#ziyolilar_kengaşi
#Toşkent
Ziyolilar — xalqimizning ma’naviy ustuni: 23–24-noyabr kunlari Toşkentda ilk kengaş yiğiladi
Prezidentimiz ziyolilar, olimlar va ijodkorlarni jamiyatimizning oltin fondi, xalqimizning ma’naviy ustuni deya e’tirof etgan edi.
Şu e’tibor yangi bosqiçga kötarilmoqda: mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor “Özbekiston ziyolilari kengaşi” yiğiladi.
Yiğiliş 23–24-noyabr kunlari Toşkentda, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötadi. Yiğilişda jami 500 nafar delegat iştirok etadi, şundan 210 nafari hududlardan saylangan.
Yalpi majlis va 7 ta şöbada milliy taraqqiyotning ğoyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari muhokama qilinadi. Mavzular orasida inson qadri va fuqarolik özligi, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, özbek tili va adabiyoti, milliy tarbiya va tarixiy xotira bor.
Ma’naviyat va ma’rifat sohasi uçun bu alohida ahamiyatli: ziyolilarning fikri, tajribasi va taşabbuslari umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriladi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X