Bir-biringizni chindan ham sevasizmi? Yoki talablaringizga mos kelgani uchun yashayapsizmi? Agar shunday bo’lsa bu shartli sevgi emasmi? Siz uchun juftiga muhabbat qanday bo’lishi kerak? U shunday sevgiga loyiqmi? Sizchi? @nigorabooklover
Открыть в TelegramПосты канала Nigora Hasanova blogi
Muhammad Bzeekning hayotini o‘rganar ekanman, bir savol miyamda aylanaverdi: inson yuragi shu qadar keng, sabri ummon, mehri esa cheksiz bo‘lishi mumkinmi? U qanday tarbiyalanadi? Qanday jamiyat katta qildi uni? Qanday onaning bag‘rida o‘sdi? Hammasiga “umid yo‘q” ya’ni o‘lim tashxisi qo‘yilgan. Ba’zilari falaj, ko‘rmaydi, gapirmaydi, eshitmaydi. 80 dan ortiq shunday og‘ir ahvoldagi bemor bolalarga uyini ham, qalbini ham eshiklarini ochdi. Ota-onasi voz kechgan, ammo u o‘z otasidan ham a’lo darajada g‘amxo‘rlik qildi ularga. Bu kuchning ildizi, shubhasiz Yaratganga bo‘lgan muhabbatda. Chunki, dunyoning oddiy mantig‘i bilan tushuntirib bo‘lmaydi buni. 37 yillik umrning qanchadan-qancha kunlari-yu tunlari uyqusiz o‘tgan. Bemor bolajonlar tun demaydi, charchadi demaydi. Ular og‘ir ahvolda. Har safar og‘riqdan ingraganda Muhammad ularni issiq bag‘riga olar , ko‘z yoshlariga sherik bo‘lar, qo‘shilishib yig‘lar, dori darmonlarini berar, mehr bilan dardini olishga harakat qilardi. Umuman begona, mutlaqo yot odam. Men jurnalistman. Kasbim taqozosi bilan turli voqealarni o‘rganaman, izlanaman, sabablariga qiziqaman. Yaxshimi yomonmi har voqea tagida insonning xis tuyg‘ulari, iymoni va Allohdan qo‘rquvi, unga muhabbati va yoki aksincha holati turgan bo‘ladi. Kecha bir sud ishiga guvoh bo‘ldim: ikki bolasiga aliment to‘lamaslik uchun bir korxonaga qorovul bo‘lib ishga joylashgan ota ishi ko‘rib chiqildi. Yana bir holatda bolajonlar sarson, ularni boqishni na ota va na ona zimmasiga oladi. Ko‘zlari javdiragan aka singil bir ahvoldagi xonadonda qarib qolgan buvisi bilan yashaydi. Yana bir bolani bilaman. 12 yosh. Menga o‘zi haqida gapirib berganda ichimdan nimadir uzildi. Ota olisda, kelolmaydi. Ona tuqqan bolasini tashlab Dubaigami, Turkiyagami erga tegib ketgan, bezovta qilavergan shekilli, bolaning raqamlarini bloklab tashlagan. Hech kim topolmaydi “ona”ni. Bolaning aytishicha, hozir farzandlari bor ekan, bezovta qilavermanglar debdi. Yaqin qarindoshlar esa sansalar qilaverganidan olisdagi ota o‘g‘li qiynalmay yashashi uchun uy-joy olib beribdi. Ammo eshitishimcha, uydagi jihozlarni mehribon amakisi sekin-sekin o‘z uyiga tashigan. Bolaga qaraydigan enaga ham bemehrroq chiqqan. Xullas, bolakay hozir bir o‘zi yashaydi. Bularni eshitib, balki bolaning xarakteri murakkabroqdir deb o‘zini savolga tutdim. Ha murakkab. Ammo, uni aybdor qilish o‘ta mantiqsiz va pastkash odamning ishi bo‘ladi. Bola bu. U xato qilayotganini anglamaydi, har bir harakatining tagida kechagi og‘riqlari yotadi. Og‘riqni esa ota-ona, muhit beradi. Nega tug‘asan kelajagiga mas’uliyatni zimmangga olmasang? Nega otasiman deysan, otalik qilmasang? Nega g‘amxo‘rlik niqobini kiyasan agar asling boshqa bo‘lsa? Shundaylar bor. O‘zini g‘amxo‘r ko‘rsatadi. Bolaga keskin choralar ko‘radi. Aslida shundaylarning miyasida o‘zining bolalikdagi travmalari, o‘sgan nosog‘lom muhiti turadi. Yig‘ilib qolgan alamlarini qadriyatlar ostiga yashiradi.. Ammo ba’zida manfaatlari ustun kelsa qadriyatlar ham unutiladi) Men bu ko‘rsatuvni nafaqat ota yoki ona, umuman bolalar bilan munosabatda bo‘ladigan har bir inson ko‘rishini so‘ragan bo‘lardim. Mana bolalarga qanday muomala qilish kerak. Ha, osonmas. Lekin siz kattasiz, undan aqllisiz. Buni suiiste’mol qilmang. Bolaning qalbi bilan o‘ynashmang. Hali u katta bo‘ladi.. @nigorabooklover https://youtu.be/njbY8Kuu-9w?si=WqpyICsEnxPDs2ug
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 48 ч | 878 |
| 67 ч | 930 |
- Всего сейчас930
Men sizga aytsam dahshat do’stlar! Mazalarim qochyapti. Erkin A’zamning “ Momaqaldiroq ostida sayr” qissasini boshladim! Asar mazangizni qochiradi, shuni bilganim uchun 1 yildan beri qochib yurgandim, kitobni ko’rsam hayajonlanib ketayotgandim. Mana kecha boshladim va nihoyat. Qo’rqqanimcha bor ekan. Nalarini emsen! Qay biriga kuyay( Dunyo- punyosi kerakmas, asarni mazzalar qilib o’qiyapman, chidalmayappan, namunchalar zo’o’r!? Ikkinchi qismi ketidan uchinchisi yozilmasa asti rozimasman. O’zimiznikilar ham sindiradi-da.. Bir o’qing. Albatta o’qing! @nigorabooklover
Открыть в TelegramOxirgi payt Dostoyevskiyni ko’p eslaganimga rashki kelib, bugun ishxonamda meni shaxsan O’ZI kutib oldi) Kelsam stolim ustida Tolstoyim❤️ Tolstoyni ta’siri shu qadar kuchliki, kitob qayerdan keldi, kim qo’ydi .. bular ahamiyatini yo’qotib fikr-u xayolingizni egallab oladi.
Открыть в Telegram