamda bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Dastlab, Iqbol Mirzo tadbir iştirokçilarini uşbu quvonçli kun bilan tabrikladi hamda kitobning mazmun-mohiyati, unda jamlangan maqola va hikoyalar xususida atrofliça töxtaldi. Uning fikrlari orqali asarning öziga xos jihatlari, tarixiy va maʼrifiy ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Şundan söng adabiyotşunos olim Musulmon Nomoz kitob haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Aslida, katta yozuvçi böliş qiyin emas, — deya söz boşladi ustoz. — Alloh bergan iqtidor bölsa va yozişni bilsangiz, bundan oson iş yöq. Biroq yozuvçilar orasida buyuk böliş uçun esa kattagina yurak kerak. Rözimboy oğa ham mana şunday yuragi “katta”lardan. Hozirgi vaqtda senzura yöq, söz erkinligi, fikr erkinligi berilgan. Ammo, mustamlaka yillarida ziyolilarimizga qilingan tuhmatlar, heç bir asos va sababsiz ularning qatli etilişi tariximizning eng oğriqli sahifalaridan biridir. Ayni şunday adolatsizliklar “Jadidlar izidan” asarida ham öz ifodasini topgan. Darhaqiqat, jadid bobolarimizning hayoti, kuraşi va fojiali qismati bugungi avlod uçun hamişa ibrat maktabi bölib qoladi. Ularning maʼrifat, millat ravnaqi va ozodlik yölida fidoyiligi bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Bugun jamiyatimizda ham ana şunday jasoratli, sözi va amali bir, millat taqdiri uçun masʼuliyatni his etadigan ziyolilarga ehtiyoj bor.
Şu örinda şoir Iqbol Mirzoning quyidagi misralari ham beixtiyor yodga tuşadi:
Tavallo, Qodiriy, Çölponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Oğiz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetişmayapti, jadidlar.
Taʼkidlaş joizki, mazkur kitobda tarixiy xotira va jadidlar merosi bilan bir qatorda, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlarni mutolaaga, izlanişga va bilim olişga undaydigan materiallar ham örin olgan. Asardagi turli qoçirimlar, öxşatişlar va obrazli ifodalar esa kitobxonni şunçaki öqişga emas, balki fikrlaşga, tahlil qilişga va muşohada yuritişga undaydi. Tadbirning badiiy qismida esa jajji bolajonlar tomonidan ijro etilgan, Vatanga muhabbat va yurtga sadoqatni tarannum etuvçi şeʼrlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Şu tariqa, “Jadidlar izidan” kitobining taqdimoti nafaqat yangi asar bilan tanişuv, balki tarixiy xotirani tiklaş, maʼrifatparvar ajdodlar merosini örganiş va bugungi avlodning maʼnaviy masʼuliyati haqida muşohada yuritişga xizmat qilgan mazmunli anjuman böldi.
Bizni kuzatib boring:
PARKENT_TONGI_GAZETASI