Bizning nomimizdan bir necha firibgar akkauntlar ochilgan. Biletlar sotilib tugadi!!! Bilet sotaman joy bor deganlarga ishonmanglar! O'z joyini sotmoqchi bo'lganlar ham bizning ishtirokimizsiz bu ishni qilolishmaydi! Xushyor bo'ling. Ayni shu paytda bir nechta odam aldanib qolib bizdan yordam so'rab yozmoqda! Adminlarimiz akkauntlarini maxsus nomlar bilan kontaktingizga saqlab oling! Shunda firibgarlarga aldanmaysiz! @MUA_school @MuaAcademy_admin @MUAZbeauty bizda boshqa admin yo'q !!!
Открыть в TelegramПосты канала Muazzam Juraeva
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤❗️ Rahmat hammaga. Barcha joylar sotib bo'lindi! Ulgurgan barchani tabriklaymiz! 14-dekabr, dushanba kuni Intercontinental mehmonxonasida bo'lib o'tadigan unutilmas kunda ko'rishamiz😊 Ulgurmaganlarga oxirgi imkoniyat tarzida ma'lum qilmoqchimiz: atiga 9 ta VIP joy qoldi! (vip ham tugadi 18:30 holati bo'yicha) Yozilishga ulgurgan barchani tabriklayman. Bu havolaga storizga qo'yib maqtansangiz bo'ladigan animatsiya yuklab qo'yganmiz 😘👉 https://t.me/mdu_uchun/56
Открыть в TelegramBugun bizda bir emas, ikki emas, naqd 3 guruh go’zallar bilan 4 kunlik «Сам себе визажист» offline kursi boshlandi 🤍 Bugun birinchi dars, NUDE makeupni o’rgandik 🥰 Bu eeeng tabiiy makeup bo’lib har qanday ayol qizni tabiiy go’zalligiga aksent beradi 🤍✨ ONLINE yoki OFFLINE kurslarim haqida to’liq ma’lumot olish uchun @MUA_school ga yozing 🤍 https://t.me/MuazzamJuraeva
Открыть в Telegram🔥 ASIAN BEAUTY GALA 2026 SANASI MA’LUM BO’LDI! 14-dekabr kuni Intercontinental Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo beauty sohasining eng kuchli expertlari va O’zbekiston estradasining top yulduzlari bir sahnada to’planadi 🤩 Sizni nimalar kutmoqda? ✅ Markaziy Osiyoning eng top vizajistlaridan master klass ✅ Top yulduzlar ishtirokidagi gala konsert ✅ Beauty expertlar bilan bevosita savol-javob ✅ Har bir spikerdan alohida sertifikat ✅ Homiylarimizdan bepul sovg’alar ✅ Qimmatbaho sovg’alarga ega loto Spikerlarimiz Markaziy Osiyoning top vizajist va stilistlari: • @stilist_aslzoda • @shoxa_belucci_style • @alisherovna__s__ • @iroda_khalmatova • @muazzam_juraeva 🔻 ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ 🔻 Bilet narxlari hamda batafsil ma’lumot olish uchun adminlar bilan bog’laning: @mua_school @muaAcademy_admin +998911528888 +998975898989
Открыть в TelegramShu yilni boshlanishida, yanvar oyida poezdni tagiga kirib ketay dedim… Mo’jizajiy tarzda omon qoldim… Hattoki sekund emas, sekundning ham qandaydir juda mayda qismlari hal qiladigan darajada poezdga yaqin edim. Juda katta tezlikda kelayotgan poezd chap tomonimda 1 metrdan kam masofada turgandi… Eslasam har doim yig’lab yuboraman. O’shanda bu Allohni manga bergan yana bir imkoni edi aslida🥹 Makeup daysdan keyin erim Anglyaga uchib ketdilar, men esa Xitoyga uchib ketishim kerak edi. Uchib ketishdan avval esa kurs darslarini va kontentlarni syomka qilib ketishim kerak edi. Syomkamiz juda kech tugadi. Adashmasam jamoam bilan tungi 1 lar atrofida tarqaldik. Bunaqa paytda odatda har doim erim olib ketardilar. Bu safar esa necha kunlik uyqisizlik va uzoq soatli dars syomkasi judayam sillamni quritgandi. Kech bo’lgani uchun Shirinni taxiga chiqarishga ham qo’rqdim, kech bo’lsa ham avval uni uyiga tashladim. O’zim esa MDU arafasi oylab deyarli uxlamagan, lekin shu kungi syomkaga ham chidab berishim kerak bo’lgan. Shirinni amallab uyiga tashladim. Borgan sayin rulni qiyinroq boshqarardim. Lekin uygacha yetib olishim kerak, deb tezroq haydashga harakat qilardim, lekin charchoqdan avtomatik tarzda sekinlashardim. Bilsangiz Tapoich dan o’tgandan keyin Shosh to’yxona oldida shlakbaumsiz temir yo’l bor Ana shu yerdan o’tayotganimda juda-juda qattiq signal eshitilardi. Mani sekin yurayotganim uchun orqamdagi mashina chalyabdi deb o’yladim. Shu darajada asabiylashdimki jaxlim chiqib yon oynadan kim ekan bunaqa baland signal chaladigan deb qaradim. Orqada hech qanday mashina yo’q edi 😭 Shu payt chap tomonimdan juda katta va oppoq chiroq tushdi. Shunchalar bahaybat chiroq edi… Bu poezd chirog’i edi va men deyarli poezdni tagiga kirib ketayotgandim Poezd va meni oramdagi masofa hattoki 1 metr ham emasdi! Gap sekundlar haqida emas, sekundning ham qandaydir qismi haqida ketyabdi… Men batamom karaxt edim. Shunda qandaydir holatda gazni qattiq bosdim. Juda sekin kelayotgan mashina bunchalar qattiq va tez yurib ketishi, qolaversa poezd tagidagi odamni gazni topib bosa olishi bu tasodif emas!!! Qandaydir mo’jizajiy tarzda mashinam raketaday uchib ketdi va juda katta tezlikdagi poezd o’tib ketdi. Uyga qanday yetib keldim bilmayman. Dodlab yig’lardim. Bu menga berilgan imkon edi! Bu shunchaki men xis qilganim va ko’rganim xolos! Aslida u bizga har kuni qayta va qayta imkon beradi, asraydi, mo’jizaviy tarzda 🤍 https://t.me/MuazzamJuraeva
Открыть в TelegramMani offline kursimda BEPUL o’qishni istaysizmi?! Kelolmasangiz online kursga almashsangiz ham bo’ladi! ❓Uchta tadbirdagi bitta judayam o’xshash narsani birinchi topganga mandan kurs🎁 Uchta tadbirdagi bitta judayam o’xshash narsani eng birinchi topganga mandan kurs🎁 (kelolmasa online, kelolsa offline) Ertalab massajga bordim Keyin Dilbar Usmanovani to’y uchun makeup qilishga bordim. Makeup qilib yo’l-yo’lakay tushlik qilib oldim🥰 Tushlik, ovqat buyurtma berish va tayyorlash vaqtimni olmasligi uchun yo’ldaligimizda telefon qilib tayyor qilib turishlarini aytib qo’ydik Tushlikdan chiqib makeup studioimga keldik, bir qancha muxim ishlarimni hal qildim. Pardoz qildim, kiyimlarimni almashtirdim va chaqirilgan tadbirlarimga qarab uchdim 🚀 Avval saadiatelier va diora_u tomonidan yaratilgan elexirli parfum taqdimotiga bordim. Diora Usmanovani mahsulotim haqidagi fikrlaridan va “Hozir faqat sizni kist va sponjlaringizdan foydalanyabman” degan gaplaridan osmonga uchib ketay dedim 🤗 Keyin Dilbar Usmanovauni o’g’illarini nikoh to’yiga bordim. To’ydan chiqib yo’l-yo’lakay gul do’konga kirib gul oldim va sensilis.uzb brandini O’zbekistondagi distributeri laylo.usm tomonidan taklif qilingan yangi brand namoishiga keldim🥰 CAMLAUDE bu brand filosofiyasi meni ta’sirlantirdi va hayratlantirdi, bu haqida batafsil yozaman💗 Tadbirlardan chiqib yana ishga keldim, chunki ertaga uchib ketamiz va syomkani shu paytda qilishdan boshqa ilojimiz yo’q 🥲 Aslida bugun qandaydir boshqacha kun emas! Deyarli har kunim yugur-yugurlardan va har bir minuti ham hisoblangan, qat’iy reja asosida tuzilgan ishlardan iborat. Ba’zan qattiq charchab qolaman. Lekin shiddatli hayotimdan mamnunman va mana shu shiddatdan energia va kuch olaman 🤍 Qanday ulguraman?! “O’zi” yordam beryabdi🤍 https://t.me/MuazzamJuraeva
Открыть в TelegramBir kunda, bir vaqtga, 3 ta eventga chaqirilganman, bir vaqtni o’zida 3 ta joyda bo’lishim kerak 🥲 Makeupim uzoq turishi kerak bo’lganda, muxim kunlarda @carlauzbekistan dan ishlataman, ideal darajada yopadi, juda uzoq turadi, ro’molga ham yuqmidi lekiiiiiin iltimos @Carla_Makeup bu tonalkani idishini ustida ishlela 🙏🏻 Carla ishlatganimda pudrayam ishlatmiman, uni ustidan birdaniga quruq rumyana va sculptorga o’taman, chunki carla o’zi fiksatsia bo’ladi, lekin o’sha gap ( @yslbeauty dan shu rumyanani ham juda sevaman, lekin magniti juda qattiqligi uchun o’zini-o’zi maydalab tashiydi 😭 Ha mayli sevganlarimizni aybi bilan sevaveramiz 🥲🤍 https://t.me/MuazzamJuraeva
Открыть в TelegramKechagi ish kunim tongi 7:00 dan boshlanib kechki 23:50 gacha davom etdi Ertaga uchib ketishimiz kerakligi uchun 23:50 gacha ishxonamizda syomka bo’ldi Safarda paytimda kontentlar to’xtab qolmasligi kerak 🥲 Kontentmakerimni aytishicha boshqasi bu rejimni ko’tarolmas ekan “Aqldan ozadi, aqldan” dedi 🤣 https://t.me/MuazzamJuraeva
Открыть в Telegram