✅Atirgul - Madaniy o’simlik, ra‘nodoshlar oilasi vakili, kuzda ham gullaydi. Barglari uzoq vaqt yashil rangda bo’ladi. Gul kurtaklari barg kurtaklaridan yirikroq, barg kurtaklari erta ochiladi, barglari novdada navbat bilan joylashgan. Qalamchalari bilan va parxesh usulida ko’paytiriladi. Atirgullar na’matakning madaniy turi hisoblanadi. Yer yuzida 10 000 ga yaqin, O’zbekistonda 340 ta navi ekiladi. Tikani epidermisning o’zgarishidan hosil bo’lgan. Barglarida zang zamburug‘i parazitlik qiladi. ✍: @Elmurod_Biolog Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Kirish imtihonlarida tushadigan testlar tashlanadigan kanalga qòshiling:⤵️ https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПосты канала "𝗠𝗔𝗞𝗧𝗔𝗕𝗗𝗔 𝗕𝗜𝗢𝗟𝗢𝗚𝗜𝗬𝗔" 𝗷𝘂𝗿𝗻𝗮𝗹𝗶 | 𝗥𝗮𝘀𝗺𝗶𝘆
Merinos qoʻy zoti 🐑 Mayin juni uchun boqiladi Junlarining uzunligi 8-10 sm Yiliga 10-12 kg jun olinadi ✍: @Elmurod_Biolog Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Kanalimizga qòshiling:⤵️ https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
Olimlar Denisova odamining yuz qiyofasini qayta tiklaşdi. Biz zamonaviy insonlar - Homo sapiens - Yer yuzida yaşagan yagona inson turi emasmiz. Ötmişda neandertallar va denisovaliklar kabi boşqa qadimgi odamlar ham yaşagan. Ularning ayrimlari ajdodlarimiz bilan uçraşgan, hatto ular bilan çatişgan. Xitoyning şimolidan 1970-yilda topilgan qadimgi suyak qoldiqlaridan olingan oqsillarda denisovaliklarga xos belgi aniqlandi. Yangi tadqiqot ularni faqat genetik jihatdan emas, balki anatomik jihatdan ham yaxşiroq tuşunişga yordam beradi. Şuningdek, Şarqiy Osiyodan topilgan boşqa qadimgi odam qoldiqlarining qaysi guruhga mansubligini qayta kòrib chiqiş uchun yangi dalillar beradi. Denisovaliklarning merosi bugungi odamlarda ham saqlangan. Masalan, tibetliklarning baland toğ şaroitida kislorod tanqisligiga moslaşişiga yordam beradigan ayrim gen variantlari denisovaliklardan òtgan. Demak, ular yöqolib ketgan bölsa-da, evolyutsion tariximizning bir qismi sifatida bizda yaşaşda davom etmoqda. ✍: @Elmurod_Biolog
Открыть в TelegramПереслано из Biologiya | Attestatsiya
Bu qanday tizim? ➖ O'quvchi o'ziga ishonsa, topshirmay qo'yaversin. O'ziga ishonmasa, topshirib to'lov qilsin. ➖ Eski imtixon natijasini chiqarmay turib, limit degan tushunarsiz rejimini kiritib, kamiga bir kunlik to'lov muddatni o'ylab topadigan tizim. ➖ Operatorlar shtatini olib tashlasangizlar bo'laveradi. Baribir ularga hech nimani aytmaysizlar yoki aytishini ta'qiqlaysizlar. ➖ Biz to'lovni oldindan beryapmiz. Marhamat qilib, hamma narsa ochiq ma'lumot BERINGLAR! 👉 @Dominant_attestatsiya 👈
Открыть в TelegramПереслано из Biologiya | Attestatsiya
Kanal mundarijasi (testlar to'plami) 🔒 Attestatsiya testlariga tayyorgarlik ko'rish uchun uchun tavsiya etilgan 12 ta kitob 🔒 Attestatsiya testlari uchun kasb standarti va pedagogik mahorat bo'yicha tavsiya etilgan 5 ta kitob 🔒 Attestatsiya turkcha testlar tarjima to'plami (pdf) 🔒 Malaka toifasi uchun demo test to'plam (pdf) 🔒 Malaka toifasi uchun spetsifikatsiya (pdf) 🔒 Attestatsiya demo testlar - 35 ta (viktorina) 🔒 Attestatsiya uchun turkcha testlar tarjimasi. Viktorina testlar: 🟤1-tip bo'yicha 8 ta test 🟤2-tip bo'yicha 9 ta test 🟤3-tip bo'yicha 8 ta test ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎁 Biologiya ustozlariga yuborib qo'ying! 👉 @Dominant_attestatsiya 👈
Открыть в TelegramПереслано из Biologiya | Attestatsiya
🎊 Respublikamizdagi barcha ustozlarni bugungi kasb bayrami bilan tabriklayman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Hamisha salomat qilsin. Ilm tarqatishda aslo charchamanglar! 🎁 Bayramga sovg'a sifatida, o'zimiz tomonimizdan tuzib chiqilgan kichik qo'llanmani siz aziz ustozlar uchun hadya qilmoqdamiz. 📚 Ushbu qo'llanmadan, agarda lozim topsangiz o'quvchilaringiz uchun bemalol foydalanishingiz mumkin! 👉 @Dominant_attestatsiya 👈
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
Agar Koinotning 13,8 milliard yillik tarixini 24 soatga sig'dirsak, insoniyat qachon paydo bo'lgan bo'lar edi? Katta portlash - soat 00:00. Hozir esa - 24:00. Quyosh tizimi taxminan 16:00 atrofida paydo bo'ladi. Yer ham shu davrda shakllanadi. Ammo Homo sapiens? U deyarli soatning eng oxirida paydo bo'ladi - butun Koinot tarixining atigi so'nggi 30 soniyasi ichida. Qishloq xo'jaligi esa taxminan so'nggi 10 soniyaga to'g'ri keladi. Yozuv, shaharlar va ilk sivilizasiyalar bundan ham keyin. Sanoat inqilobi esa soatning oxirgi soniyasiga ham sig'maydi. Demak, bizning butun yozma tariximiz, davlatlarimiz, urushlarimiz, ilm-fanimiz va texnologiyalarimiz Koinot tarixining juda kichik bir bo'lagi Bu bizga vaqt miqyosining naqadar ulkanligini ko'rsatadi. Biz Koinot tarixida juda kech paydo bo'lganmiz, ammo uni anglashga qodir mavjudotmiz. ✍: @Elmurod_Biolog Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Kanalimizga qòshiling:⤵️ https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
❗️#DIQQAT #RASMAN #YANGILIK #XUSHXABAR ❗️OTMlarga imtihonsiz qabul qiladigan 11 ta yo‘nalish paydo bo‘ldi. P/S. Hammaga yetkazing, bunday imkoniyatdan foydalanib qolish kerak! ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
Talaba bo'lmoqchimisiz, unda, albatta, o'qing! Abituriyent - bu hayotini o'zgartirish uchun yo'lga chiqqan shaxs. Hamma ham odam bo'lib tug'iladi, ammo kimdir inson bo'lib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd bo'lsang, faqat o'zingni o'ylasang, dangasa, tanbal bo'lsang va hech bo'lmasa, bir marta hayotingni o'zgartirishga urunib ko'rmasang, insonlikka da'vo qilma. İnson uchun doimo harakatda bo'lmoq - tiriklikning belgisi. Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yo'l olding. Demak, sen hayotingni o'zgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut: 1️⃣. Hech qachon vaqtim yo'q dema - xohish bo'lsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas. 🕚 2️⃣. Hech qachon eslab qololmayman dema - İnson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni bo'ysundir. 3️⃣. Hech qachon tushunmayman dema - Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan. O'zingni hayvonlarga teng tutma. 4️⃣. Hech qachon ertaga dema - Erta hech qachon kelmaydi, har doim bugun bo'ladi. 5️⃣. Barcha chalg'ituvchi vositalardan voz kech - Texnika seni emas, sen uni yaratgansan, unga qul bo'lma. Har qanday zamonda kitob o'qigan insonlar, film tamosha qilgan insonlarning ustidan yetakchilik qilgan. Tanla: Boshqarasanmi? bo'ysunasanmi? 6️⃣. O'zingga hech qachon past baho berma - Sen istasang, albatta, qila olasan. Alloh bandasiga imkoni yo'q narsani xayol surdirmaydi. Qaysi o'rinni orzu qilyapsan, uni egalla. Hozir bo'lmasa qachon, sen bo'lmasang kim? 7️⃣. Vaqtni qadrla - Uni sotib ololmaysan, arzon odamlarga qimmatli vaqtingni sarflama. 8️⃣. O'zingga ishon - Odam o'ziga ishonmay turib, boshqalarni o'ziga ishontirolmaydi. Sen g'alaba uchun tug'ilgansan. 9️⃣. To'g'ri niyat qilishni o'rgan - Hech qachon oxirgi o'rinda bo'lsa ham kirib olsam bo'ldi dema, Alloh mingni so'ra, birni beraman degan. Uning marhamatiga shubha qilma, hamisha birinchi grand meniki deb o'qi. Orzu emas, maqsad qil. 1️⃣0️⃣. Senga berilgan imkonni qadrla - Bugun sen turgan joyda turishni orzu qilishga haddi sig'maydigan insonlar bor. Bugun senda bor ne'matlarni tushida ham ko'rmaydigan insonlar bor. Shukur qil, yanada yaxshi bo'lishga intil. Faqat o'z hayoting yaxshi bo'lishiga emas, odamlarga kerakli inson bo'lishga intil. Shunday joyda o'tirginki, birov kelib suril deyolmasin. Qayerda bo'lsang ham, shunday iz qoldirginki, o'rningni hech kim bosolmasin. Sen chindan ista va harakat qil, qolganini Allohga qo'yib ber. Fikrlar dunyoni boshqaradi, sen fikr egasi bo'l. Dunyo bir kundir - u ham bugundir. İshning omadi - o'z vaqti. Alpinist cho'qqini zabt etolmasa, ayb cho'qqida emas. İmkoniyatlaringni devorga urib, undan eshik hosil qilishga sarflama! Talaba va talaba bo'lolmagan abituriyentga yuborilgan xatning birgina farqi bor: __"Siz talabalikka tavsiya etildingiz" "Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz"__ Birgina ma qo'shimchasi seni talabalardan ajratib turadi. Bularni qayta-qayta o'qi va amal qil yoki qilma ! Senga qanday xabar kelsin, o'zing tanla! ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
❗️Maqsadli qabulning nimasi foyda, nimasi zarar? Agar siz maqsadli qabuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing. ❓Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi? ➖ Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi. 📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak. ❓Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi? Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi. ❓Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi? Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi. ❓O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi? OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi. ❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin. Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak: ❌ Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi; ➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi. ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
❗️Rasman. Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
Kelajakdan kelgan xabar😁 ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
#Kulgutime 👨🎓 Talaba lug’ati 😎 ▪ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili” ▪Mandat chiqqan kun – “Asrga tatigulik kun” ▪ Imtihon – “Dahshat” ▪ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol” ▪ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor” ▪ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling” ▪ Universitet – “Javohirlar sandig’i” ▪ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin” ▪ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr” ▪ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar” ▪ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ▪ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik” ▪ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni” ▪ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi” ▪ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari” ▪ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni” ▪ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari” ▪ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…😁 @Ultrabiologiya ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
❗️Saytda texnik ishlar olib borilmoqda ekan. Yaqin soatlarda yo‘nalish tanlash ochiladi ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в TelegramПереслано из ULTRA BIOLOGIYA KIMYO || ELMUROD BIOLOG
❗️Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlanadi ✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ✅ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. ❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ❗️Eslatma ✅ 8-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega. ❓Yo‘nalish tanlashda sizga yordam kerakmi? ✅ Lichkamga yozing:👇 T.me/Elmurod_Biolog_ustoz Tanishlaringizga ulashing. 🔵 Yo‘nalish tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilayotgan kanalga qòshiling:👇 https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
Открыть в Telegram