AI-чатbetaКабинет

Посты канала Musofir Iqtisodchi

сначала новые

#354Текст

Mening ham aynan shu borada davom etayotgan tadqiqotim bor, biroq o’ziga xos tomoni bilan. Men qahvaxonalarning ilmga ta’sirini bitta shahar emas, butun Yevropa bo’ylab, yuzlab shahar misolida o’rganishni boshlagan edim. Ishni taxminan bir yil muqaddam boshlaganman. G’oyani esa Nobel sovrindori Joel Mokyr’ning “A Culture of Growth” kitobi va mana shu TED ma’ruzasidan olgandim. Mokyr qahvaxonalarni ilmiy muloqot to’sig’ini pasaytirgan maskan deb ta’riflaydi. Shu fikr meni qiziqtirdi va bu bog’liqlikni butun qit’a miqyosida tekshirmoqchi bo’ldim. Buning uchun Yevropadagi taxminan 300 ta shahar bo’yicha panel ma’lumot tuzdim. Eng mashaqqatli qismi har bir shaharda birinchi qahvaxona qachon paydo bo’lganini aniqlash edi. Tayyor ro’yxat yo’q edi, shu bois arxiv manbalari va SI yordamida shaharlarni qahvaxonani birinchi bo’lib qabul qilgan vaqtiga ko’ra o’zim ro’yxatladim. So’ng qahvaxona ochgan shaharlarda keyinchalik ko’proq olim va taniqli shaxs yetishib chiqqanmi, degan savolni tekshirdim. Dastlabki natijalar ijobiy chiqdi va ularni kafedra seminarida taqdim etdim (slaydlarni quyida ko’rishingiz mumkin). Men bu yo’nalishda deyarli birinchilardan bo’lib ish boshladim. Hozir mashhur bo’lib ketgan Botir aka keltirgan ishning mualliflarida ham o’sha paytda faqat London bor edi, ular qahvaxonalarni London ‘parish’lari kesimida o’rganayotgan edi. Butun Yevropa bo’yicha shahar tahlili esa hali hech kimda yo’q edi. Aynan shu mening o’ziga xos hissam edi. Taxminan bir yil avval bu ishning mualliflaridan biri Oehlenning ‘Enigma’ nomli tadqiqotiga X’da ko’zim tushdi, keyinroq esa uning saytida London qahvaxonalari ustida ishlayotganini ko’rdim. Ustozlarim bilan maslahatlashgach, mualliflarga murojaat qildim. Maqsad yo ishlarimizni ajratib olish, yo hammualliflik edi. Biroq, bilishimcha, ular bitta maqolada uch muallif bo’lishini maqbul emas deb topishdi. Mening Yevropa bo’yicha ishlayotganimdan ham xabar topishgan ko’rinadi, axir men mavjud bo’lmagan ma’lumot to’plamini noldan yasayotgandim. Menimcha, bu haqda ular meni professorim bilan muloqot qilgan professordan xabar topgan, balki yo'q. O’sha paytda ularda Yevropa bo’yicha hech nima yo’q edi, lekin tan olish kerak ular umumiy g'oya bo'yicha tadqiqotni katta ehtimol bilan mendan oldin boshlagan. Professorlarim esa tanlovni o’zimga qo’yib berishdi, bu yaxshi maslahatchining belgisi. Menda ustuvorroq loyihalar bor edi, shu sabab buni yon loyihaga aylantirib, Yevropa tahlilini sekin davom ettirmoqchi edim. Yaxshilikkadir, yaqinda ular buni ham qo’shishibdi. Endi o’z ishimni yakunlaganimda u kamroq e’tibor qozonishi mumkin, nafaqat sifat masalasida, balki ularning ishi birinchi tanilgani uchun ham. Lekin tan olishim kerak, bu yosh tadqiqotchilar juda iste’dodli, qolaversa, bu Monirning asosiy tadqiqoti bo’lgani bois ular ancha sifatli ish yozishibdi. Saboq shuki, ilmiy izlanish juda raqobatli va vaqt ko’p narsani hal qiladi. Shunga qaramay, menimcha, bu sohada aytadigan gapim balki hali bordir. Hozir bu tadqiqotni yonimga qo’shilgan hammuallifim bilan davom ettiryapman. Endi undan kutiladigan foyda kamroqdir, ammo biz o’zimizga chindan qiziq mavzu ustida ishlayapmiz va undan ko’p narsa o’rganyapmiz. Ba’zan izlanishning o’zi mukofotdan qadrliroq. @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры409−47%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#353Фото
Просмотры507−34%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#352Видео
Просмотры1 010+31%к среднему
Пересылки—
Реакции23
Комментарии—
#351Текст
Просмотры812+6%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#350Видео
Просмотры1 010+31%к среднему
Пересылки—
Реакции33
Комментарии—
#349Файл
Просмотры1 240+61%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#347Фото
Просмотры1 220+59%к среднему
Пересылки—
Реакции21
Комментарии—
#345Фото
Просмотры1 850+140%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#344Фото

Malkolm Xning avtobiografiyasi eng yaxshi ko‘rgan kitoblarimdan biri. Unda hayotiy hikmatlar juda ko‘p. Quyida asardan kichik bir parchani ulashmoqchiman. Ushbu parchadagi saboqni kengroq kontekstga ko‘chirib qarasak, quyidagi savollarga ham qisman javob topish mumkin: nega ba’zi mamlakatlar boshqalariga qaraganda boyroq? Nega ayrim etnik guruhlar yoki alohida oilalar asrlar davomida elita bo‘lib, moddiy jihatdan doimo muvaffaqiyat qozonib keladi? Bu kabi tafovutlarning sabablari orasida aynan «hiyla» (qoidabuzarlik, o‘yinni o‘z foydasiga soxtalashtirish) omili empirik jihatdan ancha kam o‘rganilgan. Chunki uni o‘lchash, hujjatlashtirish qiyin. U odatda yashirin bo‘ladi. Albatta, iqtisodiy tafovutlarni tushuntirishda hiyla birdan bir yoki mutlaq asosiy omil demoqchi emasman. Ammo qoidalarni o‘zgartirib yoki ularni chetlab o‘tib doimiy yutuqqa erishish mexanizmi iqtisodiy adabiyotda e’tibordan ancha chetda qolayotgan muhim omillardan biri bo‘lsa kerak. Parcha: Bir kuni kun bo‘yi qattiq ishlab, oxir-oqibat bir dollarga yaqin pul topganim esimda; u paytlarda bu ancha katta pul edi. Qornim shu qadar och ediki, nima qilishni bilmasdim. Shaharchaga qarab ketarkanman, ko‘z oldimda yeyishga biror mazali narsa olish xayollari charx urardi. Shu payt o‘zim taniydigan Richard Dikson ismli oq tanli, mendan kattaroq bir bola yonimga kelib, «tanga tashlashmachoq» (match nickels) o‘ynashni xohlaysanmi, deb so‘radi. Unda bir dollarimni maydalashga yetarli chaqa bor edi. Yarim soatlarcha vaqt o‘tgach, u barcha mayda pullarni, shu jumladan mening bir dollarimni ham yutib olgandi. Shaharchaga borib biror narsa sotib olish o‘rniga, uyga quruq qo‘l bilan qaytdim, ich-etimni alam kemirardi. Biroq bu alam keyinroq uning qalloblik qilganini bilganimdagi hislarim oldida hech narsa bo‘lmay qoldi. Tangani qanday tutib, qanday ushlasang, aynan sen xohlagan tomoni bilan tushishining o‘ziga yarasha hiylasi bor ekan. Bu mening qimordan olgan ilk sabog‘im bo‘ldi: agar birovning tinimsiz yutayotganini ko‘rsang, u qimor o‘ynamayapti, u qalloblik qilyapti. Keyinchalik ham, agar biror qimor vaziyatida doim yutqazaversam, vaziyatni juda diqqat bilan kuzatadigan bo‘ldim. Bu xuddi Amerikadagi qora tanli kishining oq tanli odam har doim yutayotganini ko‘rishiga o‘xshaydi. U professional qimorboz; barcha qartalar va ustunliklar uning tomonida, va u bizning xalqqa har doim qarta dastasi ostidan (yashirincha qalloblik qilib) ulashgan. April 15, 2025 Pittsburgh, USA @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры1 100+43%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#343Текст

Jurnalistlar "yana kimlar bor edi?" deb so'rashdi. Bu so'nggi bir necha o'n yillik makroiqtisodiyot uchun juda samarali bo'ldi va bu mukofotni bemalol bo'lishib olishi mumkin bo'lgan o'nga yaqin iqtisodchi bor edi. Aslida Mayk va Bobning ishlari o'rtasida unchalik ko'p umumiy jihat yo'q, shuning uchun bu aslida makroiqtisodiyot uchun berilgan umumiy mukofotdir. Yiliga bor-yo'g'i ikki yoki uchtasini tanlashi kerak bo'lgan qo'mitada bo'lishni aslo istamasdim. Ehtimol, makroiqtisodiyot bo'yicha yana mukofotlar bo'lar. Ikkita qisqa shaxsiy voqea: Ancha yillar oldin ish izlayotgan paytimda, katta yoshli bir iqtisodchi mendan eng yoqtirgan iqtisodchim kimligini so'radi. Men Bob Hall deb javob berdim, chunki u juda ko'p masalalar ustida ishlagan va uning maqolalari har doim nihoyatda innovatsion edi. O'shanda ishdan quruq qolishimga sal qolgan. Bob bu yerda, Hooverda ham ajoyib hamkasb bo'ldi. Masalan, bir seminardan qaytayotganimizda u bergan muhim savol meni fiskal nazariyaning ishlashini ta'minlovchi S-simon ortiqcha (surplus) izlanishiga undadi. Mayk esa fiskal nazariya yo'limdagi muhim turtki bo'lgan. Ikkalamiz ham Chikago universitetida bo'lganimizda, men unga monetarizm borasidagi qiynalayotgan jihatlarimni aytgandim. U o'zining yaqinda yozgan maqolasini, ya'ni "price level determinacy without control of a monetary aggregate"ning dastlabki qoralamasini o'qib chiqishimni tavsiya qildi. Vudfordning maqolalari oson emas, lekin men izlayotgan javob o'sha yerda ekanligini bilishim menga turtki bo'ldi. Keyinchalik Vudford qandaydir sabablarga ko'ra haqiqiy e'tiqoddan (fiskal nazariyadan) yuz o'girdi — buni undan qachondir so'rab olishim kerak — ammo o'sha maqola va muloqot men uchun juda muhim edi. Keyinchalik men Vudford kitobidagi ba'zi chala jihatlarni biroz tanqid qiluvchi maqola yozdim ("Determinacy and Identification"). JPE jurnali Maykdan unga taqrizchi bo'lishni so'radi. Mayk har bir e'tirozni batafsil tushuntirib, 20 betlik, bir oraliqda yozilgan hisobot taqdim etdi. U boshqalar qilishi mumkin bo'lganidek uni yanchib tashlamadi yoki rad etmadi. Men har bir nuqtaga javob berish uchun bir necha oy sarfladim va maqolani ancha yaxshiladim. O'ylaymanki, men Maykni to'liq ishontirolmadim, lekin olimlar aynan shunday muloqot qilishadi. Biz fundamental masalalarda batafsil va ehtiyotkorona dalillar bilan bahslashishimiz, shu bilan birga hamkasb va do'st bo'lib qolishimiz mumkin. Menga ham bu yaxshilikni qaytarish nasib etganidan xursandman. @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры880+14%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#342Текст

Zamonimizning eng kuchli makroiqtisodchilaridan biri John Cochrane bugungi Nobelchilar haqida yozibdi. Qiziq fikrlar. U Bob Hall bilan Hoover Institutida va Chikago Universitetida ham hamkasb ham bo'lgan. Hoover Instituti AQShda o'ngchi siyosiy dasturlarni qo'llab-quvvatlaydi. Matnning tarjimasi: Ajoyib Nobel mukofoti Bu ikki nafar ajoyib va o'ta nufuzli iqtisodchini taqdirlagan buyuk mukofotdir. Ularning ishlarining Keynscha barqarorlashtirishga qanday aloqasi borligi esa ko'proq bosh qotiradigan masala. Ushbu mukofot Keynsdan ko'ra ko'proq Milton Fridman va Bob Lukas soyasi ostida yashaydi. Hallning eng mashhur maqolasi (mening sharhim bu yerda) Milton Fridmanning iste'mol bo'yicha doimiy daromad modelining ajoyib kengaytmasi va sinovi bo'lib, u butun Keynscha fiskal rag'batlantirish tizimining asosini yo'qqa chiqargandi. Xollning yondashuvi, shuningdek, keyingi barcha makroiqtisodiyotning tamal toshi hisoblanadi. Keynscha iqtisodiyot har bir yilni alohida ajratib o'ylaydi. Zamonaviy iqtisodiyotda esa odamlar bugun nima qilishni hal qilishda kelajak haqida o'ylaydilar. Bu, shuningdek, Bob Lukas va Ed Preskottning haqli ravishda mashhur bo'lgan Nobel hissalari hamda Vudford ishlarining ham markaziy qismidir. Vudfordning monumental ishi ("Interest and Prices" asari barchasining cho'qqisi hisoblanadi) asosan pul-kredit siyosati, ya'ni Federal zaxira tizimi (Fed) nima qila olishi va nima qilishi kerakligi haqida edi. Keynscha iqtisodiyot pul-kredit siyosati samarasiz, shu sababli hukumat fiskal rag'batlantirishni amalga oshirishi kerak, degan fikri bilan mashhur. Vudfordning kitobida fiskal rag'batlantirish deyarli yo'q, keyingi ishlaridagi ozgina qismining esa Keyns qarashlariga deyarli aloqasi yo'q. Yana ta'kidlayman, bu Keyns emas, balki Fridmanning soyasidir. Biroq Fridmanga pul massasi kerak edi. Fed esa foiz stavkalarini belgilaydi va pul massasini e'tiborsiz qoldiradi. Vudford Fed foiz stavkalarini belgilash orqali iqtisodiyotga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatib beradi. Asosiy qoida Jon Teylor qoidasidir: inflyatsiyani jilovlash uchun Fed foiz stavkalarini keskin oshirishi kerak. Vudford bu g'oyani Viksell va Teylorga bog'laydi, Fed esa buni 1980-yillarda o'zi kashf qilgan. Ammo tenglamalaringiz bo'lmasa, aslida hech narsani bilmaysiz va Vudford (ko'plab boshqalarga bosh bo'lib) aynan shuni amalga oshirdi. Men yangi Keynscha iqtisodiyotga nisbatan biroz tanqidiy yondashganman. Lekin buni asosan chala qolgan ish deb bilganim uchun shunday qilganman. Menimcha, FTPL (narxlar darajasining fiskal nazariyasi) yangi Keynscha iqtisodiyotdagi bo'shliqni to'ldiradi va ishni yakuniga yetkazadi. ("Expectations and the neutrality of interest rates" maqolasi buni eng yaxshi umumlashtiradi.) Darhaqiqat, mening asosiy tanqidim shundaki, Vudford fiskal siyosatni va inflyatsion fiskal rag'batlantirishni chetda qoldirish hamda Fedga iqtisodiyot ustidan juda ko'p (to'liq) vakolat berish uchun g'ayritabiiy urinishlarni amalga oshirdi. Hatto Bred de Long ham yangi keynschilarni "monetarizmning g'alabasi" deb atagan. Demak, aslida bu Keyns uchun emas, Milton Fridman va Bob Lukas uchun berilgan navbatdagi mukofotdir. Vudford "Keynscha" biror narsa yaratishga kirishdi, lekin buni Lukas qoidalari bo'yicha qildi: odamlar o'z xatti-harakatlarida optimallashtirishadi, ularni muntazam ravishda aldab bo'lmaydi va biz odamlar, firmalar, byudjet cheklovlari hamda muvozanatlashuvchi bozorlarga asoslangan to'g'ri model tuzamiz. (Vudford yaqinda ancha murakkab kutilmalarni o'rganmoqda, lekin dastlabki ishida emas.) Siyosat shunchaki alohida harakatlardan emas, balki ochiq-oydin yoki takroriy xatti-harakatlardan kelib chiqadigan qoidalardan iborat bo'ladi. Hall mehnat, investitsiya, pul va makroiqtisodiyotning ko'plab sohalarini keng qamrab oladi. U doimo yangilikka intiladi. Men uning Nobel olishiga umidni uzgandim, chunki u faqat bitta g'oyani tinimsiz qazuvchilar toifasiga kirmaydi. Adashganimdan xursandman. @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры821+7%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#339Текст

Imtihon puli kimga qaytishi kerak? Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shu oy boshiga kelib 74 ming 102 nafar yoshning xalqaro imtihon puli qaytarib berilgan. Buning uchun 151 milliard so‘m sarflangan. Dastur yana o‘smoqda. Boshlangan yili unga 5,5 milliard so‘m ketgan bo‘lsa, bu yil 57 milliard so‘m ketishi kutilmoqda. Yoshlarni til o‘rganishga undash, albatta, yaxshi maqsad. Lekin asosiy iqtisodiy savol: nechta qo'shimcha yosh aynan shu pul tufayli imtihon topshirdi? Tasavvur qiling, 100 kishi pul oldi va ulardan 80 nafari pul qaytmasa ham baribir imtihon topshirardi. Unda davlat 100 kishiga pul to‘lab, atigi 20 ta yangi natija sotib olgan bo‘ladi. Pul imtihondan keyin va faqat yuqori ball olganlarga qaytariladi. IELTS uchun bu kamida 7 ball. Demak, topshirmoqchi bo'lganlar avval qariyb 2,7 million so‘mni o‘z cho‘ntagidan to‘laydi. Repetitor va o‘quv markaziga ketgan pul esa umuman qaytarilmaydi, holbuki bu xarajat imtihonning o‘zidan ancha qimmat. Oldindan pul topa olmaydigan oila uchun to‘siq joyida qoladi, daromadi kam oilalar uchun asosiy muammo 7 ballga arziydigan bilimga yetib borish. Undan tashqari, bunday oilalarda farzand 6,5 ball olsa (ajoyib natija), pul kuyadi va bu xavfni hamma ham ko‘tara olmaydi. Xullas, dastur yangi eshik ochishdan ko‘ra, eshikdan allaqachon o‘tganlarni ko'proq mukofotlaydi. Agentlikning yangi infografikasi pul kimga ketayotganini ham ko‘rsatadi. Kompensatsiya olganlarning uchdan biri, ya’ni 24 mingdan ortig‘i Toshkent shahridan. Holbuki mamlakat yoshlarining~10 foizga yaqini Toshkentda yashaydi. Ba'zi viloyatlardagi yoshlarning jami soni poytaxtdagidan ham ko‘p, ammo u yerda ancha kam sonli kishi pul olgan, ancha baravar kam. Boshqacha hisoblasak, Toshkentda har ming yoshdan 33 nafari pul olgan, masalan Surxondaryo va Qashqadaryoda esa qariyb 3 nafari (statistikani o'zi mukammal bo'lmasligi mumkin, lekin farqning yo'nalishi aniq). Albatta, Toshkentda o‘qiyotgan viloyatlik talabalar poytaxt hisobiga yozilgan bo‘lishi mumkin. Biroq pul olganlarning uchdan biri 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va ular asosan o‘z viloyatida maktabda o‘qiydi. Demak, asosiy sabab boshqa. 7 ball uchun kuchli maktab, sifatli o‘quv markazi va oilaning yillab qilgan sarmoyasi kerak. Bunday imkoniyat esa poytaxtda ancha ko‘p. Adolat uchun aytish kerak, yuqori ball sharti ba’zi yoshlarni yaxshiroq tayyorlanishga undashi mumkin. Lekin IELTS sertifikatining o‘zi u siz ham katta foyda beradi. U oliygohga kirishda imtiyoz beradi, chet elda o‘qish va ish topishda ham kerak bo‘ladi. 2,7 million qaytim olish imkoniyati ko'pchilik uchun imtihon topshirishga eng asosiy rag'bat emas. Pulning 83 foizi aynan IELTS imtihoniga ketgani ham shundan. Bunday foyda oldida 2,7 million so‘mlik qaytim ko‘pchilikning qarorini o‘zgartirmaydi. Yiliga 57 milliard so‘m davlat byudjeti uchun katta pul emas. Lekin har bir so‘mni boshqa joyga ham sarflash mumkin. Shu pul bilan xuddi shu maqsadga ancha samaraliroq erishsa bo‘ladi. Masalan, viloyat maktablarida ingliz tili o‘qitishni kuchaytirish mumkin. Hududlar bo‘yicha raqamlar e’lon qilingani yaxshi qadam. Endi oila daromadi bo‘yicha ham ma’lumot kerak, shunda dastur kimga foyda berayotganini aniq bilamiz. Katta raqamlar dasturning hajmini ko‘rsatadi, lekin uning foydasini ko‘rsatmaydi. Dastur boshlanganidan beri GRE bo‘yicha atigi 27 kishi pul olgan. Bu imtihon PhD yoki magistratura uchun kerak bo'ladi. Mablag' qaytarilishi mumkin bo'lgan natija juda ham yuqori qo'yilgan. Masalan, yozish qismi kamida 4.5 bo'lishi kerak, IELTSning yozish qismida ~8 to'g'ri keladi. 27 kishidan biri kamina, balki birinchi odam bo'lgandirman. Imtihon pulini o‘zim to‘lay olardim, baribir topshirishga qaror qilgandim, va qaytgan pul men uchun shunchaki yoqimli bonus bo‘lgan. Ratsional qaror. Soliq to‘lovchilarning puli menga shaxsiy foyda berdi, lekin jamiyatga yangi natija bermadi. Shu pul imtihonga tayyorlanishga istagi yuqori lekin kurs olishga mablag'i yo'q yoshlarga malakali o'qituvchini yonlashga sarflanganda, qo'shimcha foydasi ancha ko‘p bo‘lmasmidi? @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры1 660+116%к среднему
Пересылки—
Реакции23
Комментарии—
#338Текст

Ta’limga boshqacha maqommi yoki eski boshqaruv paradigmasi? Kutilmagan, lekin ko‘p narsadan darak beruvchi tayinlov. Erkinjon Turdimov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Vazirlik maqomi hukumat darajasida birinchi o‘rinbosar pog‘onasigacha ko‘tarilibdi. Siyosiy jihatdan ta'lim sohasi nihoyat kun tartibidagi eng yuqori nuqtaga chiqqanini anglatadi. Yaxshi. Odatda tayinlovlarni kuzatsam ham, ularga izoh bermayman. Ta'lim men uchun eng muhim soha. Tavoze saqlagan holda, ba'zi fikrlarimni bo'lishsam: Erkinjon Turdimov qat’iy, intizomga asoslangan va tezkor "qo‘l boshqaruvi" bilan tanilgan klassik ma’muriy kadr. Umuman olganda, bunday kadrlar bizni amaldorlarni boshqarish uchun kerakmi? Balki. Ammo ta’lim va ilm-fan do‘q-po‘pisa yoki qattiqqo‘l intizom bilan sifatga erishadigan soha emas. Bu yerda buyruq emas, erkinlik (ayniqsa fikrlash va yangilik qilish ma'nosida), moslashuvchanlik va institutsional mexanizmlar ishlaydi. Bugungi ta’lim va ilm-fanga zamonaviy dunyoqarash, xalqaro akkreditatsiya talablari, ilmiy indeksatsiyalar, grant ekotizimi va universitetlar avtonomiyasini ich-ichidan his qiladigan rahbar kerak edi. Tizim muammolarini faqat "tartib o‘rnatish" bilan hal qilib bo‘lmaydi. Maqsad O'zbekistondagi ta'lim sifatini oshirish va xalqaro darajada tanitish bo‘lsa, tizim boshida turgan odam xalqaro hamjamiyat va global akademik doiralar bilan bir tilda gaplasha olishi shart. Bu masalada shubham yuqori. Ta’limga endi 'hokimlik' uslubi kirib keladimi yoki rostdan ham tizimli samara beradigan islohotlar boshlanadimi? October 9, 2026 Pittsburgh, USA @musofir_iqtisodchi

Открыть в Telegram
Просмотры1 480+92%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#335Текст
Просмотры1 390+81%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#334Фото
Просмотры7 750×10к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#333Превью ссылки
Просмотры1 250+62%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—