Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 107 |
| 7 ч | 167 |
- Через 1 час107
- Через 6 часов167
- Всего сейчас167
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 107 |
| 7 ч | 167 |
📚 Matematikadan olimpiadalarga tayyorlanish uchun manbalar! ✅ Foydali va o'zbek tilida! 👨🏻💻 Kamina xodimingiz tomonidan sun'iy ongga buyruq berish orqali tarjima qilindi 😉 📌 Olimpiadalarni endi boshlayotgan, maktabdagi darslarni tez o'zlashtirayotgan o'quvchilar uchun ayni muddao. Ushbu o'quvchilar bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan ustozlar ham bemalol foydalansa bo'ladi. Manbalar ishonchli va sinalgan, o'zim ham bir necha yildan buyon shu saytdagi materiallardan foydalanaman. Tarjima qilishda yaxshigina qiynalardim va ko'p vaqtim ketar edi, lekin sun'iy ongga ega do'stimiz ishimizni ancha tezlashtirdi. 💎 MATEMATIKA_NABIXON 😊 Eng yaxshilar va eng saralari Siz uchun!
Открыть в Telegram📚 Matematikadan olimpiadalarga tayyorlanish uchun manbalar! 💎 MATEMATIKA_NABIXON 😊 Eng yaxshilar va eng saralari Siz uchun!
Открыть в TelegramПереслано из e-Matematika
⚡ e⁶ | 6-MOCK TEST 🎯 YANGI SINOV — YANGI IMKONIYAT! Ertaga e-Matematika kanalida navbatdagi 6-MOCK TEST bo‘lib o‘tadi!🤩 📊 Sizni nimalar kutmoqda? 🔹 RASH modeli asosida tuzilgan test; 🔹 Imtihon sharoitiga yaqin sinov; 🔹 Bilim darajangizni baholash; 🔹 Kuchli va zaif mavzularni aniqlash; 🔹 Ishtirokchilar orasidagi o‘rningizni bilish. 🏆 YUQORI NATIJA SARI! 📈 Har bir to‘g‘ri javob — maqsadga yaqin qadam. 📉 Har bir xato — yangi tajriba. 🚀 Har bir mock — yanada yuqori natija sari imkoniyat! ⏰ TEST VAQTI: 20:00 – 22:30 📌 Test oldidan formulalarni takrorlang va oldingi xatolaringizni tahlil qiling! 🔥 O‘z imkoniyatingizni sinang, natijangizni baholang va raqobatda o‘z o‘rningizni egallang! 📊 Natijalar va reyting test yakunida e’lon qilinadi. 📢 Bizning kanalimizga qo‘shiling va testda qatnashing! 👇 📚 e-Matematika — bilim, mehnat va yuqori natija sari! @Matematika_MS_Sat
Открыть в TelegramSevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k, Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘. Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim, Nega ko‘zlaringiz benam, azizim. O‘t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni, Tuproqda sochdingiz balandlarimni, Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni — Borishsiz dunyoga otgan, azizim, Olisda oy kabi botgan, azizim — Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yo‘q, Falakda kezgani sha'n rohingiz yo‘q, Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q — Boqaman: nigohim — gumon, azizim, Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim. Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir, Qizil-sarig'ida — yurak uchadir, So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir — Bu to‘fon — xazonlig‘ menman, azizim, Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim. Ammo siz sarg‘aymang — gulli bog‘ bo‘ling, Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling, Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling — Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim, Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim... ✍ Usmon Azim
Открыть в TelegramПереслано из Yazdonov's blog
Shoshilinch xabar: Alessandro Masullo GRH (Umumlashgan Riman gipotezasi) uchun isbot taklif qildi. Bu to‘liq inson mehnati mahsuli, sun’iy intellekt (AI) aralashmagan ekanligi aytilyapti.
Открыть в TelegramПереслано из Karim Raximov
167-yillik muammo, million dollarlik Riemann gepotezasi ham yeçilganga öxşaydi: https://www.scientificamerican.com/article/anthropic-mathematician-claims-to-prove-riemann-hypothesis-most-famous-problem-in-all-of-math/ Gilbertni uyğotsa böladigan davr keldi... @karimraximov
Открыть в Telegram⁉️ Dinamik sistemalar haqidagi darsga kirib qanaqa foyda topding? ✅ Talabalar olimpiadasiga hakam bo'lganimda, dinamik sistema yordamida yechilgan ishni tushuna oldim. 😁 📌 Albatta bu shunchaki bir sabab. Darslar haqiqatda ajoyib bo'lmoqda, matematika bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar uchun juda foydali darslar bo'lmoqda! P.s. SIMO-2026 2-kun 2-masalasiga 1 dona dinamik sistemalar yordamida yechim kelgan edi.
Открыть в TelegramПереслано из Karim Raximov
Xitoylik hamkasblarimiz bilan anchadan buyon ochiq bo'lgan Sendovning 2 ta gepotezasini hal qildik: https://arxiv.org/abs/2611.23039 Bu masalada katta matematiklar ish olib borgan va borayotgan edi. Misol uchun Terence Tao. Shu natijaga erishish yo'lida sharoit yaratib bergan Matematika institutiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. @karimraximov
Открыть в Telegram1-kurs bakalavr vaqtim OʻzMU ning ichki olimpiadasida 1-oʻrinni olganimda Akademik ustozimiz A.S.Sadullayev diplomni topshirgan edi va qolgan ustozlarga qarab: "Ustozlar bu bola bizning kelajakdagi hamkasbimiz boʻladi!" degan edilar. Bugun esa ustozimizning nomi bilan atalgan SIMO-2026 olimpiadasi yuzlab "kelajakdagi hamkasblar"ni tayyorlayapti! Birgina ishtirokchilar uchun olimpiada boʻlib emas, balki ustozlar, talabalar, tashkilotchilar umuman yurtimiz matematiklari uchun ajoyib bayramdek oʻtmoqda.
Открыть в TelegramSen uni qayerda qoʻllashni bilmasang, "matematika hayotda kerak boʻlmaydi" degani emas! Odatda talabalar orasida ham, maktab oʻquvchilari orasida ham "Matematika hayotda qayerda kerak? Uni amaliyotga tadbigʻi qanday?" yoki shunga oʻxshash savollar koʻplab beriladi. Bu savol berilishiga ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchisi: oʻquvchi yoki talaba yangi bilimni shunchaki emas, mohiyatiga yetib oʻrganmoqchi boʻlyapti. Chindan ham fanga qiziqmoqda va uni kengroq oʻrganishni xohlaydi. Ikkinchisi: oʻquvchi yoki talaba oʻzining dangasaligi tufayli fanni qiziqarli emas, uni amaliyotga tadbigʻini koʻrsam qiziqaman deb bahona qilyapti. Ammo katta ehtimol bilan amaliyotga qoʻllanilishini koʻrgani bilan baribir qiziqmaydi. Hozirda matematikani amaliyotga tadbigʻini tushunish uchun elementar matematika tugul, boshlangʻich oliy matematikaga oid bilimlar ham yetarli emas. Biron bir bilimning mohiyatini tushunib yetish uchun juda kuchli bilim kerakligi aniq. "Menga tadbigʻini tushuntir keyin qiziqaman" degan bolaga qancha tushuntirsangiz ham baribir tushunmaydi. Chunki yetarli miqdorda bilimga ega boʻlmaydi. Birov bizga amaliyotga tadbigʻini oʻrgatishini kutib oʻtiraversak, aslida sodda va oz boʻlgan bilimlar bilan oʻzimizni aldab yurishimiz aniq. Umuman olganda hamma aybni matematikaga qoʻyib, uni quruq nazariyaga chiqarmasdan aybni oʻzimizdan ham qidirishimiz kerak.
Открыть в Telegram🔥 Masalalar juda ajoyib boʻlibdi! 📊 Natijalar ham yomon emas! Eslatma: Yigitlar matematika bilan kuchliroq shugʻullanish tavsiya etiladi 😁
Открыть в TelegramSHOIR SEVGISI Tanimayman deysiz, Bilmayman deysiz. Yorijon, nozmi bu, Shoʻxliklaringiz?... Meni tanir hatto, Kipriklaringiz, Siz esa shoirni Sevmayman deysiz. Koʻrib-koʻrmaslikka Olmoqlar oson. Sizku koʻrsangiz ham Olmaysiz-u tan, Meni tanib, hatto Har kun koʻchamdan, Sochingiz qoʻl silkib Oʻtar yorijon. Bilaman taxminan Shunday oʻylaysiz: Shoirlar-devona, Tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi Oʻtkinchi deysiz, Shoirlar odamdek Sevolmaydilar. Yona-yona bir kun Koʻyingizda men, Ado boʻladirgʻon Kulga oʻxshayman. Eng goʻzal she'rimni Toʻyingizda men, Poyingizga gulxan Qilib toʻshayman. Qoʻrqmang. Yangrar qoʻshiq. Tugamas oʻyin. Koʻrganlar sizdan koʻz Uzolmaydilar. Shoirlar buzolmas Birovning toʻyin, Birovning uyini Buzolmaydilar..... ✍ Muhammad Yusuf
Открыть в Telegram#alhamdulillah 👨🏻🏫 O'qituvchi sifatida ishtirok etgan ilk olimpiadamiz va undagi ilk muvaffaqiyatimiz...
Открыть в Telegram