#startap “Techstars Uzbekistan 2026” xalqaro forumida ta’lim sohasidagi startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi “Techstars Uzbekistan 2026” xalqaro forumida Innovatsion rivojlaniş agentligining Startap ekotizimini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Jahongir Örinboyev iştirok etib, Özbekistonda ta’lim yönalişida startaplarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan taniştirdi. Batafsil... Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в TelegramПосты канала TIFV RASMIY
HURMATLI OTA-ONALAR! Bolangiz köp vaqtini boğça yoki maktabda ötkazadi. Muvozanatli va sifatli ovqatlaniş uning diqqati, xotirasi va özlaştiriş qobiliyatini yaxşilaydi, kasalliklarga qarşi immunitetini mustahkamlaydi. Aksinça, notöğri ovqatlaniş tez çarçaş, e’tiborning pasayişi va semiriş yoki kamqonlik kabi muammolarga olib kelişi mumkin. 👉 Nonuşta qilmagan bola darsda tez çarçaydi! Ertalabki nonuşta bola miyasiga kun böyi kerak böladigan energiyani beradi. Xalqaro tadqiqotlarga köra, AQŞda muntazam nonuşta qiladigan öquvçilar orasida a’loçilar 42 foiz köpligi aniqlangan. Şuning uçun bolani maktabga nonuştasiz yubormang. Şirinlik va gazli içimlik örniga meva va suv bering. 👉 Tez çarçaydigan bola dangasa emas, kamqon bölişi mumkin! Kamqonlikka köpinça temir tanqisligi va içak parazitlari (gijja) sabab böladi. Temir preparati olgan bolalarning intellekt körsatkiçi sezilarli oşadi. Bola tez çarçasa, qon tahlilini topşiring. Dasturxonda göşt va dukkakli mahsulotlar bölişiga e’tibor bering, bolani ovqatdan oldin qöl yuvişga örgating. 👉 Yodlangan tuz bolaning aqliy rivojlanişi uçun zarur! Yod yetişmasligi qalqonsimon bez faoliyatini buzadi. Natijada bolaning aqliy rivojlanişi sustlaşadi, yod tanqisligi bölgan bolalarda IQ darajasi 25 ballgaça pasayişi kuzatiladi. Şu sababli uyda faqat yodlangan tuz işlating. Xarid qilayotganda qadoğida "yodlangan" degan yozuv borligini tekşiring. 👉 Soğlom ovqatlanişni taşkil etişda quyidagilarga e’tibor bering: ➖bolaning ratsionida meva, sabzavot, göşt, baliq, sut mahsulotlari va don mahsulotlari yetarli bölişi; ➖ovqatlar yangi, toza va gigiyena talablariga rioya qilingan holda tayyorlanişi; ➖ovqatlaniş vaqtining muntazam bölişi (kuniga kamida 3–4 mahal); ➖şakar, tuz, yoğga boy mahsulotlar, çipsi, gazli içimlik va fast-fud iste’molini çeklaş; ➖bolaning toza içimlik suvi bilan ta’minlanişi. 👉 Ota-onalar uçun muhim maslahat: ➖ Bolangiz bilan maktab yoki boğçadagi ovqatlaniş haqida suhbatlaşing, uning iştahasi va fikrini bilib turing. ➖ Uyda ham soğlom ovqatlaniş odatini şakllantiring, nonuştani taşlab ketmaslikka örgating. ➖ Bolaga özi bilan çipsi, şirinlik va gazli içimlik örniga meva, quritilgan meva yoki yonğoq berib yuboring. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#Soğlom_hayot Öquvçilar örtasida soğlom muhit qanday şakllantiriladi? Bugungi kunda bolalar va ösmirlar salomatligini asraş, ularda soğlom turmuş tarzi könikmalarini şakllantiriş dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, öquvçilar orasida ortiqça vazn va semizlik holatlarining köpayişi nafaqat tibbiyot, balki ta’lim tizimi, oila va jamiyat oldiga ham muhim vazifalarni qöymoqda. YuNISEFning 2025-yilgi hisobotiga köra, Özbekistonda 5–19 yoşli bolalar orasida ortiqça vazn tarqalişi 20 foizni taşkil etgan. Jumladan, öğil bolalarda 23 foiz, qizlarda 17 foiz. Semizlikning alohida körsatkiçi esa 6 foiz deb baholangan. YuNISEFning 2026-yilda e’lon qilingan maktablardagi ovqatlaniş muhitini baholaş tadqiqotida örganilgan maktablarning 75 foizida nosoğlom oziq-ovqat va içimliklar mavjudligi qayd etilgan. Öquvçilarning 64 foizi şirinliklarni, 44 foizi esa şirin gazlangan içimliklarni haftasiga uç kundan köproq iste’mol qilişini bildirgan. Hurmatli ota-onalar! Bugungi kunda bolalarning kundalik hayotida harakat faolligi kamayib borayotganiga ta’sir körsatuvçi omillardan biri — ularning böş vaqtini asosan telefon, kompyuter va televizor qarşisida ötkazişidir. Bundan taşqari, köplab ota-onalar farzandlarini hatto yaqin masofadagi maktabga ham şaxsiy avtomobilda olib borib, olib kelmoqda. Albatta, bunda yöl xavfsizligi, masofa va ob-havo şaroitlari hisobga olinişi kerak. Şuningdek, darsdan keyin bolalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş ham muhim. Ota-onalar farzandlarining sport tögaraklariga muntazam qatnaşişi uçun şaroit yaratişi, maşğulotlarga borişini nazorat qilişi va ularni rağbatlantirişi lozim. Bolalarning salomatligi faqat sport maşğulotlari yoki ovqatlaniş bilan çeklanmaydi. Yetarli uyqu, kun tartibiga rioya qiliş, oçiq havoda sayr qiliş va faol dam oliş ham soğlom rivojlanişning muhim şartlaridir. Şuning uçun «Oilaviy sport kuni», «Farzandim bilan birga harakat qilaman», «Oilaviy velosayohat» kabi taşabbuslarni yölga qöyiş, ota-onalarni soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş jarayoniga faol jalb etiş zarur. Zero, soğlom avlod — soğlom oila, faol maktab va mas’uliyatli jamiyat mahsulidir. Bolalar salomatligiga bugun qaratilgan e’tibor — kelajakka kiritilgan eng muhim sarmoyadir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#Söragan_edingiz ❓Maktab oşxonalarini ijaraga beriş tartibi qanday taşkil etiladi? ✅ Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-son qarorida ta’lim taşkiloti oşxonalarini ijaraga beriş tartibi körsatib ötilgan. Ta’lim taşkilotlarining oşxonalari ijaraga oluvçilarga «E-auksion» elektron savdo platformasida ötkaziladigan elektron tanlov asosida ijaraga beriladi. Ta’lim taşkilotlarining oşxonalari ijaraga beruvçining buyurtmasi asosida tanlovga çiqariladi. Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan «E-auksion» elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni taşkil etiş hamda ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq ötkaziladi. Tanlovda ğolib deb e’tirof etilgan ijaraga oluvçi bilan ijara şartnomasi şu davrdagi öquv yili uçun tuziladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в TelegramXalqaro ekspert Buxoro davlat universitetidagi akkreditatsiya jarayoni haqida Ayni kunlarda Buxoro davlat universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi ötkazilmoqda. Unda universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura böyiça jami 290 ta ta’lim dasturi baholanmoqda. Baholaşga 114 nafar ekspert, jumladan 26 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan. Ular orasida xalqaro akkreditatsiya sohasida katta tajribaga ega Mayk Oneşkov ham bor. U 2008-yildan buyon Germaniyaning FIBAA akkreditatsiya agentligi eksperti sifatida faoliyat yuritadi. Xalqaro ekspert akkreditatsiya jarayoni va universitetdagi kuzatuvlari haqida sözlab berdi. Akkreditatsiya natijalari yakuniy qaror qabul qilingandan söng e’lon qilinadi. Batafsil videoda English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#Adabiyotlarni_raqamlaştiriş Adabiyotlarni raqamlaştirişda mualliflik huquqiga rioya etiş masalalari muhokama qilindi INFOLIB haftaligi doirasida Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Adabiyotlarni raqamlaştirişda mualliflik huquqini ta’minlaş” mavzusida seminar-trening taşkil etildi. Seminarda kutubxona-axborot muassasalarida adabiyotlarni raqamlaştiriş jarayonida mualliflik huquqiga rioya etiş, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qiliş hamda elektron axborot resurslaridan qonuniy foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, elektron resurslarni şakllantiriş, raqamli kontentdan foydalanişda mualliflarning mulkiy va şaxsiy nomulkiy huquqlarini ta’minlaş, kutubxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişning huquqiy asoslari muhokama qilindi. Tadbir yakunida iştirokçilar özaro tajriba almaşib, kutubxona faoliyatida mualliflik huquqi talablariga rioya etiş va raqamlaştiriş jarayonlarini qonunçilik asosida taşkil etiş böyiça muhim tavsiyalarga ega böldilar. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#raqamlaştiriş Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida imtihon jarayonlarida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş maqsadida barça bosqiçlar raqamlaştirilmoqda. Xususan “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi böyiça tayanç doktorantura (PhD)ga qabul imtihonlari raqamlaştirilgan holda taşkil etilmoqda. Bunda: ➖ talabgorlar imtihon biletlarini elektron tarzda tanlaydi; ➖komissiya a’zolari ONE ID orqali röyxatdan ötgan holda qatnaşib, talabgorlarning javoblarini mustaqil baholaydi; ➖platforma esa ballarning örtaça arifmetigini avtomatik hisoblaydi; ➖natijalar esa real vaqt rejimida e’lon qilib boriladi. Uşbu ixtisoslik böyiça jami 57 nafar talabgor imtihonlarda iştirok etmoqda. 👉 Jarayonlarni quyida jonli tomoşa qilişingiz mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#Xalqaro_anjuman Çirçiq davlat pedagogika universitetida sportda sun’iy intellekt texnologiyalariga bağişlangan xalqaro konferensiya ötkazildi 2026-yil 13-noyabr kuni Çirçiq davlat pedagogika universitetida “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş hamda sun’iy intellekt asosidagi innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Anjuman oçilişida universitet rahbariyati tomonidan sport ta’limida raqamli va innovatsion texnologiyalarning örni hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari alohida qayd etildi. Özbek, rus va ingliz tillarida taşkil etilgan tadbirda Özbekiston, Qozoğiston, Indoneziya va Pokiston oliy ta’lim taşkilotlari professor-öqituvçilari hamda yoş olimlari iştirok etdi. Konferensiya doirasida sport sohasiga sun’iy intellekt va kompyuter körişi texnologiyalarini tatbiq etiş, biometrik ma’lumotlar asosida maşğulotlarni takomillaştiriş, sportçilarning taktik tayyorgarligini oşiriş hamda pedagog-murabbiylarning kasbiy salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan ma’ruzalar muhokama qilindi. Jumladan, Aqtöbe mintaqaviy universiteti, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti, Indoneziya ta’lim universiteti va Haripur universiteti olimlari öz ilmiy tadqiqot natijalari bilan örtoqlaşdi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#TalabalarSporti #OAV “Kim edigu, kim böldik?”: talabalar sportidagi islohotlar “Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilgan “Kim edigu, kim böldik?” körsatuvining 9-sonida mamlakatimiz talabalar sporti tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, erişilayotgan natijalar hamda talaba-yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritildi. Körsatuvda talabalar sportini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar va Özbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, talabalar sporti sohasida quyidagi natijalarga erişilmoqda: — Xalqaro hamkorlik: Özbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) hamda Osiyo universitetlari sporti federatsiyasi bilan hamkorligi mustahkamlanib, talaba-sportçilarning nufuzli xalqaro musobaqalardagi iştiroki kengaymoqda. — Sport ommaviyligini oşiriş: Oliy ta’lim taşkilotlarida sport klublari va turli sport turlari böyiça seksiyalar faoliyati yölga qöyilib, yuz minglab yoşlar muntazam sport bilan şuğullanişga jalb etilmoqda. — Ommaviy sport musobaqalari: “Talabalar ligasi” hamda “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, iqtidorli sportçilarni saralaş va ularning salohiyatini yuzaga çiqarişda muhim örin tutmoqda. Bugun özbekistonlik talabalar nafaqat ilm-fan va ta’lim sohasida, balki xalqaro sport maydonlarida ham mamlakatimiz şarafini munosib himoya qilmoqda. Soğlom va faol yoşlar — Yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim tayançidir! 🔗 Körsatuvning töliq sonini quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=LkJ9XFH0rx8 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram#Jadidlar_izidan Jadidlar izidan: Ma’rifat yölini tanlagan yoşlar xorijiy safarga otlanmoqda Prezidentimiz taşabbusi bilan maktab öquvçilari örtasida taşkil etilgan “Jadidlar izidan” tanlovining 3-mavsumi respublika böylab davom etmoqda. Joriy yilda 700 ming nafardan ortiq öquvçini qamrab olgan mazkur loyiha yoş avlodning jadid bobolarimiz hayoti va ijodiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning boy ma’naviy merosini çuqur örganiş hamda mustaqil fikrlaydigan yoşlarni tarbiyalaşga xizmat qilmoqda. Xususan, Navoiy şahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida tanlovning şahar bosqiçi bölib ötdi. Unda iştirokçilar jadidlar hayoti va ijodiga oid test sinovlari hamda oğzaki savol-javoblar orqali öz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Tanlovning respublika bosqiçida eng yuqori natijalarni qayd etgan 14 nafar öquvçi Germaniyaning nufuzli universitetlariga ma’rifiy safarga boriş imkoniyatini qölga kiritadi. Şuningdek, ğoliblar oliy ta’lim taşkilotlariga kirişda tegişli ijodiy imtihonlar böyiça eng yuqori ball oliş imkoniyatiga ega böladilar. Maktablarda faoliyat yuritayotgan “Jadidlar izidan” tögaraklari esa öquvçilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlaş, tahliliy fikrlaş va öz qaraşlarini erkin ifoda etiş könikmalarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в Telegram