Посты канала OQDARYO YOSHLARI
Переслано из Alisher Sadullaev
🇺🇿🇮🇳 Tarixiy bahs ostonasida: Javohir Sindarov jahon şaxmat toji uçun dona suradi! Ertaga, 24-noyabr kuni Şveysariyada butun dunyo şaxmat jamoatçiligi diqqat markazida turgan 2026-yilgi Jahon çempionati matçi boşlanadi. Uşbu hal qiluvçi 14 partiyalik bahsda 20 yoşli grossmeysterimiz Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik tengdoşi Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib boradi. Bugun özbek şaxmati va yoşlarimiz erişayotgan bunday yuksak marralar, avvalo, Prezidentimiz tomonidan yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş hamda şaxmatni ommalaştirişga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratib berilgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasidir. Jahon şaxmatidagi eng nufuzli unvon uçun keçadigan uşbu hal qiluvçi bahsda Javohirga grossmeysterlar Muhiddin Madaminov, Roman Vidonyak va Nikita Vitiugovdan iborat tajribali jamoa kömaklaşmoqda. Eng muhimi — bu katta sinovda oilasi, yaqinlari va butun Özbekiston xalqi uning yonida! Yurtimizning barça hududlaridagi şaxmat muxlislarini öyinlarni özbek tilida jonli efirda kuzatiş hamda hamyurtimizni birgalikda qöllab-quvvatlaş uçun UzChess YouTube kanalidagi maxsus strimlarga taklif etamiz! Barça yurtdoşlarimizni jonli efirlar orqali hamyurtimizni birgalikda qöllab-quvvatlaşga taklif etamiz! Işonamizki, Javohir özining yuksak mahorati, matonati va xarakteri bilan Vatanimiz bayroğini yana bir bor baland kötaradi. Olğa, Javohir! @alisher_sadullaev
Открыть в TelegramПереслано из SAMARQANDLIK YOŞLAR
🇺🇿Bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz va birdamligimiz timsoli! Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning o‘zligi, tarixiy xotirasi va kelajakka bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi muhim ramz. Unda yurtimizning tinchligi, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari va mustaqillik qadri mujassam. Bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat Vatanimizga, uning tarixi va kelajagiga bo‘lgan hurmatdir. Uni baland ko‘tarish, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish esa har birimizning faxrimiz va mas’uliyatimizdir. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz! Davlatimiz bayrog‘i doimo baland hilpirab, mustaqil yurtimizning yorqin kelajagi va xalqimizning birdamligini namoyon etib tursin! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
Harvard universiteti Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturiga qo‘shilmoqda! AQShga tashrifimiz davomida Harvard Business School, Yale University, Cornell University, Stanford University va MIT kabi dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston yosh tadbirkorlari uchun jahon darajasidagi biznes ta’limi va xalqaro ekspertlar tajribasini jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib bordik. Xususan, Harvard vakillari Ross Pearo va Kathryn Wight bilan uchrashib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida Harvard universiteti professorlarini O‘zbekistonga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qilgan edik. Bugun esa ushbu muzokaralar amaliy natija bermoqda. 2026-yil 7–11-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan besh kunlik dastur davomida yosh tadbirkorlar biznesni kengaytirish, strategik boshqaruv va venchur biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Dasturda ishtirok etish uchun saralangan nomzodlarga grantlar ajratiladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikat ham topshiriladi. Maqsadimiz – O‘zbekiston tadbirkorlari uchun jahon darajasidagi bilim va tajribani yanada ommalashtirish, ularning biznes yuritish salohiyatini oshirish hamda xalqaro bozorlarda raqobatlasha oladigan kompaniyalar qurishiga ko‘maklashish. Yosh tadbirkorlarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga va birinchi izohdagi havola orqali ariza topshirishga taklif qilamiz! 7–11-dekabr, 2026-yil | Toshkent, O‘zbekiston
Открыть в TelegramПереслано из Yoshlar ishlari agentligi
Qabriston tozaligi — mahalla va qalb ozodaligining ko‘zgusidir Bobo nabirasini yetaklab qabristonga boradi. Avval duo o‘qiydi, keyin ketmonni qo‘liga olib, qabrlar atrofini qurigan o‘t-xaslardan tozalashga kirishadi. Dastlab istamaygina turgan nabira ham bobosining yoniga qo‘shiladi. Bu qisqa film oddiy, ammo muhim haqiqatni eslatadi: o‘tganlarni yod etish faqat duo bilan emas, ular yotgan maskanni obod saqlash bilan ham bo‘ladi. Farzandga esa bu tarbiya nasihat bilan emas, shaxsiy ibrat bilan o‘tadi. Qabristonni ozoda tutish ajdodlar xotirasiga hurmat va har birimizning insoniy burchimizdir. Bu ishga mahallamiz bilan birga, yoshlarimiz bilan birga bosh qo‘shaylik. 🎬 Videoni tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Открыть в TelegramПереслано из Yoshlar ishlari agentligi
Ayni kunlarda Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston ziyolilari kengaşining rasmiy murojaat boti - @ziyoliuz_bot işga tuşirildi. 💬 Bot orqali olimlar, pedagoglar, şifokorlar, ijodkorlar, tadbirkorlar, yoş tadqiqotçilar, jamoatçilik faollari va yurt taraqqiyotiga befarq bölmagan barça fuqarolar öz taklif va taşabbuslarini töğridan töğri Kengaş muhokamasiga yönaltirişlari mumkin. Kelib tuşgan takliflar umumlaştirilib, Özbekiston ziyolilari kengaşining respublika yiğilişi muhokamasiga taqdim etiladi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Открыть в TelegramПереслано из Rahmonov Şerzod Şuxratoviç
⚡️Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! Samarqand viloyatida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan uchrashuvlar, tashabbuslar, muhim yangiliklar va dolzarb masalalarga oid ma’lumotlarni muntazam yoritib boramiz. 🔍 Faoliyatimiz, yangiliklar va rasmiy xabarlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling. 🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook Yoshlar bilan muloqot, ularning manfaatlari va tashabbuslari — doimiy e’tiborimizda!
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
⚡️Tört nafar özbekistonlik asosçi nufuzli Y Combinator akseleratoriga qabul qilindi! Bir neça oy avval Sardor Rahmatulloev Y Combinator dasturiga qabul qilingan ilk özbekistonlik asosçi sifatida tarixga kirgan edi. Bugun esa uning ortidan uç nafar yoş tadbirkorimiz uşbu nufuzli akselerator iştirokçisiga aylandi. Y Combinator (YC) — dunyodagi eng nufuzli startap akseleratorlaridan biri. 2005-yilda taşkil etilgan uşbu dastur Airbnb, Dropbox, Stripe va Reddit kabi global kompaniyalarning rivojlanişiga dastlabki bosqiçda yordam bergan. YC'ga qabul qiliniş startaplar uçun xalqaro investorlar, tajribali mentorlar va global bozorga çiqiş imkoniyatlarini oçadi. Hatto ayrim yoşlar öz startaplarini rivojlantiriş uçun Ivy League universitetlaridagi öqişini ham tark etişga qaror qilgan. Bugun esa yoşlarimiz ham dunyoning eng kuçli startap muhitlaridan birida öz örnini egallamoqda. Y Combinator dasturida iştirok etayotgan yoşlarimiz: Sardor Rahmatulloev — TwoLabs Beknazar Abdikamalov — Speko Husan Mavlonov — Defex Robotics Raşod Abdurasulov — Peripheral Zero Bu natija yoşlarimizning salohiyati, intilişi va global miqyosda raqobatlaşa olişini körsatadi. Biz yoşlarimiz bilan faxrlanamiz! Ularning muvaffaqiyati boşqa yoşlarimizga ham katta maqsadlar sari intiliş uçun ilhom beradi. Işonamanki, hali Özbekistondan dunyo miqyosida taniladigan köplab texnologik kompaniyalar yetişib çiqadi! @alisher_sadullaev
Открыть в TelegramПереслано из Zarnews.uz
#Payshanba_yoshlar_kuni Bulung‘urda yoshlar biznes boshlayapti Ular imtiyozli kreditlar orqali o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. Nodir Eshqulov 100 million so‘m, G‘ofur Suyunboyev esa 40 million so‘m kredit olib, ishlab chiqarishni boshladi. Bu kabi imkoniyatlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, tuman iqtisodiyotiga ham hissa qo‘shmoqda. Bulung‘urlik do‘stlaringizga ham ushbu videoni yuboring! Imkoniyatlardan hamma xabardor bo‘lsin! 📹 To‘liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling! ✅@Zarnews_uz
Открыть в TelegramПереслано из Yoshlar ishlari agentligi
Yangi kasb sari birinçi qadam ijodingizdan boşlanişi mumkin! 🚀 İş izlayapsizmi yoki yangi yönalişda özingizni sinab körmoqçimisiz? Raqamli ijod — video, animatsiya orqali öz mahoratingizni körsatiş, yangi imkoniyatlarni kaşf etişning bir yöli. 🏆 BellaşAIlik — yoş ijodkorlar uçun respublika tanlovi! Sun’iy intellekt (AI) vositalari yordamida yaratgan ijodiy işingiz bilan tanlovda qatnaşing, öz ğoyangiz va iste’dodingizni namoyon eting! 📅 Arizalar qabuli: 2026-yil, 18-noyabr, soat 18:00 gaça qabul qilinadi. 🏆 Tanlov 4 bosqiçda ötkaziladi: Mahalla → Tuman/şahar → Hududiy bosqiç → Respublika finali. 🎨 İştirok etiş juda oson: Telegram-botga öting. Arizani töldiring. İjodiy işingizni yuklang. 👉 Ariza topşiriş: t.me/bellashailik_bot Taşkilotçi: "Raqamli san'at ijodiy birlaşmasi" 📱+998 87 077 99 55 / @RaqamliSanatkoordinator ✨BellaşAIlik - Bugun yaratgan birinçi işingiz ertangi kasbiy imkoniyatlaringizga yöl oçişi mumkin! 🚀 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Открыть в TelegramПереслано из Rahmonov Şerzod Şuxratoviç
🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan har qanday muammolari, taklif va tashabbuslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi. 🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirilgan. Viloyatdagi har bir yosh: 💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin: 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar boshqarma boshlig’i tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
⚡️UzCombinator: yoşlarimiz startaplariga $3 milliondan ortiq investitsiya jalb qilindi! Yoşlarimizning ğoyalari bugun real mahsulotlarga, kiçik taşabbuslari esa katta biznes loyihalariga aylanmoqda. UzCombinator dasturi ularga bilim, tajriba va investorlar bilan işlaş imkoniyatini bermoqda. 45 kunlik akselerator davomida yoşlar tajribali mentorlar bilan işlaydi, öz mahsulotlarini rivojlantiradi va investorlar oldida taqdimot qilişga tayyorlanadi. Har bir iştirokçiga $1 000 stipendiya, qulay iş muhiti, ovqatlaniş va texnologik resurslar taqdim etiladi. Natijalarga e’tibor bering: • Ikki mavsumda 5 036 ta ariza kelib tuşdi, ulardan 55 ta startap saralab olindi. • Birinçi mavsumda startaplar $960 ming investitsiya jalb qilgan bölsa, ikkinçi mavsumda 17 ta startap $2,155 million investitsiya oldi. Bu 2,2 baravar ösiş. • Demo Day’da taqdimot qilgan 23 ta startapning 17 tasi investitsiya oldi. Bu 74 foizlik natija. Ikkinçi mavsumning yorqin natijalaridan ayrimlari: • Core AI asosçisi Sanjarbek Raxmonov — $800 ming investitsiya jalb qildi. • Yurideks asosçisi Zilolaxon Yöldoşeva — $250 ming investitsiya oldi. • Occlum asosçisi Abdulloh Masaidov — $40 ming investitsiya jalb qilib, Amerikada öz ofisini oçdi. Bitta startapga töğri kelgan örtaça investitsiya miqdori esa $127 mingni taşkil etdi. Endigi vazifamiz şunday jamoalar safini kengaytiriş va Özbekistonda yaratilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlarga çiqişiga kömaklaşiş. Agar sizda ham rivojlantirişga arziydigan startap ğoyasi bölsa, UzCombinator'ning uçinçi mavsumiga ariza topşiring! Arizalar 10-noyabrgaça qabul qilinadi. Havola. Işonamanki, bugun ilk qadamlarini qöyayotgan yoşlarimiz ertaga xalqaro miqyosda tanilgan kompaniyalarga asos soladi. @alisher_sadullaev
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
Jahon çempionlaridan muhandislik, elektronika va robototexnikani bepul örganiş imkoniyati! Yoşlar işlari agentligi homiyligida Robototexnika va muhandislik assotsiatsiyasi tomonidan Uchqun.app — muhandislikni noldan örgatuvçi bepul platforma işga tuşirildi. Mazkur ilovada elektronika, robototexnika, mexatronika, 3D modellaştiriş, samolyotsozlik va kosmik tadqiqotlar kabi zamonaviy yönalişlar bölib, Arduino simulyatori yordamida elektron sxemalar yiğiş hamda 3D modellaştirişni amalda sinab köriş mumkin. Qolaversa, kerakli detallar va töplamlarni ham töğridan-töğri platformaning özidan xarid qiliş imkoniyati yaratilgan. Zamonaviy muhandislik sohalariga qiziqadigan barça yoşlarimizni uşbu platformadan foydalanişga çaqiraman. 👉 Ilovani sinab köriş: Uchqun.app @alisher_sadullaev
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
Yoshlar bilan ochiq muloqot 🇺🇿 Bugun soat 17:00 da yoshlar bilan tadbirkorlik, bandlik, ta’lim va Yoshlar ishlari agentligi dasturlari haqida suhbatlashamiz. Maqsadimiz yoshlarni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish, yangi g‘oya va takliflarni eshitish hamda mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashish. Sizni qiziqtirgan savollar, takliflar yoki muhokama qilmoqchi bo‘lgan mavzular bo‘lsa, muloqotga qo‘shiling. Izohlarda yozib qoldiring. Bugun, soat 17:00 Telegram orqali jonli muloqot Barchangizni suhbatda kutaman! 👉https://t.me/alisher_sadullaev?livestream
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi. Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz! @alisher_sadullaev
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Sadullaev
145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz! Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi. 45 ta oltin, 49 ta kumush, 51 ta bronza! Jami 145 ta medal bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada 3-o‘rinni egalladi. Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikka kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan 5-o‘rin edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham yangi rekord o‘rnatdi. Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz. Barakalla, chempionlar! @alisher_sadullaev
Открыть в Telegram