📩 SMS orqali ishdan bo‘shatish haqida xabarnoma Bandlik vazirligi xodimlarga ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq nusxalarini elektron shaklda yuborishni taklif qildi. Hozirda ular faqat buyurtma xat bilan jo‘natiladi. Ushbu chora ish joyida bo‘lmagan va masofadan ishlovchi xodimlar uchun qulaylik yaratadi. Xabarnomada shartnomani bekor qilish sanasi va asoslari ko‘rsatiladi. Ishga tiklash to‘g‘risida da’vo kiritish uchun beriladigan uch oylik muddat xabar yuborilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Xabarni SMS, elektron pochta va messenjer orqali yuborish mumkin. Shuningdek, kompensatsiya to‘lash orqali ishdan bo‘shatish tartibi ham soddalashtiriladi. Kiritilayotgan o‘zgarishlar masofaviy ta’lim shaklidagi talabalar uchun ta’til va kompensatsiyalarga ham taalluqli bo‘ladi. SMS — qulay, biroq xabardor qilishning yagona usuli emas. Xodimning huquqlarini himoya qilish uchun tasdiqlangan aloqa kanali — hujjatni qabul qilib olish va saqlab qo‘yish mumkin bo‘lgan YaMMTdagi shaxsiy kabinet zarur.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 1 880 |
| 8 ч | 7 270 |
- Всего сейчас7 270