Brendga özi bu ovoz nega kerak? Odamlar özi bilan özi ovora böladigan bir neça daqiqa uçun nega alohida musiqa yozdirişdi? Sonic branding — odamlar brendni ovozidan ham tanişi uçun tovuşdan tizimli foydalaniş. Bir xil tovuşni bir xil vaziyatda qayta-qayta eşitsak, vaqt ötib uning özi ham brendni, ham öşa lahzani eslatadi. Netflix’ning «du-dum»ini eşitsak, ekranga qaramay turib ham film yoki serial boşlanayotganini bilamiz. Nokia’ning taniş kuyi esa telefon jiringlayotganini bildirardi. Hatto telefon çöntakda turganida ham uning Nokia ekanini biliş mumkin edi. Ovoz mahsulotdan foydalanişni ham yoqimliroq qilişi mumkin. Masalan, Apple Pay’da tölov ötganini bildiradigan qisqa signal bor. Şu ovozning özi ham har kuni qiladigan oddiy tölovni qiziqarliroq qiladi. Brend uçun savol şunday: mijoz qaysi lahzani sizning ovozingiz bilan boğlaşini xohlaysiz? Kontent boşlanişinimi, tölov muvaffaqiyatli ötganinimi yoki buyurtma tayyor bölganinimi? Şu lahzani tanlasangiz, ovoz qanday vazifa bajarişi ham aniq böladi. Siz qaysi brendni ovozidan darrov taniysiz? Özbekistondan ham misollar bormi? Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramПосты канала Marketing bo'limi
Qatar Airways yölovçilari samolyotga çiqayotganda endi Hans Zimmer musiqasini eşitişadi Interstellar musiqasini yozgan Hans Zimmer Qatar Airways uçun maxsus kompozitsiya yaratdi. Kuy yölovçilar samolyotga çiqayotgan paytda yangraydi. Samolyotga kirasiz, joyingizni qidirasiz, sumkangizni tepaga joylaysiz. Qatar Airways şu bir neça daqiqada öz kuyini qöyadi. Uni har safar parvoz boşida eşitsangiz, vaqt ötib, kuyning ilk soniyalari ham Qatar Airways bilan qilgan safarlaringizni eslatişi mumkin. Bu sonic branding — brendni ovoz orqali tanitiş. Hans Zimmer bilan hamkorlik esa kuyga samolyotdan taşqarida ham e’tibor olib keladi. Qatar Airways bilan hali uçmagan odam ham «Interstellar musiqasini yozgan bastakor parvoz uçun qanday kuy yaratibdi?» deb uni tinglab körişi mumkin. YouTube’da töliq tinglaş Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в Telegram240 ta oddiy posterdan noodatiy reklama Kreativ ğoya yaratiş uçun yangi narsa öylab topiş şart emas. Hammaga taniş narsaga boşqa tomondan qaraşning özi yetarli. Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramKommentariyada savol kelibdi: Brendingizni heç kim tanimasa, birinçi mijozlarni qanday jalb qilasiz? Tasavvur qiling, muzlatilgan çuçvara işlab çiqarişni boşladingiz. Birinçi reklamangizda «Yangi brend! Mazali çuçvaralarimizni tatib köring» deysiz. Yonida qadoqning çiroyli rasmi. Odam çuçvara sotayotganingizni tuşundi. Endi scroll qilişda davom etadi. Boşqa variant. Videoda odam keçqurun işdan qaytadi, muzlatkiçni oçadi, çuçvarani qozonga soladi. Keyingi kadrda dasturxonda bir kosa issiq çuçvara. Ekranda bitta gap: «Işdan çarçab keldingizmi? Bugun keçki ovqatga çuçvara.» Şu kadrni körgan odamning xayoliga «Muzlatkiçda şundan tursa, işdan keç kelgan kunimda as qotarkan» degan fikr kelişi mumkin. Keyin boşqa savollar tuğiladi: Içida göşti qança? Bitta qadoq neça kişiga yetadi? Qayerdan olaman? AIDA modelini şu yerda işlatsa böladi. 1. E’tibor. Odam özini taniydigan vaziyatdan boşlang. Işdan çarçab kelib, «Bugun nima ovqat qilamiz?» deb öylagan paytini körsating. 2. Qiziqiş. Çuçvarani qadoqdan olib, pişirib körsating. Qança vaqtda tayyor bölişini va bitta qadoqdan neça porsiya çiqişini ayting. 3. Istak. Odam xariddan oldin nimaga ikkilanadi? Agar savol «Içida göşti bormi özi?» bölsa, pişgan çuçvarani ikkiga bölib, içini yaqin kadrda körsating. 4. Harakat. Narxni, qadoq oğirligini va buyurtma havolasini bitta joyga qöying. «Qança ekan?» deb komment yozgan odamga javob kelgunça u keçki ovqatga boşqa narsa topib bölişi mumkin. Ertaga nimadan boşlaş mumkin? Mahsulotingiz kerak böladigan ikkita vaziyatni tanlang. Çuçvara uçun biri işdan keç qaytgan kun, ikkinçisi uyga kutilmaganda mehmon kelgan payt bölişi mumkin. Har bir vaziyat uçun bittadan qisqa video tayyorlang. Narx va taklifni bir xil qoldiring. Imkon bölsa, ikkala videoni bir xil auditoriyaga teng budjet bilan körsating va qaysi biridan köproq buyurtma kelganini kuzating. Şunda keyingi reklama uçun aniqroq savolga javobingiz böladi: odamlar mahsulotimni qaysi vaziyat uçun sotib olyapti? Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramIKEA va LEGO: ikki xil brend, bitta umumiy ğoya Brendlar kollaboratsiyasi deganda köpinça ikki brend logotipi tuşirilgan mahsulot köz oldimizga keladi. Lekin yaxşi kollaboratsiya bundan ham köproq narsani taklif qila oladi. Masalan, IKEA va LEGO 2020-yilda yaratgan BYGGLEK mahsulotlar töplami. LEGO konstruktori bilan öynaş bolalar uçun qiziqarli, lekin öyin tugagaç, öyinçoqlarni yiğiştiriş masalasi paydo böladi. IKEA esa uy uçun qulay saqlaş yeçimlarini taklif qiladi. Ikki brend hamkorligida öyinçoqlarni saqlaş uçun qutilar yaratildi. Qutilarning ustida esa LEGO detallari bilan öynaş mumkin. Bu hamkorlikda har ikki brend öz kuçli tomonini olib kirgan: — IKEA — funksionallik va uy uçun qulay yeçimlar; — LEGO — ijodkorlik va öyin. Bu kollaboratsiyadan qanday xulosa oliş mumkin? Hamkorlik uçun auditoriyalarning bir xil bölişi şart emas. Asosiysi, brendlar bir-birining mahsuloti yoki xizmatini töldirişi va mijoz uçun yangi qiymat yaratişi kerak. Özbekiston bozorida şunday hamkorliklarga közingiz tuşganmi? Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramIntegratsiya muvafaqqiyatli bölsa, şunday natijaga erişiş mumkin. Yandex Go ilovasida taksi tariflarini tanlaş oynasida GTA atmosferasini eslatuvçi avtomobil ikonkalari paydo böldi. Natijada Yandex foydalanuvçilari GTA’ni his qilişdi va öz sahifalarida ulaşişdi. Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramYuradigan taşqi reklama Brendlar taşqi reklama uçun odatda banner, billboard yoki LED ekranlardan foydalanadi. Uzum Market yana boşqaça yölni tanladi: reklamasini köçaga olib çiqdi, aniqroği, odamlarning boşiga “joylaştirdi” Savdo markazlarda boşida buyumlar bilan yurgan odamlarni köriş mumkin. Bunday noodatiy format esa oddiy reklama joylaştirişdan köra köproq e’tibor tortgan. Bu reklama ortida Uzum Market’ning 1000 sömlik tovarlar aksiyasi turibdi. Aksiya uzaytirilgan, şartlar esa yangilangan: endi 175 000 sömdan buyurtma berib, Uzum karta orqali tölaş kifoya. Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramHUMO kartalari Apple Pay tizimiga qöşildi. Buni birinçi bölib Octobank amalga oşirdi. Yaqin kunlarda boşqa bank kartalari ham tezda ulansa kerak. Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramIstalgan biznesga Instagram Direct/Telegram orqali yozsangiz, javobni qança kutasiz? Ba’zida bir neça soat, ba’zida esa umuman javob kelmaydi. Oxirida esa telefon raqamingizni qoldirişni söraşadi. Hozir esa hamma çatlarda: ChatGPT, Telegram, Instagram. Odamlar qönğiroq qilişni yoki javob kutib ötirişni emas, kerakli ma’lumotni şu zahoti olişni xohlaydi. Şuning uçun bizneslar ham mijozlarga tez va qulay javob berişi kerak. 😅Gramir’dagi döstlarimiz esa bu muammoga yeçim topişibdi. Gramir — Instagram va Telegram’dagi mijozlar bilan muloqotni AI-agentlar yordamida avtomatlaştiruvçi platforma. U nimalarni qila oladi? — Direct va Telegram xabarlariga 24/7 javob beradi; — Post va Reels izohlariga javob qaytaradi; — Mahsulot, xizmat va narxlar haqida ma’lumot beradi; — Potensial mijozlarni saralaydi va operatorga yönaltiradi; — CRM tizimlari, jumladan amoCRM bilan integratsiya qilinadi. Eng qiziği, AI-agent biznesingiz haqidagi ma’lumotlar asosida öqitiladi. Unga turli muloqot va sotuv texnikalarini qöllaşni sozlaş mumkin. Ya’ni, şunçaki avtomatik javob bermaydi, balki mijoz bilan işlaydi. Hozirda platformadan 40 dan ortiq kompaniya foydalanmoqda. Ular orasida Pasta Pasta, TEAM University, Fitway va Aloqaventures ham bor. Yangi mijozlar uçun 7 kunlik bepul demo imkoniyati mavjud. Batafsil: gramir.uz Hamkorlik uçun: @gramir_support Hamkorlik materiali Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в TelegramKFC öz brendini sotuvga qöydi Rebrendingni e’lon qilişning noodatiy usuli: KFC özining brend elementlarini sotuvga çiqardi. Bu KFC öz faoliyatini yakunlayotgani va köçib ketayotgani haqidagi taassurotni yaratdi. Aslida bu rebrendingning yangi bosqiçini e’lon qiliş usuli edi. Kampaniya ğoyasi KFC'ning 50 yildan ortiq tarixiga borib taqaladi. Brendning fikriça, uning vizual elementlari şunçaki kompaniyaga emas, balki yillar davomida KFC bilan ulğaygan auditoriyaga ham tegişli. Özbekistondagi KFC ham yaqinda öz vizual identifikatsiyasini yangiladi. Biroq bu özgariş MENA'dagi kabi alohida kreativ kampaniya orqali e’lon qilinmadi. Kompaniya: KFC — We put KFC on sale Agentlik: TBWA\Worldwide Bozor: MENA (Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika) Marketing özbek tilida — @marketingbolimi
Открыть в Telegram