🇺🇿 9-DEKABR — XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI!
HALOLLIK — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!
Hurmatli hamkasblar! Qadrli yurtdoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, inson salomatligi va qadr-qimmatini himoya qilish, tibbiyot muassasalarida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda korrupsiyaning oldini olish, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish har bir tibbiyot xodimining kasbiy va fuqarolik mas’uliyatidir.
Zero, tibbiyot xodimining eng oliy vazifasi — inson hayotini asrash, bemorga sidqidildan xizmat qilish va uning ishonchini oqlashdir.
🏥 MUASSASAMIZDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH BORASIDA QUYIDAGI TAMOYILLARGA QAT’IY AMAL QILINADI:
▪️ Har bir bemorga teng, xolis va adolatli munosabatda bo‘lish;
▪️ Tibbiy xizmat ko‘rsatishda poraxo‘rlik, tamagirlik va noqonuniy pul talab qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Bepul va pulli tibbiy xizmatlar to‘g‘risida fuqarolarga aniq va to‘liq ma’lumot berish;
▪️ Tibbiy xizmatlar, dori vositalari va moddiy resurslardan qonuniy hamda maqsadli foydalanish;
▪️ Xodimlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va xizmat odobi qoidalarini mustahkamlash;
▪️ Manfaatlar to‘qnashuvi va xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishning oldini olish.
💻 RAQAMLASHTIRISH — KORRUPSIYAGA QARSHI MUHIM VOSITA
Muassasamizda DMED elektron tibbiy axborot tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali tibbiy xizmatlar jarayonini takomillashtirish, bemorlar uchun qulaylik yaratish va inson omiliga bog‘liq korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hurmatli hamkasblar!
Har birimiz o‘z vazifamizga vijdonan yondashsak, bemor manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘ysak, korrupsiyadan xoli tibbiyot tizimini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
📢 AZIZ BEMORLAR VA QADRLI FUQAROLAR!
Agar siz tibbiyot muassasasida noqonuniy pul talab qilish, poraxo‘rlik, tamagirlik yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang!
Quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 1203 — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
📞 1103 — Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi
☎️ Muassasa ishonch telefoni 939320003
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘riladi.
🤝 Keling, halollikni kundalik faoliyatimiz mezoniga aylantiraylik!
Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat bir kunlik tadbir emas, balki doimiy mas’uliyat va barchamizning umumiy vazifamizdir.
Halol mehnat — yuksak mas’uliyat, adolatli xizmat — xalq ishonchi garovidir!
Hurmat bilan,
Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i: X.X.Shukurov