45/2026 – mavzu
OTAŞIN ŞOIR, TARJIMON VA DRAMATURG
Betakror iste’dodi, noyob qobiliyati bilan ijod olamiga momaguldurakdek jarang soçib kirib kelgan qalam sohiblari haqida söz ketganda, «u adabiyot osmonida çaqnagan çaqmoq edi» degan ϐikr aytiladi. Afsuski, bunday hollarda, har qança yolqinlanmasin, çaqmoqning umri qisqa ekanini xayoldan faromuş qilamiz. Bunga hassos şoir, mohir mutarjim va donği hamon tillarda doston bölgan dramalar mualliϐi Usmon Nosirning juda qisqa, ammo mazmunli umri yorqin misol böla oladi.
SELDAY KELGAN ILHOM
1927-yilda Usmon Nosirning «Haqiqat qalami» nomli ilk şe’ri «Yangi yöl» gazetasida bosilib çiqqanda, u hali ön beş yoşga ham tölmagan edi. Şundan söng çaqmoq şoirning yurakdan çiqib yuraklarga yöl olgan bir qator naϐis şe’rlari dunyoga keldi. 1931-yilda esa fuqarolar uruşi mavzuyiga bağişlangan «Norböta» nomli dostoni «Yangi Farğona» gazetasida e’lon qilinadi.
1932-yil uning ilk şe’riy töplami «Quyoş bilan suhbat» dunyo yuzini körgaç, şoirning öz iborasi bilan aytganda, ilhomi selday toşib, bir-biridan naϐis nazmiy javohirlarni hamda «Naxşon», «Nil va Rim» kabi benazir dostonlarni yaratdi. 1934-yilda «Traktorobod», 1935-yil «Yurak» va 1936-yilda «Mehrim» nomli şe’riy kitoblari naşr etiladi.
Omma e’tiboriga havola etilgan asarlari şe’riyat ixlosmandlarini hayajonga keltirganini körgan şoir öz ijodiga yanada talabçanroq bölarkan, ayni paytda, qalb qörida yetilgan şe’rlaridan faxr tuyadi:
Sen yuragimning çaşma suvi sen,
Sen közlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim sörasa, de:
«Bahom umringning bahosiga teng!»
Usmon Nosir şe’riyati heç bir ijodkornikiga öxşamagani, an’anaviy andaza-yu qoliplarga siğmagani bilan ham öziga xosdir. Ahamiyatlisi, har bir şe’rida şoirning otaşin, isyonkor ruhi sezilib turadi. Masalan, «Yurak» şe’rida
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bölsa,
Yoril, çaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom ölsam!.. deya xitob qiladi.
«Yana şe’rimga» sonetida esa
Şe’rim! Yana özing yaxşisan,
Boqqa kirsang, gullar şarmanda.
Bir men emas, hayot şaxsisan,
Jonim kabi yaşaysan manda.
Yuragimning dardi – naqşisan,
Qilolmayman seni heç kanda!
Öt bölurmi işqi yöq tanda?
Dardimsanki, şe’rim yaxşisan. degan ötliğ satrlarni bitadi.
ÖZBEKONA YANGRAGAN ÖGIRMALAR
Usmon Nosir betakror şe’riy asarlar yaratişdan taşqari, adabiy tarjima bilan ham şuğullangan. Xususan, Nikolay Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qaçon keladi?» nomli salmoqli asari, V. Kirşonning «Uluğ kun» dramasini hamda jahon adabiyotining yirik şoirlaridan bölmiş Geyne, Gyote, Bayron şe’rlaridan ham tarjimalar qildi. Ayniqsa, Aleksandr Puşkinning «Boğçasaroy fontani», Mixail Lermontovning «Iblis» kabi jahoniy dovruq taratgan dostonlarni özbek tiliga mahorat bilan ögirdi.
Usmon Nosir Puşkinni ham, Lermontovni ham ayriça bir muhabbat bilan sevardi. Tadbirlarda va turli yiğinlarda ularning eng sara va maşhur şe’rlarini yoddan öqib, köpçilikni hayrat barmoğini tişlaşga majbur qilardi. Şunday bölsa-da, «Boğçasaroy fontani»ni özbek tiliga ögirişdan oldin Puşkin şe’riyatining ruhini ança tasavvur qilgan şoir dostonning yaratiliş tarixi, uning badiiy şakliy xususiyatlarini çuqur örgandi. Natijada Puşkin asari ruhini saqlab qolgan holda ögirilgan quyma satrlar xuddi özbek tilida yozilgandek ravon öqiladi. Şuning uçun ham öz davrining yetuk şoiri bölgan Çölpon «U asl nusxadan ham ötkazib yuboribdi» deya Usmon Nosirni qutlagan edi.
Agar şoir Puşkin dostonini davlat buyurtmasi asosida tarjima qilgan bölsa, Lermontovning maşhur «Iblis» asarini qalb amri bilan özbekona gapirtirişga tutindi. Ögirma juda qisqa muddatda amalga oşirilganiga qaramay, u özbek tarjima san’atida katta voqelik böldi. Zero, Usmon Nosir Puşkin va Lermontov kabi jahon adabiyotining uluğ namoyandalari asarlarini ularning mazmun va jozibasiga şikast yetkazmasdan turib, boşqa tilga ögiriş mumkin emas, degan aqidaga birinçilardan bölib zarba berdi.
SAHNAGA SIĞMAGAN SATRLAR
Usmon Nosir özini nafaqat iste’dodli şoir, balki dramaturg sifatida ham namoyon etadi. Dramaturgik asarlari bilan keng jamoatçilikni hayratda qoldirgan vaqtda uning yoşi bor-yöği 18 da bölgan. Xususan, «Nazirjon Xalilov» dramasini yaratganda ayni şu yoşda edi. Bir yildan söng esa «Zafar», «Ğalaba» kabi sahna asarlari paydo bölgan. Bular yoş özbek dramaturgiyasida özgaça hodisa bölib, öz davrining eng dolzarb mavzularini aks ettirgan.
Uning «Duşman» (1931), «Sönggi kun» (1932), «Atlas» (1935) pyesalari Qöqon teatrida sahnalaştirilgan. Natijada otaşin şoirning otaş yuragidan otilib çiqqan quyma satrlar teatr sahnalaridan taşqariga çiqib, minglab yuraklarni larzaga keltirgan.
Umuman olganda, Usmon Nosir 6–7 yil qizğin ijod qildi. Şu qisqa davr içida u beşta şe’rlar töplami va ikki doston hamda tört drama yaratdi. Şuning uçun ham – özbek adabiyoti tarixida birinçi va oxirgi marta – 1937-yilning 27-yanvar kuni şoir adabiy faoliyatining 10 yillik yubileyi keng nişonlangan. Biroq bayram tadbiridan yarim yil ötib, Yozuvçilar uyuşmasida yoş şoirning «xulq-atvori» muhokama qilingan majlis bölib ötgan. Yiğilişdan ikki kun ötib, 14-iyul kuni endigina 24 yoşga tölgan Usmon Nosir Yozuvçilar uyuşmasi a’zoligidan öçirilgan va hibsga olingan. Maş’um «uçlik»ning qarori bilan ön yilga mahkum etilib, umrining va ijodining eng gullagan davrini sovuq ölkalardagi lagerlarda ötkazgan. Söngsiz qiynoqlar va oğir xastalik tufayli 1944-yil 9-martda vafot etgan.
SÖNGSÖZ ÖRNIDA
Ming taassuf, buyuk qalam sohiblari tomonidan «Şarq Puşkini», «Özbeklarning Lermontovi» degan yuksak sifatlaşlar bilan şaraϐlangan milliy şe’riyatimiz osmonidagi eng yorqin yulduz juda erta söndi. Taskin şuki, bor-yöği öttiz ikki yil yaşagan şoirning haqiqiy umri uning yoniq yurak bilan yozilgan şe’rlarida, özbekona gapirgan ögirmalari, betakror iste’dodini bor böyi bilan namoyon etgan doston va dramalarida davom etmoqda.
Şoirning «Ming yillardan keyin ham, Unutmas meni boğim. Şe’rlarim yangrab qolur… Bir umrga ölmayman» degan başoratomuz sözlari bizning kunlarimizga kelib, ayni haqiqatga aylandi. Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi «Otaşin şoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qaroriga köra, şoir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatağon davrida keçgan yillarini örganiş, hozirga qadar noma’lum bölib kelayotgan qölyozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar töplaş maqsadida işçi guruh tuzilib, uning Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, şuningdek, Rossiyadagi tegişli arxiv materiallari bilan tanişişi uçun şaroit yaratildi.
Namangan şahrida Usmon Nosir haykali örnatilib, Toşkent va Namangan şaharlaridagi köçalarga Usmon Nosir nomi berildi. Har yili umumiy örta ta’lim muassasalari, ijod maktablari öquvçilari örtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bağişlangan «Unutmas meni boğim» mavzuyida inşolar tanlovi ötkaziş esa yaxşi bir an’anaga aylandi.
Temir QURBON,
filologiya fanlari nomzodi.
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi