#Munosabat BILIMLI VA YUKSAK MA’NAVIYATLI AVLOD — VATAN KELAJAGINING ENG KATTA TAYANÇI Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli samimiy maktubini katta qiziqiş va çuqur taassurotlar bilan öqidim. Davlatimiz rahbarining öz nabirasiga yöllagan uşbu maktubida nafaqat boboning nabirasiga bölgan çeksiz mehri, balki butun bir millatning ertangi kuni, yoş avlodning kamoloti va Vatan kelajagi uçun yuksak mas’uliyat tuyğusi mujassam. Maktubdagi har bir fikr biz, oliy ta’lim sohasi vakillarini öz faoliyatimiz, jamiyat oldidagi burçimiz va kelajak avlod tarbiyasi haqida yanada çuqurroq mulohaza yuritişga undaydi. — Maktubni o‘qir ekanman, undagi bobo mehrining samimiyligi, nabirasining kelajagiga bo‘lgan ishonchi meni ayniqsa to‘lqinlantirdi. Bir nabiraga atalgan bu so‘zlar har birimizni o‘ylantiradigan savolga olib keladi: biz bolalarimizga ertangi kun uchun qanday bilim, qanday tarbiya va qanday ibrat bera olyapmiz? Bugungi tez özgarayotgan dunyoda mamlakat taraqqiyotini ta’minlaydigan eng katta boylik — bilimli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan va Vataniga sadoqatli yoşlardir. Prezidentimiz maktubida buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosiga munosib voris böliş, vaqtni qadrlash, bilim oliş, qat’iyat va sabr bilan maqsad sari intiliş kabi hayotiy tamoyillarga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alişer Navoiy nomi uluğlangan zaminda faoliyat yuritayotgan universitetimiz jamoasi uçun bu fikrlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini örganiş, uni yoş avlod qalbiga singdiriş hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyğunlaştiriş bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Men oliy ta’lim muassasasi rahbari sifatida universitetning vazifasi faqat malakali mutaxassis tayyorlaşdan iborat emas, deb hisoblayman. Biz, eng avvalo, mustaqil dunyoqaraşga ega, halol, fidoyi, yuksak ma’naviyatli va xalq manfaatlari yölida xizmat qila oladigan şaxslarni tarbiyalaşimiz zarur. Maktubda hayot sinovlari qarşisida tuşkunlikka tuşmaslik, muvaffaqiyatsizliklardan saboq oliş va doimo olğa intiliş haqidagi fikrlar ham alohida e’tiborga molik. Zero, ilm-fanda ham, kasbiy faoliyatda ham yuksak marralarga izçil mehnat, mustahkam iroda va uzluksiz izlaniş orqali erişiladi. — Ba’zan bir savolning javobi uchun bir necha kitobni qayta varaqlashga to‘g‘ri keladi. Ba’zan tajriba kutilgan natijani bermaydi yoki puxta deb o‘ylagan fikrimiz yangi dalil oldida o‘zgaradi. Ana shunday paytda sabr bilan izlanishni davom ettirish, xulosani qayta ko‘rib chiqish va ishni yaxshilash ilmiy kamolotning bir qismidir. Navoiy davlat universiteti jamoasi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — talaba-yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, ularning ilmiy va innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, sifatli ta’lim olişlari uçun munosib şaroit yaratişdan iborat. Aziz talaba-yoşlar! Sizning har bir yutuğingiz, ilmiy izlanişingiz va ezgu taşabbusingiz Vatanimiz taraqqiyotiga qöşilgan munosib hissadir. Vaqtingizni qadrlang, bilim egallaşdan töxtamang, öz oldingizga ulkan maqsadlar qöying va ularga erişiş yölida astoydil mehnat qiling. İşonamanki, Prezidentimizning mazkur maktubi nafaqat yoşlarimiz, balki har bir ota-ona, ustoz va murabbiy uçun ham muhim ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Zero, bugun yoşlarimizning ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan har bir e’tibor — ertangi Özbekistonning taraqqiyoti, farovonligi va xalqaro maydondagi munosib örniga qöyilgan mustahkam poydevordir. Rizamat XAYITOV, Navoiy davlat universiteti rektori v.v.b Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 392 |
| 2 ч | 920 |
| 4 ч | 1 130 |
- Через 1 час392
- Через 6 часов1 130
- Всего сейчас1 130