📌 NAVBAHORDA DEPUTATLAR HUDUDLARDAGI ISHLAR, IJTIMOIY SOHA VA AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengaşi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy soha ob’yektlarining faoliyati hamda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish yuzasidan joylarda uchraşuv va o‘rganishlar olib borilmoqda. 🔎 O‘rganishlar davomida: 🔹 Ijtimoiy soha ob’yektlarida isitish tizimlari, qozonxonalar hamda muhandislik kommunikatsiyalarining holati ko‘zdan kechirilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi. 🔹 Tumandagi 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda muassasaning moddiy-texnik holati bilan tanishildi. 🔹 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaxmat to‘garagi faoliyati o‘rganildi. 🔹 Mahallalarda fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. 🔹 Joylarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, daraxt ekish tadbirlari hamda mahalla infratuzilmasining holatiga alohida e’tibor qaratildi. 🤝 Asosiy maqsad — xalq bilan muloqotni kuchaytirish, joylardagi muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va deputatlik nazoratini samarali tashkil etishdan iborat. 📍 Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengaşi deputatlari hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. ✈️https://t.me/navbahor_tumani_axborot_xizmati
Открыть в TelegramПосты канала NAVBAHOR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
👍👍👍👍 Oila — jamiyatning mustahkam poydevori, farzand tarbiyasi va kamolotining muhim maskanidir. Ota-onalik mas’uliyati esa farzandga mehr va e’tibor körsatiş, uning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi hamda ma’naviy kamoloti uçun mas’uliyatni çuqur his etişdan iborat. Har bir ota-onaning farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondaşişi, oilada soğlom ma’naviy muhitni şakllantirişi va farzandlariga ibrat bölişi kelajak avlodning barkamol, vatanparvar va mas’uliyatli insonlar bölib voyaga yetişida muhim ahamiyat kasb etadi. ✈️https://t.me/navbahor_tumani_axborot_xizmati
Открыть в Telegram👍👍👍👍 AJRIMNING FARZAND TARBIYASI VA RUHIYATIGA TA’SIRI Oila — farzandning mehr, işonç va xotirjamlik topadigan eng muhim maskani. Ota-onaning ajralişi esa bolaning ruhiy holati, dunyoqaraşi va kelajakdagi hayotiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin. Şu bois, har qanday vaziyatda ham farzand manfaatlarini ustuvor qöyiş, uning mehr va e’tibordan çetda qolmasligini ta’minlaş, ota-onalik mas’uliyatini unutmaslik muhimdir. Çunki farzand ota-onaning bir-biriga munosabatidan qat’i nazar, har ikki tomonning mehriga va ğamxörligiga muhtoj. ✈️https://t.me/navbahor_tumani_axborot_xizmati
Открыть в TelegramNavoiy viloyatidan e-auksion.uz platformasi orqali 1245 dan ortiq köçma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling 🟢 Navoiy şahri 2 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Zarafşon şahri 60 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Ğozğon şahri 117 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Karmana tumani 125 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Konimex tumani 160 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Qiziltepa tumani 191 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Navbahor tumani 96 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Nurota tumani 182 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Uçquduq tumani 194 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Tomdi tumani 68 ta savdo joyi (köriş) 🟢 Xatirçi tumani 50 ta savdo joyi (köriş) Batafsil ma'lumot oliş uçun: ☎️ Tel: 99-207-36-02, 99-207-26-02 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 Ijtimoiy tarmoqlar: 👇👇👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Открыть в TelegramNAVBAHOR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari Navbahor tumanida fuqarolarni sayyor qabul qiladi. Maqsad — fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqot qilish. ⏰ Vaqti: 26-noyabr, soat 09:00 📍 Manzil: Navbahor tumani 2-sonli texnikum binosi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, huquqiy masalalari hamda yechimini kutayotgan muammolari yuzasidan arizalar qabul qilinadi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Открыть в TelegramПереслано из Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам реализации договоренностей, достигнутых по итогам зарубежных визитов, а также подготовки к проведению в нашей стране крупных международных мероприятий в 2027 году. #Mirziyoyev #yigilish #tashriflar #kelishuvlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в Telegram