Посты канала my.gov.uz

сначала новые

#4055Видео

Переслано из Sherzod Shermatov

MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон ва бепул текширинг! Агар орасида фойдаланмаётганларингиз бўлса, уларни ўчиртириб қўйинг. Бу карталар ёки SIM-карталардан бошқаларнинг ноқонуний фойдаланиши ва сизга зарар етказилишининг олдини олишга ёрдам беради. #MyGov — #инсонлар #ҳаётини #енгиллаштиради! _ Легко и бесплатно проверьте все активные банковские карты и SIM-карты, оформленные на Ваше имя, через MyGov. Если обнаружите карты или SIM-карты, которыми Вы не пользуетесь, лучше отключить их, чтобы злоумышленники не смогли использовать их в незаконных целях. Это поможет защитить Вас от возможных проблем в будущем. #MyGov — #упрощает #жизнь #людей!

Открыть в Telegram
Просмотры20 023−62%к среднему
Пересылки107
Реакции12
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч3 906
6 ч20 023
  1. Через 6 часов20 023
  2. Всего сейчас20 023
#4054Фото

Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalarini my.gov.uz orqali bilib oling 📆 2026-yil 13-sentabrdan 25-sentabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz portalida chiqgan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🗣 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab olsa bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры34 152−35%к среднему
Пересылки51
Реакции18
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
1 ч9 686
23 ч34 152
  1. Через 1 час9 686
  2. Через 24 часа34 152
  3. Всего сейчас34 152
#4053Фото

☄️ Yangi xizmat! ✅ Endi ekologik ekspertiza xulosasini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin! 👨‍💻 Yangi biznes boshlayotganda yoki obyekt qurayotganda atrof-muhitga zarar yetmasligini tasdiqlovchi ekologik xulosa kerak bo‘ladi. Endi buni idorama-idora yurmay, uydan chiqmasdan my.gov.uz orqali rasmiylashtirsa bo’ladi. 👉 Mazkur qulaylikdan foydalanish uchun: 🗄 my.gov.uz ga kirib, onlayn ariza to‘ldirasiz va ekologik loyiha hujjatlaringizni yuklaysiz. 🗄 Tuman ekologiya bo‘limi va Ekspertiza markazi hujjatlarni tekshiradi. 🗄 To‘lovni telefoningiz orqali amalga oshirasiz. 🗄 Tayyor xulosani elektron shaklda yuklab olasiz. 👉 Muhim ma’lumotlar: ⏺ Ekspertiza xulosasi 39 ish kuni davomida taqdim etiladi. ⏺To’lov obyekt turiga qarab (BHMning 0,3 baravaridan 25 baravarigacha) amalga oshiriladi. ⏺ Ekspertiza xulosasining amal qilish muddadi hujjat turiga qarab 3 yildan 5 yilgacha. 🟡 Vaqtingizni tejang — hujjatlarni my.gov.uz orqali oson va shaffof rasmiylashtiring! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры33 528−37%к среднему
Пересылки32
Реакции17
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
1 ч10 141
24 ч33 528
  1. Через 1 час10 141
  2. Через 24 часа33 528
  3. Всего сейчас33 528
#4052Превью ссылки

🎬 "my.gov.uz taksi": Navbatdagi son! 🎙 Ba’zan manzilga yetib borguncha nafaqat yo‘l, balki qiziqarli suhbat ham esda qoladi, shunday emasmi? 🚕 "my.gov.uz taksi" loyihasining navbatdagi sonida ham haydovchimiz yo‘lovchi bilan samimiy va foydali suhbat quradi. Yo‘l davomida my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan qulay davlat xizmatlari, kundalik hayotda asqatadigan imkoniyatlar va kerakli tavsiyalar haqida so‘z boradi. ✅ my.gov.uz — kerakli davlat xizmatlari doimo yoningizda. 🟡 Yangi manzil, yangi suhbat va yangi foydali ma’lumotlar — "my.gov.uz taksi" da! 📺 Yangi sonni tomosha qiling: https://youtu.be/wEGKp91xDLI 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

Открыть в Telegram
Просмотры34 822−34%к среднему
Пересылки17
Реакции10
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
1 ч8 552
28 ч34 822
  1. Через 1 час8 552
  2. Через 24 часа34 822
  3. Всего сейчас34 822
#4051Фото

📣 Eʼlon! ⚙️ Ichki ishlar vazirligining axborot-telekommunikatsiya tizimlarida xizmat zaruriyati yuzasidan joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilgan. 📱 Shu munosabat bilan, mazkur vaqt oralig‘ida idoralararo integratsion platforma orqali elektron axborot almashinuvida vaqtinchalik uzilishlar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры44 283−16%к среднему
Пересылки45
Реакции53
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
14 ч23 804
28 ч29 513
56 ч44 283
  1. Через 24 часа29 513
  2. Всего сейчас44 283
#4050Фото

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 📚 Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar! 👨‍🏫 Sizlarni bugungi go‘zal va shukuhli bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! ✨ Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin. Shogirdlaringizning yuksak marralarni egallayotganini ko‘rish baxti sizga hamisha hamroh bo'lsin! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры45 921−13%к среднему
Пересылки236
Реакции77
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
15 ч29 823
29 ч35 073
57 ч45 921
  1. Через 24 часа35 073
  2. Всего сейчас45 921
#4049Фотоизменён

☄️ Endi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini my.gov.uz orqali oldindan, onlayn to‘ldirishi mumkin! 🛬 Xorijga safarga chiqyapsizmi yoki O‘zbekistonga qaytyapsizmi? Endi chegarada qog‘oz to‘ldirib, ortiqcha vaqt yo‘qotishingizga hojat yo‘q. 🔵 my.gov.uz da yo‘lga qo‘yilgan "Yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini oldindan to'ldirish" xizmati chegaradan o‘tish jarayonini bir necha baravar tezlashtiradi va qulaylashtiradi. 🟡 Mazkur xizmat tufayli siz xorijdan O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyojingiz uchun tovarlar, mobil qurilmalar, zargarlik buyumlari yoki valyuta olib kirishda deklaratsiyani chegaraga yetib kelmasdan turib to‘ldirib qo‘yishingiz mumkin. 👉 Shunda: ✅Chegarada deklaratsiyani noldan to‘ldirib o‘tirmaysiz. ✅ Barcha ma’lumotlarni uyda yoki yo‘lda xotirjam to‘ldirasiz. ✅ Telefoningizda shakllangan tayyor hujjatni bojxona xodimiga ko‘rsatishning o‘zi kifoya. ❓ Qanday tovarlar deklaratsiya qilinishi kerak? 🛃 Agar siz olib kirayotgan tovarlar miqdori yoki qiymati bojsiz olib kirish me’yorlaridan oshsa, ular deklaratsiya qilinishi shart: 🗄 Mobil telefonlar va boshqa mobil qurilmalari; 🗄 Zargarlik buyumlari (65 grammgacha oltin va 200 grammgacha kumushdan oshganda); 🗄 Maishiy texnika va elektronika (televizor, noutbuk, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqalar - belgilangan 1 donalik me’yordan oshganda); 🗄 100 mln so‘m ekvivalentidan ortiq naqd milliy yoki xorijiy valyuta; 🗄 Dori vositalari (qonunchilikda alohida tartib belgilangan turdagilar); 🗄 Alohida nazoratdagi tovarlar: Qurol-yarog‘, dronlar, radioelektron vositalar, tarixiy-madaniy boyliklar va boshqalar. ❓ Bojsiz olib kirish me’yorlari qancha? 🛄 Shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishning amaldagi bojsiz me’yorlari: ✈️ Havo transportida $1 000 gacha 🚆 Temir yo‘l va daryo transportida $500 gacha 🚗 Avtomobil yoki piyoda o‘tishda $300 gacha (Belgilangan me’yordan oshgan qismiga o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovi undiriladi). 💻 Xizmatdan my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasi orqali oson va qulay foydalaning. 📲 Shakllangan elektron hujjatni telefoningizda saqlab qo‘ying va chegarada bojxona xodimiga taqdim eting. ❗️ Safarlaringiz bexatar bo‘lsin! Davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali masofadan foydalaning! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры39 011−26%к среднему
Пересылки112
Реакции43
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
34 ч36 345
48 ч39 011
  1. Всего сейчас39 011
#4048Фотоизменён

☄️ my.gov.uz da yangi imkoniyat: Bank kartalaringiz haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ring! 💳Endilikda my.gov.uz portalining «Bank kartalari» bo‘limi orqali o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan barcha faol bank plastik kartalari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. 👉 Ushbu bo‘limda siz: ⏺ O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan nomingizga ochilgan faol plastik kartalarni; ⏺ Har xil bank ilovalari orqali masofadan ochilgan virtual kartalarni ko’ra olishingiz mumkin. ✅ Xizmatdan foydalanish uchun: 🗄 my.gov.uz portaliga kiring. 🗄 «Bank kartalari» bo‘limini tanlang. ❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi. 💻 my.gov.uz — barcha raqamli xizmatlar bir joyda! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры48 883−8%к среднему
Пересылки160
Реакции81
Комментарии—
#4046Фотоизменён

🏆 O‘zbekiston — Olimpiada chempioni! 🥇 O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogini qo‘lga kiritdi. 🇺🇿 Chempionlarimiz — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi. 🗣"Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin! Mana shu g‘oyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda. Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz", – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigida. 👍  Eslatib o'tamiz, my.gov.uz portali sport sohasi vakillari uchun ham eng yaqin ko‘makchi! 🏆 Sportchilar uchun: 🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling! 🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning! 🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring. 🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling. 🥇Yosh sportchilar uchun: 🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring! ❗️ G‘alaba sari yo‘lni my.gov.uz bilan boshlang! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры50 198−5%к среднему
Пересылки33
Реакции172
Комментарии—
#4045Превью ссылки

❗️Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qiling! 📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlarim xavfsiz joydami? Ulardan ruxsatsiz foydalanishmaydimi?" 🔐 OneID mobile ilovasi bilan bunday xavotirlarga o‘rin yo‘q! Ilovada ma’lumotlaringizni boshqarish tizimi xuddi "raqamli qulf" kabi ishlaydi: ⏺ Kerakli tashkilotga ma’lumot kerakmi? Ilovaga kiring va ruxsat bering. ⏺ Ishingiz bitdimi? "Qulf"ni darhol yoping! 💻 Face-ID (MyID) orqali tasdiqlash tizimi esa profilingizga faqat siz kira olishingizni kafolatlaydi. ✅ Xavfsizlikni tanlang, OneID Mobile ilovasi (GooglePlay yoki AppStore) ni yuklab oling! ▶️https://youtu.be/Zhs7K925das 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры70 345+33%к среднему
Пересылки90
Реакции74
Комментарии—
#4044Превью ссылки

☄️ Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar! 💬 Bugun, 24-sentyabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi “CAEx” majmuasining 3-zalida ICTWEEK Uzbekistan 2026 haftaligi doirasidagi uzoq kutilgan forum o‘z ishini boshlaydi! 🟡 Forumda davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, yagona raqamli muhitni shakllantirish hamda raqamlashtirish orqali fuqarolarimiz uchun yanada qulay, shaffof va sifatli xizmatlarni yaratish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. ✨ Dasturdan muhim mavzular va mahalliy hamda xorijlik spikerlarning dolzarb chiqishlari o‘rin olgan. 🗣 Shuningdek, sohaviy vazirlik, idoralar hamda yirik tashkilotlarning mas’ul rahbarlari tomonidan elektron hukumat platformalari, sun’iy intellekt (AI), transport, konchilik va boshqa sohalardagi raqamli yechimlar taqdimoti o‘tkaziladi. 🥇Tadbir so‘ngida davlat boshqaruvi va iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarni joriy etishda eng faol va tashabbuskor bo‘lgan tashkilotlar 16 ta nominatsiya bo‘yicha tantanali ravishda taqdirlanadi! 📲 Forumni quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: 🎬Youtube:  https://www.youtube.com/live/6pkehAXOUP4?si=ZXYrTd6pH9c1yYSa 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры68 980+30%к среднему
Пересылки10
Реакции38
Комментарии—
#4043Фото

❗️ Ofisga bormasdan mobil raqam egasini o‘zgartiring! ☑️ Mobil aloqa foydalanuvchilari my.gov.uz orqali o'zlarining mobil raqamlarini boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirishlari mumkin. 🟡 Avvallari raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon (amaldagi egasi va yangi egalik qiluvchi shaxs) aloqa operatori markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Hozirda bu jarayonlar raqamlashgan. 📱 Xizmatdan foydalanish uchun: 🟢 My.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring. 🟢 "Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish" xizmatini tanlang. 🟢 Kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring va arizani yuboring. Muhim: Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish jarayonida mobil raqamini o'tkazmoqchi bo'lgan va qabul qiluvchi shaxslar MyID orqali arizani tasdiqlashlari talab etiladi. ☄️ Ma'lumot uchun: Mobil aloqa operatorlari o'z narx siyosatidan kelib chiqib, xizmat tarifi asosida to'lov shakllantiradi. 📱Raqamli imkoniyatlardan foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры63 155+19%к среднему
Пересылки335
Реакции66
Комментарии—
#4042Фото

👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi 🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi. ☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur: ⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi. ⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi. ⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m). ✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor. ⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: ⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik. ⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida. 🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi. ❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL! ⚠️ Asosiy talablar: 💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. 💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak. 🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart. 📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi. 📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры64 502+22%к среднему
Пересылки366
Реакции75
Комментарии—
#4041Видео

Переслано из e-gov.uz

▶️ Kelajak raqamli texnologiyalari CAEx majmuasida: Markaz stendidan reportaj! 🟡 ICT WEEK 2026 haftaligi yuqori saviyada boshlandi. Unda Raqamli hukumat markazi o‘z stendi bilan faol qatnashib, tashrif buyuruvchilarga eng so‘nggi raqamli yechimlar va loyihalarni taqdim etmoqda. 👉 Haftalikda markaz jamoasi bir qator muhim loyihalar: ⏺ MyGov portali va mobil ilovasi ⏺ One ID yagona identifikatsiya tizimi ⏺ Gap Club loyihasi ⏺ Digital Justice va Digital Tax ilovalarini namoyish qilmoqda. 💻 Haftalikning birinchi kuni juda qizg‘in va qiziqarli tadbirlarga boy o‘tdi. Markaz stendi oldida tashkil etilgan interaktiv taqdimotlar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Tadbirlar ko‘lami va ahamiyati qanchalik yuqori ekaniga maxsus videoreportaj orqali o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin. 📍CAEx (Central Asian Expo) majmuasida joylashgan Raqamli hukumat markazi stendiga tashrif buyuring. Qiziqarli taqdimotlar va yangi loyihalar tanishuvi davom etmoqda! 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

Открыть в Telegram
Просмотры56 688+7%к среднему
Пересылки11
Реакции37
Комментарии—
#4040Видео

Переслано из GAP | Women IT Club

✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi - ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘z loyihalari, tashabbuslari va yangi imkoniyatlarini taqdim etadi. 🧢23-sentabr | 10:00 “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminari Ishtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar. 🧢24-sentabr | 11:30–13:30 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi Forum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam. 🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi. Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn

Открыть в Telegram
Просмотры54 426+3%к среднему
Пересылки17
Реакции48
Комментарии—
#4039Фотоальбом

Переслано из e-gov.uz

Без текста

Открыть в Telegram
Просмотры58 657+11%к среднему
Пересылки17
Реакции—
Комментарии—
#4038Фотоальбом

Переслано из e-gov.uz

☄️ ICT WEEK 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga marhamat! ✨ Bugun, 22-sentabr kuni poytaxtimizda "ICT WEEK 2026" haftaligi o‘z ishini boshladi! ✨ Dastlab haftalikning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi, shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli taqdimotlar namoyish etilmoqda. ✅ Stendimizga tashrif buyursangiz: ⏺ Raqamli identifikatsiya, kiberxavfsizlik, elektron hukumat xizmatlari va ijtimoiy himoyani raqamlashtirish kabi dolgzarb yo‘nalishlar; ⏺ Sohadagi yetakchi ekspertlar va mutaxassislardan foydali keyslar; ⏺ Raqamli hukumat loyihalarining so‘nggi yutuqlari va yangi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishasiz. 📌 Manzil: Toshkent shahri, CAEx (Central Asian Expo), Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi stendi. ⚠️ Bizni kuzatishda davom eting! 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

Открыть в Telegram
Просмотры53 876+2%к среднему
Пересылки16
Реакции55
Комментарии—
#4037Превью ссылки

✨ ICTWEEK UZBEKISTAN 2026: raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing! 📣 Raqamli xizmatlar qanday ishlashi va ularning ortida qanday texnologiyalar turganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz, ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 ko‘rgazmasidagi Raqamli hukumat markazi stendiga tashrif buyuring. 🔠 Bu yerda my.gov.uz, OneID, Raqamli ma’lumotlar platformasi, Data-markaz va davlat idoralarining eng yangi raqamli yechimlari bilan tanishishingiz mumkin. ✅ Yangi loyiha va startaplar ustida ishlayotganlar uchun esa yangi imkoniyatlar va foydali yechimlar taqdim etiladi. Mutaxassislar bilan muloqot qiling, savollaringizga javob oling va raqamli kelajak sari birgalikda qadam tashlang! ❗️ Sizni Raqamli hukumat markazi stendida kutamiz! ▶️ https://www.youtube.com/shorts/kDjTQcGv9Tc 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры50 302−5%к среднему
Пересылки23
Реакции34
Комментарии—
#4036Фото

❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim! 👨‍💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirsa boʻladi. 💁🏻‍♂️ Buning uchun: 🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish; 🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash; 🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya. 🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim. 📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi. 🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры59 513+12%к среднему
Пересылки278
Реакции66
Комментарии—
#4035Превью ссылки

☄️SO‘ROVNOMADA ISHTIROK ETING VA SOVRINGA EGA BO‘LING! 📣ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida Raqamli hukumat markazi tomonidan maxsus so‘rovnoma tashkil etilmoqda. ✔️ Unda ishtirok etish juda oddiy: 🔗 Telegram-bot orqali so‘rovnomaga kiring, rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling; 🔗 Savollarga javob bering va telefon raqamingizni kiriting; 🔗 Sizga berilgan unikal ishtirokchi ID raqamini saqlab qo’ying; 🔗 22-24-sentabr kunlari Markaz stendiga tashrif buyurib, ID raqamingizni ko‘rsating va esdalik sovg’angizni oling! 🔝 Oldinda asosiy sovrin ham bor: noutbuk 🎉 G‘olib 24-sentabr kuni soat 17:00 dan 18:00 oralig‘ida tasodifiy tanlash usuli orqali aniqlanadi. 📌So‘rovnomani to’ldirish muddati: 24-sentabr, soat 16:00 gacha. ⌛ Keyin to‘ldirilgan so‘rovnomalar tahlil uchun qabul qilinadi, biroq asosiy sovrin tanlovida ishtirok etmaydi. 🌐 ICT WEEK UZBEKISTAN 2026: Raqamli hukumat markazi stendiga albatta keling! ▶️ https://youtube.com/shorts/oTpLsqkZAfo?si=LUjqxr1Scljs0Zhg 👉Tanlovda ishtirok etish uchun bot: https://t.me/mygov_sorovnoma_bot 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры57 360+8%к среднему
Пересылки63
Реакции63
Комментарии—
#4034Превью ссылки

❗️Sizda ijodiy g‘oya bor. Uni ko‘rsatishga va g‘olib bo‘lishga tayyormisiz? 🧑‍💻 Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizni o‘zgartirmoqda. Davlat xizmatlaridan foydalanish osonlashmoqda, vaqt tejalmoqda, ortiqcha ovoragarchiliklar esa tobora kamaymoqda. 🔔 Aynan mana shu imkoniyatlarni boshqalarga qanday yetkazish — bu endi sizga bog‘liq! ▶️ ICT WEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida “Eng ijodiy targ‘ibotchi” qisqa videolar tanloviga taklif qilamiz. 🟡 Sizdan kutilgani — raqamli davlat xizmatlarini o‘z uslubingizda, ijodiy va kreativ tarzda namoyish etish. 🎙 30 dan 90 soniyagacha bo‘lgan videongiz orqali raqamli xizmatlar imkoniyatini ko‘rsating. 🎥  Kamera sizda. Gʻoya sizda. Imkoniyat esa — oldingizda. 🗣O‘z uslubingizni namoyon eting va “Eng ijodiy targ‘ibotchi” bo‘lishga harakat qiling! 👉 Tanlovda ishtirok etish shartlari va video yuborish tartibi — ushbu havolada. ▶️ https://youtube.com/shorts/qQ8N6Xdga-k?si=zAd94jAGGQ1ETaEF 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры68 571+30%к среднему
Пересылки81
Реакции61
Комментарии—
#4033Фотоизменён

✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi! 👩‍⚕️ Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi! 💰Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. ❓Qoplanadigan miqdor qancha? ⏺ Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi. ⏺Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi. ⏺Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi. 🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi? ⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan; ⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari. (Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak). ❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q! 🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi. 👤 Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi. 👉 Ariza topshirish juda oson: 💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring; 💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering; 💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring. Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi. 📱 my.gov.uz dagi ushbu imkoniyatni oq xalat kiygan fidoyi tibbiyot xodimlariga ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры73 310+38%к среднему
Пересылки518
Реакции70
Комментарии—
#4032Превью ссылки

#Qulay_hayot 🌦 Ob-havo holatlarini tahlil qilishda raqamlashtirish qanday imkoniyatlar yaratmoqda? 🗣 Bugungi kunda ob-havo ma’lumotlarini tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi xodimlari bilan sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashdik. ❓ Ob-havo holatini kuzatish va tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar qanday qo‘llanilmoqda? 🌧 Meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va prognozlarni shakllantirish jarayonlari qay darajada avtomatlashtirilgan? Raqamli tizimlar ob-havodagi o‘zgarishlarni tezkor aniqlash va prognozlar tayyorlashda qanchalik yordam bermoqda? ⚡️ Shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalarni oldindan aniqlash, aholiga tezkor ma’lumot yetkazish hamda mutaxassislar faoliyatini samarali tashkil etishda qanday raqamli yechimlar mavjud? ▶️ “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida soha mutaxassislari ob-havo monitoringi, ma’lumotlarni tahlil qilish va prognozlash jarayonlaridagi raqamlashtirish ishlari hamda bu yangiliklarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berishdi. 👉 Batafsil videoda: https://www.youtube.com/watch?v=M40VbwxlFas 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры56 109+6%к среднему
Пересылки11
Реакции28
Комментарии—
#4031Фотоизменён

✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson! 🗣 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ajoyib qulaylik! 💬 Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz portalida yangilandi va jarayon yanada soddalashtirildi. 👉 Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘ting va "Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" xizmatini tanlang; 2️⃣ Shaxsiy ma’lumotlaringizni (JShShIR va telefon raqami) kiriting; 3️⃣ Faoliyat turi, manzili va bank ma’lumotlarini belgilang; 4️⃣ Ma’lumotlarni tekshirib, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlang hamda arizani yuboring; 5️⃣ Davlat boji uchun shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring. 💰 Xizmat narxi: ⏺ Odatiy tartibda: 1 BHM ⏺ my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%). Natija: To‘lov qilingandan so‘ng real vaqt rejimida Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi elektron guvohnoma shakllanadi va uni darhol yuklab olishingiz mumkin. 📱 Vaqtingizni tejang — o‘z biznesingizni uydan chiqmasdan, bir necha daqiqada rasmiylashtiring! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Открыть в Telegram
Просмотры63 874+21%к среднему
Пересылки146
Реакции56
Комментарии—