👩💻 Biz kuni kecha "45 daqiqalik mo'jiza" qo'llanmasini maktabi bilan sotib olgan Yuksalish maktabi ustozlari uchun BONUS sifatida onlayn metodik trening tashkil qildik. 2.5 soatlik treningda bugun ta'limdagi eng dolzarb mavzular va ularning yechimlari ustida to'xtaldik! "Qanday usullardan foydalansam, darslarim yanada samarali bo'ladi", deb izlanib, yangi narsalarni o'rganayotgan barcha ustozlarga ta'zimdaman. Navbatdagi treningni Samaraqandda, oflayn tarzda o'tkazishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. ♻️ Maktabingizga borsam qaysi mavzularda trening o'tib berishimni istaysiz?
Открыть в TelegramПосты канала Nazokat Yusufjonova| ProfGid
O‘qituvchilar har 5 yilda (garchi bu juddda uzoq vaqt oralig'ida bo'lsa ham) malaka oshiradi. 📍 Ota-onalar-chi? Ular qaysi ota-onalik oliygohini bitirganki, bir umr bilimlarini yangilashga hojat yo‘q? Nega ota-onalar uchun malaka oshirish kurslari yo‘q? Bola yelkasida faqat og‘ir papkasini emas, uyidagi hissiy muhitni ham ko‘tarib keladi. Janjalli, nosog‘lom oiladan chiqqan bolaning qonida kortizol (stress garmoni) darajasi doimiy yuqori bo‘ladi. Natijada uning miyasi o‘rganish rejimida emas, psixolog Jon Gottman aytganidek, omon qolish rejimida ishlaydi. Afsuski, ko‘plab asabiy kattalar uchun ichidagi g‘azab va stressni chiqarishning eng oson manbai - o‘z farzandi. Chunki bola hali kichkina, ojiz va himoyasiz. Baqirsangiz indamaydi. Ursangiz qarshilik qilolmaydi. U kattalarning kesatiqlari, zaharxanda gaplari iste’molchisi. Buncha narsani yutgan bolaning maktabga kelib matematika, biologiya, adabiyot, xullas, katta kognitiv yuklamani o'zlashtirishi shunchaki xomxayol. Nega? Chunki uning miyasi band! Neyrobiolog Jon Medina o‘zining "Miya qoidalari" asarida ta’kidlaganidek, surunkali stress va qo‘rquv tufayli ajralgan kortizol miyadagi xotira markazi - gippokampni falajlab qo‘yadi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri neyronlarga hujum qilib, ularning uzilishiga va hatto nobud bo‘lishiga olib keladi. Bolaning asab tizimi ota-onasining bir-biriga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab shakllanadi. Shuning uchun agar maktablar haqiqatan ham aqlli, sog‘lom fikrlovchi bolalarni istasa, avvalo ularning ota-onalarini o‘qitishi kerak. Ota-onalar majlislari baholar va tashkiliy masalalar muhokamasi emas, balki stressni boshqarish, sog‘lom muloqot va bolalar psixologiyasi bo‘yicha haqiqiy psixologik suhbatlar maydoniga aylanishi shart. Tasavvur qiling: xotirjam, mehrli va o‘zini xavfsiz his qiladigan oiladan kelgan bolaning ustoziga munosabati, darsdagi natijalari qanday bo‘lardi? Javobi ma’lum. Tasavvur qiling, maktabga bola emas, uning ota-onasi kelishyapti. O'qishga! Kelajak ta’limining manzarasi aynan shunday bo‘ladi. Chunki ertami-kechmi maktab rahbariyati va jamiyat buning hal qiluvchi ahamiyatini anglab yetadilar. Chunki bu faktorni hisobga olmaslik, qumga suv quyish bilan teng! Siz ham hech shu haqda o'ylab ko'rganmisiz, fikrlaringizni yozing👇
Открыть в Telegram#45daqiqamo'jizasi TA’LIMDA “EKSPERT KO‘RLIGI” Oʻz sohamizning ekspertlari sifatida biz turli ma’lumot lar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni tez va oson tushunib yetamiz, ammo oʻquvchilarimiz oʻz-oʻzidan bunday darajaga chiqib qolmaydi. Ularga zinalar va kuchli ustoz kerak. Afsuski, har doim ham fanning asoslarini chuqur biladigan mutaxassislardan yaxshi o‘qituvchi chiqmaydi. Psixologiya ilmida “Ekspert ko‘rligi” degan atama bor, ya’ni inson o‘z sohasining haqiqiy ustasiga aylangach, yangi o‘rganuvchi uchun materialni ilk bor qabul qilish, xotirada saqlab qolish va o‘zlashtirish qanchalik qiyin, mashaqqatli jarayon ekanini unutib qo‘yadi. Siz uchun “ikki karra ikki”dek oson tushunchalar o‘quvchiga yetib bo‘lmas tog‘dek ko‘rinadi. “Nima uchun shunday oddiy narsani ham tushunmaysan?!”, “Axir bu shundoq ham ko‘rinib turibdi-ku!” degan asabiy va zardali xitoblar aynan mana shu psixologik “ko‘rlikning” mevasidir. "45 daqiqalik mo'jiza" kitobidan. P.S. Surat telefonim arxividan, Germaniya.
Открыть в TelegramПереслано из Muxtasarxon Arzikulova
Бу иловани кириб кордим жудаям яхши менга йокди.Айникса дарс таййорлашда 2 та мавзуни таййорлаб кордим жуда тез ва сифатли таййорлаб берди.катта рахмат.
Открыть в Telegram✨ Uzoq kutilgan yangilik! 📍 Endi Siz minglab ustozlarning sevimli kitoblariga aylangan "Sizda 45 daqiqa bor!" "45 daqiqa mo‘jizasi" nomli metodik qo'llanmalarining elektron variantini xarid qilishingiz mumkin. Nega aynan elektron variant? 📮 Tezkorlik: Pochtani haftalab kutmaysiz. To‘lov qilgan zahotingiz kitob qo‘lingizda (telefoningiz yoki kompyuteringizda) bo‘ladi. 💰 Hamyonboplik: Bosma nashrga qaraganda ancha arzon va yetkazib berish xarajatlari yo‘q. 📲 Har doim yoningizda: Maktabda, yo‘lda yoki darsga tayyorlanayotganda istalgan vaqtda ochib foydalanishingiz mumkin. @EduLiderHub_bot ga kirasiz, registratsiyadan o'tib, to‘lovni amalga oshirasiz va kitob shu zahoti sizniki bo‘ladi. ✅ Har ikkala kitobda ham o‘quvchilarni "uyg‘otadigan", ularni tanqidiy fikrlashga majbur qiladigan va 45 daqiqani ko‘z ochib yumguncha o‘tkazib yuboradigan sinalgan instrumentlar jamlangan. Darslaringizga quruq qo‘l bilan kirmang. O‘zingizga va o‘quvchilaringizga eng yaxshi metodik qurolni sovg‘a qiling! P.S. Kitoblarni yuklab olishda savollar tug‘ilsa, izohlarda yozib qoldiring, jamoamiz darhol yordam beradi!
Открыть в Telegram"45" soni sizga begona emas, men uchun ham qadrli. Ayni shu nuqta bizni birlashtiradi. Oddiy va quruq ma’ruzalar, enerjayzerSIZ darslar, interaktiv metodlarSIZ mashg‘ulotlar tarixda qoldi, desam ham bo‘ladi. 📚 Zamonaviy ustozlarga o‘quvchini majburlab yo zeriktirib olib o‘tirish emas, yondirib, zavq berib ishlatadigan, vaqt o‘tganini sezdirmaydigan aniq instrumentlar kerak! Shu kungacha minglab ustozlar bilan darslarni "45 daqiqalik mo‘jiza"ga aylantirish ustida ishladik. Endi esa bu tajriba, metodlar va izlanishlar bir manzilda jamlandi! 💃 Bugun siz bilan katta va quvonchli yangilikni bo‘lishmoqchiman! Mening rasmiy saytim, Ta’lim liderlari klubi — eduliderhub.uz platformasi rasman ishga tushdi! 👉 Platforma bilan tanishib, hoziroq obuna bo'ling: @EduLiderHub_bot
Открыть в Telegram🌾 Xayrli kun azizlarim! Bugun siz uchun ajoyib xabar bor! ✨ Yakshanbaning eng yaxshi yangiligini bilishga tayyormisiz?
Открыть в TelegramFarzand tarbiyasi faqat maktabning ishi emas! Shu sababli bugun maktablarda ota-onalar uchun treninglar tashkil etish har qachongidan ham muhim. Nega deysizmi? - Treninglar ota-onalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar haqida tushuncha beradi; - bolaning maktabdagi va uydagi tarbiya muhiti bir-birini to‘ldirib, yaxlit tizimni hosil qiladi; - zamonaviy axborot asrida bolalar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo'ladilar; - cheklovlar va erkinlik o‘rtasidagi oltin o‘rtalikni topish; - maktab ota-onalar bilan ishonchli hamkorlik yo'lga qo'yiladi! 👇 Siz nima deb o‘ylaysiz, bugungi kunda ota-onalar uchun qaysi mavzudagi treninglar eng dolzarb? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
Открыть в TelegramBugun sirtqi ta'lim talabalari bilan oxirgi darslarimizni o'tdik. Ochig'ini aytsam, menga bakalavr yo'nalishidan ko'ra sirtqi guruhlar bilan ishlash yoqadi. Chunki ular men aytayotgan har bir gapimni gubkadek shimib olishadi, har bir metodik tahlillarimni chanqoqlik bilan tinglashadi, chunki ularga bu kerak, chunki ular shu damda katta 'qozonda qaynayaptilar'!. Bakalavrlar esa hali 1 kun ham o'qituvchi bo'lib ishlab ko'rmagan, uning mas'uliyatini his qilmagan, shuning uchun ancha bemalol, biroz beparvo qarashadi. Bu tabiiy, miyamiz ma'lumotni unga ehtiyoj sezgandagina qabul qiladi. Boshiga tushganda, qizil qor yoqqanda, xullas, qachooondir kerak bo'lib qolishi mumkin bo'lgan bilimni olishga quvvat sarflab o'tirmaydi. Miyaning usiz ham qiladigan ishi ko'p!
Открыть в Telegram🎙 Yana 1 soat va biz EduLiderHub loyihasi ishtirokchilari bilan metodika ilmidagi yangi pog'onani zabt etamiz!
Открыть в Telegram🫥 Kelajak insoni qanday bo'ladi? Meni har doim shu savol o'ylantirgan. Bugun dunyo kutilmagan voqeliklarga to'la. Ertaga nima bo'lishini bilmaysan: urushlar, turli kasalliklar, aql bovar qilmas texnologiyalar, SI taraqqiyoti. 🌱 O'qituvchi sifatidagi oliy vazifamiz esa o'quvchilarimizni kelajakka tayyorlash! Lekin qanday bo'ladi u kelajak? Bu oqim insoniyatni qayerga olib ketyapti? 🎯 Men bugunning o'quvchilariga nimani o'rgatishim kerakki, u kelajakda baxtli, muvaffaqiyatli bo'lsin, o'z o'rnini topolsin...? Yevropaga borishdan asl maqsadim ham shu savolga javob topish edi. Men nafaqat borib o'rgandim, balki dunyo e'tirof etayotgan eng yaxshi pedagogik kitoblarni ham olib keldim. Ertadan boshlanadigan darslarimizda har birini Siz bilan tahlil qilamiz, yetuk ekspertlarning metodik yechimlarini faoliyatimizda tatbiq etish yo'llarini muhokama qilamiz, xalqaro standartlarda fikrlaymiz! 🕊 Ishonamanki, bu darslar ishtirokchilarning pedagogik tafakkuridagi chinakam yangilanish bo'ladi!
Открыть в Telegram🍂 Iyi gechalar... Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida o'tkazilgan trening shunaqa ajoyib ruhda, ko'tarinki kayfiyat, zavq bilan o'tdiki, men treningga emas, to'yga borgandek his qildim o'zimni. Ilm olish uchun bunchalar xursand bo'lib kelgan auditoriyani birinchi marta ko'rishim. Har treningda o'zim ham bir pog'ona o'saman, yangi fikrlar, xulosalar keladi, energiyaga to'laman. Biz EduLiderHub onlayn jurnali darslari doirasida ham jonli metodik trening rejalashtirganmiz! ‼️ Ertaga oxirgi kun, keyin qabul yopiladi. 🕊 Dushanbadan darslarni boshlaymiz, o'zim Yevropadan olib kelgan dunyoning eng yaxshi metodik kitoblarini o'qib, siz uchun "soki"ni chiqarib, tahlil qilib beraman. 📚 Kimlarning qaysi mavzudagi kitoblari? Dunyoga mashhur Jon Saphier,Robert Gower, John Hattie, John Medina, Stiven Brookfild, Linda Swink, Ashley Mack va boshqa pedagog, psixolog olimlarning darsni tashkil qilish, auditoriyani boshqarish, baholash, refleksiya, interaktiv mashg'ulotlarni o'tkazish, darsni tahlil qilish, notiqlik sirlariga oid ajoyib kitoblarini tanlab oldim. 🌱 1 oy davomida biz bestseller pedagogik xazina bilan tanishamiz va jonli uchrashuvda amaliy topshiriqlar orqali o'rganganlarimizni mustahkamlaymiz. Bu loyiha shunisi bilan unikal! 🥂 Men Sizni ana shunday sayohatga taklif qilaman!
Открыть в TelegramПереслано из ❤️Shoira Toshbekova❤️
Trening juda ajoyib oʻtdi, oʻzimga kerakli koʻpgina bilimlar, yangiliklar oldim. Ayniqsa Nazokat Yusufjonovaning shijoati, energiyasi, soʻzga usta ekanligi, bilimdonligi va motivatsiyasi menga katta turtki boʻldi, kelajakda hozirgidanda shijoatli, fidoiy va zamonaviy ustoz boʻlishimga undadi. Ularga kattakon rahmat aytaman, shunday treninglar koʻp boʻlsin, bizning pedagogik mahorat markazimiz shunday ajoyib trening tashkil qilganliklari uchun tashkilotchi ustozlarga cheksiz minnatdorlik izhor etaman❤️❤️❤️
Открыть в TelegramПереслано из INNOVATSION METODIKA
❤️😍❤️😍 JIZZAX PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA TRENING O‘TKAZILDI 🗓️5-noyabr kuni Jizzax Pedagogik Mahorat Markazida “Milliy mahorat” Dildora Rahmatjonovna jamoasi tomonidan navbatdagi amaliy trening tashkil etildi. "Darsni qiziqarli tashkil etish va raqamli platformalardan samarali foydalanish metodikasi" mavzusida amaliy ma'ruza qilindi. Trening davomida pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda ta’lim jarayonidagi muhim masalalar yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Tadbir ishtirokchilar uchun mazmunli, amaliy va samarali bo'ldi. Keyingi lokatsiya sizning viloyatingiz bo'lishi mumkin.📍 @Dildora_Rahmadjonovna
Открыть в TelegramПереслано из Ⓜ️🅰️❎FUZA
Super ustozsiz. Raxmat trening uchun. ❤️. Har oy kutamiz sizni
Открыть в Telegram🎲 Find your ONE thing, and Do that ONE thing Better than anyone else! 📍Shvetsariya, Zurich. 🫧 Jizzaxdan yomg'irli salomlar ...
Открыть в Telegram✨Bugun sizlarga yana bir ajoyib yangilikni e'lon qilmoqchiman. Ko‘pchilik kutgan "EduLiderHub" onlayn jurnalining navbatdagi 3-soni uchun qabulni ochiq deb e'lon qilamiz! ⚡️ ♻️ Bu galgi son "Dunyo e'tirof etgan bestseller metodik adabiyotlar sharhi va amaliyoti"ga bag'ishlanadi. 💡 Ushbu sonda sizni nimalar kutmoqda? 🔹 Bestseller kitoblar tahlili: Dunyo ta'limidagi mashhur metodik adabiyotlarning eng asosiy va muhim qismlariga batafsil to‘xtalamiz. 🔹 Jonli keyslar: Nazariyani o‘z tajribamiz va real dars faoliyatimiz misolida amaliy tahlil qilamiz. 🔹 Jonli muloqot: Mavzu doirasida o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish va hozirda darsingizda/faoliyatingizda sizni qiynayotgan metodik muammolarga aniq yechim topish imkoniyati! 🔹 Zamonaviy metodik tajriba: Ta'limda ilg‘or yondashuvlarni o‘z faoliyatingizga joriy etish sirlari. 📍 Onlayn jurnal formatidagi yopiq guruhga 1 oylik obuna narxi - 119 000! Qabul faqat 7-noyabrcha!!! 📲 Ro'yxatdan o'tish uchun: @NazokatProfGid
Открыть в Telegram⭐️ Jizzaxliklar uchun eksklyuziv! Aziz ustozlar! O‘qitish san'atini yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi! 🗓 Sana: 5-noyabr 📍 Manzil: Jizzax viloyati 🔥 Mavzu: Darsni qiziqarli tashkil etish va raqamli platformalardan samarali foydalanish metodikasi ⏳ Davomiyligi: 4 soat ✨ Trener: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Nazokat Yusufjonova ⚠️ Joylar soni cheklangan! 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma'lumot uchun @Dildora_Rahmadjonovna ga yozing! Unutilmas jonli metodik treningda ishtirok etishni imkoniyatini qo'ldan chiqarmang! Barchangizni kutaman!
Открыть в Telegram✨ "Registon" maktabi onalari uchun maxsus trening An'anaviy ravishda har oy tashkil etiladigan "Onalar maktabi" darslari bu safar ham qizg'in, ajoyib atmosferada, "savollar yomg'iri" bilan o'tdi. Chunki bu yerga yig'ilgan ayollar farzandini nafaqat ilmli, balki baxtli ko'rishni istaydi! Treningda farzandlarimiz bilan to‘g‘ri muloqot qilish, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo'llarini muhokama qildik. 🌱 Aslida tarbiya bolaga ichidagi salohiyatini namoyon qilishiga xalaqit bermaslik, unga sharoit yaratish, qo'llab-quvvatlash, himoya qilish, uni borligidan, shunchaki mavjudligidan xursand bo'lish, deb bilaman. ♻️ Bu esa faqat sinfxonada, darsliklar bilan hal bo'lmaydi. Qush ikki qanoti bilan yuksala olganidek, ota-ona va maktab o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik farzandlarimizning yuqori natijalari omilidir.
Открыть в TelegramIshonchli hamkorlik sari muhim qadam! To'g'ri metodik yondashuv va sifatli ta'lim ertangi kunimizning poydevori. Kecha biz ana shu maqsad sari yana bir muhim qadamni qo'ydik! ✨ Yurtimizdagi yetakchi ta'lim maskanlaridan biri bo‘lgan "Registon" maktabi bilan o‘quv-metodik treninglar o‘tkazish va ta'lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha rasmiy Memorandum imzolandi! Bu shunchaki shartnoma emas, bu dars jarayoniga zamonaviy metodikalarni joriy etish, o‘quvchilarga yanada chuqur va samarali bilim berish yo‘lidagi ishonchli hamkorlik belgisi. 🔥 Oldinda bizni yanada kuchli loyihalar kutmoqda!
Открыть в Telegram