Fond bozorida investitsiya qilish talablarini ko’rib xuddi bu armiya generali bo’lishga ariza topshirishmi deb xis qildim. Chekkada “forex” va CFD savdolari shunaqa rivojlandiki, chekka chekka joylarda ham xatto yoshlar $100-$200 dan tashab qimor o’ynab yotibdi. Treydingni eng qimor yo’nalishiga umuman cheklov va kontrol yo’q, ya’ni “forex”da. To’g’ri yo’lda qonuniy ishliman deganlarga cheklovlar borgan sari kuchayib ketyabdi. Gapirsam gap ko’pu, haqiqatni yoqtirmaydiganlar ko’p.
Открыть в TelegramПосты канала Nur Ismoilov
#shaxsiyfikr Hayotimda kuzatgan eng g'alati haqiqat: Odamlar aldanishni yoqtirishi.
Открыть в TelegramПереслано из Akinda
🚀 Akinda endi brauzeringizda ham mavjud! Turli moliyaviy saytlarda, yangiliklarda aksiya yoki ETF'ni ko'rib, "Bu halolmi?" deb saytdan chiqib tekshirishga endi hojat yo'q. Akinda Shariah status kengaytmasi Chrome Web Store'da chiqdi.🔎 Yahoo Finance kabi saytlarda aksiya sahifasini ochsangiz, kengaytma uning Halol, Halol emas yoki Shubhali ekanini darhol ko’rsatadi. Bir bosishda akinda.io’dagi to’liq hisobotga o’tasiz. Tekshiruv AAOIFI standartlari asosida, Akinda'ning skrining metodologiyasi bo'yicha amalga oshiriladi. Qulayliklari: 🌐 O'zbek, rus va ingliz tillarida 🔐 akinda.io'ga kirgan bo'lsangiz, kengaytma avtomatik ulanadi Kengaytma barcha pulli tariflarda ishlaydi. 🔗 O'rnatish: https://chromewebstore.google.com/detail/akinda-%E2%80%94-shariah-status/fhgefhienoeoaomcoaonapkgnmegplci Ushbu link orqali brauzeringizga o'rnatib, foydalanishingiz mumkin. t.me/akindaio
Открыть в TelegramOxirgi postimda savollar yozgandim. Javoblarni oldim. Hozirgi xolatda audit natijalarini kutaman. Boshqa investorlarga ham aynan shu hisobotlarni kutish va e’tibor berishini so’rayman. Men eslatgan narsa va investorlar qorquvi 2 xil narsa: men hisobotga urgu qaratdim, investorlar pulim uxladi degan fikrda. Qisqa qilib etaman, NPL hammada bo’ladi. Asosiysi past bolishi kerakligi. Shu sabab shariy va moliyaviy auditni kuting. Halol investitsiya yonalishida halol fondlar albatta kerak. Ularni qo’llab quvvatlashimiz kerak, ammo bu qo’llab quvvatlash raqamlarga va hisobotga asoslangan bolishi kerak. Haqiqat qaror topadi. Islom moliyasi va halol investitsiya boyicha albatta bu loyiha juda muhim. Haqiqat kim tarafda bolsa ham, Alloh yengillik bersin.
Открыть в TelegramDo'stlar kattakon rahmat, qiziqish uchun. 50% chegirmalarimiz tugab ketdi. Lekn kopchilik xabar yuvordi chegirma bering deb. Shu sabab keyingi patok uchun 25% chegirma bermoqchimiz faqat yana 100 ta odam uchun. Eslatib o'taman, Akademiya faqat Investor yillik tarifi uchun.
Открыть в Telegram50% chegirmada 100 tadan 93 tasi ketibdi, 7 tagina qobdi. Manimcha 2-3 kunda tugidi.
Открыть в TelegramПереслано из Akinda
🎓 Akinda Akademiyasi ishga tushdi! Moliyaviy savodxonlikdan boshlab, fond bozorida halol investitsiya qilishgacha bo‘lgan yo‘lni Akinda Akademiyasida bosqichma-bosqich o‘rganing! Akademiyada sizni nimalar kutmoqda? Moliyaviy savodxonlik va Islom moliyasi - pulni boshqarish, boylikni ko‘paytirish, investitsiya asoslari va halol-harom tushunchalari. Fond bozoriga ilk qadam - aksiyalar qanday ishlashi, investorlar qanday daromad olishi va ilk halol investitsiyangizni amalga oshirish. Bu hali boshlanishi! Akademiyaga muntazam yangi kurslar qo‘shiladi. 🎁 Akinda Akademiyasi faqat Investor yillik obunachilar uchun mutlaqo BEPUL! Yillik obuna bilan platformaning barcha imkoniyatlari va ta’lim kurslaridan qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanasiz. Yillik obunangiz bo'lsa, hoziroq darslarni boshlashingiz mumkin. Hali obuna olmaganlarda esa imkon bor, 50% chegirma uchun oxirgi 15 ta o‘rin qoldi! 🎓 Akademiya: https://akinda.io/academy 💎 Obuna: https://akinda.io/subscriptions
Открыть в TelegramПереслано из Paiziev24
Bugun Menlo Parkda Silicon Valley Residency Program va AlchemistX acceleratoriga kelgan o‘zbek asoschilar bilan uchrashib, suhbat qurdik. 🇺🇿 Ziyobek — TheCarGo 🇺🇿 Sardor — Between 🇺🇿 Ulug‘bek — Carlink 🇺🇿 Olamgir — Camvi 🇺🇿 Nurmuhammad — Akinda O‘zbekistonlik founderlarning Silicon Valley’da ko‘payib borayotgani juda quvonarli. @paiziev24
Открыть в TelegramKoʻpchilik kurs sotadigan traderlar yoki investitsiyani oʻrgatuvchilar asosan oʻzi oʻrgatadigan yoʻnalishni faqatgina maqtaydi. Nima sababdan? Chunki, albatta, oʻzlarini mana shu yoʻnalish boʻyicha kursi bor. Lekin aslida halol investitsiyada bu faqatgina aksiyalar emas, bir nechta aktiv turi bor. U yerda sukuk boʻlishligi mumkin, koʻchmas mulk, tilla yoki naqd pulni rezerv qilib ushlab turish ham bu investitsion portfelni bir strategiyasi hisoblanadi. Investitsiyada, albatta, halol aksiyalar eng yaxshi daromad keltiradigan yoʻnalishlardan biri, lekin bu konservativ emas. Agarda siz risk kamroq boʻlgan yoʻnalishlarda investitsiya qilmoqchi boʻlsangiz, sizga toʻgʻri keladigani bu, albatta, tilla, koʻchmas mulk, bizneslarga sherik boʻlib kirishlik va fond bozorida ETF lar kiradi. Agar pulingiz asosan tilla sotib olishlikka yoki biznesga kichik miqdorda investitsiya qilishlikka yetadigan boʻlsa, men sizga koʻproq maslahat berardim halol investitsiya fondidan boshlashni. Sababi halol investitsiyada koʻpchilik ozgina pul yoʻqotganda qoʻrqib qolishligi mumkin. Meni kuzatadiganlar biladiki, ancha vaqtlardan beri men bir halol investitsiya fondini maqtab kelardim. Lekin yaqin orada bu narsani toʻxtatdim. Chunki u kompaniyaga ishonchim ancha pasaydi. Hozirgi paytda esa oʻzim ham Instagramda shaxsiy halol fondga investitsiyamni koʻrsatib boryapman va bu Asaxiy Invest. Agar siz ham halol yoʻnalishda eng birinchi investitsiyalaringizni qilayotgan boʻlsangiz, bilimlaringiz ancha kam boʻladigan boʻlsa, birinchi Asaxiy Invest halol fondidan boshlaganingiz yaxshiroq deb oʻylayman. Shu videoda qanday ishlatishni ko’rsatganman: https://youtu.be/No3aKlh9Idc?si=cXLH3jOUw70q359O
Открыть в TelegramShu video forexchilarga jo’natib qo’ysez bo’ladi. https://youtu.be/QqobY6rYK-8?si=FHghA4lJLFdUFDRr
Открыть в TelegramHalol aksiyada treyding o'rgatadigan treyderlar ! Ko'p halol treydingdan dars o'tadigan yoki auditoriyasi bor insonlar gruppasida yo kursida boshqasini "go'shini chaynedi". Sizni halol treyding o'rgatishdan maqsadiz halol rizq topishiga yordam berish, xatokorlarni aniqlab shaxslarni yomonlashmas. Xato deb bilgan narsezi avval o'ziz o'rganing 100%, keyn rostdan ilmga asoslanib xato bosa xato ishni yomonligini eting, shaxsini yomonlamasdan. Shu video qo'ysam doim shu chala treyderlar kirvolib bir narsalar deb o'tiradi. Na treyding sohasini to'liq tushunadi, na moliyani, na islom fiqhini. Lekn akamiz 100 ta maruza eshitib qoygani uchun "ilmi" bor. Sal egoni ichga yutelik. Sohezi surishtirsa yo doktor, yo bozorchi, yo usta bop chiqasiz. Ilmiz bomagan mavzuda savol bilan murojaat qiling nafsiz bilan emas. Tepada yozganim man xato gap yo ish qimaganman, lekn boshqa kimdurlar shunaqa oylagani uchun uni bilimsiz armiyasi kelib chaynashni boshledi. Nimaga biz fikrimizni ilmga asoslab emas, qaysidur inson gapiga, kursda kichik bilimga yoki youtubedagi video malumoti asoslanib bildiramiz. Agar yana shunaqa chala treyderlardan munosabat kopaysa, ayamasdan "professional treyder reyd" o'tkizaman.
Открыть в Telegram