3 yil avval shu kuni, oq libosda katta hayotga qadam qo’yib, bir insonning rafiqasi, chin uyimning kelini bo’lishga qadam tashlagan edim 💗 Yaratganga shukr, chiroyli kunlar, sinovli kunlarda bir-birimizha qanot bo’lib kelyapmiz 🙏🏻 Bir pasda 3 yil, Ulug’bek&Marjona hikoyasiga yangi qahramonlar qo’shilgan Muhammadjon, Asmo ismli PS* lekin, biz bu kunni nishonlay olmadik sababi man 🇨🇳 da, ular 🇯🇵 da xizmat safaridalar. Uyga qaytganimizda bitta 🍧 muzqaymoq olib berarkanlar 😅 Kelinligimdan keyin qanchalik o’zgarganman, yozilar
Открыть в TelegramПосты канала Marjonakhon Jurakulova | Ayol-qizlar yetakchisi
Sizlarga bir quvonchli xabarni aytishni unutibman😌 Sizlarga grantlar haqida yozishni boshlaganim uchun unutib qo’yibman. Mayli hozir yozib ketaman 😍 Tez orada sizlar uchun yana bitta yaxshi, har biringizga yoqadigan bitta bomba yangilikni e’lon qilamiz ✨ Qizlarni eng sevimli ijodkorlaridan biri bilan ajoyib kollaboratsiya qildik va tasvirga olish jarayonini o’tkazib oldik. Tez orada montajlarimiz tayyor bo’lgandan keyin birinchilardan bo’lib ko’rasizlar 🫂 Taxminlaringizni so’ramayman, rasmlardan hammasini bilib bo’lgandirsiz 🌚 Ishonchim komil, ushbu kollaboratsiyamiz qizlarni ilhomlantiradigan eng yaxshi amaliy keyslardan biri bo’ladi! @marjonajurakulova — rivojlanishga majbur qiladigan dugonangiz!
Открыть в Telegram💔 Man ham birinchi grant dasturimga qabul qilinmaganman) Mani birinchi topshirgan grant dasturim Amerikaning SUSI dasturi bo’lgan. Ushbu dasturda yarim finalist bo’lganman 😌 lekin ingliz tili darajam yaxshi bo’lmagani uchun intervyudan o’ta olmaganman😌 Hujjatlarni faqat o’z bilimlarimga tayanib tayyorlaganman. Lekin o’ta olmaganman, o’ta olmaganim manga motivatsiya berib 🔥 o’z ustimda qattiqroq ishlashimga va YouTubedan ko’proq kontentlarni izlanib, o’rganishimga sabab bo’lgan. Hozir esa sizlar qiynalmasligingiz uchun “Qizlar Akademiyasi” ilovasida “Xalqaro grantlar” kursimni bepul taqdim qilganman. “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” nomli pullik kursim bor, ammo hozir qizlarni bepul rivojlantirishga hissa qo’shish bilan band bo’lganim uchun bu kursni qayta ochishga vaqtim bo’lmayapti) Grantlarga to’g’ri hujjat topshirmoqchi bo’lgan qizlar “Qizlar Akademiyasi” ilovasidagi bepul darslarimdan to’liq o’rganishlari mumkin ✅ Keyingi postimda birinchi chet elga bo’lgan sayohatim haqida aytib beraman 😍 @marjonajurakulova — rivojlanishga majbur qiladigan dugonangiz!
Открыть в Telegram🪑Grant yutish uchun birinchi qadam: grant beruvchining talablarini va ustuvor yo’nalishlarini diqqat bilan o’rganish va loyihangiz yoki nomzodingiz ularga mos kelishini aniq tekshirish. Keyin tartib bilan: 1. Mos grantni tanlang. Faqat sizning sohangiz, mamlakatingiz va tashkilotingiz turiga mos e’lonlarga murojaat qiling. 2. Shartlarni o’qing. Muddat, byudjet chegarasi, kimlar ariza topshirishi mumkinligi va baholash mezonlariga e’tibor bering. 3. Muammo va yechimni aniq shakllantiring. Qanday muammoni hal qilasiz, kimga foyda keladi, natijani qanday o’lchaysiz. 4. Reja va byudjet tuzing. Faoliyatlar, muddatlar va xarajatlar real va asoslangan bo’lsin. 5. Hamkor va tajribangizni ko’rsating. Avvalgi natijalar, jamoa va hamkorlar ishonchni oshiradi. 6. Topshirishdan oldin tekshiring. Barcha hujjatlar to’liq bo’lsin, ariza muddatidan oldin yuborilsin, va mumkin bo’lsa, boshqa odamlarga ham hujjatlaringizni bir check-up qildiriib, o’qitib ko’ring. Bugun eng zo’r grant imkoniyatlaridan birini ulashaman 🥰
Открыть в Telegram