Посты канала Muhrim / Муҳрим

сначала новые

#3479Превью ссылки
Просмотры7 472+9%к среднему
Пересылки29
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
6 ч2 629
26 ч6 070
67 ч7 472
  1. Через 6 часов2 629
  2. Через 24 часа6 070
  3. Всего сейчас7 472
#3478Видео
Просмотры3 729−45%к среднему
Пересылки7
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
12 ч2 588
25 ч3 151
32 ч3 241
73 ч3 729
  1. Через 24 часа3 151
  2. Всего сейчас3 729
#3477Фото

Toshkentdagi “Megaplanet” savdo markazi oldidagi chorrahani ko‘pchilik bilsa kerak. “Megaplanet”dan Universam tomon o‘tishga yer bo‘ylab piyodalar o‘tish joylari bor, lekin “Megapolis” turar joy majmuasi (“Loook”) tarafga o‘tish uchun qoida bo‘yicha yerosti o‘tish yo‘lidan foydalanish kerak. Lekin ko‘pchilik, yer bo‘ylab piyodalar o‘tish joyi 2020-yildan beri yo‘q bo‘lsa-da, baribir yer bo‘ylab o‘tadi. Bugun “Loook” tarafda melisalar turib olib, ana shunday “qoidabuzar” piyodalarni “ovlayotgan ekan”. Oy oxiri, “planni to‘ldirish” operatsiyasidir, balki. Umuman olganda, qonun-qoida bo‘yicha shu “jarimaxo‘r” melisalar hozir haq — chunki bu yerda haqiqatan ham piyodalar o‘tish joyi yo‘q, melisalar tili bilan aytganda, “piyoda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, ruxsat etilmagan joydan yo‘lni kesib o‘tyapti”. Mabodo piyodani moshina urib ketsa, davlat xizmatchisi: “Piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan”, deb darrov jabrlanuvchining o‘zini ayblaydi (bunga hech shubha yo‘q). Lekin aslida bu yerdagi holat uchun davlatning o‘zini jarimaga tortish kerak — yer bo‘ylab piyodalar o‘tish joyini olib tashlagani uchun. Toshkentdagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi “Megaplanet” oldidagi shu chorrahaga bir e’tibor qaratsa, bu joyda piyodalar uchun xavfsiz va qulay yechim bersa yaxshi bo‘lardi. “Shu yaqin orada yerosti o‘tish yo‘li bor-ku”, degan bahona o‘tmaydi. Avvalo, shu chorraha, umuman, Ahmad Donish ko‘chasining mana shu yaqin atrofdan boshlanib, to THAYgacha davom etgan qismi 2020-yili shoshma-shosharlik bilan, piyodalar va shu yaqin atrofda yashovchi aholi manfaatlariga zid ravishda loyihalashtirilgani va qurilganini — davlat shu yerda xato qilganini tan olish kerak. Shundan so‘ng, birinchidan, chorrahada yer bo‘ylab piyodalar o‘tish joyini qayta tiklash kerak — bu joy ko‘ziga “plan”dan boshqa narsa ko‘rinmaydigan davlat xizmatchilari uchun “ov nuqtasi” bo‘lmasligi shart. Ikkinchidan, Yangishahar ko‘chasining Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalari oralig‘idagi qismini yana ikki tomonlama harakatlanadigan ko‘chaga aylantirish kerak, nazarimda. Yangishahar ko‘chasining shu qismi bir tomonlama yo‘lga aylantirilgach, Yunusobodning 11-mavzesi ichki hovlilari trassaga aylangan — Yunusobod aylanmasi (Amir Temur ko‘chasi)dan Ahmad Donish ko‘chasiga chiqib olmoqchi bo‘lgan haydovchi zoti borki, aynan 11-mavze ichidan yuradi, tonggi va kechki tig‘iz vaqtlarda mavze hovlilarida, u yerdagi bog‘cha va maktablar oldida tirbandliklar kuzatiladi. Bu, menimcha, inson qadrini poymol qiladigan manzara. Davlat olti yil avvalgi xatosini tan olib, uni zudlik bilan tuzatishi shart. Yunusobodliklar Ahmad Donish ko‘chasini bemalol yer bo‘ylab kesib o‘ta olishi kerak, o‘z mavzesi ichida ham bolalari bilan bexavotir sayr qila olishi zarur. Toshkent moshinalar uchun emas, piyodalar uchun qulay bo‘lishi lozim.

Открыть в Telegram
Просмотры4 141−39%к среднему
Пересылки20
Реакции2
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
5 ч2 286
30 ч3 923
38 ч3 981
66 ч4 141
  1. Через 6 часов2 286
  2. Через 24 часа3 923
  3. Всего сейчас4 141
#3476Текст

Ko‘zingiz tushayotgandir, o‘zingiz ham balki shu jarayonda qatnashgandirsiz — hozir mamlakatimizda Android operatsion tizimida ishlovchi telefonlarga davlatimiz yasagan bir qo‘riqchi dasturni ommaviy o‘rnatish sharpasi kezib yuribdi. Aytishlaricha, yo‘llardagi YPX xodimlari ham, maktablarning bitiruvchi sinflari o‘quvchilari ham, yana boshqa-boshqalar ham mana shu dasturni butun mamlakat Android telefonlariga yoppasiga o‘rnattirish sayliga majburiy-ixtiyoriy “taklif etilgan”. Qiziq tomoni, bu qo‘riqchi dasturni ayfonlarga o‘rnatish shart emas ekan; aftidan, buzg‘unchi APK dasturlar ayfonlarni zararlay olmaydi. Videoda YPX xodimi ham: “Telefoningiz ayfonmi? Unda ketavering”, deb hafsalasi pir bo‘lgani shundan. Mana shu joyida bir taklif tug‘ilib qoldi-da. Modomiki, g‘amxo‘r davlatimiz onlayn qaroqchilardan jabrlanayotgan xalqimizning kiberxavfsizligi haqida shunchalik jiddiy qayg‘urayotgan bo‘lsa, unda ishni osonroq amallardan, masalan, “Ayfon solig‘i”ni bekor qilishdan boshlasa bo‘lmasmikin-a? Davlatimiz hammaga ayfon tarqatsin, demayman, bu insofdan emas, kamiga, davlatimiz bu ish uchun yana chet eldan qarz olib yuborishi mumkin. Ammo davlatimiz o‘z kibrini ozgina yig‘ishtirib, O‘zbekistonga kirib kelayotgan ayfonlarning narxini pasaytirishga xizmat qiladigan qadamlarni tashlab bersa ham, aholining kiberxavfsizligi ancha oshgan bo‘lardi, nazarimda. O‘z-o‘zidan, davlat haqiqatan ham aholining kiberxavfsizligi haqida qayg‘urayotganiga ishonsa bo‘lardi shunda. Hozir esa bu — aholiga bu dastur o‘zi nimayu nega kerakligi ham tuzuk-quruq tushuntirilmayotganidan — navbatdagi haybarakallakachilik tadbiriga o‘xshaydi. Xudo ko‘rsatmasinu, ertaga shu “kiberxavfsizlikni ta’minlovchi qo‘riqchi dastur”ning o‘zi aholining ma’lumotlarini, pullarini o‘g‘irlab qo‘ysa bormi, sichqonning ini necha milliard tanga bo‘larkin, bilmadim lekin.

Открыть в Telegram
Просмотры3 399−50%к среднему
Пересылки38
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
1 ч1 094
6 ч2 203
18 ч2 584
30 ч2 938
35 ч3 084
67 ч3 399
  1. Через 1 час1 094
  2. Через 6 часов2 203
  3. Через 24 часа2 938
  4. Всего сейчас3 399
#3475Фото

“O‘zbekfilm” studiyasi oldidagi ko‘chani O‘zbekfilm deb qayta nomlash — chindan zo‘r taklif, shaharda o‘zining yaxshi hikoyasi, tarixi bor yana bir ko‘cha paydo bo‘ladi. Lekin Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi deb, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb qayta nomlashga shoshmaslik keragov. Ha, rus adabiyotining hamma klassiklari Gogolning “Shinel”idan chiqqanidek, o‘zbek kinosidagi hamma namoyondalar “O‘zbekfilm” pavilyonlarida ulg‘aygan, aksariyat boshqa milliy studiyalar uchun “O‘zbekfilm” maktab vazifasini bajargan — bu borada bahs yo‘q. Lekin baribir o‘zbek kinematografiyasi tarixidagi hamma narsa ham “O‘zbekfilm”da bo‘lavermagan, mamlakatimizdagi hamma kinokartinalar ham faqat “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olinmagan. Oddiy misol — Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmi “Vatan” kinostudiyasi tomonidan, “Vatan” filmi esa “Yoshlar 5-studiyasi” tomonidan tasvirga tushirilgan (nazarimda, kinomiz tarixida shunday bir davr ham bo‘lganki, “O‘zbekfilm”dan ko‘ra aynan shu “5-studiya” sermahsulroq, mazmunliroq ishlagan — milliy kinofondda ularning ishlari alohida saralansa ham, bunga ishonch hosil qilish mumkin). “O‘zbekfilm”ning o‘z muzeyi bo‘lishi kerak va u o‘z muzeyi (va nafaqat muzeyi, balki tematik parklari) bo‘lishga loyiq kinostudiya. “O‘zbekfilm”ning o‘z kinofondi ham bo‘lsin — hamma katta kinostudiyalarning o‘z arxivlari, bazalari bo‘ladi, g‘oyaviy mazmunidan qat‘i nazar shu studiyada olingan hamma narsa shu fondda jamlansin va xalq ham bu xazinadan foydalana olsin. Lekin O‘zbekistonning milliy kino san’ati muzeyi va milliy kinofondi alohida, hatto “O‘zbekfilm” kinostudiyasidan ustunroq bo‘lishi kerak. Menimcha.

Открыть в Telegram
Просмотры3 597−47%к среднему
Пересылки8
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч761
12 ч2 858
29 ч3 294
46 ч3 493
66 ч3 597
  1. Через 24 часа3 294
  2. Всего сейчас3 597
#3474Фото
Просмотры8 571+25%к среднему
Пересылки21
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
9 ч5 951
36 ч8 074
53 ч8 408
72 ч8 571
  1. Всего сейчас8 571
#3473Видео
Просмотры2 559−63%к среднему
Пересылки5
Реакции—
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
53 ч2 404
77 ч2 559
  1. Всего сейчас2 559
#3472Текст

Bugun prezident tomonidan imzolangan va “takomillashtirilgan harfli” lotin alifbomiz 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi (shuning uchun qonunning o‘zi ham 1995-yilgi alifbo harflari bilan e’lon qilindi). Harflar takomillashtirilgunicha chiqarib qo‘yilgan eski hujjatlar va so‘mlardan foydalanaveramiz, bu tur ashyolar bo‘yicha, aftidan, oxirgi muddat yo‘q (ehtimol, bo‘lmas ham). Mabodo hukumatimiz alohida muddat belgilab qolmasa, harflar takomillashtirilgunicha chiqarilib, ilib, o‘rnatib, qoqib qo‘yilgan O‘zbekiston gerblari, shahar, tuman, ko‘cha va hokazo geografik nomlar yozilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan ular yaroqsiz holga kelib qolguniga qadar foydalanilaverarkan (ne baxtki, bunday peshlavha va ko‘rsatkichlar shundoq ham juda sifatsiz qilinadi, alifbo o‘zgarsa-o‘zgarmasa ularni har yarim yilda almashtirish kerak). Takomillashtirilmagan harflar bilan yozilgan yana bir dunyo ashyo turlari bor, ularning ro‘yxatini va qachon almashtirilishini hukumat belgilaydi. Vazirlar Mahkamasi, agar ulgursa, keyingi ikki oy ichida bugun imzolangan qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi kerak (lekin dasturni yarim yilda ham tayyorlab ulgurmasa kerak). Ana o‘shanda bilib olamiz — 2027-yil 22-apreldan faqat va faqat “takomillashtirilgan harfli” alifbodan foydalanish bo‘yicha mamlakatimiz uchun misli ko‘rilmagan radikal yo‘ldan yura boshlaymizmi yo o‘tgan 31 yildagidek bir vaqtning o‘zida bir necha alifbodan (xususan, kirilldan) qiynalib foydalanishni ko‘zda tutadigan o‘zimizga xos liberal yo‘ldan yurishda davom etamizmi. Ha, hali yarim yil bor (kamiga bu muddatni yana bir yangi qonun bilan kechiktirishdan osoni yo‘q), lekin baribir radikal yo‘ldan yura olishimizga, masalan, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari faqat “takomillashtirilgan harfli” lotin alifbosida bosilishiga, ularning kirillcha talqinlari chop etilishi to‘xtatilishiga ko‘zim yetmayapti. Endi bu, masalan, skuter mingan dastafkachilardan “prava” va avtoraqam talab qilish yoki elektrokarlarni majburiy kuf-suf testdan o‘tkazish kabi ish bo‘lsa edi, shubhaga o‘rin qolmasdi — davlatimiz bunaqa sohalarda keragidan ortiq radikal bo‘la olishini ko‘p ko‘rganmiz. Lekin til, yozuv masalasida — bilmadim, ishonish qiyin (lekin hayratlanishga va adashganimni tan olishga tayyorman, albatta). Hay, ko‘raveraylik-chi, nima bo‘larkin. Nima bo‘lganda ham, alifbo (va uning amaliyotga qanday tatbiq etilishi) atrofidagi muhokama va munozara bo‘lishi va to‘xtamasligi kerak. Chunki hozirgi “takomillashtirish”, eng kamida, chala. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Открыть в Telegram
Просмотры3 712−46%к среднему
Пересылки22
Реакции2
Комментарии—
#3471Текстизменён
Просмотры12 265+79%к среднему
Пересылки71
Реакции1
Комментарии—
#3469Текст

Ikki kun avval, 16-oktabrda Press Qahramon bir maktabga borib, o‘z hamrohlari bilan bir boshlang‘ich sinfga kirib, xuddi sovg‘a beradigan Qorboboning ohangida o‘quvchilarga: “Kim bugun mashinaning old o‘rindig‘i – haydovchining yonida o‘tirib keldi?”, deb savol bergan videosi chiqqandi. Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, uch o‘quvchi xursand bo‘lib, qorataxtaning oldiga chiqqan. Keyin Press Qahramon ulardan otalarining ismini so‘rab, endi ularga jarima solinishini e’lon qilgan. Salkam 10 mln marta ko‘rilgan bu videoning oxiri — jarima solindimi-yo‘qmi — muhim emas (ahamiyatlisi, uch bolaning shaxsi butun mamlakatga oshkor qilindi, bu esa o‘zi jiddiy huquqiy muammo). Qoidalarga rioya etilishini targ‘ib va talab qilishga hech kim qarshi bo‘lmasa kerak, lekin Press Qahramon tanlagan nobop usul 9-10 yoshli bu o‘quvchilarni juda noxush va noqulay vaziyatda qoldirganini ham tushunish muhim. Zotan o‘sha sinfxonadagi vaziyat shu video tarqatilmaganida ham juda yomon — o‘quvchilar eng kamida o‘z sinfdoshlari oldida yoqimsiz vaziyatda qoldirilgan (kamiga, rost gapning to‘qmog‘ini yegan). Press Qahramon va uning hamkasblari biror “kotakon”ning hali 12 yoshga to‘lmagan nevarasi biror premium avtomobilning old o‘rindig‘ida ketayotganini ko‘rsa, uni jazolash tugul, mana shunday videoga olib chiqara olishiga ham ishonish qiyin, buyoqda esa hech narsadan shubhalanmay, xursand bo‘lib “doska”ga chiqqan uch o‘quvchini endi butun mamlakat muhokama qilyapti (qani endi Press Qahramon o‘sha videosi ostidagi kommentlarni yopib qo‘ygani bilan bu muhokamalarni to‘xtatib bo‘lsa). Afsuski, Press Qahramon qilgan ishi, tanlagan targ‘ibot usuli o‘rinsiz bo‘lganini hali ham anglamagan, nazarimda. Sog‘lom fikrli vatandoshlarimiz huquq-tartibot xodimlarining maktabdagi bu xatti-harakati o‘rinsizligini faol ta’kidlab kelayotgan bir vaqtda, u bugun, 18-oktabr kuni Instagramdagi sahifasiga IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning eski, lekin g‘alati mashhur bir videosini qo‘yibdi. U videoning ma’nosi, taxminan, bunday: melisani kimlar yomonlaydi? Melisani faqat “shoqol”lar va g‘alamislar yomonlaydi. Qolganlar esa “melisaga ishim tushmasin!” deb duo qiladi. Xalq “shularga ishim tushmasin!” deb duo qiladigan o‘zbek melisasi vakili hisoblangan Press Qahramonning maktabdagi xatti-harakatlarini Erkinjon Turdimov boshliq Ta’lim vazirligi ham, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham qoraladi. Melisa jargoni bilan aytganda, “yomonladi”. Press Qahramon “NO COMMENT” degan izoh bilan Shohrux G‘iyosovning videosini go‘yoki unga qaratilgan tanqidlarga javoban chiqararkan, bu bilan nafaqat O‘zbekistonning faol jamoatchiligini, balki, hozircha, Ta’lim vazirligi va Bolalar ombudsmanini ham “shoqol va g‘alamislar”ga tenglashtirib qo‘yganini tushungan bo‘lsa bo‘ldi.

Открыть в Telegram
Просмотры7 868+15%к среднему
Пересылки65
Реакции4
Комментарии—
#3468Фотоизменён
Просмотры6 123−10%к среднему
Пересылки47
Реакции5
Комментарии—
#3462Фотоальбомизменён
Просмотры5 990−12%к среднему
Пересылки10
Реакции—
Комментарии—
#3461Текст
Просмотры5 078−26%к среднему
Пересылки1
Реакции—
Комментарии—
#3460Превью ссылки
Просмотры23 979+251%к среднему
Пересылки54
Реакции—
Комментарии—
#3456Фотоальбом

Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, Stokgolm va Vashington mezbonlik qilgan. Bu safar anjuman Toshkentda o‘tkazildi. 30-sentyabr kuni tashkil etilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkilotidagi vakili, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek O‘runov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev so‘zga chiqdi. JW Marriott Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilgan konferensiya innovatsiyalar, investitsiyalar va ilmiy faktlarga tayangan holda tartibga solish amaliyotiga bag‘ishlandi. Unda bir necha mavzu bo‘yicha panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Masalan, “Innovatsion transformatsiyaga investitsiyalar” sessiyasida Yashil Energy, Coca-Cola Uzbekistan, EPAM, PMI va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbarlari va vakillari sarmoya va ishlab chiqarishni yangilash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qozog‘istondan taklif qilingan shifokor va olimlar sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni muhokama qildi. Qozog‘istonlik tibbiyot fanlari doktori Meyram Raganinning shu sessiyada: “Zararli narsalarni taqiqlash emas, balki ularning zararini tushuntirish samaraliroqdir”, degan mazmunda bildirgan fikri barcha spikerlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. “Transformatsiya jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” sessiyasida Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Akramjon Axlimirzayev noqonuniy mahsulotlariga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Qayd etish joiz, bu tajriba xorijiy hamkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli namuna sifatida o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini tadqiq etish markazi, Qozog‘iston Milliy iste’molchilar ligasi va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari esa yangi mahsulot toifalari bozorga kirib kelayotgan sharoitda iste’molchilarni to‘g‘ri xabardor qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Открыть в Telegram
Просмотры3 726−46%к среднему
Пересылки2
Реакции—
Комментарии—
#3451Превью ссылки

Menimcha, davlatimiz o‘zbekistonliklarning Rossiya–Ukraina urushida qatnashishining oldini olish bo‘yicha yetarlicha ish olib bormayapti. Hatto “urushga bormang!” degan aksiltarg‘ibot ham yetarli darajada tashkil etilmayapti. Lekin Rossiya o‘zbekistonliklarni bu urush domiga tortish uchun o‘zi allaqachon yollagan o‘zbeklarning so‘zi bilan, o‘zbeklarning qo‘li bilan juda faol tashviqot olib bormoqda. Ular o‘zbek tilida, diniy mavzularni qo‘shib, jazavani qo‘zg‘aydigan nuqtalarga tegib (masalan, “biz besoqolbozlarga qarshi jang qilyapmiz”, degandek), urushga qo‘shilishga da’vat qilyapti. Mana shu o‘zbekzabon targ‘ibotchilarga nisbatan jinoyat ishlarining qo‘zg‘atilishi va Rossiyadan ularni O‘zbekistonga jinoyatchi sifatida topshirilishini talab etilishi — bir o‘rinli aksiltarg‘ibot (ular Rossiya armiyasiga qo‘shilib, Rossiya fuqaroligini olgan bo‘lsa, bu O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘ladi — qonunda bor shu normani ham ochiq-oshkora qo‘llash, ko‘rsatish zarur); xuddi pandemiya davridagi “Uyda qoling! Niqob taqing!” degan tashviqotga o‘xshatib, tinimsiz, har kuni: “Urushga borma, borsang — O‘zbekiston uchun jinoyatchisan” degan ogohlantirishning kerak bo‘lsa har dazmoldan jaranglab turishi — hozir juda kerakli aksiltarg‘ibot. Urushda qatnashishga qarshi yana bir zo‘r va arzon aksiltarg‘ibot — bu yollaganlik, yollanganlik va urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarning qat’iyligi va muqarrarligini ta’minlash. Menimcha, bu masalada jinoyatchilar qonunda belgilangan jazoni to‘liq hajmda olishi shart. Jazo muqarrarligi — har qanday jinoyatga qarshi eng yaxshi chora. Qo‘shimchasiga, yollaganlik, yollanganlik, urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarni yanada og‘irlashtirish kerak. O‘zbekistonda istalgan jazoni zudlik bilan, bir haftaga qolmay kuchaytirish mumkinligini Namangandagi 5 yoshli qizaloq voqeasidan keyin hamma ko‘rdi. Agar bu chora vatandoshlarimizning urushga yollanishini kamaytirib, ularning hayotini saqlab qolishga yordam bersa, bu safar ham shunday tezkorlik zarur. Yana o‘nlab, yuzlab, minglab vatandoshlarimiz tarixda qonxo‘r va bosqinchi nomi bilan qoladigan Putinning tor manfaatlari yo‘lida o‘lib ketmasligi uchun ham davlatimiz qila oladigan eng kichik ishlar bu aslida.

Открыть в Telegram
Просмотры6 327−7%к среднему
Пересылки20
Реакции2
Комментарии—
#3450Видео
Просмотры5 677−17%к среднему
Пересылки0
Реакции—
Комментарии—