Paxtachilik ildizlarga ega 10 yoshli o‘zbekistonlik bola Germaniyada nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi Germaniyaning Saarland o‘lkasidagi Ottvayler shahrida istiqomat qiluvchi 10 yoshli Ilmiyor Sadriddinov o‘zi yaratgan AIMER roboti bilan Germaniyaning nufuzli “mb21” multimedia mukofoti sovrindori bo‘ldi. Quvonarlisi, yosh ixtirochining onasi asli Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidan yetishib chiqqan jurnalist Binafsha Qalandarovadir. Yosh ixtirochimiz tanlovning dastlabki bosqichlarida 200 nafardan ortiq raqibini ortda qoldirib, Drezden shahrida o‘tgan mediafestivalda finalga chiqqan 15 nafar ishtirokchi safidan joy oldi. Chiqindini tashlasangiz — hazil va rahmat eshitasiz Ilmiyor yaratgan AIMER (Artificially Intelligent Mobile Entertaining Recycler) roboti ommaviy tadbirlarda odamlar orasida mustaqil harakatlana oladi. Uning asosiy maqsadi — plastik idishlarning yerga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va odamlarni chiqindilarni maxsus qutiga tashlashga undash. Robotga bo‘sh plastik idish tashlagan foydalanuvchiga qurilma ovoz orqali javob qaytaradi: xushmuomalalik bilan rahmat aytadi, qiziqarli ma’lumotlar ulashadi va hazillar bilan suhbatni davom ettiradi. Nomining talaffuzi esa nemis tilidagi “Eimer” — chelak yoki chiqindi qutisi so‘ziga hamohangdir. Dasturni ham o‘zi yozgan Qurilma karton, qayta ishlangan materiallar va LEGO Spike to‘plami asosida yig‘ilgan bo‘lib, matnni ovozga aylantiruvchi dasturiy vosita bilan jihozlangan. Hakamlar hay’ati 10 yoshli ijodkorning g‘oyani prototipgacha olib borgani, tashabbuskorligi va robot dasturiy kodini mustaqil yozganini alohida e’tirof etdi. Keyingi maqsad — chiqindilarni saralovchi robot “mb21” — 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan, jami 11 ming yevro mukofot jamg‘armasiga ega nufuzli tanlov. Ilmiyor kelgusi rejalari doirasida robotning yangi avlodini karton o‘rniga haqiqiy chiqindi konteyneri bazasida yaratish hamda kamera orqali chiqindilarni turiga qarab ajratish mexanizmini joriy etishni ko‘zlamoqda. Ottvayler gimnaziyasida o‘qiyotgan va musiqa bilan ham shug‘ullanuvchi Ilmiyorning bu yutug‘i nafaqat Germaniyadagi vatandoshlarimiz, balki paxtachiliklar uchun ham alohida faxr va yoshlarga ilhom manbaidir. "MUHIM24" tahririyati, barcha kuzatuvchilarimiz hamda butun paxtachiliklar nomidan yosh ixtirochi Ilmiyor Sadriddinovni, uning ota-onasi va barcha yaqinlarini ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida bundan-da ulkan zafarlar va yangi ixtirolar tilaymiz! 🗣 Bizni kuzating👇👇 📱Telegram📱Instagram📱YouTube📱Veb-sayt 🎙OVOZLI
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 279 |
| 8 ч | 324 |
- Через 6 часов279
- Всего сейчас324