Voicelab jamoasidan yana bir open-source model. Biz O'zbek, Qozoq, Tojik, Qirg'iz, va shu kabi low-resource tillarni qo'llab quvatlashni, shevalarni yaxshiroq tushunish va ularda gapira olishni osonlashtirish ustida har kuni ishlayabmiz. Har bir modelni kamchiliklari bo'lganidek, ushbu modelda ham ba'zi kamchiliklar bor. Ammo keyingi versiyalarida borgan sari bu kamchiliklar pasayib boradi. Keyingi yil uchun biz Audio LM (Audio Understanding Language Model) modellarni taqdim qilish ustida ishlayabmiz. Bu jarayon pre-training bosqichini talab qiladi, va biz bunga tayyormiz. Keyingi bosqich, o'z kompyuteringizda ishlaydigan modellarimiz bo'ladi. Tez orada bu modellarni ham ochiq qilamiz. Batafsil: https://t.me/voicelabio/33
Открыть в TelegramПосты канала Otabek’s I/O
VoiceLab Echo iOS uchun qilgan dasturimiz chiqdi. Endi ovozli xabar eshita olmaydigan do’stlaringiz uchun, ovoz orqali matn yoza olasiz. Yaxshi feedback qoldirishingiz biz uchun muhim, dunyoga chiqishimiz uchun. Xatolarni doim tuzatib borayabmiz. Bepulga foydalaning. Yuklab oling echo.voicelab.uz
Открыть в TelegramNimani o'rganay? Startup qiluvchilarda ham, muhandislarda ham bir xil savol paydo bo'lgan. Ilgari bizni dofamin tizimimiz xatolarni yechishdan zavq olardi. Hozir esa bu ishni biz Code Autocompletion va Vibe Coding'ga almashtirdik. Xo'sh, endi nimadan zavqlanamiz? Eng zo'r xodimlar, startuplar boylarga xizmat ko'rsatuvchilar bo'ladi. Ularni doim muammosi bor, shu muammosini yechuvchi startup yoki mutaxasis bo'lish kifoya, ammo qanday? Agar hozirgi boylar kim deyilsa, men OpenAI, Anthropic, Google va shu kabi AI modellar ishlab chiquvchi kompaniyalar degan bo'lardim. AI sanoatida 2 ta faza mavjud, Training va Inference. Kompaniyalar o’sishi uchun bu ikkisi ham birdek muhim. Training yangi invoatsiya qilish uchun, ya'ni yangi frontier modellarni yaratish uchun. Inference yaratilgan modellarni katta masshtabda insonlarga xizmat ko'rsatishini ta'minlash. OpenAI aytishi bo'yicha ulardagi bor compute'ni 1/4 qismigina inference ga sarflanayotgan ekan, qolgani esa eskperimentlar qilish va yangi modellarni qurish uchun sarflanayotgan ekan. Kompaniya o'sishi uchun ular foyda keltiruvchi tomonga ham ko'proq investitsiya qilishi kerak bo'ladi, ya'ni inference tomonga. Chunki eskperimentlar investitsiyani qaytarmasligi mumkin, ammo foydalanuvchilar pul to'lashi orqali ular daromadini ko'tara oladi. TSMC aytishi bo'yicha yillik hardware tomondagi o'sish 3x ekan. Ya'ni katta kompaniyalar 5-10x o'sishi uchun ularga ko'proq hardware kerak bo'ladi, buni ammo ilojisi yo'q agar tendensiya shu ketish bo'lsa. Demak kompaniyalar o'sishi va daromad qilishi uchun ularga yo yaxshiroq infratuzilma, yo narxlarni keskin oshirishi kerak bo'ladi. Va bularni barchasi Inference Engineer'siz bo'lmasa kerak, menimcha. Agar inferenceda ishlab turgan GPU'lar hozirgidan 5x ko'proq token generatsiya qilishni boshlasa, marketda katta portalsh yuz beradi, chunki ko'plab bizneslar foydaga kirishni boshlaydi. Demak OpenAI, Anthropic va VoiceLab ga o'xshagan kompaniyalar endi Inference Engineering tomondagi optimizatsiyalarga ko'proq qiziqsa kerak. Chunki inovatsiya qilish zo'r, ammo ulardan foyda topish kompaniyani uzoq yillik saqlanib qolishida undanda muhim ro'l o'ynaydi. Startup qurmoqchimisiz? Zo'r mutahasis bo'lishni istaysizmi, unda shu sohalar haqida o'ylab ko'ring.
Открыть в TelegramAI modellar bilan 3 ta katta muammolar bor: 1. Reliability - garchi ular hamma narsa qila oladigandek ko’rinsada hali yetarlicha ishonchli emas. Ishonchli bo’lgan payt insonlar ishonchsizlashib qoladi. 2. Compute dependency - halicha modellar qurilmalarga optimizatsiya bo’lmadi. Hardware tomonda limitlarimiz bor, bu pul yoki kuch (computational power) 3. Learning curve fall - o’rganish xato va qilish orqali bo’lardi. Vibe coding (“make it perfect”, “do …”) orqali o’rganish pasayib borayabdi, natijada biz endi raqobat bardosh ham, inovatsion ham bo’lishimiz pasayib boradi. Bunday qobilyat egalari doim qadrlanadi. Bizga juda research kerak hozir!
Открыть в TelegramDropbox'da ishlab yurgan paytlarim qiziq bir narsani o'rgangan edim. Qanday qilib millionlab odamga fayllarni yetkazishni osonlashtirish mumkin. Boshida buni ko'pincha Linux Foundation qilgan bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Keyinroq bu yerda Google va Meta ni ham xissasi bor ekan. Dropbox'da postda yozilgandan ham yaxshiroq yechim qilishgan. Bu haqida yoza olmayman lekin ko'rganimda og'zim ochilib qolgan. Biz uni Magic Pocket deb atardik (Exabyte Scale blob storage system). AI Agent'lar davrida o'rganishga zo'r mavzular. Batafsil o'qish
Открыть в TelegramHyperLogLog Platforma view'lar sonini unique ekanligni xisoblash uchun juda qiziq yo'l va algoritm mavjud. O'qib ko'ring.
Открыть в TelegramNoyabr oyi uchun ko'proq blog yozish rejada bor. Hozirgacha nimalar qila oldik: • Sado v2 modelini chiqardik. Mijozlarimiz uni Gemini va boshqa STT modellardan yaxshi deyishdi. Ko'z tegmasin, Sado v3 oy oxirigacha chiqadi va shevalarda ham eng zo'r model bo'ladi ISA. • Bir tanishimga Google'dan, Senior Software Engineer offer olishda yordam qildim. 3 haftada Shvetsariyada Gemini jamoasida ish boshlaydi. Bugun ertalab rahmat xabarini oldim, juda yoqimli. • Youtube'da ochiq qilib qo'ygan algoritmlar darslarimdan tez-tez yaxshi fikrlar olib turibman. Bu oy yoki kelasi oy rejada Youtube uchun juda qiziq ishlar bor. • Lison v2 modelimiz natijalari ham ancha yaxshi, xissiyotlar bilan gapira oladi. Voice control qila olasiz. • Voice Agent larni va SIP ni bir joydan boshqarish uchun voicelab xizmatga tayyor turibdi. Ba'zi startup va kompaniyalar pilot ishga tushirishdi. Barchasiga alhamdulillah, hozircha atrofimizdagilarga foydamiz tegayabdi, zararimiz emas. Keyinroq Sado v1 STT modelimizni ochiq manbali (open-source) qilib chiqaramiz, undan bemalol foydalansangiz bo'ladi. Bollar, biz yutayabmiz!
Открыть в TelegramDiqqat! E’tiboringizga Lison v2’ni taqdim etamiz! Lison v2 bu VoiceLab’ning yangi nutq modeli boʻlib, endilikda matnni shunchaki o’qimaydi, his-tuyg’u bilan gapiradi. • Yangi model pichirlaydi, kula oladi, hayajonlanadi va xafa bo’ladi. Ovoz matnning mazmuniga qarab o‘zgaradi, shuning uchun eshitganda tirik odam gapirayotgandek tuyuladi. 33+ til. O’zbek, rus, ingliz, xitoy, yapon, koreys va boshqa tillarda bir xil tabiiy ovoz. Videolar, audiokitoblar, reklamalar va mijozlar bilan muloqot uchun ovoz yaratayotgan bo’lsangiz, Lison v2 aynan siz uchun. Sinab ko’ring: voicelab.uz
Открыть в TelegramVoicelab'da yangiliklar ko'p, faqat biz ozgina buni yashirib keldik, release kunigacha Sado v2 (STT) modelimiz Gemini va boshqa STT modellardan yaxshiroq natijalar beryabdi O'zbek tili uchun. Biz buni bir nechta dataset va turli xil resource lardan audiolar olib sinab ko'rdik. Lison v2 (TTS) modelimiz Elevenlab v4 va shu kabi modellardan qolishmaydigan natijalar berayabdi. Buni o'zimiz va kichik beta guruh bilan qo'lda sinab solishtirib tekshirib ko'rdik. Live translation uchun yangi modellarimiz kelayabdi. Dubbing bo'yicha ham beta qilgan edik, endi butunlayin release uchun tayyorlayabmiz. Natijalarni tez orada bo'lishib o'tamiz. Hozircha TTS va STT natijalarini voicelab.uz da sinab ko'rsangiz bo'ladi. Ha aytgancha, biz inference optimization uchun custom CUDA va kernel yozishni ham boshladik. Shunga bo'lsa kerak, modellarimiz juda tez ishlayabdi : ) Yangiliklarni @voicelabio da kuzatib boring
Открыть в TelegramVoicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models emas). Sababi ular kichik, bu esa ularni oddiyroq qurilmalarda yuritish imkonini beradi. Qiziq tomoni, agar biz kichik modelni to'g'ri train qilsak. Unga pre-train davomida to'g'ri ma'lumot bera olsak, ma'lumot sifati yuqori bo'lsa keyingi qiladigan ishimiz bu uni learning algoritmini tuzatish bo'ladi. Hamma "Artificial Intelligence" (Sun'iy Idrok) deyayotgan paytda "What is intelligence?" deydiganlar kamayib bormoqda. Ya'ni idrok bu yerda muammoni yechish emas, muammoni yechish avtomatizatsiya yoki tahmin asosida. Haqiqiy idrok bu yerda "o'rganish" (shaxsiy fikrim). Qayerdan, qanday qilib o'rganish. Xatolardan o'rganish. Hozirgi AI tizimlar bunday qilmaydi. Bitta xatoni takrorlashiga sabab yoki ba'zan yomon kod yozishiga sabablardan biri bu pre-train davomida ishlatilgan dataset (ma'lumotlar to'plami). Ular zo'r va chiroyli yozilgan kodlarni emas, ular githubdagi imkon qadar ko'proq kodlarni ko'rsatishga harakat qilishadi. Natijada context learning algoritmi ehtimollikni (probability) barchasiga ulab o'rganadi. Gradient Decent (ya'ni o'sha biz bilan AI ichidagi bilim)da balans yo'qoladi. AI shunchaki ko'p raqamlardan iborat bo'lgan miya bo'lgani uchun ehtimolliklarni bir-biri bilan bog'laydi. Qiziq tomoni bizningcha agar biz haqiqiy learning algortimni va context learningdagi o'sha mashxur f(x) = x^2 ni to'g'irlay olsak, continuous learning ga erisha olsak bo'lsa kerak, qaysidir ma'noda. Albatta bu oson bo'lmaydi. Hozircha muammolar 3ta ekan. Pre-train dagi ma'lumotlar sifati yuqori bo'lishi kerak. Context Learning uchun yaxshiroq algoritm topish (hozirgi algoritm qandaydir trick qilayotganga o'xshaydi, chunki ko'pchilik aynan shu qismini tushunmaydi. Shuning uchun AI bizga Black Box dek tuyuladi). Va oxirgisi Distillation process haqida o'ylab ko'rish, xuddi insonlar uxlaganda ba'zi bilmlarni unutib kundan bitta xulosa yasagani kabi, katta til modellari ham keraksiz bilmlarni tashlashi compute xarajatni pasaytirishga va yaxshiroq o'rganish uchun xulosa qilib to'g'ri algoritm tanlashga o'rgangan bo'larmidi, who knows. Voicelab da yangiliklar bor, tez orada bo'lishib o'tamiz.
Открыть в TelegramBarchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri) va bir necha mashxur filmlarga ovoz bergan Abdulhay aka bizni platforma uchun ovoz berdilar. Voicelab da biz har kuni yangiliklar qilayabmiz. Yangi modellarimiz ham tez orada e'lon qilamiz. Ular hozirgisidan 5x kattaroq va ancha yaxshiroq bo'lishi kutilmoqda.
Открыть в TelegramBiz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformaga oid savollaringizga javob beradi. • Voice Isolator modellarimizni chiqardik. Endi Adobe Podcast va Elevenlabs dan 3-4x arzonroq va sifati oshsa-oshadi, ammo qolishmaydi. Biz har bir foydalanuvchiga har oylik bepul kreditlar beramiz. Ishlatib ko'ring. Izohlarda fikringizni va audio output'larni kutib qolaman : )
Открыть в Telegram#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'rayman "Eng qiyin yechgan muammoyingiz nima?". Bu savol nega muhim? Chunki bu savolni ichida juda ko'plab yaxshi savollarga javob olish mumkin, kandidat haqida. Masalan, uni izlanuvchan ekanligini "Muammoga qanday duch keldingiz va uni qanday yechdingiz?", muammo yechuvchanligini esa "Aynan qanday limitlar bu muammoni qiyin qilib turgandi?", yaxshi muhandsiligini "Nimalar qildingiz? Qanday qildingiz?" va qanchalik chuqur kira olganini esa har bir qismiga ko'proq to'xtalib savol bilan aniqlash mumkin. Men ko'rgan yaxshi muhandislar javob bermaydi, ular o'rgatadi, bo'lishadi. Dasturchi muhandislik juda qiziq soha, biz har kuni har xil muammolarga duch kelamiz. Muammoni yechish hozir osonroq, AI Agentlar xisobiga. Lekin muammoni o'rganish va uni keyingi safar oldini olib qo'yish xislati kamayib bormoqda. Eng zo'r muhandislar muammoni yaxshi o'rganadi, tahlil qiladi, yechim beradi va keyingi safarga tayyor turadi.
Открыть в Telegram#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi?" O'zimizniki ham bor, open source modellarimiz ham bor. Nimaga "pre-train" (ma'lumot yig'ib, PyTorch va JAX code bilan neural networkni tuzish, necha qavatli qilish, attention, yashirin dimension lar va hardware ga mos optimizatsiya qilish, keyin katta model uchun distributed system qilish chunki katta modellar bitta GPU ga sig'maydi, Hyperparameter configuration va h.k.z larni hammasini qilish deganida) qilmaysizlar to'liq ham deyishadi. Odatda javobim bunday. Pre-training juda og'ir jarayon, ayniqsa low-resource (resursi kam bo'lgan) tillar uchun model qilish undanda og'ir. Ma'lumot yig'ish, tozalash jarayonini o'zi sizni butun umrlik qiynoqqa soladi. Biz bunday holatlarda osonroq yo'ldan ketamiz. Bor modelni olamiz, uni shunchaki post-train (fine-tuning) qilamiz. Bu jarayonda model'dagi og'irlik (weight) qayta balans qilinadi. Bu orqali model yaxshiroq o'rganadi eski ma'lumotlarini. Ya'ni ona tili ustozingiz diktantni faqat bir marta qaytarishi aniqlikni oshiradimi, yoki 2-3 marotabami? Ikkinchi masala bu "compute". Hozirgi paytda bizga Azure, AWS va GCP zo'rga GPU'lar uchun imtiyoz berishgan. Ba'zilarida H100, H200 yoki B200 kabi kuchli videokartalar topishimiz qiyin bo'lsa, ba'zilarida bor ammo juda qimmat. Startup uchun bu og'ir. Ammo imkon topayabmiz, modellarimizni yaxshilab borayabmiz. Undan tashqari CPU da ham ishlay oladigan modellarni ustida ishlayabmiz. Jarayondan o'rgangan 2 xulosam bor. Biri pre-train jarayoniga. Ikkinchisi post-training jarayoniga tegishli. Barcha ma'lumotlarni chalkashtirib (shuffle qilib) keyin ularni boshidan oxirgacha teng distrbute qilish juda xato ekan. Model o'rganish darajasini (Learning rate) train jaryoni oxirida pasaytirish, va yuqori sifatli ma'lumotlarni berish kerak. Chunki aynan shu qismi modelni tugashi va post-training boshlanishi bo'ladi. Model ma'lumotni o'rgandi, endi unga bu ma'lumotni to'g'ri tushunish va ishlatishni o'rgatish (post-training) qismida ham sifatini saqlab qolishi uchun oxirgi ko'rgan ma'lumotlari juda sifatli bo'lishi kerak. Model aldashni o'rganadi. Agar label qilingan ma'lumot faqat yaxshi tondagi javobga mukofot (reward) olsa, demak u cheat code qilishni boshlaydi. U doim muloyim va ishonchli aldashni boshlaydi. Buni natijasida u hallucinate qiladi, asosiy sabab bitta reward tonga (yoki stilga) nisbatan, haqiqatga (mazmun) emas. RL muhitda bu tarafga qarash uchun modelni objective test qilish kerak, ya'ni natijani tekshirish oson bo'lishi kerak. Misol uchun "kod compile bo'ldi va to'g'ri ishladimi?", "javob haqiqatdan 42 chiqdimi?", "bergan javobi yaroqli JSONmi yoki nimadir qo'shvordimi?" degan savollarga javob topish. Chunki bularni tekshirsa bo'ladi. Ovozli modellarda ham huddi shu jarayonni avtomatlashtirsa bo'ladi. Faqat ozgina sabr kerak ekan. Biz buni o'rgandik, bir kun yozish ham nasib qilsin. Uxlanglar endi : )
Открыть в TelegramVoicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kreditlar beramiz. Mazza qilib ishlatishingiz mumkin. voicelab.uz/download
Открыть в Telegram🎉 Vibe Talking urfga kiradi Kodni, xabarlarni, va matnlarni qo'lda yozish, o'rta asrlarga xos. VoiceLab Desktop bilan gapirib yozing. Barmoqlarni bukishni bas qiling, ovozli boshqaruvga o'ting. Ushbu promokod bilan butun ekotizim uchun, Creator tarifiga 70% chegirma oling. OTABEKSWE (faqat Creator tarifiga ishlaydi) Mac Apple Silicon | Mac Intel | Linux
Открыть в TelegramSo'ngi vaqtlarda hech qanday post yozmadim. Ammo juda ko'p yaxshi ishlar bo'ldi: • Biz VoiceLab ni to'liq launch qildik. • Juda ko'p eksperimentlar qilib qiziq bilim va tajribalar oldik. • So'ngi modelimizga +30 tadan oshiq tillarni qo'shdik, endi ovozlar qidirayabmiz har xil tillarda (chiroyli ovoz sohib(a)lar) • Shu orada research paper yozishga ham ulgurdim, buni voicelab blog sahifasini yaratib bo'lishib o'taman • Soniox, Elevenlabs va boshqa kompaniyalardan bizga qiziqishlar bildirishayabdi (Shaxsan Mati Co-founder @ Elevenlabs tabriklab yozdi) Xullas, yozish uchun yaxshi bilim va tajribalar olindi. Endi yozishga vaqt topish kerak : )
Открыть в TelegramUshbu darslar hayotimga quvonch olib kelgan. Amerika, Yevropa va hatto Avstraliyada o‘quvchi talabalarning vaqtini saqlab qolibdi. FAANG kompaniyalariga ishga kirishda ham bir necha bor yordami tegdi. Ularni ishga taklif olganiga guvoh bo‘lganman. Sizga ham foydasi tegsin, esingizdan chiqqan bo‘lsa eslatay degandim. O‘qing!
Открыть в TelegramAI modellar quryabmiz. Eng katta olgan xulosalarim: 1. Hozirgi modellarda deyarli arxitektura tomonlama o’zgarish yo’q. 2. Yaxshilanishlar data labeling va reinforcement learning muhiti yaratuvchi kompaniyalar xisobiga bo’layabdi. 3. Fable, Sol ham shunchaki bir sohaga fine-tune (yoki CPT) qilingan chuqur. Ammo modellar o’zgarmasa ham boshqa jarayonlar o’zgarayabdi: 1. Deyarli ko’p agentlar qurgan dasturlada ochiq joylar ko’payabdi. 2. Sifat tushib borayabdi. 3. Hardware kompaniyalar yana inovatsion izlanishlar qilishga kirishyabdi. Yutishni yagona yo’li hali ham bir xil qolmoqda, fundamental bilimlarni o’rganish. VoiceLab dagi ba’zi modellarimiz va ilmiy ishlarimizni bo’lishib o’taman keyinroq. Hammaga hayrli kun.
Открыть в TelegramO'zbek tilida ravon so'zlashuvchi sun'iy intelekt qurishimizda hissa qo'shing. Qanday deysizmi? Yo berilgan matnni o'qib, yoki o'qilgan matn audiosini tekshirib. hissa.voicelab.uz @voicelab_uzbot Tez kunda yangiliklarimiz ko'payadi.
Открыть в Telegram