Qurilish tannarxini pasaytirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Tahlillarga ko‘ra, Jizzax, Navoiy va Xorazmda qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning bir kvadrat metri tannarxi 3,5 million so‘mdan kam, Buxoro va Surxondaryoda esa 5 million so‘mdan yuqori. Ayrim hududlarda ma’muriy binolar qurilishi qiymati ham bir-biridan 1,5-2 barobar farq qilmoqda.
Bunday tafovutlarga ortiqcha vositachilar, loyiha va smetalarning qurilish davomida qayta-qayta o‘zgartirilishi sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.
Kelasi yildan budjet hisobidan amalga oshiriladigan qurilishlarda birinchi navbatda mahalliy mahsulotlardan foydalanish talabi joriy etiladi. Davlat xaridlari portalida mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun alohida savdo maydonchasi tashkil qilinib, ularga yiliga 15-20 trillion so‘mlik bozor ochiladi.
Ushbu tartibni strategik korxonalar va davlat kafolati ostidagi loyihalarga ham tatbiq etish vazifasi qo‘yildi. Qurilish tannarxi, mahalliy mahsulotlar ulushi va energiya samaradorligi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Facebook|Instagram|X