Посты канала Namangan IIB | Rasmiy kanal
#Xavfsiz_va_soglom_yurt Namangan shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Namangan shahrida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi, xususan, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, Namangan shahridagi “Sumalakguzar” mahallasida joylashgan Oila maskanida nizoli oilalar ishtirokida muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida 6 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari o‘rganilib, tegishli mutaxassislarning amaliy yordami bilan ularni yarashtirishga erishildi. Bunday tadbirlar oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish, yoshlarning oilaviy hayotga mas’uliyat bilan yondashishini shakllantirish hamda mustahkam va farovon oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibotlar davom etmoqda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakultetida tahsil oluvchi talaba bilan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda institut rahbariyati va profilaktika inspektori ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, hayoti va kelajagiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, shuningdek, uning javobgarlik bilan bog‘liq oqibatlari xususida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida talabalarga zararli odatlardan yiroq bo‘lish, qonun talablariga qat’iy rioya etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Haydovchi yonida 70 gramm gashish aniqlandi ©️ "Mahalla" telekanali "Joyida" informatsion dasturi Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в TelegramIIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari Ekspert-kriminalistika markazi faoliyati bilan tanishdilar IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari uchun Namangan viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazida tanishuv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg'ulot davomida markaz xodimlari tomonidan o‘quvchilarga ekspert-kriminalistika sohasida qo‘llaniladigan maxsus texnik vositalar, zamonaviy uskunalar hamda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ning ishlash prinsipi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mazkur texnik vositalardan foydalanish tartibi, xavfsizlik qoidalari hamda ularning jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlash, fosh etish va oldini olishdagi ahamiyati amaliy misollar orqali tushuntirildi. Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi xizmat faoliyatiga tayyorgarligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Giyohvandlik moddasini 2500 AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlandi ©️ "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Namangan davlat texnika universitetida talabalar bilan profilaktik tadbir tashkil etildi "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Namangan davlat texnika universitetida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, turli salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Mazkur profilaktik tadbir yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan biri bo‘ldi. Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в TelegramNOTARIUSLAR PALATASI: MIGRATSIYA VA PERSONALLASHTIRISH DEPARTAMENTI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA ©Namangan TRK "Namangan axboroti" informatsion dasturi Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida joriy yilning 3-noyabr kuni Namangan viloyati hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi Viloyat IIB hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 110 nafar shaxs tomonidan noqonuniy buyum va ashyolar saqlab kelinayotgani aniqlandi. Ularning 30 nafarining xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 80 nafarining xatti-harakatlarida esa ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Tezkor tadbirlar natijasida 49 ta sovuq qurol, giyohvandlik vositalarini saqlash, sotish va yetishtirish bilan bog‘liq 10 ta holat aniqlanib, 2 kg dan ortiq giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, 3 ta o‘qotar va 1 ta pnevmatik qurol saqlash, 1 ta odam savdosi hamda 3 ta tovlamachilik bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Shu bilan birga, avval ochilmay qolgan 26 ta jinoyat fosh etilib, qidiruvda bo‘lgan 1 nafar shaxs ushlandi hamda bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxs topildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Namangan davlat pedagogika institutida talabalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Namangan davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda Namangan viloyati IIB mas’ul xodimlari, institut rahbariyati hamda profilaktika inspektori ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida turli yot va radikal g‘oyalar tarqalishining oldini olish, bunday qarashlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar, ularning salbiy oqibatlari hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, shubhali sahifalar va kanallar ta’siriga tushib qolmaslik, yot va buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh bo‘lish borasida zarur tavsiyalar berildi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soglom_yurt Tezkor tadbirda avtomashina salonidan giyohvand modda aniqlandi Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 772 |
| 11 ч | 1 410 |
- Через 1 час772
- Всего сейчас1 410