Кабинет

Посты канала Niyatga bog'liq

сначала новые

#5552Текст
Просмотры876−16%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5551Текст

Taxtlar o'yini dek kitob yozmoqchi bo'lsangiz nima qilishingiz kerak? Avvalo o‘quvchilaringiz aslida qanchalik mazoxist va birovlarning shaxsiy hayotini tomosha qilishga ruju qo‘ygan to‘da ekanini anglashingiz kerak. Hamma qahramonlar g‘alaba qozonadigan ertaklarni yaxshi ko‘radi, deb o‘ylaydi. Ammo haqiqat shuki, inson tabiati birovning halokatini tomosha qilib, pista chaqishga va ora-sirada ikkita ko‘krak ko‘rishga dasturlangan. Siz esa ana shu ochko‘zlikni qondiradigan mehribon qassob bo‘lasiz. Avvalo, qahramon yaratish masalasida saxiy bo‘lishingiz shart. O‘quvchining qo‘liga yaxshilikdan ko‘zlariga yosh keladigan, sha’ni uchun qilichini charxlaydigan, soliqlarini vaqtida to‘laydigan oilaparvar insonni tutqazing. O‘quvchi bu odamga bog‘lansin, uni o‘z otasidek yaxshi ko‘rib qolsin, hatto u bilan bog‘liq kelajak rejalarini ham tuzsin. Keyin nima qilasiz? O‘sha odamni kitobning dastlabki choragida, hech qanday epik duelda emas, shunchaki siyosiy fitna tufayli, loy ichida boshini kesib, yo‘q qilasiz. O‘quvchi shokka tushadi, kitobni devorga otadi, ammo keyin uni yerdan olib, o‘qishda davom etadi. Nega? Chunki inson o‘ziga yaxshi munosabatda bo‘lgan odamni emas, o‘zini xo‘rlaydigan va mensimaydigan odamni kuzatishga moyil bo‘lgan ahmoq bir mavjudot... Ikkinchi muhim jihat — siz yaratgan nafis vahshiylik olamiga sochib tashlaydigan yangi va g‘alati fantastik unsurlar. Sehrli tayoqchasidan nur taratadigan oq soqolli sehrgarlar endi hech kimni hayajonga solmaydi. Bunday ishlar o‘tgan asrda qolib ketgan. Agar sehr bo‘lsa, uning badali ham og‘ir va jirkanch bo‘lishi kerak. Masalan, kelajakni ko‘rishni istagan bir ruhoniy buning uchun hali tug‘ilmagan bolasining kindik ichakchasini quritib, kukun holiga keltirib, burnidan tortsin va har bir bashoratdan keyin uch kun davomida qon siyib yursin. Yoki faqat bokira qizlarning tushlaridagi jinsiy taranglik bilan oziqlanadigan, qanotlari tog‘aydan yasalgan ko‘r qarg‘alarni o‘ylab toping. Hatto shimoldagi muzliklar ostida yashaydigan, faqat orgazm paytida ajratadigan kislotasi bilan temirni eritishga qodir yerosti chuvalchanglarini ham hikoyaga qo‘shing. Fantastik unsur qanchalik qorong‘i, biologik va bezovta qiluvchi bo‘lsa, sizning intellektual teranligingiz (!) ham shunchalik ishonarli ko‘rinadi. Endi ishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jinsiy aloqa va siyosat qorishmasiga o‘tamiz. O‘rta asrlar manzarasida kechadigan hikoyada hamma doim vatan, millat va yurt deb yuradi, deb o‘ylaydigan tarixdan bexabar odamlarga e’tibor bermang. Ikki lord bir qal’ani qamal qilayotganida chodirda strategiya muhokama qilinmaydi, aniqrog‘i, faqat strategiya muhokama qilinmaydi. O‘sha chodirda, albatta, vino to‘kilgan mo‘yna ustida, siyosiy nikoh savdosi olib borilayotgan bir paytda, amakivachcha yoki o‘gay aka-uka bilan terga botgan, shovqin-suronli jinsiy aloqa ham sodir bo‘lishi kerak. Jinsiy aloqani romantik sham yorug‘ida emas, balki siyosiy qurol va hayvoniy instinkt sifatida ko‘rsatasiz. Hokimiyat hirsida yonayotgan qirolicha o‘z sirlarini bilmoqchi bo‘lgan bichilgan ayg‘oqchini o‘zining ipak ichki kiyimlari bilan bo‘g‘ib o‘ldirayotganida boshdan kechirgan jimjit, ammo qichqiriqlarga to‘la orgazmini barcha anatomik tafsilotlari bilan — tomirlarning bo‘rtishidan tortib terining qizarishigacha — tasvirlab bering. Orasiga, albatta, osilib qolgan ko‘krakli, tishsiz og‘zi bilan falsafiy xulosa chiqaradigan bir fohishani ham qo‘shing. Shunda o‘quvchi shunchaki shahvoniy istaklari qo‘zg‘alganini o‘ylab, o‘zini aybdor his qilmaydi, balki sotsiologik tahlil o‘qiyapman, deb o‘zining intellektual nafsini ham qondiradi. Bu qon, ter, shahvat va ko‘z yoshlar oqimini boshqarayotganingizda, taomlar tasviriga ham zo‘r berishni unutmang. Bir sahifada bolaning terisi shilinayotgan bo‘lsa, keyingi sahifada qovurilgan bedanalar ustidan oqayotgan eritilgan sariyog‘, ziravorli vino va asalli pirogning ikki sahifalik retseptini bering. O‘quvchini ko‘ngli aynish va ishtaha ochilishi orasida shunday qisilib qolsinki, nima his qilishini bilmay, butun nazoratni sizni qo‘lingizga topshirsin. @niyatgabogliq

Открыть в Telegram
Просмотры938−10%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5548Текст
Просмотры1 710+65%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#5547Текст
Просмотры1 420+37%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5542Текст
Просмотры1 930+86%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5541Текст

Vaqtning tez o'tishi haqida. Bolalikdagi yoz oqshomi va kattalarning ish haftasi xotirangizda bir xil hajmdagi joyni egallashi mumkin. Shuning uchun 5 yoshda soat beshgacha bo‘lgan vaqt cheksizdek tuyulsa, 38 yoshda esa butunlay ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketgandek bo‘ladi. Miyangiz vaqtni daqiqalar bilan o‘lchamaydi. U vaqt davomiyligini qancha yangi ma’lumot saqlaganingizga qarab baholaydi. Masalan, bola daraxtlar orasidan sizib kirayotgan yorug‘likni kuzatayotganda, bu uning uchun birinchi tajribalardan biri bo‘lgani sababli miya zich va yuqori aniqlikdagi xotira hosil qiladi. Zich xotira keyinchalik esga olinganda uzoq davom etgandek tuyuladi. O‘ttiz yoshlarning o‘rtalariga kelganingizda esa kunlarning aksariyati takrorlanishga aylanadi. Miya ularni siqib yuboradi va butun oylar xuddi xira bir kadrdek o‘tib ketadi. Bunday yorug‘lik yana bir narsani amalga oshiradi. Taxminan 10 yoshdan 30 yoshgacha shakllangan xotiralar keyinchalik yozib olingan boshqa xotiralarga qaraganda jonliroq saqlanib qoladi. Psixologlar buni “xotirani eslash bo‘rtig‘i” (reminiscence bump) deb atashadi. Unga qaytishning eng tezkor yo‘li esa hissiy va sezgi bilan bog‘liq belgilar orqali bo‘ladi. Daraxtlar orasidan sizib kirayotgan nurlar va xira tuman faqat muayyan sharoitlarda paydo bo‘ladi. Shu sababli miyangiz ularni kam uchraydigan belgilar sifatida belgilab qo‘ygan va kamyob belgilar eski tasvirlarni deyarli bir zumda ochib beradi. U bilan birga keladigan sog‘inch esa o‘lchab bo‘ladigan jismoniy iz qoldiradi. 2012-yilda o‘tkazilgan, beshta tajribani o‘z ichiga olgan tadqiqotda sovuq xonaga joylashtirilib, nostalgik xotiralarini eslagan odamlar xonani iliqroq deb baholagan va oddiy voqealarni eslagan odamlarga qaraganda qo‘llarini muzdek suvda uzoqroq ushlab turgan. Tadqiqotchilar nostalgiya tasalli beruvchi mexanizm sifatida ishlaydi, ya’ni tana ilgari yoqimli bo‘lgan holatni qayta “simulyatsiya” qilishiga imkon beradi, degan xulosaga kelishgan. Yangilik esa vaqtning intensivligini qaytaradi. Tanish bo‘lmagan joyda o‘tkazilgan uch kun, undan oldingi bir oydan ham uzunroq tuyulishi mumkin. Chunki miya yana atrofdagi barcha narsalarni batafsil qayd etishga kirishadi. @niyatgabogliq

Открыть в Telegram
Просмотры1 860+79%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5539Текст

O'lim jazosi haqida. Jazolash siyosatining umuman olganda ikkita muhim maqsadi bor. Ulardan birinchisi — ogohlantiruvchi, tiyib turuvchi ta’sir, ikkinchisi esa — isloh qilish. Xalqning qasos olish va nafrat tuyg‘ularini qondirish esa bu maqsadlardan biri emas va bo‘lmasligi ham kerak. O‘lim jazosi esa isloh qilish xususiyatiga ega emas. Shu sababli u nihoyatda ma’nosiz jazo turi. Shaxsni isloh qilish uchun unga isloh bo‘lgan taqdirda ozodlikka chiqish imkoniyati berilishi kerak. Shuning uchun hatto og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar ham, agar isloh bo‘lsalar, oxir-oqibat bir kun (eng erta o‘ttiz yildan keyin) ozodlikka chiqishlari mumkinligini bilishlari kerakki, isloh bo‘lishga intilsinlar. Qamoqda ekanida hech qachon tashqariga chiqish umidi bo‘lmagan insonning isloh bo‘lib, yana jamiyatga qo‘shilishi mumkin emas. O‘lim jazosi esa yuqoridagi vazifalarning hech birini amalga oshira oladigan xususiyatga ega emas. Bundan tashqari, o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq yillar o‘tib, haqiqiy aybdor o‘lim to‘shagida jinoyatini tan olgan holatlar ham mavjud. Shu sababli o‘lim jazosi jazo emas, balki davlat qo‘li bilan qasos olish vositasidir. Biznikiga o‘xshagan kuchga sig‘inadigan, qurolli va uniformadagi tuzilmalarni fetish darajasiga ko‘taradigan, qul bo‘lishdan zavq oladigan Yaqin Sharq mentalitetidagi mamlakatlarga mos keladigan jazo turi - o'lim jazosi. Bizning xalq davlatni qo‘lida tutganlarga qanchalik ko‘p kuch bersa, o‘zlarining ham shu achinarli va nochor hayotlarida shunchalik kuchayadi, deb o‘ylaydi. Shu sababli davlatni tobora kuchaytiraveradi. Davlatga hatto o‘z hayotlari ustidan ham hokimiyat qilish imkonini berish ularning primatdan sal yuqoriroq darajadagi miyalarini “orgazm” holatiga keltirib, o‘zlarini “endi kuch mening qo‘limda” deb qichqirayotgan Gerakldek tasavvur qilishlariga sabab bo‘ladi. Shuning uchun hech kim “xalq orasida buning tarafdorlari yo‘q” demasin. Aksincha, xalq bu jazoni istamaydigan qatlamni ko‘rgan sari: “Demak, istashmayapti, demak qo‘rqishyapti; qo‘rqishyapti degani — demak, barchasi vatan xoinlari”, degan xulosaga keladi. Va miyasining barcha imkoniyatlarini ishga solib chiqargan mana shu xulosasi sababli o‘lim jazosini yanada jo‘shqinroq tarzda talab qiladi. @niyatgabogliq

Открыть в Telegram
Просмотры1 670+61%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5537Текст
Просмотры1 480+43%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#5536Текст

Carl Gustav Jung. Jungning aytishicha, sen hech kim bilan tasodifan tanishmaysan. Uning fikricha, tasodif yo‘q; rezonans bor. Ruh xuddi ko‘rinmas radio uzatgich kabi doimo signal taratib turadi. Qaysi chastotada tebranayotgan bo‘lsang, o‘sha chastotadagi insonlarni o‘zingga tortasan. Hayotingga kirib kelgan har bir insonning o‘z ma’nosi, o‘z maqsadi bor; ular shunchaki kirib kelishmaydi va senga nimanidir o‘rgatishadi. Aslida, ular qiyofasini o‘zgartirgan ustozlar. Ba’zilar tong saharda eshigingni taqillatgan qahvadek kirib keladi; seni uyqungdan uyg‘otadi, ammo kuningni yorug‘ qiladi. Ba’zilar hayotingga mixdek sanchilib qoladi — seni bezovta qiladi, ammo oxir-oqibat oyoqda turishni o‘rgatadi. Ba’zilar esa sokin soya kabi hayotingdan sirg‘alib o‘tadi; ularni deyarli payqamaysan, ammo tunning bir mahalida ichingdagi anglashni birdan uyg‘otib yuboradi. Yana ba’zilar yorilib ketgan shar kabi keladi; shovqin bilan seni larzaga soladi, ammo ichingdagi kuchni uyg‘otmasdan ketmaydi. Ba’zan yillar o‘tibgina nimanidir anglaysan; o‘sha saboq — yillar avval ruhingga ekilgan urug‘ning gulga aylangani. Go‘yo sen ko‘rinmas orkestrning bir qismisan; sening tebranishingga mos keladigan notalar hayot sahnasida o‘z-o‘zidan raqsga tushadi. Tasodif yo‘q. Har bir uchrashuv — sening chastotang bilan koinotning sokin komediyasi, dramasi va ohangi o‘rtasida yaratilgan mukammal bir rezonansdir. @niyatgabogliq

Открыть в Telegram
Просмотры1 680+62%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5535Текст
Просмотры1 510+46%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5533Текст
Просмотры1 940+87%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#5532Видеосообщение

Переслано из Geekxona

Без текста

Открыть в Telegram
Просмотры1 660+60%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—