Auditoriya nimani kutyapti? Media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot odamlar mediadan nimani kutayotganini ham ko‘rsatdi. Respondentlarning 46,6 foizi soxta axborot tarqalishini dolzarb muammo deb biladi, 27,6 foizi chuqurroq tahlil kutadi, 40,6 foizi kundalik muammolar haqida axborot yetishmasligini aytadi. Odamlar ko‘proq xabar emas, tekshirilgan va o‘ziga kerakli ma’lumot kutyapti. Shuning uchun xolis axborotning manbadan o‘chirilishiga, muallifga bosim o‘tkazilishiga qat’iy qarshi turishimiz kerak. Tadqiqot 14 hududni qamrab olgani yana bir narsani ko‘rsatadi: media iste’molini faqat Toshkent mezonlari bilan baholab bo‘lmaydi. Hududlardagi auditoriyaning o‘z talabi va o‘z savollari bor. Milliy media assotsiatsiyasining vazifasi ham shundan kelib chiqadi: media makondagi barcha ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish, a’zolarimizning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, hududiy medianing salohiyatini oshirish, tahliliy jurnalistikani rivojlantirish. Shov-shuvli sarlavha auditoriyani bir marta jalb qilishi mumkin, uni ushlab qolish uchun esa ishonch kerak. Media kelajagini ana shu ishonch belgilaydi. Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramПосты канала Odiljon Tojiyev
Media uchun eng katta kapital bu auditoriya ishonchi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot” o‘tkazildi. So‘rovni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazi 8–19 sentabr kunlari barcha 14 hududda 1 411 kishi ishtirokida o‘tkazdi. Juda muhim mavzu. Natijalarga ko‘ra, yangilik olishda Telegram yetakchilik qilmoqda. Ko‘pchilik bir nechta manbadan foydalanadi: respondentlarning 51,6 foizi yangilikni Telegramdan, 44,6 foizi televideniyedan, 41,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan oladi. Ammo raqamlar tahlilida ahamiyatli jihat bor. Televideniyega respondentlarning 44,3 foizi ishonadi, Telegram-kanallarga esa 11,3 foizi. Ya’ni raqamli platformalar rivojlanayotganiga qaramay, televideniyega ishonch yuqori. Auditoriya afzal ko‘radigan telekanallar qatorida Milliy TV va O‘zbekiston 24 bilan birga assotsiatsiyamiz a’zolari Zo‘r TV va Sevimli TV ham bor. Demak, xususiy media ham katta auditoriya uchun raqobatlasha oladi. Ko‘p o‘qilish hali ishonch degani emas. Bu farq har bir tahririyat uchun o‘ylab ko‘rishga arziydigan savol. Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 7 ч | 4 776 |
| 32 ч | 6 452 |
- Через 6 часов4 776
- Через 24 часа6 452
- Всего сейчас6 452
Raqamlar va g’oyalar Pekin safari yakunlandi. Endi navbat bo‘lib o‘tgan ishlarni tahlil qilishga. Har qanday islohotni ikki narsa orqali baholash mumkin: natijasi va uni harakatga keltirgan g‘oya. Raqamlar taraqqiyot natijalarini ko‘rsatadi, g‘oyalar esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Pekinda Prezidentimizning “O‘zbekiston: barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” kitobining xitoy tilidagi nashri taqdimotida xitoylik hamkasblarimiz oldida aynan shu fikrni ilgari surdim. Davlatimizning natijalarini hamma biladi. O’tgan yili iqtisodiyot 7,7 foiz o’sdi, yalpi ichki mahsulot 147 milliard dollardan oshdi. Kambag’allik 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi, birgina 2025-yilda 1 435 ta mahalla kambag’allikdan xoli bo’ldi. Lekin chetdan kuzatayotgan odamga raqamning o’zi ko’p narsa aytmaydi. U o’sish qayerga yo’naltirilganini va qarorlar qanday mantiq bilan qabul qilinganini bilmoqchi bo’ladi. Statistikada bu savolga javob yo'q. Bu mantiq kitobdagi “inson - jamiyat - davlat” tamoyilida aniq ko’rinadi. Bu tartib 2023-yilgi Konstitutsiyaga asos qilib olingan. “Tashabbusli byudjet” esa shu tamoyilning amaldagi ko’rinishi: byudjetdan qaysi yo’l yoki maktab ta’mirlanishini odamlarning o’zi ovoz berib hal qiladi. Mamlakatni raqamlar orqali bilish mumkin, uni tushunish uchun esa g’oyalarini o’qish kerak. Xitoylik o’quvchi endi bu imkonga ega. Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 701 |
| 13 ч | 971 |
| 25 ч | 1 037 |
- Через 1 час701
- Через 24 часа1 037
- Всего сейчас1 037
Bugun - 21-oktyabr, O‘zbek tili bayrami kuni. 1989-yilning shu kunida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu qaror o‘z davrida katta jasorat talab qilgan, uning ortida fidoyi ziyolilarimizning yillar davomidagi kurashlari turibdi. Har bir xalq dunyoni o‘z tili orqali ko‘radi va anglaydi. “Ko‘ngil”, “uyat”, “bag‘rikenglik” kabi so‘zlarimizni boshqa tilga to‘liq tarjima qilish qiyin. Chunki ularda xalqimizning ming yillik hayot tajribasi, qadriyatlari va fe’l-atvori bor. Tilni yo‘qotgan xalq o‘z xotirasidan ham mahrum bo‘ladi. Ajdodlarimiz asrlar osha asrab kelgan bu merosni bekam-u ko‘st kelajak avlodga yetkazish bugun bizning zimmamizda. Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman! Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 8 ч | 977 |
| 36 ч | 1 019 |
| 70 ч | 1 045 |
- Всего сейчас1 045
Qonun tilini bilasizmi? “Deputatlar nima deydi?” Telegram kanali bayram munosabati bilan qisqa test tayyorlabdi. Testdagi so‘zlarning bir qismi parlament va qonunchilik atamalari, bir qismi esa kundalik hayotda ishlatiladigan, o‘zbekcha muqobili bor so‘zlar. Javobdan keyin so‘zning ma’nosi va qaysi tildan kelib chiqqani ko‘rsatiladi. Test oxirida esa natijangizga qarab unvon ham olar ekansiz. Bilimingizni tekshirib ko‘rishni tavsiya qilaman👇 Testni boshlash Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 10 ч | 17 374 |
| 25 ч | 22 349 |
| 72 ч | 29 055 |
- Через 24 часа22 349
- Всего сейчас29 055
Tilning kelajagi bugun ko‘p jihatdan raqamli makonda hal bo‘lyapti Odamlar endi so‘zning ma’nosini kitobdan emas, telefondan qidiradi. Internetda o‘zbek tilida ishonchli va qulay manba bo‘lmasa, bu bo‘shliqni boshqa tillar egallaydi. Buni chaqiriqlar bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Faqat sifatli mahsulot bilan o‘zgartirish mumkin. Shu ma’noda kecha o‘zim taqdimotida qatnashgan “Til.uz” portalini juda to‘g‘ri qadam deb bilaman. Portalda lug‘atlar, folklor va shevalar birinchi marta bitta zamonaviy platformada jamlandi. O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar qatorida bo‘ldi. Loyiha tashabbuskori HAYOT Foundation jamoasiga, Gross kompaniyasi va Centrum Air'ga, texnologik hamkorlar Tilmoch.ai va Tahrirchi.uz’ga minnatdorchilik bildiraman. Loyihaning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz. Endigi vazifa shu imkoniyatni tahririyatlarimizning kundalik ishiga olib kirish. Assotsiatsiya bu borada a’zolarimiz bilan birga ishlashga tayyor. Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramJurnalistikada “birinchi” boʻlish bilan “toʻgʻri” boʻlish oʻrtasida tanlov boʻlsa, javob aniq boʻlishi kerak. Biror voqea boʻyicha birinchi boʻlib xabar berish istagini tushunaman. Raqobat bor, auditoriya bor, bu ham maqsad. Lekin professional jurnalistikaning asosiy mezoni aniq maʼlumot berish. Bunga esa faqat faktcheking orqali erishiladi. Tekshirilgan, toʻgʻri xabar uchun hech kim kechirim soʻrashga majbur boʻlmaydi. Shoshib berilgan notoʻgʻri xabar sabab esa butun sohaga boʻlgan ishonchga putur yetishi mumkin. Har bir xabar ustida ishlaganda uni oʻqiydigan, muhokama qiladigan keng jamoatchilikni hisobga olaylik. Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramПереслано из Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
👍O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. ⚫️Mazkur kelishuv fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarning media maydonida keng yoritilishiga qaratilgan. ⚫️Memorandum doirasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalarini yoritish, hududlardagi nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda qo‘shma media loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan. 👍Ushbu hamkorlik Assotsiatsiyaga a’zo OAVlarning ijtimoiy ahamiyatga ega jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot hamda jamoatchilik hisobdorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
Открыть в TelegramDavron Fayziyevning o‘ziga xos ovozi, o‘yinni his qilib sharhlashi ko‘pchiligimiz uchun futbolning bir qismiga aylanib ulgurgan. Ko‘p yillik mehnat ortidan u o‘zbek sport jurnalistikasida o‘z maktabini yarata oldi. Bugun u xalqaro nufuzli “THE ICONIC CREATOR AWARDS” mukofotining “Yil jurnalisti” yo‘nalishida g‘oliblikka nomzod bo‘lib turibdi. O‘zbek jurnalistining xalqaro miqyosda bunday e'tirof etilishi butun milliy mediamiz uchun quvonarli holat. Barcha hamkasblarimizni va shunchaki sportni sevadigan yurtdoshlarimizni Davronni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Ovoz berish uchun manzil: https://theiconicawards.com/award/40 Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramПереслано из Alisher Qodirov
Bugun millatimiz ziyolilari otib öldirilgan kun. Kelajakda xor bölmaslik bugun butun millat va davlat bölişimizga boğliq. Özligini qadrlamaganlar özga uçun heç qaçon qadrli bölmaydi. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Открыть в TelegramПереслано из Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
🔥An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Media Camp” navqiron jurnalistlar media-oromgohi bu yil ham Zomin tog‘lari bag‘rida yosh jurnalistlar va media sohasi vakillarini bir maydonda jamladi. 💠O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va BMB HOLDING hamkorligida tashkil etilgan “Media Camp – 2026”ning ilk kuni "Za'faron premium" mehmonxonasida professional muloqot, tajriba almashish, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mazmunli dastur asosida o‘tdi. 🔥“Media Camp – 2026”ning navbatdagi kunlari va muhim voqealarini biz bilan kuzatib boring! Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X
Открыть в TelegramBitta gʻalabaga erishish mumkin. Lekin uni takrorlash toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan tizim va mehnat natijasi boʻladi. Oʻzbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻldi. 2022-yildagi oltin, 2024-yildagi bronza va bu gal yana oltin. Yaxlit va barqaror tizim o‘z natijasini 3 marta ko‘rsatdi. Jamoani, murabbiylarni va bu kunni birga kutgan barcha hamyurtlarimizni tabriklayman. Bugun butun Oʻzbekiston sizlar bilan faxrlanyapti! Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramXitoy Xalq Respublikasi tashkil topganiga 77 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etdik. Buyuk Ipak yo‘li davridan boshlangan tarixiy va madaniy aloqalarimiz bugun ishonchli siyosiy muloqot va yirik iqtisodiy loyihalar shaklida davom etyapti. Media sohasidagi aloqalarimiz ham bu do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan: xalqlarimiz bir-birini qanchalik yaxshi bilsa, sherikligimiz shunchalik puxta bo‘ladi. Xitoy xalqini bayram bilan tabriklayman. Tinchlik, farovonlik va yangi marralar tilayman! Odiljon Tojiyev
Открыть в TelegramPekindagi uch kunlik safarimiz yakuniga yetdi. Rasmiy muzokaralar, imzolangan hujjatlardan tashqari safarning muhim qismi undan yig‘ilgan xulosalar bo‘ldi. Xitoyning yirik media korporatsiyalari rahbariyati bilan yuzma-yuz suhbatlashganda bir narsa yaqqol seziladi: bugun dunyo axborot makoni butunlay boshqacha tezlikda o‘zgaryapti. Agar, biz nodavlat OAVlarimizni faqat ichki auditoriya bilan cheklab, o‘z “qozonida qaynashi”ga tashlab qo‘ysak, ortda qolishimiz mumkin. Mediamizga yopiq emas, ochiq tizim kerak. Jurnalistlarimiz kengroq maydon, xalqaro ko‘nikma va yangi yondashuvlar bilan ishlasin. Maqsadimiz ham aslida shu, o‘zbek mediasini jahon axborot oqimining bir qismiga aylantirish uchun ishonchli ko‘prik qurish edi. Xitoylik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli nuqtalarni topa oldik deb o‘ylayman. Endi bu eshikdan dadil kirib, jurnalistlarimiz, a’zolarimiz uchun ishlaydigan loyihalarni boshlash mas’uliyatli vazifa bo‘lib qoladi. Odiljon Tojiyev
Открыть в Telegram