Посты канала Nurobod tumani hokimligi
A-378 MAGISTRAL YO‘LI BO‘YLARI YASHIL HUDUDGA AYLANTIRILADI Nurobod tumanining tashqi qiyofasini yanada obod va ko‘rkam qilish, hududning ekologik muhitini yaxshilash, aholi yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov maxsus avtobusda tegishli soha va tashkilotlar mas’ullari hamrohligida tuman hududidan o‘tuvchi A-378 xalqaro magistral avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘rganish olib bordi. O‘rganishlar davomida avtomobil yo‘lining ikki chetida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, yo‘l bo‘ylarini yashil hududlarga aylantirish, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda yo‘l yoqasida joylashgan xonadonlar va aholi yashash manzillarining tashqi qiyofasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki, mazkur yo‘nalishda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Ayni kunlarda belgilangan hududlarda yer maydonlarini tayyorlash, tekislash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida ushbu hududlarda manzarali daraxt va butalar ekilib, yashil maydonlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Tuman rahbari mas’ullarga har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ishlarni puxta tashkil etish, ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, ularning sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ekilgan har bir niholning parvarishi va yashovchanligini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Obod yo‘l — hududning ko‘rki, yashil makon esa kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho boylikdir. Asosiy maqsad A-378 magistral yo‘li bo‘ylarini yashil hududga aylantirish, Nurobodning yanada ko‘rkam qiyofasini yaratish va aholi uchun munosib yashash muhitini shakllantirish! ©️ @nur_press
Открыть в TelegramSuv keldi, quvonch keldi: Suv ta'minoti yaxshilanishi aholi kundalik hayotini qanday o'zgartirdi? ©️ @nur_press
Открыть в Telegram"Mening uyim" ilovasini yuklab oling "Mening uyim" ilovasi orqali Siz tölagan majburiy badal tölovlarni, boşqaruv organi tomonidan bajarilgan işlar, çoraklik xisobotlar, xisoblangan majburiy badal tölovlarini va tölovlar qayerga sarflanayotganligini kuzatib borişingiz mumkin. Bundan taşqari Siz gaz, elektr, suv, issiq suv hamda soliq ma'lumotlarini ham köriş imkoningiz bor. Boşqaruv organidan şikoyatingiz bormi yoki köp qavatli uyda muammo yuzaga keldimi, "Mening uyim" ilovasi orqali murojaat yöllang. Ilovani yuklab olmoqchimisiz! Unda Siz QR kodni skaner qiling yoki pastdagi linklarni ustiga bosing! "Mening uyim" ilovasi orqali barçasi oson! Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.my_meninguyim_beta Iphone - https://apps.apple.com/uz/app/mening-uyim/id1621495587?l=ru ©️@nur_press
Открыть в TelegramAssalomu alaykum, seshanba tongi muborak bo'lsin! Boshlangan kuningiz fayzli va maroqli o'tsin! ©️ @nur_press
Открыть в TelegramNurobod tumani aholisi diqqatiga! Nurobod tumani bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda holatlarning oldini olish, is gazidan himoyalanish, aholining kommunal sohaga oid mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Nurobod tumani hokimligida uzluksiz navbatchilik Shtabi tashkil etildi. ✅ Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin. 📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat. 📞 Murojaat uchun telefonlar: 🏢 Nurobod tumani markaziy Shtabi: ☎️ +99855 701-30-16 (ichki 118) 🔥 "Nurobodtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Boboyev Suxrob 📱 Tel: +998-94-531-03-68, +99866-633-21-25 ⚡️ Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Kenjayev Xamid 📱 Tel: +998-94-685-57-54, +998 77-401-47-29, +99866-240-16-69 🚰 "Samarqand suv ta’minoti" AJ Nurobod tuman filiali rahbari Ibragimov Abdulaziz 📱 Tel: +998-90-460-15-93, +998-99-163-01-69 ☀️ “Issiqlik ta’minoti” MCHJ Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i Boboyorov Zafar 📱 Tel: +998-94-193-02-82 🏙 “Nur sifat kommunal xizmati” Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Qodirov Furqat 📱 Tel: +998-93-727-71-17, +998-93-224-43-00 🏙 “Amir Temur komunal xizmati” Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Safarov Baxtiyor 📱 Tel: +998-93-680-22-58, +998-93-476-39-30 🏫 Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xushbaqov Shavkat 📱 Tel: +998-93-350-64-25, +998-93-348-79-97 🚑 Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Abiyev Abdulla 📱 Tel: +998-90-213-53-80, +998-93-851-14-14 🚒 Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Musurmonqulov Baxriddin 📱 Tel: +998-93-333-20-32 💥 Ko‘mir yetkazib berishni ta’minlash uchun mas’ul: O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Latif 📱 Tel: +998-93-238-41-33, +998-93-334-25-88 ©️ @nur_press
Открыть в TelegramSamarqand “Samarkand Marathon Series 2026” marafoniga mezbonlik qiladi Samarqandda 7-8-noyabr kunlari Samarkand Marathon seriyasi bölib ötadi. Dasturdan 2 km, 5 km, 10 km, 21,1 km va 42,2 km masofalarga yuguriş, bolalar va inklyuziv startlari, şuningdek, ekologik tadbirlar örin oladi. Unda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan yuguruvçilar iştirok etişi kutilmoqda. ©️ @nur_press
Открыть в TelegramTADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI Nurobod tumanida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimovning tashabbusi bilan tumandagi “Orient Lime Stone” MChJ faoliyatini tiklash maqsadida ATB “Agrobank”ning tuman filiali tomonidan 550 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi. Natijada korxona faoliyatini qayta tiklashga erishildi. Ayni paytda korxona faoliyatini to‘liq quvvatda yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish jarayonlarini tiklash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur tashabbus tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda hudud iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi. ©️ @nur_press
Открыть в TelegramMEHNAT SOHASIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA Nurobod tumanidagi 1-, 55- va 79-sonli umumta’lim maktablarida ta’lim muassasalari mas’illari ishtirokida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-treninglar o‘tkazilmoqda. Mutaxassis-trenerlar tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Treninglar davomida mehnat munosabatlarida o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya etish, xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom ish muhitini yaratish, tazyiq va kamsitish holatlarining oldini olish hamda bunday vaziyatlarda tegishli choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhiti — samarali faoliyat va barqaror jamoaning muhim garovidir. ©️ @nur_press
Открыть в Telegram