#Munosabat #Prezident_maktubi Safoxon Mirzohidov Ijtimoiy-gumanitar fanlarni öqitiş metodikasi (ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi 1-bosqiç magistranti Prezident maktubi – yosh avlod qalbiga yo‘llangan ezgu da’vat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yosh avlodga yo‘llagan ushbu samimiy maktubi, mening nazarimda, oddiy murojaat emas, balki mamlakat kelajagi, millat istiqboli va yoshlar zimmasidagi tarixiy mas’uliyatni teran anglashga undaydigan muhim ma’naviy da’vatdir. Maktubda ilgari surilgan Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur, insoniylik, halollik va mehnatsevarlik kabi g‘oyalar bugungi globallashuv davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, har qanday davlatning taraqqiyoti, avvalo, uning intellektual salohiyati yuksak, mustaqil fikrlaydigan, milliy qadriyatlariga sodiq va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlariga bog‘liq. Ayniqsa, maktubdagi «Vatanga naf keltirmoq, el koriga yaramoq» mazmunidagi da’vat har bir yosh uchun hayotiy mezonga aylanishi lozim. Chunki vatanparvarlik faqat ezgu so‘zlar bilan emas, balki bilim olish, kasbiy mahoratni oshirish, ilmiy izlanishlar olib borish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish orqali namoyon bo‘ladi. Men magistratura talabasi sifatida ushbu maktubda ilgari surilgan fikrlarni o‘z oldimga qo‘ygan ilmiy va kasbiy maqsadlar bilan chambarchas bog‘layman. Bugungi yoshlar zimmasida nafaqat zamonaviy bilim va innovatsion tafakkurni egallash, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash hamda ma’naviy qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazishdek muhim vazifa ham mavjud. Ishonamanki, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ulug‘vor maqsadlar bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va mas’uliyatli yoshlarning faol ishtiroki bilan ro‘yobga chiqadi. Zero, Vatan ravnaqi – har birimizning mas’uliyatimiz, uning kelajagi esa bugun qilayotgan ezgu ishlarimizga bog‘liq. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramПосты канала Namangan davlat pedagogika instituti
#6_kun #Suhbat_natijalari 🤩 Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayonlari doirasida 25-noyabr kuni 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) uchun o‘tkazilgan suhbat imtihoni natijalari e’lon qilindi. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Открыть в Telegram📚 Bilimingiz — kimningdir kelajagi! Har bir bola - qayerda tug'ilganidan qat'i nazar - sifatli ta'limga loyiq. Teach for Uzbekistan aynan shu maqsad yo'lida iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularni o'zgarish yetakchilariga aylantiradi. Siz ham bu harakatning bir qismi bo'ling! 🚀 📢 Teach for Uzbekistan hududiy maktablarda ishlash uchun quyidagi fanlar bo'yicha O'QITUVCHILARNI qidirmoqda: ⚛️ Fizika ➗ Matematika 💻 Informatika 🧪 Kimyo 🧬 Biologiya 🇬🇧 Ingliz tili 🇷🇺 Rus tili 📍 Hududlar: Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg'ona va Qoraqalpog'iston Respublikasi 🎁 Sizni nimalar kutmoqda? 💰 Oylik maosh + stipendiya — jami 9 600 000 so'm 📖 Uzluksiz metodik yordam va professional rivojlanish 🌍 Teach for All global yetakchilar tarmog'iga a'zolik ✅ Talablar: 🎓 2027-yil sentyabrigacha bakalavr diplomiga ega bo'lish 🔬 O'z faniga oid bilimiga ishongan har qanday yo'nalish vakillari ariza topshirishi mumkin 🙌 Pedagogik ma'lumot va tajriba talab etilmaydi ⏳ Arizalar 2026-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi! 👉 Ariza topshirish: https://apply.teachforuzbekistan.org 📲 Batafsil ma'lumot: https://teachforuzbekistan.org/uz O'z bilimingiz bilan bolalar hayotini o'zgartiring! ✨
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 421 |
| 3 ч | 897 |
- Через 1 час421
- Всего сейчас897
#NamDPI #TeachForUzbekistan #SifatliTaʼlim Bitiruvchilar bandligini ta’minlaş maqsadida Teaç for Uzbekistan vakili bilan uçraşuv taşkil etildi Namangan davlat pedagogika institutida öquv işlari böyiça prorektor A.Abdunazarov hamda “Teaç for Uzbekistan” taşkiloti mutaxassisi Yodgorbek Inomov iştirokida talaba-yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi. Uçraçuv davomida “Teaç for Uzbekistan” dasturining maqsad va vazifalari, mamlakatimizning turli hududlarida sifatli ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, iqtidorli yoşlarni pedagogik faoliyatga jalb etiş hamda ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, taşkilot mutaxassisi Yodgorbek Inomov tomonidan dastur doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, iştirokçilarni saralaş mezonlari, hududiy maktablarda faoliyat yuritiş şartlari, moddiy rağbatlantiriş tizimi hamda xalqaro tajriba asosida kasbiy malakani oşiriş istiqbollari taniştirildi. Mazkur dastur doirasida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farğona viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktablarda fizika, matematika, informatika, kimyo, biologiya, ingliz va rus tillari fanlari böyiça faoliyat yuritiş istagida bölgan yoşlar tanlov asosida saralab olinadi. Dastur iştirokçilariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi: Oylik iş haqi va stipendiya — jami 9 600 000 söm; Uzluksiz metodik yordam va kasbiy rivojlaniş; “Teaç for All” xalqaro yetakçilar tarmoğiga a’zo böliş. Dasturda 2027-yil sentabr oyiga qadar bakalavr diplomiga ega böladigan, öz fanini puxta biladigan yoşlar iştirok etişlari mumkin. Pedagogik ma’lumot va iş tajribasi talab etilmaydi. Arizalar 2026-yil 31-dekabrga qadar qabul qilinadi. Ariza topşiriş: https://apply.teachforuzbekistan.org Batafsil ma’lumot: https://teachforuzbekistan.org/uz Mazkur uçraşuv bölajak pedagoglarning kasbiy istiqbollarini kengaytiriş, bandligini ta’minlaş, yetakçilik salohiyatini rivojlantiriş hamda mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qöşişlari uçun muhim ahamiyat kasb etdi. Bilimingiz — kimningdir kelajagi. Ta’limdagi ijobiy özgarişlarning faol iştirokçisiga aylaning! 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 572 |
| 3 ч | 848 |
- Через 1 час572
- Всего сейчас848
Переслано из Ilmiy boʻlim yangiliklari NamDPI
#Suhbat #Tayanch_doktorantura_PhD 🤩 Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) qabul imtihonlarining birinchi bosqichi davom etmoqda ➡️ Bugun, 25-noyabr kuni, Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayonlari doirasida 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) qabul imtihonlarining birinchi bosqichi — suhbat bo‘lib o‘tdi. ➡️ Suhbat jarayonini komissiya raisi ochib berib, talabgorlarga imtihonning mazmuni, o‘tkazilish tartibi hamda baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. ➡️ Shundan so‘ng, komissiya a’zolari tomonidan talabgorlar bilan belgilangan tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida talabgorlarning ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi bo‘yicha nazariy bilimlari, ilmiy-tadqiqotga oid qarashlari, tanlagan ilmiy mavzularining dolzarbligi, tadqiqot olib borish salohiyati hamda ilmiy faoliyatga tayyorgarligi baholandi. #NamDPI #Doktorantura #TayanchDoktorantura #PhD #Qabul2027 #13_00_02 #TaʼlimVaTarbiya #IlmiyFaoliyat ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 572 |
| 3 ч | 738 |
- Через 1 час572
- Всего сейчас738
📢 Teach for Uzbekistan vakili bilan uçraşuv taşkil etildi Namangan davlat pedagogika institutida öquv işlari böyiça prorektor A.Abdunazarov hamda “Teach for Uzbekistan” taşkiloti mutaxassisi Yodgorbek Inomov iştirokida talaba-yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi. 🔗 Batafsil o‘qish 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram 📸 Instagram 🔵 Facebook 🔴 YouTube
Открыть в Telegram📢 NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TILLAR KAFEDRASI VAKILLARINING GERMANIYADAGI XALQARO TASHRIFI Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Mansurjon Abdullayev va Dildora Akbarova ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Zigen universitetida (University of Siegen) xizmat safarida bo‘lib turibdi. 🔗 Batafsil o‘qish 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram 📸 Instagram 🔵 Facebook 🔴 YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 363 |
| 2 ч | 755 |
- Через 1 час755
- Всего сейчас755
📢 EZGU NIYAT, QAT'IY AMAL VA GÖZAL FAZİLATLAR BİLAN YAŞASANG, ASLO KAM BÖLMAYSAN! Mahmudjon MAHKAMOV Yoşlar yetakçisi, yoşlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi 🔗 Batafsil o‘qish 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram 📸 Instagram 🔵 Facebook 🔴 YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 483 |
| 2 ч | 874 |
- Через 1 час483
- Всего сейчас874
#Konstitutsiya #35_YIL KONSTITUTSIYANING 34 YILLIGI: DEPUTATLAR VA TALABA-YOŞLAR BILAN OÇIQ MULOQOT 🏛️ Namangan davlat pedagogika institutiga amalga oşirilgan taşrifning navbatdagi manzilida parlament vakillari hamda institutning birinçi prorektori A. Isoqboyev iştirokida talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi. ➡️Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan ötkazilgan mazkur uçraşuv talaba-yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaş hamda parlament vakillari bilan bevosita muloqot örnatişga bağişlandi. ➡️Suhbat davomida Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi örni, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, fuqarolik mas’uliyati hamda atrof-muhitni muhofaza qilişning konstitutsiyaviy asoslari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi .Şuningdek, mazkur uçraşuv yoşlarning qonunçilik jarayonlariga oid tasavvurlarini kengaytiriş, ekologik madaniyatini yuksaltiriş, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar yuzasidan öz fikr va takliflarini erkin ifoda etişlari uçun muhim muloqot maydoni böldi. ➡️Bunday uçraşuvlar talaba-yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlaş hamda jamiyat hayotida ongli va faol iştirok etişlariga xizmat qiladi. Konstitutsiyani biliş — öz huquq va majburiyatlarini anglaşning muhim asosidir. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 663 |
| 2 ч | 965 |
- Через 1 час663
- Всего сейчас965
Переслано из Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy
Jarayon YOŞLAR BILAN DIYDORLAŞUV Namangan davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida taşkil etilgan ijodiy uçraşuv unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari – Şuhrat Jabborov, Muxtasar Tojimamatova va Abdulla Ayizov iştirok etib, özlarining ijod namunalaridan öqib berişdi, söz san’atining jozibasi, yozuvçi ma’suliyati va ijodkorning qalb keçinmalari haqidagi fikrlarini bildirişdi. Qalamkaşlar talabalar tomonidan berilgan savollarga öz bosib ötgan hayot va ijod yöllariga tayanib javoblar berişdi. Loyiha doirasida institut boğida köçatlar ham ötqazildi. Ahamiyatlisi, ijodkorlar bilan muloqotda yoşlarning adabiyotga bölgan qiziqişlari yanada oşdi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 211 |
| 2 ч | 885 |
| 3 ч | 1 010 |
- Через 1 час885
- Всего сейчас1 010
#NamDPI #Zoʻravonlikka_qarshimiz #Xavfsiz_muhit “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida institutimizda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga murosasizlik muhitini shakllantirish, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashdir. Tadbirlar doirasida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, davra suhbatlari va targ‘ibot ishlari o‘tkaziladi. Yoshlar o‘z huquqlarini bilishi, nizoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishi va zarur hollarda tegishli xodimlar yoki tashkilotlarga o‘z vaqtida murojaat qilishi haqida tushunchalar berildi. Zero, zo‘ravonliksiz jamiyat har birimizning ongli va mas’uliyatli munosabatimizdan boshlanadi. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#NamDPI #Profilaktika #Huquqiy_targ‘ibot Talabalar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi Institut inspektori S. Ahmadjanov boshchiligida talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda ijara xonadonlarida xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarga qonun va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, ijara xonadonida yashash qoidalariga amal qilish hamda turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berildi. Shuningdek, talabalarga yot g‘oyalar va noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, nizoli vaziyatlarga berilmaslik hamda muammoli holatlarda o‘z vaqtida mas’ul xodimlar yoki tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya etildi. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#Yaşil_makon DEPUTATLAR İŞTIROKIDA “YAŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KÖÇATLAR EKILDI Bugun Namangan davlat pedagogika institutiga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi raisi X. Gapparov, qömita a’zosi O. Mamadaliyev hamda Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a’zosi G. Tojiboyeva taşrif buyurdilar. 🔵Taşrif doirasida mehmonlar institutning birinçi prorektori A. Isoqboyev hamrohligida institut boğida bölib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida taşkil etilgan köçat ekiş tadbirida iştirok etdilar. Şuningdek, birinçi prorektor A. Isoqboyev institut boğidagi turli manzarali daraxtlar, ularning ekiliş tarixi, boğni şakllantiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissasini qöşgan rahbarlar hamda hududda amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berdi. 🔵Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qiliş, yaşil hududlarni kengaytiriş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş hamda talaba-yoşlar qalbida tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat tuyğularini şakllantiriş kabi muhim maqsadlarni özida mujassam etdi. 🔵Ta’lim muassasalarida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş nafaqat ekologik muhitni yaxşilaş, balki yoşlarning ekologik madaniyatini yuksaltiriş, ularni tabiatni asrab-avaylaşga undaş hamda atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda böliş könikmalarini şakllantirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 🌱 Bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunning musaffo havosi, obod muhiti va kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho merosdir. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramПереслано из NAMDPI Yoshlar ittifoqi 🇺🇿
🟦🟦🟦 YOSHLAR ITTIFOQIDA YANGI LIDERLAR TO‘LQINI! Namangan davlat pedagogika instituti Boshlanğiç taşkiloti tomonidan Yoşlar ittifoqining yönalish koordinatorlari tarkibini şakllantiriş maqsadida saralaş jarayoni ötkazildi. Suhbat jarayonlarida bevosita Xotin-qizlar böyiça rektor maslahatçisi G. Dexqonova, institut psixologi N. Axmadjanova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar böyiça dekan örinbosari G. Odilova hamda Yoşlar Ittifoqi yetakçisi M. Mahkamov ishtirok etib, faol talabalarning yönalishlar kesimidagi taqdimotlari, amalga oşiriladigan loyihalari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, jarayon davomida nomzodlarning salohiyati, tashabbuskorligi, bilim va ko‘nikmalari hamda kelgusidagi rejalari baholanmoqda. Eslatib ötamiz bugun quyidagi yönalişlar kesimida taqdimotlar tinglandi: ➡️Talaba-qizlar koordinatori ➡️"Yoşlar daftari" va metsenatlik dasturlari koordinatori ➡️Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori Ertaga quyidagi vaqt va manzilda qolgan koordinatorlik yönalişlari uçun suhbat taşkil etiladi: 🔈26-noyabr soat 09:30 da 🏛Innovatsiyalar markazi 2-qavati ➡️Beş taşabbus loyihalari koordinatori ➡️Intellektual loyihalar koordinatori ➡️Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 🤩Namangan davlat pedagogika instituti Yoşlar Ittifoqi rasmiy kanali: @namdpi_yoshlari
Открыть в Telegram#NamDPI #KitobxonTanlovi #Mutolaa #Yoshlar_ma’naviyati 📚 KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT POYDEVORI! Namangan davlat pedagogika institutida “Kitobxon tanlovi” o‘tkazildi. Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish hamda mutolaa orqali ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tanlov Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti Nodira Maxmudova tomonidan uyushtirildi. Unda institutning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar Mirmuhsinning “Me’mor” romani asosida bellashdi. Tanlov uch shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarning asar mazmunini chuqur anglashi, tarixiy voqealar va obrazlar bo‘yicha bilimi, shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi UZB-GU-2026 guruhi talabasi Sodiqova Oyishaxon Shavkatbek qizi barcha shartlar bo‘yicha yuqori natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olibani chin dildan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy hamda ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👏 Zero, kitobxonlik — yuksak tafakkur va boy ma’naviyat sari eltuvchi eng ishonchli yo‘ldir! 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#NamDPI #EkologikMadaniyat #TabiatniAsraylik #ekofaollar 🌿 NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “YOŞ EKOLOGLAR KUNI” ÖTKAZILDI! 🌱Bugun Namangan shahar " Yoş ekologlar kengaşi " jamoasi taşabbusi bilan Namangan davlat pedagogika instituti bosh binosi oldida ekologik tarğrıbot tadbiri taşkil etildi. 🌿Tadbir davomida bugungi kun “Yoş ekologlar kuni” deb e’lon qilinib, talabalar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş va tabiatga mas’uliyatli munosabatni şakllantirishga qaratilgan qiziqarli öyinlar, bellaşuvlar hamda savol-javoblar taşkil etildi. Tadbirda fakultet dekanlari, professor-öqituvçilar va talabalar faol iştirok etişdi. Interaktiv savol-javoblar orqali iştirokçilarning ekologik bilimlari sinovdan ötkazilib, tabiat muhofazasiga oid fikr va qaraşlari yanada boyitildi. 🌱 Zero, ekologik madaniyat — bu şunçaki bilim emas, balki tabiat oldidagi mas’uliyat va kelajak avlodlar oldidagi burçdir! 💚 Sizni ham bizning safimizda kutib qolamiz! Tabiatni asraş yölida bizga qöşiling, ezgu taşabbuslarimizning faol iştirokçisiga aylaning! Taşabbuskorlar: Namangan şahar Yoş ekologlar kengaşi raisi @Abdujabborova_Gulsanam va kengaş jamoasi. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook 📺YouTube
Открыть в Telegram#sayyor_qabul Namangan davlat pedagogika instituti rektorining sayyor qabuli 2026-yil 26-noyabr kuni soat 10:00 da institutning Kongress zalida Namangan davlat pedagogika instituti rektorining talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi. Qabul ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari, takliflari va murojaatlarini bevosita tinglash maqsadida tashkil etilmoqda. Ochiq muloqot davomida ta’lim jarayoniga oid takliflar muhokama qilinadi, murojaatlar ko‘rib chiqiladi hamda ko‘tarilgan masalalarga joyida yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi. Institut talabalari va professor-o‘qituvchilarini sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etamiz. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#NamDPI #BizGiyohvandlikkaQarşimiz #TanlovÖzQölingda BIZ YOŞLAR GIYOHVANDLIKKA QARŞIMIZ! Giyohvandlik — kelajak kushandasi. Soğlom hayot, ezgu maqsadlar va porloq kelajak sari töğri tanlov qil! ❗️Unutma, kelajaging öz qölingda❗️ Videorolik Namangan davlat pedagogika instituti "Qalqon" jamoatçilik guruhi a'zolari M.Avazova, M.Ğulomova, F.Tursunaliyeva, O.Mamatisoqovalar tomonidan tayyorlandi. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#Munosabat Laylo XONTO'RAYEVA Pedagogika fakulteti tyutori O‘zbekiston va Iordaniya: do‘stlik, ishonch va strategik sheriklikning yangi ufqlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 23–24-noyabr kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakatimizning Yaqin Sharq davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasidagi tashqi siyosatida muhim va tarixiy voqealardan biri bo‘ldi. Tashrif O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Uning eng muhim siyosiy natijasi ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitimning qabul qilinishi bo‘ldi. Shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi kelishuvlar katta istiqbolga ega. To‘qimachilik, tog‘-kon, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi sohalarda ikki mamlakat salohiyatini birlashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Tashrif doirasida tashkil etilgan biznes-forum ham iqtisodiy diplomatiyaning muhim maydoni bo‘ldi. Madaniy-gumanitar aloqalar, ta’lim, ilm-fan va turizm sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu xalqlarimizning bir-birini yanada yaqindan anglashiga xizmat qiladi. Menimcha, tashrifning eng katta ahamiyati shundaki, u ikki davlat munosabatlarini uzoq muddatli strategik hamkorlik bosqichiga olib chiqish uchun mustahkam siyosiy va huquqiy asos yaratdi. Endi asosiy vazifa erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash va ularning samarasini xalqlarimiz hayotida namoyon etishdir. Ishonchim komilki, bugun Ammanda mustahkamlangan strategik sheriklik ertaga Toshkent va Amman o‘rtasidagi yangi iqtisodiy loyihalarda, ta’lim va madaniyat sohasidagi qo‘shma tashabbuslarda, eng muhimi, ikki xalq farovonligiga xizmat qiladigan amaliy natijalarda o‘z ifodasini topadi. Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 🕊Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#NamDPI #KorrupsiyagaQarshi «Korrupsiya zanjirini uz! Xabar ber! Adolatni ta'minla!» Halollik har kuni qilinadigan tanlovdan boshlanadi: pora taklif qilinganda rad etish, noqonuniy holatga duch kelganda indamay qolmaslik. Adolat esa jasoratdan boshlanadi: haqiqatni aytishga, o'z vaqtida xabar berishga va jamiyat manfaatini shaxsiy foydadan ustun qo'yishga jur'at qilgan inson korrupsiya zanjirini uzadi. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 🕊Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram#NamDPI #KorrupsiyagaQarshi «Befarq bo'lma, korrupsiya hech kimni ayamaydi!» Korrupsiya faqat pora olish emas, u har birimizning cho'ntagimizdan yashirincha olinadigan soliqdir. Byudjet mablag'ining bir qismi yo'lda yo'qolsa, yo'llar tez buziladi, maktablar gavjum bo'lib qoladi, shifoxonada dori yetishmaydi. Halol tadbirkor bozordan chiqib ketadi, adolat sezilmasa esa davlatga ishonch ham yo'qoladi. Chiqish yo'li bor: ochiq tenderlar, shaffof hisobotlar, fuqarolar nazorati va murojaat qilish jasorati. 🤩Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 🕊Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в Telegram🟦🟦 NAMDPIDA YOSHLAR ITTIFOQI KOORDINATORLIGI UCHUN SARALASH JARAYONI START OLDI Ayni damda Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Yoshlar ittifoqining yo‘nalish koordinatorlari tarkibini shakllantirish maqsadida saralash jarayoni o‘tkazilmoqda. Jarayon davomida nomzodlarning salohiyati, tashabbuskorligi, bilim va ko‘nikmalari hamda kelgusidagi rejalari baholanmoqda. 🤩 Namangan davlat pedagogika instituti Yoşlar Ittifoqi rasmiy kanali: @namdpi_yoshlari
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 337 |
| 4 ч | 1 090 |
- Через 1 час337
- Через 6 часов1 090
- Всего сейчас1 090
#NamDPI #Karate #Oʻzbekiston_chempionati Talabamiz Karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi! 🥇 22–24-noyabr kunlari Karate WKF turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqada Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ortiqaliyev Muhammadsodiq Karate (UzASA) turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Muhammadsodiqni g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz va unga kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz! 👏 🤩 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Edu.uz
🇺🇸 Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan. U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Prezident bu ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. AQŞ Prezidentining ta’kidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan. Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, gözallik va madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan. "Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uçun, mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy me’morçilik an’analari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 525 |
| 3 ч | 953 |
| 6 ч | 1 280 |
- Через 1 час525
- Через 6 часов1 280
- Всего сейчас1 280
#Prezident_maktubi #Iqtibos Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga safar çoğida, parvoz davomida suyukli nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Bu maktub nafaqat bir nabiraga, balki Özbekistonning barça farzandlariga atalgan samimiy nasihat va ezgu tilaklardir. Maktubda bilim va tafakkurning qadri, vaqtni ğanimat biliş, mağlubiyatdan keyin qayta turiş, Vatanga sadoqat va odamiylik haqida yurakdan aytilgan sözlar bor. Biz maktubdan eng ta’sirli 5 ta iqtibosni tanlab, sizlar uçun tayyorladik. Ularni öqing, yaqinlaringiz bilan ulaşing! 🤩 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 520 |
| 4 ч | 1 520 |
- Через 1 час520
- Через 6 часов1 520
- Всего сейчас1 520
Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 448 |
| 4 ч | 926 |
- Через 1 час448
- Через 6 часов926
- Всего сейчас926
#NamDPI #Universiada #Workout “Universiada” musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi 23–24-noyabr kunlari Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Davlatobod tumanida joylashgan WORKOUT sport maydonchasida tashkil etildi. Bellashuvlar guruhlar kesimida, o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Workout yo‘nalishi bo‘yicha qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi. Talabalar kuch, chidamlilik, chaqqonlik va texnik tayyorgarlik borasida o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Saralash bosqichi talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda “Universiada”ning keyingi bosqichida institut sha’nini munosib himoya qila oladigan eng kuchli sportchilarni aniqlashga xizmat qildi. 🤩 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Saida Mirziyoyeva
Toşkent | Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişi — Ташкент | Первое заседание Совета интеллигенции Узбекистана
Открыть в TelegramПереслано из Ilmiy boʻlim yangiliklari NamDPI
#5_kun #Suhbat_natijalari 🤩 Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayonlari doirasida 24-noyabr kuni 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) hamda tayanch doktorantura (PhD) uchun o‘tkazilgan suhbat imtihoni natijalari e’lon qilindi. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Открыть в TelegramПереслано из Namangan24 | Расмий канал
#NIGOH 🔎 Қадриятлар унутилса, тарбия нимага таянади? 🎙Мухлиса Рўзиматова, Наманган давлат педагогика институти ёшлар масалалари, маънавият ва маърифат бўлими тьютори: Ачинарлиси, баъзан оддий муомала маданияти, оиладаги ўзаро ҳурмат, маҳалладаги оқибат, катталарнинг дуосини олиш, дастурхон атрофидаги одоб каби қадриятларимизга эътибор сусаяётганини кўрамиз. Айрим ҳолларда... 📲 Батафсил ўқиш: 👇👇👇 https://www.namangan24.uz/zhamiyat/adriyatlar_unutilsa_tarbiya_nimaga_tayanadi.html ⤵️ Бизни кузатиб боринг! 🌐 namangan24.uz 📲 Instagram 📩 Чат-мурожаат 🖥Facebook🎥You tube 👉 @namanganim24
Открыть в Telegram