AI-чатbetaКабинет

Посты канала Nuruddin Blogs

сначала новые

#5387Фотоальбом
Просмотры1 640−41%к среднему
Пересылки3
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
38 ч1 568
69 ч1 640
  1. Всего сейчас1 640
#5386Фотоальбом
Просмотры1 618−42%к среднему
Пересылки3
Реакции5
Комментарии3
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
38 ч1 548
69 ч1 618
  1. Всего сейчас1 618
#5385Фото
Просмотры1 301−53%к среднему
Пересылки8
Реакции50
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
53 ч1 285
68 ч1 301
  1. Всего сейчас1 301
#5384Превью ссылкиизменён

Voyager 1 bu inson qöli bn yasagan, yerdan eng uzoqdagi obyektga aylanibdi. 1977-yildan beri parvoz qilayotgan Voyager 1 yerdan (endigina) 1 yoruqlik kuni uzoqlikka erişgan. Voyager 1 haqda boşqa qiziq faktlar: - u Yerdan 16,1 milliard mil olisda insoniyat yaratgan eng uzoqdagi obyekt - unga signal yetib borishi uchun 24 soat kerak va soatiga ~38 000 mil tezlikda harakatlanmoqda - 5 yillik missiya uchun yasalgan edi ammo oradan 49 yil o‘tib ham ishlamoqda bor-yo‘g‘i ~69 KB xotira bilan ishlaydi - ma’lumotlarni sekundiga 160 bit tezlikda uzatadi - 1979-yilda Yupiter yonidan uchib o‘tgan - Yupiterning ingichka, xira halqasini kashf etgan - 1990-yilda mashhur "Och ko‘k nuqta" suratini olgan Quyosh tizimining ilk umumiy - portretini tushirgan - 1990-yilda o‘z kameralarini butunlay o‘chirgan yulduzlararo fazoga chiqqan ilk apparat bo‘ldi - o‘zida "Oltin plastinka"ni olib ketmoqda - unda 55 tildagi salomlashuvlar hamda Yer musiqasi va tovushlari bor - xotira chipidagi jiddiy nosozlikni yengib o‘tgan - 2026-yil oktyabrida 2 kunga aloqa uzilib qolgan keyin o‘z-o‘zidan qayta aloqaga chiqqan - 3 ta yadroviy batareya yordamida ishlaydi - atigi 2 ta ilmiy asbobi ishlab turibdi ayrim qismlarini navbati bilan o‘chirish hisobiga "jon saqlab" kelmoqda - yulduzlar sari sayohatini endigina boshlamoqda ~40 000 yildan so‘ng Gliese 445 yulduzi yonidan o‘tadi biroq 2030-yillarning boshlarida butunlay jimib qolishi mumkin Pale Blue Dot haqida bu yerda ham yozgandim: https://t.me/nuruddinblogs/4190 @nuruddinblogs

Открыть в Telegram
Просмотры1 942−30%к среднему
Пересылки9
Реакции12
Комментарии0
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
63 ч1 922
78 ч1 942
  1. Всего сейчас1 942
#5382Видео
Просмотры2 7790%к среднему
Пересылки13
Реакции3
Комментарии5
#5380Фотоальбомизменён
Просмотры2 537−9%к среднему
Пересылки5
Реакции12
Комментарии0
#5379Текст

Переслано из Latipov [uzb]

UzIMEI’ning yetti yili: yaratilish tarixi, ta’sischilar, trillionlab so‘mlik to‘lovlar va ularning qonuniyligiga oid savollar IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng UzIMEI tizimining yaratilish tarixi, pudratchi qanday tanlangani va tizimning moliyaviy jihatlarini batafsilroq o‘rganishga qaror qildim. Natijada savollarim yanada ko‘paydi. Ulardan eng asosiysi – IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy to‘lov undirishning o‘zi qanchalik qonuniy. Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 93-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi. Ammo IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov qonun bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qarori bilan belgilangan. Shu yerda savol tug‘iladi: huquqiy jihatdan bu qanday to‘lov – soliqmi, yig‘immi yoki xizmat haqi? Agar soliq yoki yig‘im bo‘lsa, nega uni parlament emas, hukumat belgilagan? Agar xizmat bo‘lsa, IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun telefon 30 kundan keyin mahalliy mobil operatorlar tarmog‘ida ishlamay qoladigan sharoitda, bu xizmatdan foydalanish qanchalik ixtiyoriy? Soliq kodeksida yig‘im qonun bilan belgilanadigan, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq va budjet tizimiga to‘lanadigan majburiy to‘lov sifatida ta’riflangan. IMEI uchun to‘langan pullar esa tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga tushadi. Shu sababli uni avtomatik ravishda davlat yig‘imi deb hisoblash ham to‘g‘ri emas. Ammo majburiy to‘lovni shunchaki «xizmat haqi» deb atash orqali uning qonuniyligiga oid savolni yopish ham, nazarimda, yetarli emas. Biz huquqiy baho olish uchun murojaat qilgan yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova ham, avvalo, ushbu to‘lovning huquqiy tabiatini aniqlash zarur, deb hisoblaydi. Agar bu yig‘im bo‘lsa, Konstitutsiya va Soliq kodeksi talablari bajarilishi kerak. Agar xizmat haqi bo‘lsa, uning majburiyligi va narxini belgilash uchun yetarli qonuniy asoslar mavjudligi tushuntirilishi lozim. To‘lov qonuniymi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish uchun rasmiy huquqiy tushuntirish, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning pozitsiyasi zarur. Endi narxiga to‘xtalsak. Bugun bitta IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 88 ming so‘m, 30 kundan keyin esa 110 ming so‘m turadi. Bitta telefonda ikkita IMEI bo‘lsa, har biri uchun alohida to‘lash kerak. 2019-yildan buyon standart tarif deyarli ikki baravar oshgan. Nega? Chunki xizmat narxi muntazam oshirib boriladigan bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Xuddi jarimalar va ayrim davlat yig‘imlari kabi. Ammo BHM oshishining raqamli identifikatorni ma’lumotlar bazasiga kiritish tannarxiga qanday aloqasi bor? Nega ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning aynan 20 foizi, 2 yoki 5 foizi emas? Tarifning iqtisodiy ekspertizasini kim va qachon o‘tkazgan? Yetti yil ichida IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan. 2026-yilning birinchi yarmida tizim davlat operatori daromadlarining qariyb 90 foizi aynan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga shakllangan. Shu bilan birga, xizmat tannarxining ochiq hisob-kitobi, xarajatlarning batafsil tarkibi va texnik pudratchi qancha mablag‘ olayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Shu o‘rinda ikkinchi muammoga kelamiz – tizimning yaratilish jarayoni shaffof emasligi. 2019-yilda UzIMEI’ni joriy etish bo‘yicha tanlovda loyihani 2,5 million yevroga amalga oshirishni taklif qilgan Turkiyaning TTG kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Bu haqdagi rasmiy xabarni internet arxividan topish mumkin. TTG bizga uning mutaxassislari Toshkentda UZINFOCOM bilan birgalikda ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Ammo shartnoma imzolanmagan. Kompaniya vakillarining aytishicha, sabablar tushuntirilmasdan loyiha Delta Telecom International kompaniyasiga berilgan. Tanlovdan bir necha oy o‘tib, hukumat Information Technology Center qo‘shma korxonasi tashkil etilganini e’lon qildi. Uning 51 foiz ulushini Amerikaning Delta Telecom International I, LLC kompaniyasi, 49 foizini esa davlatga qarashli Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi olgan. 2026-yilga kelib esa ta’sischilar orasida Amerika kompaniyasi o‘rniga Singapur kompaniyasi ko‘rsatilgan. Qizig‘i, bu kompaniya faqat 2020-yil avgustida, ya’ni UzIMEI ishga tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan. Bu kompaniyalarning yakuniy benefitsiar egalari kim? Nega dastlabki tanlov g‘olibi shartnomasiz qolgan? Tizimni yaratish aslida qanchaga tushgan? Ehtimol, bu savollarning barchasiga qonuniy va iqtisodiy jihatdan asosli javoblar bordir. Ammo tizim majburiy bo‘lsa, millionlab fuqarolarga taalluqli bo‘lsa va trillionlab so‘m tushum keltirayotgan bo‘lsa, nega bu hujjatlar ochiqlanmagan? Shaxsan menda tizim qanday shartlar asosida yaratilgani, undan tushgan pullar qayerga yo‘naltirilayotgani va nima uchun «xizmat» aynan shuncha turishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, unga nisbatan ishonch ham bo‘lmaydi. Ha, yagona IMEI bazasi foyda keltirishi mumkin: o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash, klonlangan kodlarni aniqlash va noqonuniy importga qarshi kurashishda yordam beradi. Ammo nazarimda, tizim keltirib chiqarayotgan xarajatlar uning foydasidan ko‘proqdek. Biz O‘zbekistonda soliq yuki nisbatan pastligi haqidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Ayrim soliq stavkalari bo‘yicha shunday bo‘lishi ham mumkin. Lekin biznes yuritish va yashashning haqiqiy xarajatlari faqat soliqlar bilan belgilanmaydi. Import bojlari, majburiy to‘lovlar, sertifikatlashtirish, ruxsatnomalar, raqobatga qo‘yilgan cheklovlar, monopoliyalar va byurokratiya ham bor. Tranzaksion xarajatlar ham mavjud. Bular – odamlar va tadbirkorlarning deklaratsiya to‘ldirish, tekshiruvlardan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tkazish, navbat kutish va davlat organlari bilan ishlashga sarflaydigan vaqti va resurslari. Bu ham iqtisodiy yo‘qotish. Ba’zan bunday xarajatlar soliqlarning o‘zidan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Oxir-oqibat, bularning barchasi uchun iste’molchi haq to‘laydi. Jumladan, tovarlar narxining qimmatlashishi orqali. Biz dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatmiz. Logistika xarajatlari shundoq ham yuqori. Ammo qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, ko‘pincha yangilarini yaratamiz. Menimcha, IMEI uchun undiriladigan to‘lovning mustaqil huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, tizimning moliyaviy modelini va pudratchini tanlashga oid hujjatlarni oshkor qilish zarur. Shundan keyingina majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni hozirgi shaklda saqlab qolish uchun asoslar bormi yoki yo‘qmi, degan masalani muhokama qilish mumkin. @latipovuzb

Открыть в Telegram
Просмотры2 000−28%к среднему
Пересылки9
Реакции27
Комментарии8
#5377Фотоальбом
Просмотры6 540+134%к среднему
Пересылки91
Реакции19
Комментарии1
#5376Видеоизменён
Просмотры3 374+21%к среднему
Пересылки77
Реакции36
Комментарии16
#5373Превью ссылки
Просмотры2 919+5%к среднему
Пересылки4
Реакции26
Комментарии5