Кабинет

Посты канала MohirDev.uz

сначала новые

#3257Фото

🎉 Mohirdev — OpenAI Select Partner Rasman Mohirdev OpenAI Partner Network tarkibida OpenAI Select Partner maqomini oldi. OpenAI Partner Network — dunyo bo’ylab tashkilotlarga SI yechimlarini yaratish va joriy etishda yordam beradigan hamkorlarning global dasturi. Endi Mohirdev ham shu dastur a’zosi. Bu maqom Mohirdev’ning sun’iy intellekt sohasidagi o’rnini yanada mustahkamlaydi. O’zbekistonda birinchi bo’lib Data Science va SI kurslarini boshlagan jamoa sifatida, biz SI’ni o’zimiz har kuni qo’llaymiz va aynan shuni kurslarimizda o’rgatamiz. «Xo’sh, bu menga, o’quvchiga nima beradi?» Kurslarimiz doim dolzarb bo’lgan, endi yanada tezroq yangilanadi. Hamkor sifatida jamoamiz OpenAI resurslari va treninglaridan foydalanadi. Yangi vositalar va imkoniyatlar darslarimizga yanada tezroq yetib keladi. Amaliyot yanada kuchayadi. Biz doim real loyihalar asosida o’qitganmiz: vazirliklar, bank va kompaniyalar bilan ishlagan tajribamizni darslarga olib kirganmiz. Endi bu tajriba global hamkorlik tarmog’i bilan boyiydi. Siz o’qiyotgan kompaniya kuchayadi, sizning bilimingiz ham qadrlanadi. SI sohasida tan olingan kompaniyada o’qish ish beruvchilar oldida sizning ham ustunligingiz. SI’ni texnologiya emas, uni to’g’ri ishlata oladigan odamlar foydali qiladi. Bu maqom shu yo’ldagi navbatdagi qadam, va bu yo’lni biz siz bilan birga bosib o’tmoqdamiz. 63 000 dan ortiq o’quvchilarimizga, jamoamizga va hamkorlarimizga katta rahmat! #OpenAISelectPartner #Mohirdev

Открыть в Telegram
Просмотры3 300−68%к среднему
Пересылки—
Реакции126
Комментарии—
#3243Фото
Просмотры10 200−1%к среднему
Пересылки—
Реакции51
Комментарии—
#3242Видео
Просмотры9 500−8%к среднему
Пересылки—
Реакции62
Комментарии—