Кабинет

Посты канала Magistrlar Official

сначала новые

#17217Фото
Просмотры5 640−53%к среднему
Пересылки—
Реакции54
Комментарии—
#17216Фото

Переслано из Magistrlar Official

Magistraturaga qabul 2027/2028: imtihon joriy etiladimi yoki eski tartib saqlanadimi? Magistraturaga kirishni rejalashtirayotganlar uchun muhim masala: kelgusi qabulda barcha OTMlarda mutaxassislik fanidan imtihon bo‘ladimi yoki bakalavr diplomi bali va chet tili sertifikati asosidagi tartib davom etadimi? Bu yerda ikkita masalani farqlash kerak: OTMlarga qo‘shimcha imtihon o‘tkazish imkoniyati berilishi va barcha universitetlarda imtihon majburiy bo‘lishi bir xil narsa emas. 1. Qonuniy asos: Prezident farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni — «Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida». Farmonning 5-ilovasidagi chora-tadbirlar rejasida quyidagilar belgilangan: 2027/2028-o‘quv yilidan davlat OTMlari magistraturasiga qabulning yangi tizimi joriy etiladi. OTMlarga tegishli ixtisoslik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon o‘tkazish vakolati beriladi. Imtihon shakli, sinov dasturi va baholash mezonlarini OTMning o‘zi mustaqil tasdiqlaydi. Xorijiy til sertifikati talabi saqlab qolinadi. Muhim jihat: farmonda barcha OTMlar uchun majburiy imtihon joriy etilishi belgilanmagan. Ularga qo‘shimcha imtihon o‘tkazish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Magistraturaga tayyorlanayotganlarga hozirdanoq xorijiy til sertifikatini olish va mutaxassislik fanlarini o‘rganishni tavsiya qilamiz. @magistrlarofficial

Открыть в Telegram
Просмотры6 470−46%к среднему
Пересылки—
Реакции82
Комментарии—
#17215Файл

Переслано из ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING

📢 MAQOLA VA TEZISLAR QABULI DAVOM ETMOQDA! 🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 📚 «O‘ZGARAYOTGAN DUNYODA ILM-FAN: TADQIQOTDAN AMALIY YECHIMLARGACHA» ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar, yosh olimlar hamda turli soha mutaxassislarini 2026-yil 27-noyabr kuni onlayn o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Konferensiya fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini ilmiy jamoatchilikka yetkazish, dolzarb muammolarni o‘rganishda fanlararo yondashuvlarni yoritish hamda ilmiy ishlanmalarni ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda qo‘llash tajribasini ommalashtirishga qaratilgan. Konferensiya doirasida maqola va tezislarning elektron to‘plami nashr etiladi. 📅 Konferensiya sanasi — 2026-yil 27-noyabr ⏳ Materiallarni qabul qilishning oxirgi kuni — 2026-yil 26-noyabr 📖 Elektron to‘plam nashri — 2026-yil 29–30-noyabr 💳 Ishtirok to‘lovi — 100 000 so‘m yoki 8,4 USD 🔬 Konferensiya sho‘balari 1️⃣ Aniq va tabiiy fanlar 2️⃣ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt 3️⃣ Muhandislik, energetika va ishlab chiqarish 4️⃣ Iqtisodiyot, moliya va boshqaruv 5️⃣ Pedagogika va psixologiya 6️⃣ Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik 7️⃣ Ijtimoiy-gumanitar fanlar va huquq 8️⃣ Tibbiyot, farmatsiya va biotexnologiya 9️⃣ Geografiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligi 🔟 Madaniyat, san’at, arxitektura va dizayn 🌍 Materiallar o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillarida qabul qilinadi. Ilmiy maqola kamida 5 bet, tezis kamida 2 bet bo‘lishi kerak. Matn Microsoft Word (.docx) formatida, A4 o‘lchamda, Times New Roman 14 pt shriftida va 1,5 intervalda rasmiylashtiriladi. Maqola annotatsiyasi va kalit so‘zlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati GOST uslubida rasmiylashtiriladi. 🎓 Qabul qilingan materiallar ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING elektron to‘plamida e’lon qilinadi va Zenodo repozitoriysiga joylanadi. Google Scholar va OpenAIRE orqali indekslanishi rejalashtirilgan. Mualliflarga QR-kodli elektron sertifikat taqdim etiladi. ❤️ Konferensiya daromadining 1 foizi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarning davolanishiga ko‘maklashish uchun yo‘naltiriladi. 📩 Materiallarni yuborish uchun 📧 E-mail — [email protected] 📲 Telegram — @conferens_jgrs_2026 💬 WhatsApp — +998 94 280 94 94 🌐 Veb-sayt — academscience.com 📌 Tanlagan sho‘bangizni ko‘rsating va maqola yoki tezisingizni ishtirokchi qaydnomasi bilan birga yuboring. Maqola namunasi va qaydnoma konferensiya axborot xatida keltirilgan. 🔸https://t.me/academic_sciense_publishing

Открыть в Telegram
Просмотры7 000−41%к среднему
Пересылки—
Реакции10
Комментарии—
#17214Превью ссылки

❓ Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qanday taşkil etiladi? Ta’lim va ilm-fan vazirligi bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga javob berdi. Unga köra: ➖ tayyorlov guruhlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, “Kelajak” markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham qat’iy talablar asosida guruhlar oçilişi mumkin; ➖ boğçaga qatnayotgan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada ötaydi; ➖ maşğulotlarni oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça ta’lim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talaba olib boradi; ➖ maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda işlab turgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga yuborilmaydi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi; ➖ davlat maktablari va boğçalarida tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Xususiy ta’lim taşkilotini tanlaş ota-onalarning ixtiyorida; ➖ barça tayyorlov guruhlarida bir xil dastur asosida ta’lim beriladi. Bolalarga öyin metodikasi orqali dastlabki tuşunçalar singdiriladi, öqiş va yoziş könikmalari şakllantiriladi. ℹ️ Hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan, 7 yil oldin bu körsatkiç 37 foiz edi. Vazirlik endilikda asosiy e’tibor ta’lim sifati va pedagoglar malakasiga qaratilişini ma’lum qildi. Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratişga ehtiyoj yuzaga keladi. Bu xarajatlar 2027-yilgi byudjetda nazarda tutiladi. Ta’lim dasturlari bosqiçma-bosqiç xalqaro talablarga moslaştirib boriladi. Dastur xalqaro akkreditatsiyadan (ISCED-1 darajasi) ötganidan söng Foundation öqişga zarurat qolmaydi. 📢 Magistratura bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar, foydali tavsiyalar va ilmiy qo‘llanmalar: 👉 https://t.me/magistrlarofficial MAGISTRLAR OFFICIAL — magistrantlar uchun ishonchli axborot manbai! 🎓

Открыть в Telegram
Просмотры10 200−14%к среднему
Пересылки—
Реакции19
Комментарии—
#17213Фото
Просмотры11 500−3%к среднему
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
#17211Превью ссылки

🏠 IPOTEKA SUBSIDIYASI UCHUN ARIZALAR 25-NOYABRDAN QABUL QILINADI! Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. ❗️Arizalar avval berilgan xabarnomalarning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan qabul qilinadi. 📌 ASOSIY TALABLAR: ➖ Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plash; ➖ Kredit tarixi kamida bitta ishtirokchi tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi; ➖ Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘yicha turar joy mavjud bo‘lmasligi; ➖ Oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos bo‘lishi. 📲 QAYERDAN ARIZA BERISH MUMKIN? • Davlat xizmatlari markazlari; • myGov mobil ilovasi; • my.gov.uz portali. Harbiy tuzilmalar xodimlari arizani bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali topshiradi. ⚠️ MUHIM! Ariza berishdan oldin OneID tizimida ishtirokchi banklarga kredit tarixingizni tekshirish uchun ruxsat berilganini tekshiring. Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatilgan bo‘lsa, arizangiz rad etilishi mumkin. 📅 Boshlanish vaqti: 25-noyabr, soat 10:00. Ariza topshirishga ulgurish uchun OneID sozlamalarini oldindan tekshirib qo‘ying! Yaqinlaringizga ham yuboring! 📢 Magistratura bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar, foydali tavsiyalar va ilmiy qo‘llanmalar: 👉 https://t.me/magistrlarofficial MAGISTRLAR OFFICIAL — magistrantlar uchun ishonchli axborot manbai! 🎓

Открыть в Telegram
Просмотры13 400+13%к среднему
Пересылки—
Реакции14
Комментарии—
#17210Фото
Просмотры12 700+7%к среднему
Пересылки—
Реакции34
Комментарии—
#17209Фото
Просмотры12 700+7%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
65 ч12 300
68 ч12 700
  1. Всего сейчас12 700
#17208Фото
Просмотры12 100+2%к среднему
Пересылки—
Реакции12
Комментарии—
#17207Превью ссылки

❗️Muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan ayrim askarlar oliy harbiy ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz qabul qilinadi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyoz tartibi belgilandi. ✅ Unga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar orasidan mas’ul vazirlik va idoralarga ajratilgan yillik kvota doirasida saralab olingan nomzodlar quyidagi oliy ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi: 🔹 DXX akademiyasiga — DXX tizimida xizmat o‘tagan, dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar; 🔹 Jamoat xavfsizligi universitetiga — Milliy gvardiya tizimida xizmat o‘tagan va dastlabki saralab olishdan o‘tgan nomzodlar; 🔹 Oliy harbiy ta’lim tashkilotlariga — mas’ul vazirliklar tizimida xizmat o‘tagan, harbiy-professional yo‘naltirish va dastlabki saralab olish natijalariga ko‘ra tavsiya etilgan nomzodlar. ℹ️ Imtiyozli kvotalar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. @magistrlarofficial Telegram kanali. Magistrlar uchun foydali va qonuniy asoslangan yangiliklar — @magistrlarofficial.

Открыть в Telegram
Просмотры12 200+2%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#17206Фото

Переслано из Magistrlar Official

Qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirgan talaba grant taqsimotida qatnashishi mumkinmi? HA, qatnashishi mumkin Qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga to‘lov-kontrakt bilan kirgan magistrant ham grantni qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishi mumkin. Biroq buning uchun muhim shartlar mavjud. 1. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda: Grantlar magistratura mutaxassisligi kesimida alohida qayta taqsimlanishi; Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari grant uchun talabgor bo‘lishi; Grant tanlovi akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faollik asosida amalga oshirilishi belgilangan. Nizomda talabgor bo‘lish uchun avvaldan davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lish sharti alohida belgilanmagan. 2. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori Ushbu qarorning 24-bandiga ko‘ra, magistraturaga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Qatnashishning asosiy shartlari Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha grant o‘rinlari mavjud bo‘lishi; Talaba ikkinchi yoki undan yuqori kursda tahsil olayotgan bo‘lishi; GPA ko‘rsatkichi kamida 3,5 bo‘lishi; Belgilangan tartibda ariza topshirishi. Muhim: qo‘shimcha qabul bilan kirgan talabaning grant tanloviga qo‘yilishi bilan grantni qo‘lga kiritishi bir xil narsa emas. Tanlov natijasi va mavjud grant o‘rinlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. VMQ–149-son qaror — grantlarni qayta taqsimlash. VMQ–578-son qaror — magistraturaga qabul tartibi. @magistrlarofficial Telegram kanali. Magistrlar uchun foydali va qonuniy asoslangan yangiliklar — @magistrlarofficial.

Открыть в Telegram
Просмотры7 660−36%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#17203Фото

Муддатли ҳарбий хизматни намунали ўтаган айрим аскарлар олий ҳарбий таълим муассасаларига тест синовларисиз қабул қилинади Ҳукуматнинг тегишли қарорига киритилган ўзгартиришларга кўра (ҚММБ: 09/26/629/1145-сон, 19.11.2026 й.), Президентнинг 2026 йил 7 апрелдаги ПҚ–134-сон қарори ижроси доирасида муддатли ҳарбий хизматчилар учун янги имтиёз тартиби белгиланди. Унга кўра, муддатли ҳарбий хизматни намунали ўтаган, республика ва халқаро спорт мусобақалари ёки фан олимпиадаларида 1-ўринни қўлга киритган ҳарбий хизматчилар орасидан масъул вазирлик ва идораларга ажратилган йиллик квота доирасида саралаб олинган номзодлар қуйидаги олий таълим муассасаларига тест синовларисиз, тўғридан-тўғри ўқишга қабул қилинади: • Амир Темур номидаги ДХХ академиясига — ДХХ тизимида хизмат ўтаган, дастлабки саралаб олиш ва махсус касбий танлаш тадбирларидан муваффақиятли ўтган номзодлар; • Жамоат хавфсизлиги университетига — Миллий гвардия тизимида хизмат ўтаган ва дастлабки саралаб олишдан ўтган номзодлар; • Олий ҳарбий таълим муассасаларига (ОҲТМ) — масъул вазирликлар тизимида хизмат ўтаган, ҳарбий-профессионал йўналтириш ва дастлабки саралаб олиш натижаларига кўра тавсия этилган номзодлар. Мазкур имтиёзли квоталар Қуролли Кучлар сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаётган ҳарбий хизматчиларнинг умумий сонига мутаносиб равишда тақсимланади. @magistrlarofficial

Открыть в Telegram
Просмотры15 000+26%к среднему
Пересылки—
Реакции27
Комментарии—
#17202Фото
Просмотры15 400+29%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#17198Видео
Просмотры15 800+33%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#17197Текст
Просмотры15 600+31%к среднему
Пересылки—
Реакции67
Комментарии—
#17195Текст
Просмотры9 650−19%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#17193Видео
Просмотры12 100+2%к среднему
Пересылки—
Реакции43
Комментарии—
#17191Текст
Просмотры6 460−46%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
#17187Фото

Qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirgan talaba grant taqsimotida qatnashishi mumkinmi? HA, qatnashishi mumkin Qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga to‘lov-kontrakt bilan kirgan magistrant ham grantni qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishi mumkin. Biroq buning uchun muhim shartlar mavjud. 1. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda: Grantlar magistratura mutaxassisligi kesimida alohida qayta taqsimlanishi; Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari grant uchun talabgor bo‘lishi; Grant tanlovi akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faollik asosida amalga oshirilishi belgilangan. Nizomda talabgor bo‘lish uchun avvaldan davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lish sharti alohida belgilanmagan. 2. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori Ushbu qarorning 24-bandiga ko‘ra, magistraturaga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Qatnashishning asosiy shartlari Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha grant o‘rinlari mavjud bo‘lishi; Talaba ikkinchi yoki undan yuqori kursda tahsil olayotgan bo‘lishi; GPA ko‘rsatkichi kamida 3,5 bo‘lishi; Belgilangan tartibda ariza topshirishi. Muhim: qo‘shimcha qabul bilan kirgan talabaning grant tanloviga qo‘yilishi bilan grantni qo‘lga kiritishi bir xil narsa emas. Tanlov natijasi va mavjud grant o‘rinlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. VMQ–149-son qaror — grantlarni qayta taqsimlash. VMQ–578-son qaror — magistraturaga qabul tartibi. @magistrlarofficial Telegram kanali. Magistrlar uchun foydali va qonuniy asoslangan yangiliklar — @magistrlarofficial.

Открыть в Telegram
Просмотры24 000+102%к среднему
Пересылки—
Реакции20
Комментарии—