Переслано из Namangan viloyati hokimligi
«YAŞIL MAKON»: UYÇI TUMANIDA KÖKALAMZORLAŞTIRIŞ IŞLARI YAKUNIY BOSQIÇDA «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida Uyçi tumanida köçat ekiş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari izçil davom etmoqda. Ayni paytda mazkur işlar yakuniy bosqiçga kirgan. Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan joriy mavsumda 70 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunga qadar 28 turdagi 50 ming tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqazildi. Şuningdek, tumandagi mavjud 86 ta qabriston hududida ham keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Xususan, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida qabristonlar hududiga 15 ming tup manzarali daraxt köçati ekildi. Bugun Istiqlol mahallasi hududida joylaşgan «Maşhad» qabristonida umumxalq haşari taşkil etilib, hududni obodonlaştiriş va köçat ekiş işlari olib borildi. Unda nuroniylar va mahalla faollari iştirok etdilar. Bunday xayrli taşabbuslar nafaqat hududlar qiyofasini yanada obod va körkam etiş, balki kelajak avlod uçun soğlom ekologik muhit yaratişga ham xizmat qiladi. Maʼlumot uçun, tuman böyiça joriy mavsumda jami 873 ming 200 tup köçat ekiş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunga qadar 780 ming tupdan ortiq köçat ekildi. Uyçi tuman hokimligi Axborot xizmati. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 15 |
| 2 ч | 51 |
- Через 1 час51
- Всего сейчас51