Afsuski bu safar ham 4 yillik o'qishdagi 3-kurslar yana topshira olishmas ekan. Sababi talabda 2028-yil May oyidan keyin yana kamida bir semestr o'qish qolishi kerakligi aytilibdi. Oldingi safargi tushunmovchilik uchun uzr. @Musayev_blogi
Открыть в TelegramПосты канала Musayev blogi
🇺🇸 UGRAD qaytdi. Faqat sal injiqroq bo'lib :| "Musayev blogi" mavjud ekani va men chetda o'qishimga asosiy sababchi bo'lgan, Amerikada bir semestr to'liq moliyalashtirish orqali o'qish imkonini beruvchi UGRAD rasman qaytdi. O'tgan yilgi Trump qilgan ahmoqliklar natijasida dastur noma'lum muddatga to'xtagan va o'tgan yili Amerikaga ketishi kerak g'oliblar keta olmay qolgandi. Xayriyatki, dastur o'zini juda tez tiklab olibdi. Faqat... Faqat dastur biroz injiqroq bo'lib qaytibdi. U endi oldingidek barcha yo'nalishlarga emas, faqat yuqori talabgir sohalarda o'quvchi talabalarni qabul qilar ekan. Sohalar ro'yxatini rasmiy sahifadan olingan quyidagi rasmda ko'rishingiz mumkin. Albatta, bu yangilik ko'pchilikka ayniqsa ingliz tili, filologiya, lingvistika va pedogogika kabi yo'nalishda o'qiydigan yigit-qizlarni ranjitishi aniq. Lekin blogimni kuzatadiganlar biladi-ki men juda uzoq vaqtdan beri bu yo'nalishlarda o'qigan talabalar yaqin kelajakda qiynalishi haqida ko'p marta yozib ko'proq talabgir bo'lgan sohalarda o'qishni targ'ib qilib kelaman. Tahminan mana bu 2021-yildagi postdan boshlab. Adashmasam bir necha yil oldin El-Yurt Umidi granti ham iqtisodiy dolzarb yo'nalishlar sifatida aynan quyidagi yo'nalishlarga ustuvorlik berilishi haqida eslatib o'tgan. Endi mana yana bir universal bo'lgan xalqaro grant ham shu yo'ldan ketyapti. Bu esa talab va dolzarblik tobora ortib borayotganini bildiradi. Shu sababdan yana bir bor uka-singillaringizga albatta matematika o'qishni va unga qo'shib informatika, fizika, kimyo yoki biologiya sohalaridan birini tanlashni yoki biznes va iqtisod kabi yo'nalishlarni ilmiy va xalqaro darajada yondashib o'rganishni qattiq tavsiya qilib qo'yinglar. Ha aytgancha, afsuski bu safar ham 4 yillik o'qishdagi 3-kurslar yana topshira olishmas ekan. Sababi talabda 2028-yil May oyidan keyin yana kamida bir semestr o'qish qolishi kerakligi aytilibdi. Oldingi safargi tushunmovchilik uchun uzr Dasturga qizquvchilarni 2020-yillardan beri mavjud bo'lgan ochiq hamjamiyatga taklif qilib qolaman 👉 @UGRAD_Community #UGRAD Blog | Mentorlik | Kurslar
Открыть в Telegram"Oxirgi vaqtlarda ko'rinmay qoldingiz? Nimalar qilyapsiz?" degan savollarga "qisqagina" javobim 🙂 Boshlagan ishimizni o'zi xayrli qilsin. @Musayev_blogi
Открыть в TelegramПереслано из MentorGO
📣️ Chet elda o'qish tajribangizni mentorlikka aylantiring 🚀 Loyihamiz 2 yoshga kirishi munosabati bilan boshidan eng asosiy rejalarimiz qatoriga kirgan yangilik — MentorGOga mentor sifatida qo'shilishni ochiq deb e'lon qilmoqchimiz. 🎓 MentorGO loyihasi o'z oldiga xorijda o'qishni istagan yoshlarni shu yo'lni bosib o'tgan turli yo'nalish va darajadagi ko'p sonli talabalar bilan bog'lashni maqsad qilib qo'ygan. Shu sababdan platformamiz endi chetda o'qish tajribasiga ega va mentorlik qilish xohishi bor barcha uchun ochiq. Kimlar mentor bo'lishi mumkin? ➡️ Bakalavr, magistratura, PhD yoki almashinuv dasturi kabi barcha ta'lim darajasida ➡️ Xalqaro grant sohiblari ➡️ Universitet stipendiyalari sohiblari ➡️ Xorijda o'z hisobidan o'qiyotgan yoki o'qiganlar ➡️ Yoki qisqa muddatli xalqaro konferensiya va maktablar ishtirokchilari Taklif qilish mumkin servislar ➡️ 1:1 onlayn sessiyalar ➡️ Masterklass va qisqa muddatli mini-kurslar ➡️ Universitet tanlash, hujjatlar tekshirish va mock intervyular kabi bir martalik individual servislar ➡️ To'liq yordam paketlari ➡️ Mentorlik kurslari 🤔 "Mentorlik qilish tajribam bo'lmasachi?" deb ikkilanishga hojat yo'q. Biz butun jarayon davomida jamoamiz bilan sizni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz. Biz dunyoni siz kabi yoshlar bilan birgalikda o'zgartira olamiz deb ishonamiz. Eng muhimi, Bir necha yil oldin siz turgan joyda hozir kimdir turibdi va siz bosib o'tgan yo'l — ular uchun birinchi qadam bo'lishi mumkin! 👉 Mentor sifatida safimizga qo'shiling #yangilik #mentorlar 💼 MentorGO | GrantGO | EventGO
Открыть в TelegramHa aytgancha, bugun MentorGO 2 yoshga kirdi. 🆕 Bugun loyiha bo'yicha eng katta yangiliklarimizdan birini e'lon qilmoqchimiz. Tahminlaringizni izohlarda yozing va MentorGO kanalini kuzatib boring! @Musayev_blogi
Открыть в Telegram🎓 Chetda o'qish tajribam bo'yicha shaxsiy veb sahifam yordamingiz kerak joyi bor :) 7 yildan beri professional tarzda dasturchilik bilan shug'ullanaman, 5 yildan beri chetda o'qish bo'yicha mentorlik qilib kelaman. Albatta, shu vaqtgacha tajribam, grantlar bo'yicha natijalarim, ta'lim yo'lim, sertifikatlarim va mentorlik ko'rsatkichlarimni ko'rsatuvchi o'zimning chetda o'qish bo'yicha shaxsiy portfolio saytim bo'lmasligi mantiqsizlik va dangasalikdek ko'rinishi kerak. Ammo shu vaqtgacha qanchalik dangasalik bo'lmasin bu ishni qilmay kelayotgandim. Endi mana shu xatoni tuzatish vaqti keldi menimcha. Lekin bu safar ham faqat o'zim ishlatishim mumkin bo'lgan shaxsiy sayt qurmaslikka qaror qildim. MentorGO loyihasidagi mentor sahifasini chet elda o'qish portfoliosi sifatida ishlatish mumkin qilib to'g'irlab chiqdim. Endi bu sahifa orqali nafaqat mening, balki istalgan mentorning ➡️ Ta'lim yo'li, o'qigan universitet va yo'nalishlari ➡️ Shaxsiy grant tajribasi — qaysi grantlarda g'olib yoki yarim-finalist bo'lgani ➡️ Ish tajribasi va xalqaro sertifikatlari ➡️ Mentorlik qilgan talabalari erishgan natijalari barchasini topish mumkin. Endi quyidagi sahifani bemalol o'zimning chetda o'qish va mentorlik bo'yicha shaxsiy sahifam sifatida ishlatishim mumkin. Kirib baho bersangiz bo'ladi ➡️ https://mentorgo.uz/mentors/view/JanobMusayev ❕Faqat bu yerda hali to'liq bo'lmagan va sizning yordamingiz kerak bo'lgan bir bo'lim bor — natijalar. Natijalarni oldin men o'qitgan, individual yoki boshqa tarzda yordam bergan o'quvchilarim o'zlari yuborishlari kerak. Hozirgacha bir nechta o'quvchilar natijalarini yuborib ulgurishdi, ammo men o'zim o'qitgan barcha o'quvchilarni ba'zida to'liq eslolmayman ham 😅 Agar avval sizga qaysidir grant va chetda o'qish mavzusida yordamim tekkan bo'lsa va 5 daqiqa vaqtingizni ajrata olsangiz, quyidagi link orqali natijangizni yuborishingiz mumkin. Natija deganda faqat g'oliblik kirmaydi. Suhbat bosqichi, reserv kandidat, shortlistga kirish yoki shaxsiy moliyalash orqali o'qishga borganingiz natijasini ham bemalol yuborishingiz mumkin. 👉 Grant natijangizni yuborish Vaqtingiz va e'tiboringiz uchun oldindan rahmat aytib qolaman #mentorship #help @Musayev_blogi
Открыть в Telegram🐀 Kalamush poygasidan chiqing Zamonaviy jamiyatshunoslik va shaxsiy moliya olamida "Kalamush poygasi" (Rat race) degan tushuncha borligini eshitgan bo'lsangiz kerak. Unga ko'ra jamiyatdagi odamlar pul, kuch va status orqasidan bir-biri bilan tinimsiz poygalashishi va shaxsiy halovat va o'zidan qoniqish hissini yo'qotib qo'yadi. Moliya olamida "kalamush poygasidan" chiqish nuqtasi yoki formulasi bor — unga ko'ra sizdagi passiv daromad zaruriy xarajatlaringizni to'liq qoplashni boshlagandan keyin siz "rasman" poygadan chiqqan va "erkin" odamga aylanasiz. Boy-badavlat, puldor odamlar esa bu poyga ichida hisoblanmaydi. O'zbekistonga oxirgi tashriflarimda sezoyatgan narsam — bizda deyarli hamma kalamush poygasi ichida. Kimdir qanchalik boy, tagida 3 ta BYD, Toshkentda 5 ta kvartirasi, Abu-Saxiyda 4 ta do'koni bo'lmasin tinimsiz poyga va bosim ichida ekanini sezasiz. Juma kuni masjiddan iloji boricha tezroq chiqib shu poyga ichiga qayta kirib ketadi... Yo'l emas, "o'lim poygasi" maydoni Poyga nafasi eng ko'p seziladigan joy — bu albatta yo'llarimiz. Deyarli har safar taksi old o'rindig'iga o'tirganimda o'zimni bir manzildan ikkinchi manzilga ketayotgan yo'lovchi emas, huddi "Death race" kinosidagi hayot-mamot uchun poygalashayotgan odam sifatidek his qilib yuboraman. Qizig'i, hamma xaydovchi "Kamera ko'payib ketdi", "Shtraf ko'payib ketdi", "Jarima ballari umuman ortiqcha bo'ldi" deb shikoyat qiladi. Lekin yo'lda kichik teshik topildi deguncha kimningdir o'ng tomonida quvib o'tib ketadi, kimningdir orqasidan o'n metrlik joyga tirab keladi-da qarama-qarshi yo'ldan quvib o'tishga harakat qiladi, svetafor yashil yonishiga oldindan kelayotgan avtomobil oldidan chapga qayriladi, yo'ldan sal sekin o'tayotgan piyoda ustiga bostirib borib signal chaladida orqasidan "Katta xolangning yo'limi?" deb so'kib ham ketadi. To'g'risi, menga bu harakatlarni tushunish juda qiyin bo'ldi. "Pravani hamma pulga sotib olyapti" deyishingiz mumkin. Lekin tepadagi hatti-harakatlar hayot uchun xavfli ekanini bilish uchun qonun-qoidani o'qigan bo'lish shart emas, sog'lom aql bor bo'lishi yetarli-ku aslida. Nima uchun odamlarimiz 10 sekund yutish uchun o'zining ham boshqalarning ham hayotini xavfga qo'yishdan tap tortmaydi? Nima uchun odamlarimiz uchun o'z hayoti bunchalar qadrsiz? degan savol meni qiynayverdi. Menimcha, javobni tushunib yetdim — kalamushlar poygasi... Poyga ustiga qurilgan tizim "Yaxshiyam men avtomobil haydamayman" deyishga shoshilmang. Atrofga yaxshiroq qarang. Bizda hamma qandaydir poyga ichida, tadbirkor bo'ladimi, bank xodimimi, o'qituvchimi, talabami, maktab o'quvchisimi farqi yo'q. Deyarli hamma o'zini kimgadir solishtirish bilan, atrofdagilarga nimanidir isbotlab qo'yish bilan ovvora. Sababi bizdagi tizim, ta'lim va jamiyatdagi qarashlar mana shu narsalar ustiga qurilgan. Qo'shnisi tomi baland bo'lib ketganiga chidolmaslik, qarzga botib bo'lsa ham dang'illama to'y qilish atrofidagi tanqid va hazillar bekorga chiqib kelmagan. Hozir bu narsalar ustiga nechta uy borligi, o'zi talaba bo'lsa ham qo'lida iPhone 18 Pro Max yurishi, IELTS o'qish uchun hamma tomoni oyna qilingan shahar markazidagi o'quv markaziga borish, o'qish va hunar o'rganish o'rniga AI bilan startap qurish ham qo'shilgan. Ijtimoiy tarmoqlarni-ku aytmasa ham bo'ladi. Vaynchi, travel blogger, biznes guru, halol investitsiya bilan hammani boy qilib yuborishni va'da qilayotgan "ishbilarmon"... Kimdir "Instagram va TikTok bizni aynitdi" deyishi mumkin, lekin aslida ular bizning kim ekanimizni ko'rsatib qo'ydi. Boshqa tomondan odamlar bilan suhbatda ko'pchilik nima qilib bo'lsa ham chetga surish harakatida yurganini ko'raman. Aslida buning yomon joyi yo'q, lekin shunday taassurot uyg'onadiki, odamlarimiz xayolida (ba'zida o'zi bilmagan tarzda) bir botqoq ichida va u yerdan chiqib ketish yoki eng kamida "Qara! Men sen turgan botqoq ichida emasman" deb ko'rsatib qo'yish uchun o'z "yutuqlarini" ko'z-ko'z qilish bilan band. Eng qizig'i passiv daromad xarajatlardan ko'pligi ham, eng daromadli kelajak kasbi egasi bo'lish ham, chinakamiga foydada bo'lgan startap yoki biznes egasi bo'lish bilan ham odamlar poygadan chiqib chiqib keta olgani yo'q. Rulga o'tirish bilan qayergadir shoshilish, kimnidir kesib quvib o'tish, yo'l bermagan kichikroq avtomobilga "morgat" qilish to'xtagani yo'q... Kalamush poygasidan chiqing "Yechim qanday?" yoki "Qaysi darajaga yetganda poygadan chiqib ketish mumkin?" haqli savollar tug'iladi. Menimcha, kalamush poygasi haqidagi "Moliyaviy hayotda shu nuqtaga yetsang, rasman poygadan chiqqan bo'lasan" degan gaplar aldamchi. Bu poygadan tepaga yurish bilan chiqib ketib bo'lmaydi. Erishgan narsangiz faqatgina kattaroq kalamushlar bilan tezroq poygalashish bo'ladi. Poygadan chiqmoqchimisiz?! Unda shunchaki to'xtang. Poygalashishdan to'xtang, boshqalarga o'z darajangizni solishtirishdan to'xtang. To'xtay olmasangiz, sekinlashing. Ozroq nafas rostlang. Ana shu nafas rostlash vaqtida esa ochiq tabiat qo'yniga chiqing (dachaga emas faqat), ufqqa termilib ozroq o'ylang. Agar imkon bo'lmasa uzoq yo'lni piyoda yuring. Ota-onangizga, aka-singlingzga, turmush o'rtog'ingiz va farzandingizga boqing. Qachon ular bilan miyangiz bo'sh holda suhbatlashdingiz? Keyin o'zingizga boqing. Orzularingiz nimalardan iborat edi? Aslida kim bo'lmoqchi edingiz? Nimalar bilan shug'ullanmoqchi edingiz? Qaysi ishni qilish vaqtida o'zingizni qayta topgandek his qilasiz? Haftasiga 1-2 soat bo'lsa ham o'zingiz uchun vaqt ajrating, ana shu ish bilan shug'ullaning. Agar unday ish bo'lmasa, unda bir tanishim aytgandek yugurgani chiqib turing, hayotingizga ma'no qaytaradi. Bu dunyoga har bir odam ma'lum bir maqsad, vazifa va qobiliyatlar bilan yuborilgan. Odamzod yerga uni obod qilish, gullab yashnatish va bir-biriga yaxshilik qilish uchun tushirilgan, kalamushdek poygalashib o'tib ketish uchun emas... #just_thoughts #self_note @Musayev_blogi
Открыть в TelegramMen eng hurmat qilgan, Islom dinimiz ma'nosi, qay darajada chuqurligi, odoblari va go'zalligini ich-ichigacha tushuntirib, yetkazib bera oladigan ustoz. Nouman Ali Khanning ingliz tilidagi ma'ruzalarini eshitishni boshlab, Bayyinah.tv platformasidan foydalanib ko'rgandan keyin "Qani endi bizda ham shunday ustozlar va ularning shaxsiy platformlari bo'lsa" degan o'y paydo bo'lgandi. Hasanxon ustoz ma'ruzalarida Islom bilimlarini hamma uchun mos va shu bilan birga yetarlicha chuqur yetkazilishini ko'rdim. Ularning o'zining platformasi ishga tushgani esa yanayam xursand qildi. Farzandlarimiz ustoz kabi yigit-qizlar va biz ularga mos ota-ona bo'lishimiz nasib qilsin 🤲️ @Musayev_blogi
Открыть в TelegramПереслано из Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
🎉 Xushxabar! Hasanayn.uz faoliyatini boshladi! ✨ Ustozlar Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajidning ilmiy-ma’rifiy faoliyatlari endi yagona manzilda! ✔️ Sahifa bo‘yicha taklif, fikr-mulohaza, xato va kamchiliklar ko‘rsangiz, murojaat qilishingizni so‘raymiz. Marhamat, ma’rifat bog‘iga tashrif buyuring! 😊 ✨ hasanayn.uz 🥳 Tez kunlarda Android va iOS qurilmalari uchun Hasanayn saytining maxsus ilovasi e’tiboringizga havola qilinadi! @hasanhusayn
Открыть в TelegramNuqtalarni birlashtirish Dasturiy muhandis sifatida karyeram asosiy qismi onlayn do'konlar (Asaxiy), bir necha sotuvchilarni bir joyga yig'gan agregator marketpleyslar (Chakana va SmartBazar) qurish bo'yicha o'tgani hozir MentorGO (EdTech) platformasini qurishda juda qo'l kelyapti. Tashqaridan qaraganda MentorGO qiladigan ishi oddiy ko'rinishi mumkin. Lekin uning ortida, ayniqsa kurslar ichidagi bo'lib to'lash va chegirmalar qismida ancha murakkab biznes mantiq qurilgan. Sababi biz 900,000 so'mlik kurs paketini 3 ga bo'lib to'lashda shunchaki teng 3 ga bo'lib qo'ymaymiz. Paket ichidagi har bir servisga alohida narx qo'yib har bir to'lovdan keyin faqat shu servislarnigina taqdim qilamiz. Ertaga biz, mentor va o'quvchi o'rtasida kimning haqqi kimda qolib ketgani bo'yicha noroziliklarni iloji boricha kamaytirish uchun. Batafsil tushuntiradigan bo'lsam yana ancha sabab va murakkabliklar bor u yerda. To'lovning bunday tizimini ishlab chiqish SI orqali bo'lib qolmagan. Uni yillar davomida o'zimning mentorlik tajribam, o'quvchilar bilan ishlash va oldi-berdidagi yuzaga kelgan savol va muammolardan kelib chiqib tuzib chiqqanman. MentorGO mentorlar uchun bugun va ertaga beradigan asosiy qiymati ham shundan iborat bo'ladi deb o'ylayman — biz o'rtadagi moliyaviy va tashkiliy ishlarni o'z zimmamizga olamiz va mentorlarga to'g'riroq yo'lni ko'rsatishga harakat qilamiz. Toki ularda ham o'quvchilarda ham bu borada norozilik yuzaga kelishini eng past nuqtaga tushirish imkoni bo'lsin. Agar yoshligimdan moliya sohasiga qiziqmaganimda, dasturchi bo'lib aynan shu kabi onlayn do'kon va aggregatorlar ustida ishlamaganimda, o'qishdan tashqari shaxsiy qiziqish bilan islom moliyasi va unda odamlar o'rtasidagi kelishuvlarga qay darajada ehtiyotkorlik bilan yondoshilishini tushinib yetmaganimda, hozir bunday tizim yarata olardim deb o'ylamayman. Qachondir bu bilimlarni ta'lim sohasida ishlatish esa hech hayolimga kelmagan. Ertaga bu yerdagi bilimlar yana qayerda qo'l kelib qolishini esa hozir aniq bilmayman. Hayotda chindan ham nuqtalarni oldindan bir-biriga qanday bog'liq ekanini ko'rish qiyin, lekin Allohga tavakkal qilib yo'lda qat'iyat bilan davom etish orqali ular o'z-o'zidan bog'lanib kelishi haqidagi gaplar rost ekani shubhasiz. Qadr degani shu bo'lsa ham ajab emas. #self_reflection @Musayev_blogi
Открыть в TelegramПереслано из Mahmudxo'ja🇩🇪
DAADning Central Asiadagi Office Headi Deutsche Allgemeine Zaitung nashriga interview beribdi. Bu nashr Germaniyadagi eng mashhur nashrlardan biri. Interviewda juda ko’p zor insightlar bor. Umumiy xulosam, DAAD Central Asiaga xususan O’zbekistonga investitsiya qilishni, scholarship ajratishni yaxshigina davom ettiradi. Eng muhim joyi shu yerda.DAADni very surprise qilgan holat haqida yozgan. Es gibt aber auch Überraschungen. Letztes Jahr haben wir ein besonders starkes Interesse an den Rechtswissenschaften von Studierenden aus Usbekistan beobachtet. Das hat uns gefreut, und es unterstreicht einmal mehr, dass wir ausdrücklich Bewerbungen aller Fachrichtungen begrüßen. O’tgan yiligi applicationda Law yo’nalishi uchun O’zbekistonlik talabalardan juda katta qiziqish bo’lgani kuzatgan va aynan Legal fieldda Germaniyada Master o’qish uchun O’zbekistondan bunchalik katta qiziqish bo’lmagani aytib bu holatga “SURPRISE” deb ta’rif bergan va bu holat ularni XURSAND QILGAN. Meni fikrimcha endi Law yo’nalishida DAAD anchagina e’tibor beradi va bu yilgi applicationlarni ham qiziqish bilan tekshiradi. Lekin DAADni “surprise” qilish o’z o’zidan bo’lib qolmadi. Talabalarda very strong interest qayerdan paydo bo’ladi? Albatta Germaniyada Legal fieldda o’qish worthligini, excellent career qilish imkoni borligini va ummiy perspective ko’ra olsa shundagina paydo bo’ladi. Bu darajaga olib kelish uchun 2-3 yil davomida har yili 3-4 oy weekendan voz kechib, shaxsiy ishlarni to’xtatib, uyqudan voz kechib tashkil qilingan mentorlik sessiyalari, darslar eng katta sababchisi. Bu ishlarni orqasida kimlar turganini va backgroundda kimlar mehnat qilgani yaxshi bilasiz. Bundan tashqari, Kevin va men ham ozgina bo’lsa ham hissamiz bor deb o’ylayman. Biz Germaniyda US yoki UKdan o’tsa o’tadigan lekin qolishmaydigan excellent international career qilish mumkinligini ko’rsatdik va ko’rsatayabmiz. Bu ham albatta nomzodlarda qizishni ortishi sabablaridan biri bo’lishi mumkin. Interviewni bu yerdan o’qisangiz bo’ladi. https://daz.asia/blog/das-interesse-in-zentralasien-an-einem-studium-in-deutschland-ist-ungebrochen/.
Открыть в TelegramIrlandiyadan Toshkentga kelsam qishloqchadan chet elga kelib qolgan odamdek his qiladigan bo'lib qolibman :) @Musayev_blogi
Открыть в TelegramAyolingiz farzandingiz tagligi o'lchami nechaligini eslolmay qolib, ikkilanishlarsiz sizdan so'rab aniqlashtirib ololsa, demak otalik vazifasini yaxshi bajaryapsiz ekan. #otalik_hayoti #shaxsiy_bitiklar @Musayev_blogi
Открыть в TelegramChet elda o'qish, karyera va oila mavzusida Farg'onada jonli ochiq suhbat 📣️️️️️️ Uzoq yillardan beri Farg'onada o'tkazishni va'da berib kelayotgan uchrashuvimga barchangizni taklif qilib qolaman. Suhbat davomida ➡️ chetda o'qish, grantlar va talabalik hayoti ➡️ o'qish davomida ish qidirish jarayoni ➡️ BigTech kompaniyalariga ishga kirish suhbatlari ➡️ korporativ va startapcha karyera farqlari ➡️ va albatta chetda oilaviy hayot mavzularida ochiq suhbat qilamiz 🎁 Sovg'alar Suhbatdagi eng faol ishtirokchilar uchun sovg'alar mavjud ➡️ C-Space tomonidan maxsus vaucherlar ➡️ va men tomondan bepul individual konsultatsiya 🗓 5-noyabr (Payshanba), 18:00 📍 C-Space, Farg'ona filiali 🎟️ Suhbat barcha uchun ochiq. Qatnashish uchun shunchaki ro'yxatdan o'ting! 👉 Ro'yxatdan o'tish 😊 Uchrashuv homiysi C-Space | https://cspace.uz/uz #uchrashuv @Musayev_blogi
Открыть в Telegram📃 Grading System Explanation namunasi DAADga hujjat topshiradiganlar bu yil eng ko'p savol bergan va hamma o'zi bilganicha tayyorlagan hujjat – Grading System Explanation uchun bugun va nihoyat o'tirib, hamma olib foydalanishi mumkin bo'lgan holatdagi namunasini ulashmoqchiman. Eng qizig'i, uni tayyorlash davomida o'zim ham oldinroq xato qilganimni tushundim va uni to'g'irlashga harakat qildim. Muammo nimada edi? Muammo bizning oliy ta'lim tizimida bir vaqtning o'zida ham foizli, ham baholi 2 xil baholash tizimi ishlatilishi va yakunda birining ikkinchisiga konvertatsiya bo'lishi. Ya'ni 90% dan baland har qanday baho 5 sanaladi. Germaniya baholash tizimiga o'girishda esa maksimum va minimum ballar formulada ishtirok etadi. Natijada men hamma bahoyim 5 bo'lib bitirgan bo'lsam ham, diplomdagi o'rtacha 91% ballni Germaniyadagi eng yuqori bo'lgan 1.0 ga emas, ancha pastroq bo'lgan 1.6 ga tenglashtirganman. Boshqa tomondan, o'rtada tizim to'liq 5-3 baho shakliga o'zgarganda bitirganlar bahosi ancha baland chiqqan. Chunki hamma bahosi 5 bo'lmagan, lekin o'rtachasi 4.7 bo'lgan talaba bahosi ham formula bo'yicha 1.4 bo'lib, yuqoridagi mening misolimdagidan balandroq chiqadi. Yoki o'zini bahosini foizda emas, bahoda berish orqali Germaniya tizimida uni balandroq ko'rsatish mumkin edi (aniqrog'i, foizda hisob orqali pastroq chiqadi). Yechim Yuqoridagi muammoni 2 soat o'tirib, 2-3 xil AI bilan muhokama qildim. Lekin baribir yakunda o'zim bu muammo Ukraina va UK tizimi misolida qanday yechilganini topib, ularga konvertatsiya va jadval aslida qanday bo'lishi kerakligini tushuntirdim. Mendagi tuzatish bo'yicha maksimum ball 100 emas, 90 deb olingan foiz hisobida. Va 90 dan baland har qanday ball Germaniyadagi 1.0 ga tenglashtirilgan. Sababi bizdagi tizim bo'yicha 90%+ ball hammasi maksimum 5 bahoga teng. Bu narsa umumiy tarzda baholashni ham balandroqqa tortadi. Masalan, to'g'irlangan formula bo'yicha 85% ball 1.7 dan 1.4 ga ko'tariladi. Faqat ancha past baholar deyarli o'zgarmaydi. Hujjatdan foydalanish yo'riqnomasi ❗ Hujjatni faqatgina o'zingizga nusxa olib ishlatishingiz mumkin. To'g'ridan-to'g'ri tahrir qilolmaysiz. Google Docsda bu File -> Make a copy qilish orqali amalga oshiriladi. — Hujjat yuqorisida u rasmiy hujjat emasligi aytilgan. DAAD uchun bu hujjat rasmiy bo'lishi shart emas va hozirgi holati ham yetarli. Lekin agar universitetingiz tasdiqlab bera olsa, unda shu joyini olib tashlashingiz mumkin bemalol. Bu hujjat nafaqat ko'pchilikning ishini yengillashtiradi, balki muhim xatolikni tuzatish orqali ham foydali bo'ladi degan umiddaman. Hammaga jarayonda omad! 👉 Grading System Explanation namunasi @Musayev_blogi
Открыть в Telegram🇺🇿 Ishdan salkam 3 oyga ta'til oldim va O'zbekistondaman Avgust oylarida asosiy ishimdan 3 oyga ta'til olish qaroriga keldim. Bu qaror natijasida oylik daromadim tahminan 60% ga kamayishi va qolgan qismi ijara uyimni saqlab turishgagina yetadigan darajada bo'lishini bilsam ham Oktabr boshlarida O'zbekistonga qaytish va yangi yilgacha shu yerda bo'lishga qaror qildim. Ikkita sabab tufayli shu qarorga keldim Birinchidan farzandim 8 oylik bo'ldi. Bu vaqt oralig'ida bola har kuni yangi narsalar o'rganishi, yangi qiliqlar chiqarishi va qaysidir ma'nodagi eng shirin davri bo'ladi. Ana shu davrni Onam, Opam, Akam, aka-opalari (jiyanlarim), opoqi-buvilari oldida o'tkazishini va ular ham bu davrni telefondan emas jonli ko'rishlarini xohladim. Ularga nisbatan hozirdan mehr uyg'onishini niyat qildim. Ikkinchi tomondan o'ylab qarasam keyingi yil 30 yoshga kirar ekanman. Hozirgacha shaxsiy loyihalarim (GrantGO, MentorGO, mentorlik kurslari...) bo'yicha ancha ish qilgan bo'lsam ham, hozircha ularni o'zim xohlagan darajaga olib chiqishga yetarlicha vaqt ajrata olmadim. Agar ularni hozir ma'lum bir yo'lga tushirib olmasam keyingi yildan ishdan keyin oilam va o'g'lim bilan o'tkazishim mumkin bo'lgan kunlik 2-3 soat vaqtni havaskor darajada loyihalar yuritishga sarflashim to'g'ri bo'lmas ekan. 30 yoshga kirgan vaqtim loyihalar taqdiri, aniqrog'i nimani saqlab qola olaman va nimadan voz kechishim kerakligini hal qilishim kerak. Agar keyingi yilgacha ham ular o'zim o'ylagan darajaning hech bo'lmasa yarmiga chiqmasa, unda ularning katta qismini to'xtatish to'g'ri bo'ladi. Ammo 5 yillik harakatlarim singan loyihalarni tashlab ketish ham oson bo'lmaydi. Shu sababdan ta'til menga moliyaviy jihatdan qimmat tushayotgan bo'lsa ham uni mana shu ishni amalga oshirishga, loyihalarni ma'lum darajada stabil holatga olib chiqishga sarflamoqchiman. Bundan tashqari o'ylab qarasam anchadan beri sevimli hobbyim — o'z xulosa va fikrlarimni yozib borish va blog yuritish ancha to'xtab qoldi. Bir tomondan bu vaqt muammosi bo'lgan bo'lsa, boshqa tomondan ijodiy krizis ham bo'ldi 🙂 Lekin oxirgi vaqtlarda yozish uchun ko'p mavzular haqida o'ylab yuribman. Blog asosiy mavzu va yo'nalishlarini saqlab qolgan holda meni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan auditoriyani ham hisobga olgan holda oila, o'rta yosh inqiroz davri, chet el va O'zbekistondagi hayot, ayniqsa oilaviy hayot farqi haqidagi nozikroq ammo judayam aktual bo'lgan mavzularga to'xtalishga qaror qildim. Menimcha, endi bu mavzularda nimadir gapirish uchun hali oz bo'lsada yetarli darajada yo'l bosib o'tdim va tajriba va xulosalarim hali sarhil holatda turibdi ) Kanaldagi long-readlarni sog'inganlar ekran qarshisiga yaxshiroq o'rnashib oling! @Musayev_blogi
Открыть в Telegram🇪🇺 Erasmus Mundus mentorligiga taklif 👨🏫 Oramizda Erasmus Mundus dasturi g'oliblarini MentorGO loyihasi va keyingi mavsum mentorlik dasturimizga taklif qilib qolamiz. Kimlarni qidiryapmiz? ➡️ Erasmus Mundus dasturida istalgan yo'nalishda g'oliblar ➡️ Dasturga hujjat topshirishda o'zingiz mustaqil izlangan, dasturlarni o'rganib chiqqan va bu borada boshqalarga ulashishga arziydigan ma'lum bilim va tajribangiz bor ➡️ Dasturni yaqin yillarda yutgan bo'lish maqsadga muvofiq, ammo qat'iy talab emas ➡️ Eng muhimi o'zingizdagi bilim va tajribalarni boshqalarga ulashish va mentorlik faoliyatingizni tashkil qilishni xohlashingiz ➡️ Avvaldan mentorlik qilib kelayotgan bo'lishingiz shart emas. Bu borada o'zimdagi 4-5 yillik tajriba va bilimlarni ulashaman Nimalar va qancha vaqt talab qilinadi? ➡️ Noyabr-Dekabr oylarida haftasiga maksimum 2-3 soat ajrata olsangiz yetarli. Ko'proq ajrata olsangiz yana ham yaxshi ➡️ Onlayn darslar yoki masterklasslar o'ta olish qobiliyat va xohishingiz bo'lsa yaxshi, ammo qat'iy talab emas Nimalarga ega bo'lasiz? ➡️ Mentorlik faoliyati va shaxsiy brendingizni yo'lga qo'yasiz ➡️ Telegramdagi shaxsiy blog/kanalingiz auditoriyasini ancha oshirib olishingiz mumkin ➡️ MentorGO loyihasida doimiy mentor sifatida qolasiz (xohishga ko'ra) ➡️ Tashkil qilinayotgan maxsus dasturda hamkor sifatida faoliyat olib borasiz 📤 Qiziqish va savollaringiz bo'lsa @JanobMusayev ga yozing. #mentorlik #ErasmusMundus @Musayev_blogi
Открыть в Telegram