Кабинет

Посты канала Mehnat huquqi

сначала новые

#14061Голосовое
Просмотры1 530−60%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч1 350
4 ч1 530
  1. Через 6 часов1 530
  2. Всего сейчас1 530
#14060Превью ссылки
Просмотры1 920−49%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч169
2 ч1 720
5 ч1 890
6 ч1 920
  1. Через 6 часов1 920
  2. Всего сейчас1 920
#14059Текст

#loyiha “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi. ⚠️ MK 560-moddasi ya’ni da’vo muddati bo’yicha muhim o’zgarish bo’lishi mumkin❗️ Amaldagi tartib bo’yicha, ishga tiklash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha da’vo muddati— xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrugʻining koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy. Loyihaga ko'ra, 560-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:   “ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan yoki pochta jo‘natmasini topshirish haqidagi bildirishnoma bilan yuborilgan kundan yoxud ushbu Kodeksning 171-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan SMS-xabar yuborilgan kundan e’tiboran uch oy”.   Agar loyiha ma’qullanib, Mehnat kodeksiga o’zgarish kirsa, garchi xodim buyruqning ko’chirma nusxasini olmagan bo’lsada, lekin SMS-xabar yuborilgan bo’lsa, da’vo muddati o’taveradi.   ⚠️ Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov   Elektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470   💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры2 710−28%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч1 880
5 ч2 610
7 ч2 710
  1. Через 6 часов2 710
  2. Всего сейчас2 710
#14058Фото
Просмотры2 870−24%к среднему
Пересылки—
Реакции93
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
3 ч2 360
7 ч2 870
  1. Через 6 часов2 870
  2. Всего сейчас2 870
#14057Превью ссылки

#loyiha #xushxabar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi. ⚠️ Kadrlar uchun xushxabar! Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini yubormasdan, SMS yuborish mumkin bo’ladi! 171-moddaning to‘rtinchi-oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini xodimning buyruqning ko‘chirma nusxasini pochta orqali yuborish uchun roziligini olmagan holda pochta jo‘natmasini topshirish haqidagi bildirishnoma bilan yuborishga yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmui orqali shaxsiy kabinetiga va mavjud bo‘lgan taqdirda, xodimning nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga yoxud elektron pochta manziliga yoki agar mehnat shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, Internet jahon axborot tarmog‘idagi boshqa dasturlar orqali elektron tarzda tegishli SMS-xabar yuborishga haqli. Yuborilgan SMS-xabarda mehnat shartnomasini bekor qilingan kun va asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning xodimga berilgan ko‘chirma nusxasi yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda, xodim ish beruvchiga bunday buyruqning yangi ko‘chirma nusxasini berish uchun murojaat qilishga haqli bo‘lib, ushbu ko‘chirma nusxa xodimga u ish beruvchiga murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak”; ⚠️ Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Elektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470 💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры3 810+1%к среднему
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
5 ч3 530
8 ч3 810
  1. Через 6 часов3 530
  2. Всего сейчас3 810
#14056Превью ссылки

#savolimbor Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz? Bir savolim bor edi. Institutda dars beradigan bir o'qituvchini sokrasheniya sabab ishdan bo'shatishgan. O'quv yili boshidan. Ikki oy kompensatsiya to'lashdi. Hozir chaqirib ariza yozib bering deyishyapti. Shu ish to'g'rimi? Agar ariza yozib bersa nima riski bor? O'zi tartibi qanday bo'ladi? Imkon qilib javob bersangiz hursand bo'lardim. Rahmat.   Javob Va alaykum assalom. Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 2-bandiga muvofiq, ish beruvchi texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi yoki ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan xodimlarni ishdan bo‘shatishi mumkin. Bunday asosda mehnat shartnomasini bekor qilish qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Mehnat kodeksining 170-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniy asosi, ya’ni tegishli modda va band aniq ko‘rsatilishi shart. Shu sababli, agar xodim bilan mehnat shartnomasi shtat qisqarishi munosabati bilan bekor qilingan va tegishli buyruq chiqarilgan bo‘lsa, undan hozir o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozishni talab qilish noqonuniy. Bunday ariza yozish xodim uchun salbiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq, shtat qisqarishi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan xodim bilan shartnoma bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda uning avvalgi mutaxassisligi va malakasiga mos bo‘sh (vakant) ish o‘rni paydo bo‘lsa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishi shart. Agar xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozsa, mehnat shartnomasini bekor qilish asosi o‘zgaradi va u Mehnat kodeksining 102-moddasida shtat qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlar uchun nazarda tutilgan olti oylik kafolatdan foydalana olmaydi. Shu bois, xodimga o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozmaslikni, avval mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq va boshqa tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. 📓 Hujjatlar to‘plami 1-qism 📕 Hujjatlar to‘plami 2-qism 📔 Hujjatlar to‘plami 3-qism 📚 Paket hujjatlar (ishdan bo‘shatish haqida) 🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling:@miryoqubraximov Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang: https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры3 500−8%к среднему
Пересылки—
Реакции8
Комментарии—
#14055Превью ссылки

#savolimbor? Ассалому алайкум Муҳаммадамин ака яхшимисиз. Суд қарорига мувофиқ муайян ҳуқуқ ва лавозимда ишламаслик асосида ишдан бўшатилган бош ҳисобчига расчётной бериладими йўқми? Илтимос шунга асосли жавоб берсангиз. Олдиндан катта раҳмат https://t.me/mehnathuquqi javobi MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. ❗️Hisob-kitob xodimga: 👉oxirigacha olinmagan ish haqini; 👉xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni; 👉agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. ⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. ⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. ⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi. ❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi. ✅ Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi. Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov 💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры3 620−4%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#14053Текст

Переслано из YURISTKADR

СУКУТ СУДЬЯНИНГ ФАЗИЛАТИДИР! Тажрибали судьялар суд мажлисларини ўтказишда камгапликни ўзига лозим тутади. Улар, асосан, тарафларни эшитишга катта аҳамият қаратади. Айрим судьялар борки, даъвогарга юзланиб гапирса, "бўлди, даъвогар ютиб кетди", сўнг жавобгар тарафга гапирса, "йўқ, жавобгар ютиб чиқса керак" деб, ўйлайди одам (яъни, улар якуний фикрларини тарафларга умуман билдирмайди, икки тарафни ҳам тенг кўради). Баъзида, "суд умуман эмоция билдирмаябди-я, важларимни судга тўғри ва тўлиқ етказа олмоқдаманми ўзи?" деб, ўйланиб қолади одам. ЛЕКИН, бугун юқоридаги сифатларга тамомила тескари сифатга эга бўлган, яъни ўз фикрини умуман тутиб тура олмайдиган судьяни кўрдим ва ҳайратда қолдим. Бугун ишга тиклашга оид бир меҳнат низоси кўрилиши бошланди. Ушбу ишда даъвогарнинг ҳуқуқини ҳимоя қилмоқдаман. Процесс бошланди, ишнинг мазмуни эълон этилди, ҳуқуқлар тушунтирилди, дастлабки кўрсатмалар берилди, даъво талабларига аниқликлар киритилди. Сўнг, айрим савол-жавобларга ўтилди. ➖ Шунда, жавобгар ташкилотнинг вакили менга қуйидаги мазмундаги якка-ю-ягона саволини берди: "ҳурматли даъвогарнинг вакили, айтингчи даъвогар ўз ҳуқуқи бузилганлигини дарҳол билган бўлса-да, нега у судга аввалроқ мурожаат этмасдан, деярли 3 ойга яқин вақт ўтканидан сўнг даъво аризаси киритди?" ➖ Бироз сукут сақлаб, ушбу саволга жавоб беришни бошлайман деб турсам, раислик этувчи судья гапни олиб: "Келинг, ушбу саволингизга мен жавоб бераман! Бундай вазиятларда деярли барча адвокатлар 3 ойлик муддатни кутиб, кейин судга даъво аризаси киритади!" деб, таъкидлади. Тўғриси, энсам қотди, лекин индамадим. Сўнг: "ҳурматли вакил, даъвогар шундай қарорга келди" деб, гапни қисқа қилдим. Процесс тугашидан аввал судга оғзаки илтимоснома киритиб, жавобгар вакили томонидан судга берилган ҳужжатлар билан танишиб, нусха олишни сўрадим. Илтимосим қаноатлантирилди. Процесс кейинга қолдирилди. Раислик этувчи хонанинг нариги тарафидаги бўш жойни кўрсатиб: "ўтириб, иш ҳужжатлари билан танишиб, нусха олишингиз мумкин" деди. Мен танишиш ва нусха олиш ишларига киришиб кетдим. Сўнг, раислик этувчи ёрдамчига юзланиб, кейинги процесс иштирокчиларини чақиришни сўради. Кейинги процесс бўйича жавобгар ташкилот вакиллари киришди. Судья ёрдамчиси даъвогарнинг вакили кечикиб келаётганлиги ҳақидаги хабарни раислик этувчига етказди. Раислик этувчи даъвогар вакилини кутишга қарор қилди шекилли, жавобгар ташкилот вакиллари билан мулоқотга киришиб кетди ва қуйидаги мазмундаги сўзларни айта кетди: "сизларнинг соҳангиз ходимлари ҳам судга кўп мурожаат этадиган бўлиб қолди-я? Мен вертикаллик сақланиб қолиниши керак деб фикрлайман. Барча ходимлар судга мурожаат этаверса, ташкилотда парокандалик юзага келади. Масалан, хабарларингиз бор, 333 деган "бошга бало" бор. Ойлиги 2-3 кунга кечикиб қолса ҳам, судга мурожаат этадиганлар бор. Тассавур қилинг, 5 млн сўм пул 5-6 ойга кечикиб тўланса, у 50 млн сўмга айланиб кетади! Бундай ҳолатда бюджет дош берадими?! Мен, барибир, вертикаллик сақланиб қолиниши керак деб фикрлайман..." Шу жойида мен ўз ишимни тугатиб, судга раҳмат айтиб, хонадан чиқиб кетдим. Тўғриси, ушбу сўзларни эшитганимдан ҳозиргача ўзимни боса олмаябман. Нега дейсизми? Ушбу постни ёзишни атайлабдан кечиктирдим, ҳовурим тушсин, постга эмоция кўп қўшилмасин деб. Судьянинг бугунги сўзлари юзасидан айрим фикрларимни айтиб ўтмокчиман: Биринчидан, савол бериш, у юзасидан жавоб-тушунтириш бериш — бу тарафларнинг ҳуқуқи. Тарафга берилган савол юзасидан суд жавоб бериши процессуал қоидаларга ҳамда судьянинг этика қоидаларига зид ҳисобланади, ишнинг ҳолатларига тарафлар томонидан аниқлик киритилишига тўсқинлик қилади. Иккинчидан, белгиланган даъво муддати доирасида судга мурожаат этиш тарафларнинг мутлақ ҳуқуқи. Қачон, қандай ва ким орқали судга мурожаат этишни тарафларнинг ўзи ҳал қилади. Суд даъво муддатига баҳо беришда: "барча адвокатлар даъво муддати охирги санасини кутади, уларнинг ҳаммаси бир хил" деб, таъкидлаши мумкин эмас. Даъво муддати масаласида суд ушбу муддатга риоя этилгани ёки риоя этилмаганлилига баҳо беради, холос. Учинчидан, суд тарафлар тортишуви ва тенг ҳуқуқлилиги принципига қатъиян риоя этиши лозим, ҳаттоки бунда иккинчи тараф судга келмаган ҳолатда ҳам. Яъни, бир тараф судга келмаганда, суд иккинчи тарафга қарата: "ходимларингиз судга кўп мурожаат этадиган бўлиб қолди-я, ҳуқуқлари озроқ бузилса ҳам, судга мурожаат этадиганлар кўпайиб кетди, айрим нормалар бошга бало бўлди, "кўп мурожаат бўлса, бюджет пулларини сақлаб қолиб бўлармикан?", ташкилотда вертикаллик (яъни, тепадан пастга қадар сўзсиз бўйинсуниш) сақланиб қолиниши керак деб ҳисоблайман" дейиши, албатта, тенглик қоидаларига зид ҳисобланади. Фикрлашимча, мазкур вазиятда судья жавобгар ташкилот вакилларига ишни уларнинг фойдасига ҳал қилиши ҳақида мужда бериб қўйди. Тўртинчидан, ФПК талабига кўра, суд ишларни қонунчилик асосида ҳал қилади. Айрим қонунчилик нормалари адолат тамойилларига тўғри келадими йўқми, суд уларни бирдек қўллаши шарт, вассалом. Ушбу нормаларни муҳокама қилишни эса қонун ижодкорларига қўйиб бериш керак. Бешинчидан, суд барча соҳа ходимлари даъво аризалари юзасидан қўзғатилган фуқаролик ишларини ажратмасдан, бирдек кўриб чиқиши лозим. Эътибор беринг, ФПКнинг 8-моддасига кўра, фуқаролик ишлари бўйича одил судлов фуқароларнинг жинси, ирқи, миллати, тили, дини, эътиқоди, ижтимоий келиб чиқиши, ижтимоий мавқеидан, ташкилотларнинг эса ташкилий-ҳуқуқий шаклидан, мулкчилик шаклидан, жойлашган ери, шунингдек бошқа ҳолатлардан қатъи назар, қонун ва суд олдида тенглиги асосида амалга оширилади. Айрим соҳа ходимларининг махсус қонунчилиги борми, бас, суд ишларни ўша махсус қонунчилик асосида, махсус қонунчилик айрим масалаларни тартибга солмаган қисмида эса Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 11-моддасида келтирилган тартиб асосида ҳал қилиши лозим. Олтинчидан, суд бюджет қўриқчиси эмас, ФПКнинг 7-моддасига кўра суд одил судловни амалга оширувчи орган ҳисобланади. Шу билан бирга, Конституциянинг 23 бобига кўра, суд қонун чиқарувчи ва ижро этувчи ҳокимиятдан, сиёсий партиялардан, фуқаролик жамиятининг бошқа институтларидан мустақил ҳолда иш юритади. Шу билан бирга, суд қонун чиқарувчи ва ижро этувчи ҳокимият органлари ҳужжатларининг Конституция ва қонунларга мувофиқлиги текшириб, одил судловни таъминлайдиган орган ҳисобланади. Яъни, суд ижро этувчи органларга "симпатия" билдириши мумкин эмас. Еттинчидан, вертикаллик фақат қаттиққўллик ҳамда ходимларнинг судга мурожаат этишини чеклаш билан таъминланмайди. Эътибор беринг, МКнинг 295-моддаси 3-қисмига кўра, меҳнат интизоми нормал иш учун зарур ижтимоий-иқтисодий ва ташкилий-техник шарт-шароитларни яратиш, ҳалол меҳнати учун рағбатлантириш ва мукофотлаш усуллари, меҳнат (лавозим) мажбуриятларини бузган ходимларга нисбатан жазо чораларини қўллаш орқали таъминланади. Конституциянинг 55-моддасига кўра эса, ҳар кимга бузилган ҳуқуқ ва эркинликларини тиклаш учун унинг иши қонунда белгиланган муддатларда ваколатли, мустақил ҳамда холис суд томонидан кўриб чиқилиши ҳуқуқи кафолатланади. Ушбу постни ёзишдан мақсадим судьянинг кимлигини айтиш, уни жазолатиш эмас. Чақимчилардан эмасман. Балки, ушбу постни ёзишдан мақсадим — судья бўлиш осон эмаслигини, ушбу лавозимни эгаллаш жуда ҳам катта масъулиятни талаб қилишини, одил судловни амалга ошириш чоғида судья шахсий фикр ва мулоҳазаларини четга суриши лозимлигини, суд ҳужжати қабул қилинмагунича уларни ошкора қилмасликни талаб этилишини, суд учун оқу-қаро, шоҳу-гадо, соғу-норасо бирдек бўлиши шартлигини, судья, масалан, 5 млн сўм 50 млн сўмга айланиб кетишида ходимларни бўри сингари кўришга шошилмасдан, ўша 5 млн сўм 5-6 ой давомида иш берувчи томонидан кечиктирилганлигига ҳам баҳо бериши кераклигини (яъни, суд ишнинг барча ҳолатларига тўлиқ баҳо бериши кераклигини) яна бир бор барчамизга эслатишдир. «Ва эслатгин. Албатта, эслатиш мўминларга манфаат берур» (Зариёт сураси, 55-оят). YURISTKADR адвокатлик фирмаси адвокати Хумоюн Сойипов 👉@yuristkadr

Открыть в Telegram
Просмотры3 080−19%к среднему
Пересылки—
Реакции29
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
21 ч2 940
25 ч3 080
  1. Через 24 часа3 080
  2. Всего сейчас3 080
#14052Текст
Просмотры3 740−1%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
23 ч3 640
26 ч3 740
  1. Через 24 часа3 640
  2. Всего сейчас3 740
#14051Превью ссылки

#savolimbor Assalomu alaykum, avvalombor Sizlarga katta rahmat. Savollarimizga beminnat javob berib kelyapsizlar. Savolim bor edi. Bir xodimimga institutga o'qish uchun ta'lim ta'tili berdim 1 oyga. U 10 kundan so'ng dekretga chiqmoqchiman deb hujjatlarini olib keldi. Endi nima qilsam bo'ladi. Dekretga chiqarsam bo'ladimi. O'qish ta'tili nima bo'ladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.. https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤: MK 213-moddasiga ko’ra, ta’tillarning quyidagi 4️⃣ ta turi nazarda tutilgan: har yilgi mehnat ta’tili; ijtimoiy ta’tillar; ish haqi qisman saqlanadigan ta’til; ish haqi saqlanmaydigan ta’til. ⚠️ Mehnat qonunchiligida bir vaqtning o’zida 2 ta ta’tilda bo’lish nazarda tutilmagan. Masalan, bir vaqtning o'zida ham o'quv tatilida, ham “dekret ta’tili”da. Agar Siz o’quv ta’tilidagi xodimni “dekret”ga chiqarsangiz bu xodim bir vaqtning o’zida ham o’quv ta’tilida, ham “dekret ta’tili”da bo’lib qolmoqda. Bu noto'g'ri hisoblanadi. O’quv tatilidan chaqirib ham bo’lmaydi, chunki ta’tildan chaqirib olish ya’ni MK 232-moddasi qoidalari xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishni tartibga soladi. Bundan tashqari, MK 229-moddasini ham qo’llay olmaysiz. Chunki bu modda ham har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirishni tartibga soladi. O'quv ta'tili va “dekret ta’tili” esa MK 237-moddasiga ko'ra, ijtimoiy ta’tillar turiga kiradi. Demak, Siz xodimni o’quv ta’tili tugagandan so’ng, uni “dekret ta’tili”ga ya’ni homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarish bo’yicha buyruq chiqarasiz. ❗️MK 404-moddasi 2-qismiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi. Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Elektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры4 510+19%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#14050Текст

#sudishi ⚠️ Hurmatli ish beruvchilar, yurist bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda o'ta ehtiyot bo'linglar 😊 DEYARLI 1 MILLIARDLIK SUD ISHIMIZ HAM O’Z YAKUNIGA YETDI. Tashkikot yuristining g'ayriqonuniy bo'shatilgani, tashkilotga deyarli 1 milliardga tushdi (majburiy progul, ma'naviy zarar va boshqa qo'shimcha xarajatlar, davlat bojlari...) Da’vogarning “Advokat Karimjonov” advokatlik byurosiga qilgan murojaatiga asosan, uning manfaatlarini Oliy Sudda ham himoya qildik. Ish holatiga ko’ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MKning 137-moddasi bilan bekor qilingan. ❌ Ishga tiklash o’rniga 3 oylik ish haqi miqdorida tovon puli undirish va boshqa da’vo talablari yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan qanoatlantirishdan rad qilingan. ✅ Apellyatsiya instansiyasidan boshlab, da’vogarning murojaatiga asosan uning manfaatida Saidali aka bilan birga ishga kirishgan edik. Apellyatsiya instansiyasida xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda MK 137-modda talablari buzilganligi, yuridik xizmat xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda Adliya roziligi olinmaganligi va yana boshqa bir qator vajlarni keltirgan edik. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3444-sonli buyrug’iga ko’ra yuridik xizmat ko’rsatish xodimlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda tegishli Adliya muassasiga taqdnoma kiritilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 44-bandida, MK 137-moddasining toʻrtinchi qismiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganining qonuniyligini tekshirishda sudlar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar haqiqatdan ham roʻy bergan-bermaganligi, xodimning yangi ish shartlarida ishlashni haqiqatdan rad etganligini aniqlashlari lozim. Agar mehnat nizosini hal qilishda, xodim yangi ish shartlarida ishlashga rozi boʻlganligi aniqlansa, sud mehnat shartnomasini MK 137-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan bekor qilinishini gʻayriqonuniy deb topadi. ✅ Fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi yuqorida keltirilgan asoslarga ko’ra da’vo talablarini qanoatlantirish to’g’risida yangi hal qiluv qarori qabul qilgan edi. Taftish instansiyasining ajrimi bilan qaror o’zgarishsiz qoldirilgan edi. Ish beruvchining taftish tartibidagi shikoyatiga asosan, Oliy Sud taftish instansiyasidagi sud ishimiz ham o’z yakuniga yetdi. Oliy Sud taftish instansiyasi ham yuqoridagi asoslarga ko’ra apellyatsiya va taftish instansiyalari tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini o’zgarishsiz, taftish shikoyatini esa qanoatlantirishsiz qoldirdi. Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq, xolisona koʻrib chiqqan Oliy Sud fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati sudyalari Kuryazov, Alijanov va Nazarovlarga o’zim va da’vogar nomidan tashakkur bildiraman. Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры4 930+30%к среднему
Пересылки—
Реакции19
Комментарии—
#14049Фото
Просмотры3 280−13%к среднему
Пересылки—
Реакции8
Комментарии—
#14048Превью ссылки
Просмотры4 400+16%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#14046Текст

#sudishi ⚠️ 🔫 COUNTER STRIKE (CS:GO) O'YINIDA "SKIN" SOTIB OLISH MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHGA ASOS BO'LADIMI❓ Bankda ishlovchi 2 ta xodim shaxsiy telefonlari orqali Counter-strike o'yini uchun o'z kartalaridan "SKIN" sotib olishadi. "SKIN" bu - o‘yin ichidagi buyumlar, qurollarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi virtual dizayn. Ya'ni "Skin" o'yindagi narsalar dizaynini yanada chiroyli qilish, boshqalardan ajralib turish maqsadida sotib olinadi. Keyinchalik, bank ichki nazorati xodimlari tomonidan bank kartalaridagi operatsiyalar tekshirilganda, "Skin" uchun to'langan summalar shubhali operatsiyalar sifatida baholanib, xodimlarga mehnat shartnomasini o'z xohishlariga ko'ra bekor qilish bo'yicha ariza yozishga undab turli xil bosimlar o'tkazilgan. Doimiy bosimlardan so'ng, xodimlardan biri mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ariza yozgan bo'lsa, ikkinchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MKning 161-moddasi 2-qism 5-bandi (xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi) asosi bilan bekor qilingan. Birinchi da'vogar manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha Mirzo Uug'bek tumanlararo sudiga ishga tiklash va boshqa da'vo talablari bo'yicha, ikkinchi da'vogar manfaatida esa ishga tiklash o'rniga 3 oylik tovon puli va boshqa pulli kompensatsiyalarni undirish to'g'risida da'vo ariza kiritdik. Sud muhokamasi paytida mehnat shartnomasi MK 160-moddasiga ko'ra bekor qilingan xodim va ish beruvchi o'rtasida kelishuv tuzilishiga erishdik hamda u ishga tiklanadigan bo'ldi. Ikkinchi da'vogar bo'yicha esa sud ishni mazmunan ko'rib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarorining 36-bandida, agar tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari boʻlmasa yoki bu qoidalarni qonunda belgilangan tasdiqlash tartibi buzilgan boʻlsa yoxud xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlar roʻyxati ichki mehnat tartib qoidalarida aniq sanab oʻtilmagan boʻlsa, MK 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga koʻra xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi ta'kidlangan. Plenum qarori 32-bandida, sud nojoʻya xatti-harakat haqiqatdan ham sodir etilgan, ammo nojoʻya xatti — harakatning ogʻirlik darajasi, xatti-harakat sodir etilgan holatlar, xodimning oldingi xulq-atvori va uning ishga boʻlgan munosabati hisobga olinmagan holda (MK 313-moddasining uchinchi qismi) mehnat shartnomasi MK 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilingan degan xulosaga kelgan taqdirda ham buyruqni gʻayriqonuniy deb topishga haqli, ekanligi to'g'risida rahbariy tushuntirishlar berilgan. Plenum qarori 21-bandiga ko'ra, mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi. FPK 80-moddasiga ko'ra, agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi. Sud muhokamasida paytida javobgar tomonidan keltirilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni asosliligi bo'yicha tushuntirish va dalillar yetarli darajada o'z isbotini topmaganligi sababli sud tomonidan ishonchli deya baholanilmadi. Sud keltirilgan da'vo talablarini qanoatlantirib, da'vogar foydasiga deyarli 90 000 000 million so'm undirishni belgiladi. Sudya hal qiluv qarori yuzasidan bergan batafsil tushuntirishida, CS:GO o'yini uchun "Skin" sotib olish qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yin hisoblanmasligini ham alohida ta'kidladi. Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq, xolisona koʻrib chiqqan fuqarolik ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tumanlararo sudining sudyasi Boboraimova Mavluda Mirzakarimovnaga o'zim va da'vogar nomidan tashakkur bildiraman. Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры5 040+33%к среднему
Пересылки—
Реакции50
Комментарии—
#14045Превью ссылки

#savolimbor Xодим фарзанди 2 ёшга тулгандан кн ишга келиш кунини унутган орадан 4 ой утган энди уз иш урнини сураб ариза ёзган кандай йули бор.   Javob Меҳнат кодексининг 405-моддасига мувофиқ, болани парваришлаш таътиллари даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Бироқ бола икки ёшга тўлганидан кейин ходим боласи уч ёшга тўлгунига қадар иш ҳақи сақланмайдиган қўшимча таътилдан фойдаланишни хоҳласа, бу ҳақда ариза бериши ва таътил расмийлаштирилиши лозим. Агар ходимга бундай қўшимча таътил расмийлаштирилмаган бўлса ва у ишга чиқиши лозим бўлган кундан бошлаб тўрт ой давомида ишга келмаган бўлса, мазкур ҳолат меҳнат интизомини бузиш сифатида баҳоланиши мумкин. Бироқ ходимнинг ишга келмаганлик сабаблари узрли бўлса, бу ҳолат тегишли ҳужжатлар билан тасдиқланиши лозим. Бундай вазиятда иш берувчи ходимнинг тушунтиришини ва тақдим этилган ҳужжатларни ўрганиб, қонуний қарор қабул қилиши керак. 📓 Hujjatlar to‘plami 1-qism 📕 Hujjatlar to‘plami 2-qism 📔 Hujjatlar to‘plami 3-qism 📚 Paket hujjatlar (ishdan bo‘shatish haqida) 🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling:@miryoqubraximov Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang: https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры4 340+15%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#14042Видео
Просмотры4 590+21%к среднему
Пересылки—
Реакции22
Комментарии—
#14041Превью ссылки

#sudishi LOGIN, PAROL MOJAROSI❗️ ISH BERUVCHI ISHGA TIKLANGAN XODIMNI AVVALGI MEHNAT SHARTLARINI TIKLASHI SHART❗️ Da'vogar Abdulxayeva Shahnoza (Shoxsanam)ning "Advokat Karimjonov" advokatlik byurosiga qilgan murojaatiga asosan, uning manfaatlarini fuqarolik ishlari bo'yicha Izboskan tumanlararo sudida himoya qilgan edik. Ish beruvchi da'vogarni MK 161-moddasi 2-qism 5-bandi (xodimning mehnat majburiyatini bir marta qo'pol buzish) asosi bilan bekor qilgan edi. Mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy bekor qilinganligini asoslab berganimizdan so'ng, sud xodimni ishga tiklab, da'vo talablarimizni qanoatlantirgan edi. ❌ Lekin ish beruvchi tomonidan xodimni avvalgi mehnat shartlari to'liq tiklanmagan edi. Vaholanki, MK 561-moddasiga ko'ra, mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan, mehnat shartlari oʻzgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi. Xodim kassir lavozimiga ishga tiklangan bo'lsada, unga o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun login va parol ochib berilmagan edi. Ish beruvchi o'zining g'ayriqonuniy harakatlari bilan, xodimning Konstitutsiyaning 42-moddasida mustahkamlangan munosib mehnat qilish huquqini poymol qilayotgan edi. MK 21-moddasiga ko'ra, xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan taʼminlanish huquqiga ega. MK 25-moddasiga ko'ra esa, ish beruvchi xodimlarni mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan taʼminlashi shart. MK 295-moddasida ham ish beruvchi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shartligi belgilab qo'yilgan. Yuqoridagilarga ko'ra, sudga ish beruvchi zimmasiga da'vogar uchun login va parol ochib berish majburiyatini yuklash to'g'risidagi da'vo talabi bilan murojaat qilgan edik. Yakunda sud ishdagi barcha holatlarni o'rganib, da'vo talablarini qanoatlantirish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilgan edi. Ish beruvchi qarordan norozi bo'lib, apellatsiya shikoyati kiritgan edi. Mazkur ish bo'yicha apellatsiya instansiyasida ham yutib chiqdik. Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay’ati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirdi va nega bunday qarorga kelinganligi bo'yicha batafsil tushuntirish berib o'tdi. Xodim ishga tiklangandan so'ng, avvalgi mehnat shartlari tiklanishi ya'ni xodimga login-parol ochib berilishi kerakligi ta'kidlab o'tildi! Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq, xolisona koʻrib chiqqan Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay’ati tarkibi Odashev, Tojiboyev, Rajabovlarga o'zim va da'vogar nomidan alohida tashakkurimni izhor etaman. P.S. Da'vogarlarning nafaqat g'am-tashvishlarida, balki quvonchli kunlarida ham birgamiz. Suyunchi beringlar, da'vogar qizaloqli bo'ldi. Duo qilib qo'yinglar, soliha farzandlardan bo'lsin. Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Elektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi

Открыть в Telegram
Просмотры4 930+30%к среднему
Пересылки—
Реакции32
Комментарии—